Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/ YouTube: youtube.com/@UzEdu1 Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/ Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/ 📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09 ✉️ info@uzedu.uz Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

100 010
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+337 أيام
+1 60430 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan:
Ulugʻbek Tashkenbayev Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filialining ijrochi direktori etib tayinlandi
U.Tashkenbayev ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Guliston davlat universiteti rektori, Samarqand davlat universiteti rektori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar Tashkenbayev Ulugʻbek Negmatovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Vazirlik jamoasi Ulugʻbek Tashkenbayevga soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
Maqsudjon Yuldashev Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar ta’lim tizimida mehnat qilib kelgan Maqsudjon Yuldashev 2012-2016-yillarda A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy instituti rektori, 2016-2017-yillarda vazirlikning taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2018-2021-yillarda Maktabgacha taʼlim vaziri o‘rinbosari, 2021-2024-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori kabi turli mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Vazirlik jamoasi Maqsudjon Yuldashevga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Xalqaro_hamkorlik
🔴 Fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar trening boshlandi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Groupe Hatier International hamkorligida yangi fransuz tili darslik majmualaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi.
✈️ O‘quv mashg‘ulotlari Fransiyaning Didier nashriyoti mutaxassislari Assma Boulaich va Sandrine Carolar tomonidan olib borilmoqda.Unda Respublikamiz bo'ylab umumtaʼlim maktablaridan 50 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. 🔰Seminarda darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro metodlar asosida fransuz tilini o‘qitish haqida so‘z yuritiladi. Jarayonlar A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instututida 2 kun davomida bo‘lib o‘tadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from TgId: 1294224760
✅✅✅✅
#Raqamli_avlod_2025
🔴 “Raqamli Avlod” inklyuziv AT Oromgohi – 2025 yozgi mavsumi boshlandi.
✅ Darslar onlayn va offlayn shaklda quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etilmoqda:➖ Devops; ➖ Sun'iy intellekt; ➖ Web design; ➖ Dot net; ➖ Flutter; ➖ Vue js; ➖ Python; ➖ Digital art (komikslar va milliy kontent); ➖ Robototexnika (dron simulatori, smart car). 🔰Jarayonlar 29-avgustga qadar davom etadi. _____________ Digital Generation Uzbekistan Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Photo unavailableShow in Telegram
#Диққат_эълон
📣 BUGUN "Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturiga KIRISH IMTIHONLARINING NATIJALARI e‘lon qilinadi!
👉 Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy telegram kanali orqali bilib olishingiz mumkin.
📊 Eslatib o‘tamiz, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan 1500 nafar o‘quvchi Milliy dasturga qabul qilinadi. Ushbu o‘quvchilarga maktab maslahatchilari biriktirilib, dunyoning top-100 oliygohlariga kirishga tayyorlanadi.🔴 Bizni kuzatishda davom eting! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
02:28
Video unavailableShow in Telegram
#Ekologiya_burchagi
#Maktabgacha_taʼlim
✅Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 24-sonli DMTTda ekologik burchaklar va yo‘lakchalar tashkil etildi. Bu ishlar 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida amalga oshirilmoqda.🌱 Maqsad — bolalarda tabiatga mehr, ekologik fikrlash va ijodiy yondashuvni rivojlantirish. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Untitled 2.mp446.81 MB
Repost from TgId: 1294224760
Photo unavailableShow in Telegram
🧑🏻💻😊“Raqamli Avlod” IT Oromgohi 2025 – Yozgi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan ushbu loyiha 2025-yil 25-avgustdan 29-avgustga qadar ONLINE formatda bo‘lib o‘tadi.
🟡 Onlayn yo‘nalishlar:
• Python
• Dot Net
• Vue JS
• Sun’iy intellekt (AI)
• DevOps
• Flutter
• Web Design
🎁 Faol ishtirokchilarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: online.raqamliavlod.uz
📌Shoshiling! Zamonaviy texnologiyagalar va qiziqarli darslarni qoldan boy bermang!
___
Raqamli avlod
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
04:01
Video unavailableShow in Telegram
✨✨✨✨
📝 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hafta ichida.
O’tgan haftada amalga oshirilgan:
➖kasbiy rivojlanish o’quv treninglari;
➖xorijiy hamkorlik tadbirlari;
➖hududlardagi o’rganish hamda muhim e’lonlar — hafta DAYJESTida.
⏳ 17— 24-AVGUST, 2025-yil🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Dayjest 28.mp453.04 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Эътироф
✅ Davlatimiz rahbarining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni imzolandi.
