ar
Feedback
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
95 971
المشتركون
+2624 ساعات
+3147 أيام
+15430 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
KUN FOTOSI Ota, sizga ming tashakkur bergan tarbiya va o‘gitlaringiz uchun, chunki ular menga faqat qanday yashashni emas, nima uchun yashashni ham o‘rgatdi. Sizning sukutingiz — sabr darsi, so‘zlaringiz esa vijdon tarozisi bo‘ldi. Siz o‘rgatgan halollik — boyligim, mehnat — tayanch ustunim, insof esa qalbimning qonuni bo‘ldi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
02:02
Video unavailableShow in Telegram
#yangi_yil_pochtasi Maktubdagi satrlar – Yangi yil moʻjizasiga aylandi ✉️Soliq qoʻmitasida "Raisga Yangi yil maktubi" aksiyasi doirasida oʻziga xos bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bu kun yurakdan chiqqan hamda eng samimiy soʻzlar bitilgan maktub egalari uchun katta quvonchga aylandi. Bayramda Soliq qoʻmitasi Raisi F.Pulatov ishtirok etib, bolajonlarga iliq va chiroyli tilaklarini bildirdi. Har bir maktub egalariga qoʻmita Raisining javob xati hamda Yangi yil sovgʻalari taqdim etildi. 🎄Jajji mehmonlar uchun quvnoq, rang-barang Yangi yil bazmi dasturi namoyish etildi. Bunday tantanali bayram tadbiri xodimlarning oilasiga qaratilgan eʼtibor namunasi boʻlib, farzandlar quvonchi orqali ularga yangicha shijoat va ilhom bagʻishladi. 🎁Chunki bola kulgusi – eng katta mukofot. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
1220.mp448.64 MB
03:29
Video unavailableShow in Telegram
#etirof Fidoyi xizmat ortidagi yuksak tarbiya Soliq qo‘mitasida bu gal odatiy ish muhiti emas, balki minnatdorlik, hurmat va samimiy ruhdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Namunali xizmat olib borayotgan xodimlarning ota-onalari bilan tashkil etilgan mazkur tadbir – avvalo ota-ona mehnatiga, ularning yuksak tarbiyasi va duolariga bildirilgan chuqur ehtirom ifodasi bo‘ldi. Chunki halollik, vijdon, adolat va kasbga sadoqat insonga tasodifan berilmaydi. Bu fazilatlar avvalo oiladan, ota-ona ibratidan shakllanadi. Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi Raisi so‘zga chiqib, inson qadrini ulug‘lash, halol xizmatni rag‘batlantirish hamda ota-onalarga hurmat ko‘rsatish qo‘mita faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Tadbir davomida ota-onalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu taqdirlash – shunchaki rasmiy marosim emas, balki farzand tarbiyasi yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli mehnat uchun aytilgan samimiy “Rahmat” edi. Eng katta tilagim har bir farzand o‘zining halol xizmati, fidoyiligi bilan el-yurt ishonchini oqlab, kelgusida davlat mukofotlariga sazovor bo‘lsinlar. Farzandlaringiz bilan hamisha faxrlanib yashang – dedi qo‘mita Raisi F.Pulatov Ota-onalarning ko‘zlaridagi iftixor, yuzlaridagi tabassum va qalblaridagi faxr tuyg‘usi uchrashuvga alohida mazmun bag‘ishladi. Ular farzandlarining davlat ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotganini ko‘rib, yanada mamnun bo‘ldilar. Soliq qo‘mitasida inson qadri, oila qadri va tarbiya qadri ustuvor. Chunki halol xizmat – avvalo to‘g‘ri tarbiyadan boshlanadi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
IMG_5975.MP418.19 MB
01:15
Video unavailableShow in Telegram
#ozini_ozi_band_qilish Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun muhim eslatma!Avval xabar berganizmidek 2026-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari, yaʼni ishlar va xizmatlar roʻyxati qisqartiriladi. 👉PF-50-son, 19.03.2025-y. Amaldagi 112 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Oʻzgarishlarning asosiy qismi YTT faoliyatiga xos boʻlgan 40 ta yoʻnalishga toʻgʻri keladi. Jumladan, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish, repetitorlik, tikuvchilik, sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari, xonalarni tozalash, mebel yigʻish, avtomobillarni taʼmirlash kabi faoliyat turlari shular jumlasidandir. Faoliyat turlari roʻyxati: - o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun - YTTlar uchun Mazkur oʻzgarishlar munosabati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyat turini ruxsat etilgan faoliyat turiga o‘zgartirishlari yoki zarurat boʻlganda YTT sifatida roʻyxatdan oʻtishlari tavsiya etiladi. _________ #самозанятость Важное напоминание для самозанятых лиц!