ar
Feedback
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
95 938
المشتركون
-324 ساعات
+2887 أيام
+9430 أيام
أرشيف المشاركات
#uchrashuv Yoshlarning kasbiy yoʻnalishini aniqlashga koʻmaklashish maqsadida Uchtepa tumanidagi monomarkazda “Men soliq xodimi boʻlmoqchiman” shiori ostida yoshlar aksiyasi oʻtkazildi. Soliq qoʻmitasining tajribali va malakali mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar, mahorat darslari hamda ochiq muloqotlar tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarga soliq tizimida xizmat qilishning afzalliklari, mazkur sohadagi zamonaviy islohotlar, raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar soliq organlarida faoliyat yuritish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar, ishga qabul qilish tartibi hamda amaliyot oʻtash imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ochiq muloqotlar chogʻida yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi. Mazkur aksiya yoshlarning kasbiy qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularda davlat xizmatiga nisbatan masʼuliyat va fidoyilik tuygʻularini shakllantirish, shuningdek, malakali kadrlar zaxirasini kengaytirishga xizmat qildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
إظهار الكل...
01:33
Video unavailableShow in Telegram
#mehr_va_etibor Bolajonlarga Yangi yil sovg'alari topshirildi Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahridagi 37-sonli alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilariga Soliq qo'mitasi Raisining bayram sovg'alari va tabrigi yetkazildi. Darhaqiqat, bu kabi xayrli tashabbuslar respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda. Bolajonlarning ko'zidagi quvonch albatta, ertangi kunga bo'lgan ishonchdan dalolat beradi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
إظهار الكل...
27.mp4119.64 MB
01:53
Video unavailableShow in Telegram
#yangi_yil_pochtasi Bolalar qalbidagi orzular Yangi yil maktublarida jam boʻldi Soliq qoʻmitasi raisi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Raisga Yangi yil maktubi” loyihasi orqali navoiylik bolajonlar oʻz yutuqlari, orzulari va ota-onalarining kasbiga boʻlgan munosabatini samimiy tarzda ifodalashdi. Eʼtiborli jihati shundaki, har bir maktub beeʼtibor qolmadi – bolajonlarga Soliq qoʻmitasi raisi nomidan javob xati hamda Yangi yil sovgʻalari topshirildi. Bu esa ular uchun oddiy sovgʻa emas, balki katta ishonch va eʼtibor ramziga aylandi. Bolajonlarning bayramona muhit va bildirilgan eʼtibordan xursandligi ularning quvonchga toʻlgan koʻzlaridan yaqqol sezildi. ✨Baʼzan kichik bir maktub katta orzularni roʻyobga chiqaradigan ishonchga aylanadi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
إظهار الكل...
lavha.mp429.91 MB
02:39
Video unavailableShow in Telegram
#uchrashuv Buxorodagi uchrashuv yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda tadbirkorlarning faol ishtiroki naqadar muhimligini ko‘rsatdi. Naqdsiz va yagona QR-kodli to‘lovlarga o‘tish esa ochiq va adolatli biznes muhitini mustahkamlaydi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
إظهار الكل...
Ролик эфектни22.mp443.00 MB
04:16
Video unavailableShow in Telegram
#yangi_yil_pochtasi Soliq qo‘mitasi Raisining Yangi yil sovg‘alari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib keldi Soliq qo‘mitasi Raisi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Raisga Yangi yil maktubi" loyihasida qoraqalpog‘istonlik soliq xodimlarining farzandlari ham faol ishtirok etdi.
🔖Bolalar Soliq qo‘mitasi raisiga o‘z xatlarini yo‘llab, unda soliq xizmatidagi ota-onalarining mehnatlari va yil davomida o‘zlari erishgan yutuqlari haqida fikrlarini bayon etgan.
Har bir maktub egalariga Soliq qo‘mitasi Raisining javob xati va esdalik sovg‘alari topshirildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
إظهار الكل...
26.12.2025 жана жыл.mp440.52 MB