🔰 Mazkur Farmon bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh ustozlar ham mukofotlandi:
➖ “Mehnat shuhrati” ordeni bilan:➖ Botirov Nizomidin Fayzullayevich - Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori
➖
“
Do‘stlik” ordeni bilan:➖ Baymuratova Irina Viktorovna - Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati ➖ Taraskin Aleksandr Andreyevich - Toshkent shahridagi «Smart school» nodavlat ta’lim muassasasining biologiya fani o‘qituvchisi
➖
“
Shuhrat” medali bilan:
➖ Abdullayev Ravshan O‘ktamovich - Yangiobod tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati ➖ Elliyeva Dildora Anvarovna - Jondor tumanidagi 4-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati ❗️ Vazirlik jamoasi ushbu yuksak e’tirof bilan barcha mukofotlanganlarni samimiy tabriklab, kelgusi ishlarida ham omad tilaydi! Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
🔴 Toshkent viloyatidagi uchrashuvlar davom etmoqda.
✅ Vazir E’zoza Karimova Piskent tumanidagi 12-sonli maktab va Bo’ka tumanidagi 5-maktablarda ham yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko’zdan kechirdi.
🔰Shuningdek, ta’lim muassasalaridagi pedagoglar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi.
➖ Muloqot davomida ustozlarning kasbiy mahoratlarini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yangi baholash tizimiga o’tish kabi mavzularda so‘z bordi.🌐 Vazir shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorlik jarayonlari yuzasidan o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Maktabgacha_taʼlim
✅G‘ijduvonda “Ilk rivojlanish markazi” o’z faoliyatini boshladi! Dastlab 240 nafar bola qamrab olinib, ta’lim jarayonlari kuniga 4 soatdan, 2 smenada olib boriladi.
🔹 Mazkur markazlar 3–6 yoshli bolalar, ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalar farzandlari va alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan bolalarni qamrab oladi.🎉Tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi B. Zaripov ishtirok etib, ushbu markaz kelajagimiz poydevorini yanada mustahkamlaydi, deya ta’kidladi. ➡️Bu tashabbus — bolalar iqtidorini ro‘yobga chiqarish va orzularini amalga oshirish sari qo‘yilgan muhim qadamdir. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
✈️ Vazir Toshkent viloyatida: ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Toshkent viloyatida bo‘lib, qator ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
📍 Dastlab vazir E’zoza Karimova Bekobod tuman hokimi Zaynilobiddin Nizomiddinov bilan uchrashib, tumanda ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindiMuloqotda “Bekobod tajribasi” asosida tumandagi barcha maktablarda yangi baholash tizimini joriy etish haqida so‘z yuritildi. 🌐 Shuningdek, endilikda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor o‘qituvchilari tomonidan tuman maktablarida mahorat darslari tashkil etib boriladi. 📊 Shundan so'ng, vazir tumandagi 7-maktabda pedagoglar bilan uchrashib, o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan loyihalarni ko'zdan kechirdi. Mazkur maktabga “Vazir sovg‘asi” — kompyuter jamlanmalari ham sovg‘a qilindi. ➖ Shuningdek, vazir E’zoza Karimova 32-maktabdagi qurilish jarayonlarini jadallashtirish hamda jihozlash ishlari to‘g‘risida mas’ullarga topshiriq berdi. Vazir shu kuni Bekobodning olis, tog’oldi hududida joylashgan, yangi qurilayotgan 34-DMTTning qurilish ishlari bilan tanishdi. 📍 Mas’ullar bilan uchrashuvda vazir Bekobodda DXSH asosida barpo etilayotgan nodavlat ta’lim klasteri tashkil etish loyihasi haqida so‘z yuritib, ushbu klaster maqsad va vazifalari muhokama qilindi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
08:54
Video unavailableShow in Telegram
#Maktabgacha_taʼlim
#Dolzarb_90_kun
“Baxtli kelajak”da quvonchli lahzalar!
📍Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 156-sonli “Baxtli kelajak” Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Dolzarb – 90 kun” loyihasi doirasida turli xil ko’ngilochar tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.✅Shuningdek, yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida tarbiyalanuvchilarning to‘g‘ri, sog‘lom va sifatli ovqatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
IMG_4343.MP4106.59 MB
✅✅✅✅
✅ Yangi o‘quv yilining boshlanishi arafasida Namangan viloyatida ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun maktab formalari topshirildi.