Как сообщалось ранее с 1 января 2026 года сокращается перечень видов деятельности (работ и услуг), разрешенных для самозанятых лиц. 👉 УП-50 от 19.03.2025 г. Количество разрешенных видов деятельности сокращается со 112 до 72. Основная часть изменений затрагивает 40 направлений, по которым деятельность преимущественно осуществляли деятельность индивидуальные предприниматели. В частности, продажа сельхозпродукции на дехканских рынках, репетиторство, швейное дело, парикмахерские и косметологические услуги, уборка помещений, сборка мебели, ремонт автомобилей и другие. Перечень видов деятельности: - для самозанятых лиц - для ИП В связи с изменениями самозанятым лицам рекомендуется изменить вид деятельности в соответствии с утвержденным перечнем либо при необходимости пройти регистрацию в качестве индивидуального предпринимателя. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Band qilish_2.mp421.25 MB
Photo unavailableShow in Telegram
КУН ФОТОСИ Seni buyuk ishlar kutmoqda, qizaloq… Buyuklik — bu faqat baland lavozim yoki mashhurlik emas, balki vijdon bilan yashash, mas’uliyatni his qilish va atrofdagilarga nur ulashishdir. Agar sen o‘zingga ishonsan, mehnatdan charchamasang va haqiqatdan yuz o‘girmasang, hayot senga o‘z sirlarini ochadi. Seni buyuk ishlar kutmoqda, qizaloq, chunki senda umid bor. Umid bor joyda esa kelajak bor. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
01:31
Video unavailableShow in Telegram
#soliq_bilimlari Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqsh kabidir Bugun Soliq qoʻmitasida shu gʻoya atrofida jamlangan yoshlarning soliqqa oid bilimlari natijasi munosib baholandi. Sinov tariqasida oʻtkazilgan mazkur tanlov kelasi yil fevral oyidan boshlab butun respublika boʻylab davom ettiriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
TG6.mp428.17 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Kun fotosi ❄️Qishning sokin manzarasi Soliq xizmati organlarida har bir kun – masʼuliyat, har bir lahza – jamiyat oldidagi burchdir. Fasllar almashadi, xizmatga boʻlgan sadoqat esa tobora mustahkamlanib boraveradi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
#soliq_bilimlari Soliq bilimlari – yosh avlodga 📚Xabar berilganidek, yoshlarning iqtisodiy savodxonligini oshirish va soliq madaniyatini yuksaltirish maqsadida Soliq qoʻmitasi tashabbusi bilan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Mazkur tanlov sinov tariqasida Uchtepa tumanida tashkil etildi va oʻz samarasini berib, oʻquvchilarning faol ishtiroki hamda ijodiy yondashuvi bilan alohida eʼtirof etildi. Bugun Soliq qoʻmitasida tanlovning gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Barcha nominatsiyalar boʻyicha 1-, 2- va 3-oʻrin egalari Soliq qoʻmitasi Raisining tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Xususan, tanlovning 1-oʻrin gʻoliblari: 🎨 Rasm chizish yoʻnalishida –193-maktab oʻquvchisi Suhrobova Madina Samariddin qizi; ✍️ Insho yozish yoʻnalishida – 229-maktab oʻquvchisi Bahodirova Eʼzoza Saidkamol qizi; 🎥 Eng yaxshi videokontent yoʻnalishida – 251-maktab oʻquvchisi Umarjonov Abror Anvarovich. Tadbir doirasida ishtirokchilar Soliq qoʻmitasining zamonaviy media-studiyasi faoliyati bilan tanishib, soliq organlarining kundalik ish jarayoni hamda zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil maʼlumot oldilar. Mazkur tanlov yosh avlodda soliq tizimiga boʻlgan qiziqishni oshirish, soliqlarni majburiyat emas, balki mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevori va davlat moliyasini shakllantiruvchi muhim omil sifatida anglashiga xizmat qilmoqda. ❗️Tanlovning ijobiy natijalaridan kelib chiqqan holda, 2026-yildan boshlab fevral –mart oylarida tuman (shahar), viloyat va respublika bosqichlarida oʻtkazish rejalashtirilgan. