ar
Feedback
IT Park Uzbekistan

IT Park Uzbekistan

الذهاب إلى القناة على Telegram
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
15 888
المشتركون
-1024 ساعات
-277 أيام
-11130 أيام
أرشيف المشاركات
“Domino Ventures” kompaniyasining boshqaruvchi hamkori va asoschisi Mustafo Kopuk O‘zbekistondagi boshlang‘ich bosqichdagi startaplar va ularning asoschilari baholanishida investorlar qanday mezonlarga e’tibor qaratishi haqidagi savolga shunday javob berdi:
Barcha investorlar unicorn kompaniyalar ortidan quvmoqda, biroq O‘zbekistonda biz hali boshlang‘ich bosqichdamiz. Eng muhimi, kuchli mahsulotlar va intiluvchan asoschilarga ega bo‘lishdir. Rivojlanayotgan bozorlarda fintech yoki mahalliy elektron tijorat gigantlarini yaratish unchalik qiyin emas — katta aholiga ega har bir mamlakatda ular mavjud. Ammo xalqaro sarmoya va eksport daromadini jalb qilmoqchi bo‘lsangiz, yuqori texnologiyali va B2B dasturiy ta’minot startaplari zarur. Domino Ventures kompaniyasidagi qarashlarimiz aynan shunday. Biz Turkiya kabi bozorlar qanchalik tez o‘zgarganini ko‘rdik — 6–7 yil avval elektron tijorat sohasiga kiritilgan atigi 3 million dollarlik sarmoyalar bugungi kunda 1,5 milliard dollargacha o‘sib, bir nechta unicorn kompaniyalar paydo bo‘ldi. Agar biz O‘zbekistonda global maqsadlar va to‘g‘ri mahsulotlarga ega asoschilarga ko‘maklashsak, xalqaro mablag‘larni jalb qilishimiz va butun Markaziy Osiyo uchun eksportga yo‘naltirilgan startaplarni yaratishimiz mumkin.
Mustafa Kopuk, Managing Partner and Founder of Domino Ventures, responded to a question about what metrics investors look at when evaluating early-stage startups and founders in Uzbekistan:
Everyone is chasing unicorns, but in Uzbekistan we are still in the early-stage phase. What really matters is building strong products and ambitious founders. In emerging markets, creating fintechs or local e-commerce giants is not so difficult — every country with a large population has them. But if you want to bring international capital and export revenue, you need high-tech and B2B software startups. That is our mindset at Domino Ventures. We have seen how quickly markets like Turkey transformed — from just $3 million invested in e-commerce six or seven years ago to $1.5 billion today, producing multiple unicorns. If we support founders in Uzbekistan with global ambitions and the right products, we can attract international money and create export-driven startups for all of Central Asia.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
“StartupBlink” kompaniyasining Ekotizimni rovijlantirish bo‘limi rahbari Katrin Kalledo ta’kidladi:
Bu yil O‘zbekiston birinchi marta dunyoning eng yaxshi 100 ta startap ekotizimlari ro‘yxatiga kirdi. 2012-yildan 2025-yilgacha mamlakat 89,9% o‘sishni ko‘rsatib, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni, jahon miqyosida esa ikkinchi eng tez rivojlanayotgan mamlakatga aylandi. Birgina Toshkentning o‘zi 132 foizdan ortiq o‘sishga erishdi. Boshqa hududlar bilan solishtirganda, O‘zbekistonning rivojlanish sur’ati to‘rt barobardan ziyod yuqori bo‘lib, bu mamlakatning jadal taraqqiyoti va global ahamiyatining ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Katrin Calledo, StartupBlink, Chief of Ecosystem Success, noted:
This year marks the first time Uzbekistan has entered the global top 100. From 2012 to 2025, the country has shown remarkable progress — growing by 89.9%, ranking first in Central Asia and the second fastest worldwide. Tashkent alone has grown by more than 132%. Compared to other regions, Uzbekistan’s pace is more than four times higher, reflecting the country’s dynamic development and rising global significance.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
“Plug and Play Tech Center” korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Alfredo Gomes Soria:
Biz bu yerdagi intilishni ko‘rdik. Biz istak va tayyorgarlik, shuningdek, startaplar hayotimizga olib kelayotgan yangi yo‘nalishlar va imkoniyatlarga guvoh bo‘ldik. Bularning barchasi faqatgina dadil islohotlar, kuchli motivatsiya va haqiqatan ham qo‘shimcha kuch sarflashga tayyor bo‘lgan jamoa tufayli amalga oshdi. Shunday ekan, bugun sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarim shuki, keling, birgalikda harakat qilaylik, chunki sizda o‘zaro hamkorlikni osonlashtirishga yordam beradigan Plug and Play tarmog‘i mavjud. Biz hamjihatlikda sizlarning muvaffaqiyatga erishishingizni va rivojlanishingizni chin dildan istaymiz. Bizning nazarimizda, O‘zbekiston hozirda Markaziy Osiyoning markazida joylashgan bo‘lib, bu yilgi asosiy mintaqaviy faoliyatimiz markazidir.