Jumladan, Namangan viloyati, Norin tumanidagi 41-maktabda 77 nafar o‘quvchiga maktab formasi taqdim etildi.
➖ Mazkur tashabbus hokimlik va homiylar ko‘magida maktab mavsumi boshlanguniga qadar davom ettirilib, 400 nafardan ortiq bolajonlar zarur kiyim-boshlar bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.🔰 Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumanida 150 nafar kam ta’minlangan oilalar farzandlariga maktab uchun kerakli kiyim-bosh va 120 nafar bolalarga o‘quv qurollari topshirildi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Photo unavailableShow in Telegram
📰📰📰📰📰📰📰
#Seminar_trening
✅ O’zbekistonlik fransuz tili o’qituvchilari ishtirokida Fransiyaning Frankafoniya yozgi universitetida tashkil etilgan kasbiy rivojlanish treninglari o‘z yakuniga yetdi.
➖ Ikki hafta davom etgan intensiv dars jarayonlari davomida ustozlar xalqaro DELF imtihonlariga tayyorlanib, yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo‘lishdi.Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari yakunida O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan madaniy kecha ham tashkil etildi. 🔰 Unda yurtimizning o‘ziga xos an'analari va bugungi kundagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ustozlar fransuz tilida taqdimot qilishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Maktabgacha_taʼlim
✅Maktabgacha ta’lim mazmunini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, zamonaviy metodik yondashuvlarni joriy etish va ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish maqsadida Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
🗓️Mazkur memorandum doirasida bugun 22-avgust kuni trening mashg’ulotlarining birinchi darsiga start berildi.
➖Mashg’ulotlarda Respublikamizning har bir hududidan saralangan tinglovchilar ishtirok etadi: ➡️DMTT direktorlari uchun — liderlik treninglari; ➡️Direktor o‘rinbosarlari uchun — kasbiy rivojlanish treninglari.➡️Ushbu treninglar maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim sifatini yanada oshirish, rahbarlarda liderlik va resurslarni samarali boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, tashkilot madaniyatini shakllantirish, shuningdek, tarbiyalanuvchilarda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Islom taraqqiyot banki (ITB) Bosh ofisi direktori Ibrohim Shoukry hamda tashkilotning mintaqaviy ofisi rahbari Ali Xon bilan uchrashdi.
🔴 Suhbat davomida hamkorlikdagi loyihalarning bugungi kundagi holati, ularni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
➖ Ma’lumot uchun: bugungi kunda Vazirlik va ITB hamkorligida 2 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.Uchrashuvda RBF tizimini joriy etish haqida so‘z bordi. Bu tizim loyihalarni an’anaviy usulda emas, balki belgilangan natijalarga erishilgach moliyalashtirish imkonini beradi. ❗️ E’tiborli jihati — RBF tizimi O‘zbekiston ta’lim sohasida ilk bor joriy etilmoqda. Bu ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 🔰 Muloqot yakunida tomonlar istiqboldagi hamkorlik masalalari yuzasidan o‘zaro kelishib olishdi. 🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅✅✅✅
🚦 "Yashil chiroq-2025" musobaqasining Respublika bosqichi boshlandi
🔴 Ayni damda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Semurg'" bolalar oromgohida 14 ta jamoa oʻzaro kuch sinashmoqda.
➖ Musobaqa doirasida ishtirokchilar jamoaviy va yakka tartibdagi jami 13 ta shart boʻyicha bellashuvlarda qatnashib, oʻz bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazishadi.📊 Ma'lumot o'rnida: musobaqa Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi 212-son qaroriga asosan har yili "Yashil chiroq" musobaqasi 4 bosqichda 11 — 14 yoshli 5 — 8-sinf oʻquvchilari o'rtasida boʻlib oʻtadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
01:51
Video unavailableShow in Telegram
#Мактабгача_таълим
✅ Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Dong-Eui universiteti mutaxassislari ishtirokida tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan bo‘lib o‘tgan muloqot jarayonlaridan videolavha.
📍 Tadbir poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 122-sonli DMTTda tashkil etildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
122 Dmtt Taqdimot 1.mp418.81 MB
#Ayni_paytda
O‘qituvchilar olimpiadasiga start berildi
➖Mamlakatimizning barcha hududlarida biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan O‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichiga start berildi.
➡️Bugun mazkur olimpiada doirasida matematika fani o‘qituvchilari o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
⬇️Olimpiadaning 2-kunida biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan sinovlar bo‘lib o‘tadi.
◀️Bilimli va tajribali pedagoglar keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritmoqda.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