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#onlayn_seminar “EHF xavf darajasini baholash” AT tizimi mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi. Seminarga havola 📱 https://youtube.com/live/zUpIvZtIobI?feature=share ___________ #объявление Начался онлайн семинар-тренинг, посвященный автоматизированной системе "Оценка уровня риска ЭСФ" Ссылка на семинар 📱 https://youtube.com/live/zUpIvZtIobI?feature=share Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#onlayn_seminar 🔈 Hurmatli soliq to‘lovchilar! Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi onlayn seminar-trening bo‘lib o‘tadi. 📌 Mavzu: “EHF xavf darajasini baholash” AT tizimiBoshlanish vaqti: 18-dekabr, soat 15:00da Jonli efir 📱 YouTube platformasida. Seminar davomida mavzu bo‘yicha dolzarb savollarga javoblar taqdim etiladi. Barchangizni ishtirok etish uchun taklif qilamiz! ___________ #объявление 🔈 Уважаемые налогоплательщики! Состоится очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета. 📌 Тема: Автоматизированная система "Оценка уровня риска ЭСФ"Начало: 18 декабря в 15:00 Прямой эфир на платформе 📱 YouTube. На семинаре будут предоставлены ответы на актуальные вопросы по теме. Приглашаем всех принять участие! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
01:12
Video unavailableShow in Telegram
#soliq_mahalla_taraqqiyoti Soliqlar – bu shunchaki majburiyat emas, soliqlar – bu mahalla taraqqiyoti, farovon hayot va kelajak poydevori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan soliq to‘lash madaniyatini oshirishga qaratilgan yangi tizim joriy etilmoqda. 👉PQ-364-son, 28.11.2025-yil Unga muvofiq: ✔️2026-yildan boshlab “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” nominatsiyasi joriy etiladi. Eng yaxshi mahallalar davlat budjetidan 2 milliard so‘m miqdorida mablag‘ bilan rag‘batlantiriladi. Bu esa — yo‘llar, suv, elektr, yoritish va infratuzilma degani. Eng muhimi, to‘langan soliqlar qayerga sarflanayotganini har bir fuqaro “Ochiq budjet” portali orqali ko‘rib borishi mumkin. Soliq — mahalla taraqqiyotining garovi! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
SOLIQ QQ.mp446.89 MB
01:59
Video unavailableShow in Telegram
#kasbim_faxrim Kasbga sadoqat bu mas’uliyat, faxr va iftixordir Sevgan kasbida ishlayotgan inson uchun mehnat majburiyat emas – u zavq, xursandchilik va shijoat manbaidir. Bunday kishi har kuni ishga ilhom bilan keladi. O‘zi yoqtirgan ishni qilayotgan inson vaqtning qanday o‘tib ketganini ham sezmaydi. U charchamaydi, aksincha, bajarayotgan ishidan kuch oladi. Chunki kasbga muhabbat – insonni olg‘a boshlaydigan eng katta rag‘batdir. Soliqchi kasbi ham ana shunday sadoqat va mas’uliyat talab qiladigan, jamiyat barqarorligiga munosib hissa qo‘shadigan kasbdir. Soliq xodimi har bir to‘g‘ri qarori, har bir amali orqali adolat va ishonchni mustahkamlaydi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Н Шадманов 720 СҚга.mp432.30 MB
03:08
Video unavailableShow in Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi 247-sonli qarori mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish borasida joylarda targ‘ibot ishlari davom etmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida soliq xizmati organlari mutaxassislari tomonidan qoraqalpoq tilida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 👉Batafsil ushbu lavhada Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
лого 2.mp430.51 MB
01:40
Video unavailableShow in Telegram
#ЭСФ #НДС ✅ Внедряется новая информационно-аналитическая система совершенствования налогового администрирования Как сообщалось ранее, Налоговый комитет Республики Узбекистан в целях дальнейшего развития налогового администрирования на основе принципов открытости, справедливости и современных подходов внедряет специальную информационную систему, предназначенную для определения уровня рисков по электронным счетам-фактурам. Данная система была апробирована налоговыми органами в тестовом режиме с июля текущего года. С 22 декабря 2025 года система запускается в тестовом режиме для налогоплательщиков.