Alfredo Gomez Soria, Director of Corporate Relations, Plug and Play Tech Center:
We have seen the ambition. We've seen the hunger, the willingness, and we've seen the new ways and new opportunities that startups are bringing us in town. And this has only been possible thanks to very ambitious reforms, very ambitious motivation, and having a team that actually is willing to go the extra mile." So, my message today that I want to leave with is, let's work together, because you have a network of plug-and-play that can help you facilitate this interaction. All together, we really want you to be successful, we really want you to expand, and for us, Uzbekistan now sits in the heart of Central Asia, and as our central regional operation of this year.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
1
Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov shunday ta’kidladi:
Ushbu sammit kelajakka, ya’ni O‘zbekiston global raqamli iqtisodiyotning asosiy ishtirokchisiga aylanadigan kelajakka olib boradigan darvozadir. Bu tezroq rivojlanish imkoniyati, har bir loyihaning jahon bozorlariga chiqish imkoniyati, investorlar va hamkorlarning O‘zbekistonni yangi mintaqaviy innovatsiyalar markaziga aylantirishga bo‘lgan ishonchini oshirish imkoniyatidir. Buni bir o‘ylab ko‘ring. 2021-yilda startaplarimizning qiymati 1 million AQSh dollariga ham yetmasdi. Bugun esa, atigi to‘rt yil o‘tib, bu ko‘rsatkich 1,2 milliard AQSh dollaridan oshdi. Bu — islohotlar, uzoqni ko‘ra bilish va yoshlarimizning g‘ayrati natijasi. Toshkentda o‘tkazilayotgan Web Summit oddiy konferensiya — bu g‘oyalar ishonchga va muzokaralar hamkorlikka aylanadigan maydondir.
Olimjon Umarov, First Deputy Minister of Digital Technologies, noted:
This summit is the gateway to the future, a future where Uzbekistan emerges as a key player in the global digital economy. Opportunity to grow faster, opportunity for every project to reach global markets, opportunity to connect with investors and partners to look on Uzbekistan as a new regional center of innovation." Think about this. In 2021, the value of our startups was less than 1 million U.S. dollars. Today, just four years later, it's more than 1.2 billion U.S. dollars. This is the result of reform, vision, and the energy of our young people." This Web Summit in Tashkent is more than a conference — it is a place where ideas become confidence and where talks turn into partnership.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
Ciara Haleyning kirish so‘zlari Maxsus loyihalar bo‘yicha ijrochi prodyuser, Web Summit Web Summit Spotlight: Uzbekistan
Sizlarni Web Summit Spotlight: Uzbekistan tadbirimizda kutib olish men uchun katta sharaf — bu Markaziy Osiyo va MDH mintaqasidagi ilk tadbirimiz. Qanday ajoyib boshlanish! Bugun tadbirimizga 400 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, 30 dan ziyod mamlakatdan kelgan 90 nafar xalqaro mehmon qo‘shildi. Ishtirokchilarning bunday keng qamrovli ishtiroki butun dunyoda O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Nega aynan O‘zbekiston? Chunki u shiddat bilan rivojlanmoqda va dunyo bunga e’tibor qaratmoqda. StartupBlink ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston ekotizimlar o‘sishi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni egallab turibdi. Bu shunchaki raqam emas — bu ishoradir. Bu yerda qudratli bir narsa shakllanayotganining ishorasi: tadbirkorlarning yangi avlodi, hukumatning ulkan istiqbollari va kengayishga tayyor ekotizim. Keling, yangi aloqalar o‘rnataylik, dadil g‘oyalarni o‘rganaylik va endigina qad rostlayotgan mintaqani birgalikda e’tirof etaylik.