В автоматическом режиме система анализирует каждый формируемый ЭСФ и присваивает ему уровень риска уже на этапе его создания: 🔴 при высоком уровне риска – красный индикатор; 🟢 при низком уровне риска – зеленый индикатор.
До 1 января 2026 года, пока система работает в тестовом режиме, какие-либо меры применяться не будут. Данный этап носит исключительно апробационный характер и направлен на изучение и дальнейшее совершенствование системы. Новая система не является прежним показателем налогового разрыва, то есть «Tax gap». В отличие от него, она автоматически, без человеческого фактора, оценивает не всю цепочку операций, а электронный счет-фактуру, оформленный между двумя предприятиями. По республике не более 10% оформленных ЭСФ могут быть отнесены к категории высокого риска, при этом оценка осуществляется в режиме реального времени. По ЭСФ с высоким уровнем риска сумма НДС автоматически принимается к зачету после уплаты налога в бюджет продавцом или покупателем. Ниже приведены примеры грубых нарушений, выявляемых новой системой при оформлении ЭСФ: ➡️Предприятие оптовой торговли оказывает услуги автокрана и погрузки, не имея транспортных средств ➡️Договор на 1 трлн сумов: умышленное нарушение или халатность? ➡️ЭСФ на 250 млрд сумов оформляет оптовое предприятие не имея фактической деятельности ➡️Мясо и огурцы по цене 10 млн сумов за килограмм: ошибка или фиктивная сделка? ➡️Арбузы по цене меньше сума, а дыни за 1,5 сума - предприятие оформило ЭСФ на миллиарды сумов без уплаты налогов ➡️Вместо моторного топлива проданы стройматериалы на 106 млрд сумов... Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Система_по_определению_уровня_риска_ЭСФ.mp432.43 MB
02:02
Video unavailableShow in Telegram
#QQS #EHF ✅ Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etilmoqda Avval xabar berilganidek, yangi tizim yanada ochiq, adolatli va zamonaviy tamoyillar asosida rivojlanish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam boʻlib xizmat qiladi. Mazkur tizim joriy yilning iyul oyidan boshlab soliq organlari tomonidan test rejimida sinovdan oʻtkazildi. 2025-yilning 22-dekabridan esa tizim soliq to‘lovchilar uchun toʻliq test rejimida ishga tushiriladi.
Bunda elektron hisobvaraq-fakturalar shakllanganda tizim real vaqt rejimida ishlaydi. Faktura yuborilgan zahoti uning xavf darajasi koʻrinadi: 🔴 agar xavf darajasi yuqori boʻlsa – qizil belgi, 🟢 xavf darajasi past boʻlsa – yashil belgi qoʻyiladi.
Test rejimi davrida, yaʼni 2026-yil 1-yanvarga qadar, tizim orqali aniqlangan holatlar boʻyicha hech qanday choralar qoʻllanilmaydi. Ushbu bosqich faqatgina oʻrganish, sinovdan oʻtkazish va takomillashtirishga xizmat qiladi. Yangi tizim avvalgi soliq uzilishi, yaʼni “Tax gap” emas. Undan farqli ravishda operatsiyalarning butun zanjirini emas, ikki korxona oʻrtasidagi rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturani inson omilisiz avtomatik baholaydi. Respublika boʻyicha rasmiylashtirilgan EHFlarning maksimum 10 foizini xavfi yuqori deb baholanadi, baholash natijasi real vaqt rejimida amalga oshiriladi. Xavfi yuqori boʻlgan EHF boʻyicha QQS summasi sotuvchi yoki xaridor tomonidan budjetga toʻlanganda QQSni avtomatik ravishda hisobga olinadi. Yangi tizim orqali EHFni rasmiylashtirishda aniqlangan qoʻpol qonunbuzilish holatlari haqidagi misollar quyida keltirilgan: ➡️ Ulgurji savdo korxonasi transportsiz avtokran va yuklash xizmati koʻrsatmoqda ➡️1 trln soʻmlik shartnoma: beeʼtiborlikmi yoki huquqbuzarlik? ➡️ Ulgurji savdo korxonasi faoliyatsiz 250 mlrd so‘mlik EHFlarni rasmiylashtirdi ➡️ 1 kilogramm go‘sht va bodring 10 million so‘mdan – xatolikmi yoki soxta bitim? ➡️ Qovun 1,5 so‘m, tarvuz esa bir so‘mdan ham arzon – korxona soliqlarni to‘lamasdan milliardlab so‘mlik EHF rasmiylashtirgan ➡️ Motor moyi oʻrniga 106 mlrd soʻmlik qurilish mahsulotlari sotilsa... Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Soliq_qoʻmitasi_tomonidan_soliq_maʼmurchiligini_takomillashtirishga.mp437.07 MB
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#mahallabay Gavhar Isaqova, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani soliq inspeksiyasi xodimi. U olis “Yangi hayot” va “Samarqand quduq” mahallalarida samarali ish olib bormoqda.
Unga biriktirilgan mahallalarda 1 300 nafar jismoniy shaxs, 40 ta yuridik shaxs va 80 ta yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritadi. Joriy yil oktabr oyidan boshlab u belgilangan soliq tushumlarini ortigʻi bilan bajarib, qoʻshimcha manbalar topish va yangi ish oʻrinlari yaratishda yuqori natijalarga erishdi.
Bugungi kunda mahallalar bilan hamkorlikda tadbirkorlar sonini oshirish, soliq qarzini qisqartirish va mahalla budjeti daromadlarini koʻpaytirish borasida manzilli ishlar olib borilmoqda. 🎥Batafsil videolavhamizda Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Namunali inspektor Jizzax.mp444.22 MB
01:29
Video unavailableShow in Telegram
#multfilm
🧑🏻‍🔧Nodirbek: Soliq degani nima oʻzi?
Soliq qoʻmitasi tomonidan soliqlar nima ekani haqida maxsus multfilm tayyorlandi. U bolajonlarda soliq haqidagi dastlabki tasavvurni uygʻotish, masʼuliyat hissini kuchaytirish va qonunlarga ongli munosabatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilgan Yosh tomoshabinlar uchun sodda, qiziqarli va tushunarli tarzda tayyorlangan ushbu multfilm soliqning nima ekani, nega ular muhimligi va mamlakat rivojida qanday oʻrin tutishi haqida birinchi tasavvurni beradi. 👩‍👩‍👦Ushbu qiziqarli multfilmni farzandlaringiz bilan birgalikda tomosha qiling va ular bilan birga soliq madaniyati haqida fikr almashing! Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
IMG_2023.MP432.07 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Faxrlanaman sen bilan, farzandim! Bugun bir ona sifatida yuragim faxrga to‘ldi. Chunki mening farzandim davlatga xizmat qilayotgan, halollik va mas’uliyatni kasbiga aylantirgan soliq xodimi. Uning mehnati orqali yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligiga hissa qo‘shilayotganini bilish — ona uchun eng katta baxt. Farzandimning halol mehnati, mas’uliyatli xizmatidan quvonaman. Uning har bir yutug‘i, har bir muvaffaqiyati mening duolarim bilan yo‘ldosh. Yurtga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha soliq xodimlariga onalar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
00:55
Video unavailableShow in Telegram
#tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Soliq qoʻmitasida tashkil etilgan media studiya faoliyati bilan tanishdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Soliq qoʻmitasi Raisi Farrux Poʻlatov hamrohligida zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan studiyani koʻzdan kechirdi. Uchrashuv doirasida Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati tomonidan 2026-yilda soliq siyosatini jamoatchilikka keng targʻib etishga qaratilgan yirik media loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Sherzod Asadov aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida soliq madaniyatini yanada yuksaltirish, bu borada targʻibotning zamonaviy va maqbul usullaridan samarali foydalanish yuzasidan oʻzining zarur tavsiya va takliflarini bildirdi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
Rolik_studiya_bez slov.mp416.55 MB
02:25
Video unavailableShow in Telegram
#индивидуальный_предприниматель #самозанятость В Узбекистане запускается новый правовой режим для индивидуальных предпринимателей и самозанятых – с единой цифровой экосистемой, автоматическим начислением налогов и прозрачными расчетами. Регистрация бизнеса, налоги, платежи и чеки – все в одном цифровом пространстве. ПП-247 от 12.08.2025г. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
إظهار الكل...
infografika ru.mp442.66 MB