Opening Remarks by Ciara Haley Executive Producer, Special Projects, Web Summit Web Summit Spotlight: Uzbekistan
It’s a true honor to welcome you to Web Summit Spotlight: Uzbekistan — our very first event in Central Asia and the CIS region. And what a place to begin! Today, we’re joined by over 400 participants, including 90 international guests from more than 30 countries. This incredible turnout reflects a growing global interest in what’s happening right here in Uzbekistan. Why Uzbekistan? Because it’s rising fast — and the world is taking notice. According to StartupBlink, Uzbekistan is now #2 globally in ecosystem growth. That’s not just a statistic — it’s a signal. A signal that something powerful is taking shape here: a new generation of entrepreneurs, an ambitious government vision, and an ecosystem that’s ready to scale. Let’s build new connections, explore bold ideas, and celebrate a region that’s just getting started.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
🌍 Web Summit Spotlight: Uzbekistan — boshlanish arafasida! Haftaning eng kutilgan tadbirlaridan biri tez orada Toshkentdagi IT Park Uzbekistan’da boshlanadi. Ilk bor O‘zbekistonning texnologik ekotizimi dunyoning yetakchi startap va innovatsion platformasi — “Web Summit” sahnasida namoyish etiladi. Ushbu noyob tadbir global investorlar, asoschilar va sanoat yetakchilarini O‘zbekistonning yuksalayotgan texnologiya markazi sifatidagi imkoniyatlarini o‘rganish uchun bir joyga jamlaydi. 📺 Ushbu tarixiy voqeaning ishtirokchisiga aylaning — jonli efirni kuzating: YouTube Live — 🌍 Web Summit Spotlight: Uzbekistan — about to begin! One of the most anticipated events of the week is kicking off soon at IT Park Uzbekistan, Tashkent. For the first time, Uzbekistan’s tech ecosystem will be showcased under the spotlight of the world’s leading startup and innovation platform — Web Summit. This unique event gathers global investors, founders, and industry leaders to explore the opportunities that Uzbekistan offers as a rising tech hub. 📺 Be part of this historic moment — join the live broadcast here: YouTube Live #ICTWeek2025 #WebSummit #Uzbekistan #Innovation #Startups
إظهار الكل...
1
#event “CAEX” markazida “ICT Week Uzbekistan 2025” doirasida Markaziy Osiyoda investitsiya va hamkorlik uchun asosiy maydon hisoblangan “Startup & Venture Summit 2025” bo‘lib o‘tdi. Sammitda 500 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan startaplar, venchur fondlari, akseleratorlar, korporatsiyalar, davlat tuzilmalari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Tadbir milliy startaplarning global innovatsion ekotizimga integratsiyalashuvi va mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga turtki bo‘ldi. 📖 Batafsil ma’lumot olish uchun maqolani to’liq o’qing: it-park.uzStartup & Venture Summit 2025 took place at CAEX as part of ICT Week Uzbekistan 2025 — serving as a key platform for investment and partnerships in Central Asia. The summit brought together more than 500 participants, including startups, venture funds, accelerators, corporations, government institutions, and international experts. The event became a catalyst for the integration of national startups into the global innovation ecosystem and for enhancing the region’s investment attractiveness. 📖 Read the full article to learn more: outsource.gov.uz Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
1
IT Park Uzbekiston bosh direktori Abdulaxad Kuchkarov tadbirni quyidagi kuchli xabar bilan yakunladi:
Men barcha startaplarni ko‘rib turibman va bugun sizlar bilan birga bo‘lishdan juda mamnunman. O‘zbekiston startap ekotizimida ulkan ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lyapman. Dastlab faoliyatimizni boshlaganda, atigi bir necha yil ichida bunday natijalarga erishishimizni tasavvur ham qilmagan edik — va ishonchim komilki, bu hali boshlanishi, xolos. Oldinda qilinadigan ishlar juda ko‘p. O‘zbekistonda ko‘plab startaplar va ajoyib iste’dodlar bor, biz shunchaki qattiq mehnat qilishimiz kerak. Hech qanday mo‘jiza yoki sehr yo‘q — faqat mehnat. Faqat shu yo‘l bilangina biz chinakam buyuk natijalarga erishishimiz mumkin.
CEO of IT Park Uzbekistan, Abdulakhad Kuchkarov, concluded the event with a strong message:
I see all the startups, and I’m very happy to be here with you today. I’m witnessing tremendous improvements in Uzbekistan’s startup ecosystem. When we first started, we never imagined we could achieve such results in just a few years — and I’m sure this is only the beginning. There is still so much to do ahead. We have many startups and incredible talent in Uzbekistan; we just need to work hard. No miracles, no magic — just hard work. And that is the only way we can achieve truly remarkable results.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
3🔥 1👏 1
Akmaljon Musayevni “Global Startup Awards” tanlovining “Founder of the Year” mukofoti bilan tabriklaymiz! To‘rtta hammuassis va 15 kishilik jamoa bilan ushbu startap texnologiya sohasida muvaffaqiyat hech qachon yolg‘iz erishilmasligini — u ishonch, umumiy maqsad va hamjihatlik asosida qurilishini isbotladi.
Hammuassislarimdan birortasi bo‘lmaganda, bu loyiha amalga oshmagan bo‘lardi. Bizni haqiqatan birlashtirgan narsa — bu ishonch: har birimiz o‘z ishimizni eng yaxshi tarzda erkin bajaramiz, chunki qolganlar ham o‘z vazifasini albatta bajarishiga ishonamiz.
Bu mukofot faqat bitta odam uchun emas — balki butun ta’sischilar jamoasi uchun. Kechasi bilan bajarilgan ishlar, qiyin qarorlar va birgalikda yanada yaxshiroq yechim yaratish mumkinligiga bo‘lgan ishonch uchun. — Congratulations to Akmaljon MusaevFounder of the Year Global Startup Awards! With four co-founders and a team of 15, this startup proves that success in tech is never a solo journey — it’s built on trust, shared vision, and teamwork.
Without even one of my co-founders, this project would not have happened. What truly unites us is trust — the freedom to focus on what each of us does best, knowing that the others will deliver.
This trophy isn’t just for one person — it’s for the whole founding team. For the late nights, hard decisions, and shared belief that something better could be built — together. 📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
🔥 7 1
🎉 O‘zbekistonning “Catextra” kompaniyasini — “Best Green Tech Startup” sovrindori bo‘lgani bilan tabriklaymiz!
Ehtimol, eng muhim maslahat — aslo taslim bo‘lmang. Hatto yo‘l qiyinlashganda ham, yangi g‘oyalar va ishlanmalarni izlashda davom etishingiz kerak. Har bir qiyinchilik qayta o‘ylash, moslashish va avvalgidan ham kuchliroq oldinga intilish uchun imkoniyat yaratadi. Mintaqamiz shiddat bilan o‘zgarmoqda va bu rivojlanish sur’ati bizga o‘tmishdagiga qaraganda ko‘proq imkoniyatlar yaratmoqda. Bu yerda kelajak yorqinroq ko‘rinadi va matonatli hamda innovatsion asoschilar uchun har qachongidan ham kattaroq imkoniyatlar ochilmoqda.
🎉 Congratulations to Catextra from Uzbekistan — Winner of the “Best Green Tech Startup” Award!
Probably the most important advice is — don’t give up. Even when the journey gets rough, you should keep seeking out new ideas and developments. Every challenge opens a chance to rethink, adapt, and move forward stronger than before. Our region is changing rapidly, and that speed of development creates more opportunities than we had in the past. The future here looks brighter, and for founders who stay resilient and innovative, the potential is greater than ever.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
EduAI startapini “People’s Choice” mukofoti bilan tabriklaymiz! 🌍✨
Bizning EduAI nomli startap — yosh avlod, ayniqsa o‘rta maktab va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ta’lim platformasi. Biz amaliyot o‘tash, professorlar bilan ilmiy tadqiqot olib borish va shu kabi boshqa imkoniyatlarni taqdim etamiz. Maqsadimiz — ta’limni yanada qulay va ommabop qilish, iloji boricha ko‘proq insonlarga yordam berishdir.
Bu yilgi “ICT Week Uzbekistan” doirasida “EduAI” butun dunyo talabalari uchun ta’lim sohasini o‘zgartirish borasidagi sa’y-harakatlari tufayli “People’s Choice” mukofotiga sazovor bo‘ldi. “EduAI” g‘oyasi oddiy, ammo ta’sirchan: talabalar va imkoniyatlar o‘rtasidagi bo‘shliqni to‘ldirish. Yoshlarni murabbiylar, amaliyot va ilmiy-tadqiqot dasturlari bilan bog‘lash orqali startap bilimlar yanada qulayroq va karyera esa ertaroq boshlanadigan kelajakni shakllantirmoqda. “EduAI” ta’limdagi innovatsiyalar nafaqat texnologiyalar bilan bog‘liq ekanligini, balki yangi imkoniyatlar eshigini ochish, kelgusi avlodning salohiyatini oshirish va ta’lim sohasini chinakamiga inklyuziv qilishdan iborat ekanligini ko‘rsatmoqda. — Congratulations to EduAI — Winner of the “People’s Choice” Award! 🌍✨
We are a startup called EduAI — an education platform for the young generation, especially high school and university students. We provide access to internships, research opportunities with professors, and other opportunities. Our goal is to make education more affordable and accessible, helping as many people as possible.
At this year’s ICT Week Uzbekistan, EduAI was honored with the People’s Choice award, celebrating its mission to transform education for students worldwide. The idea behind EduAI is simple but powerful: to bridge the gap between students and opportunities. By connecting young people to mentors, internships, and research programs, EduAI is shaping a future where knowledge is more accessible and careers can start earlier. EduAI shows that innovation in education is not only about technology — it’s about opening doors, empowering the next generation, and making learning truly inclusive. 📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
🚀 O‘zbekistonning “HyperApp” startapini “Startup of the Year” mukofoti bilan tabriklaymiz! Ushbu mahalliy bulutli xizmatlar provayderi Markaziy Osiyoda korxona darajasidagi samaradorlik va mintaqaviy ishonchni ta’minlash tushunchasini yangicha talqin qilmoqda. Shaxsiy ma’lumotlarni mahalliy darajada saqlashni talab qiluvchi mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lgan kompaniya nafaqat O‘zbekistonda, balki Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istonda ham kengayib borayotgan bozorni o‘zlashtirmoqda.
Besh yil ichida global bulutli provayder va Markaziy Osiyodagi yetakchi o‘yinchiga aylanishni maqsad qilganmiz. Biz allaqachon Lenovo va AWS kabi global brendlar bilan hamkorlik qilmoqdamiz va mijozlarni qo‘llab-quvvatlash hamda samaradorlikni yuqori o‘ringa qo‘yadigan platforma yaratmoqdamiz.
Startap gigantlarga chaqiriq tashlab, aniq maqsad bilan harakat qilganda, mana shunday natijalar yuz beradi. — 🚀 Congratulations to HyperApp from Uzbekistan – The Winner of Startup of the Year! This homegrown cloud services provider is rethinking what it means to deliver enterprise-grade performance and regional trust in Central Asia. With a strong legal framework requiring personal data to be stored locally, the company is tapping into a growing market — not just in Uzbekistan, but also expanding into Kyrgyzstan, Tajikistan, and Kazakhstan.
In five years, we aim to become a global cloud provider — and the number one player in Central Asia. We already partner with global brands like Lenovo and AWS, and we’re building a platform that puts customer support and performance first.
This is what happens when a startup dares to take on the giants — and builds with purpose. 📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
🔥 3 1
“Tumar Innovation Hub” bosh direktori Rinata Ilyubayeva Markaziy Yevroosiyo startaplari MENA mintaqasi bozoriga kirishda duch keladigan asosiy qiyinchiliklarni quyidagicha izohladi:
Yaqin Sharq yagona bozor emas — har bir mamlakatning o‘ziga xos madaniyati, iqtisodiyoti va qonunlari mavjud. Dubayda muvaffaqiyatli bo‘lgan yondashuv Saudiya Arabistoni yoki Misrda samara bermasligi mumkin. Shu sababli, startaplar bozorga kirishdan oldin chuqur tadqiqot o‘tkazishlari va mahsulotning bozorga mosligini aniqlab olishlari zarur. Markaziy Yevroosiyolik startap asoschilari uchun til to‘siq hisoblanadi. Ingliz tili ko‘pincha uchinchi til bo‘lgani uchun, taqdimot qilish va investorlarning savollariga javob berish qiyinroq kechadi. Asoschilar mintaqada mablag‘ jalb qilishdan oldin ko‘proq mashq qilishlari va mahoratlarini oshirishlari lozim. Shunday bo‘lsa-da, Yaqin Sharq ulkan imkoniyatlar taqdim etadi. Mintaqa moslashuvchan, yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtiradi va kreativ g‘oyalarga ochiq. Masalan, Saudiya Arabistoni yaqinda maktab o‘quv dasturiga kiberxavfsizlik fanini kiritdi. Venchur kapital bozori ham tez sur’atda o‘sib bormoqda — joriy yilning birinchi yarmidayoq 2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritildi. Bu kuchli g‘oyalar va puxta tayyorlangan taqdimotlarni taklif etishga tayyor startaplar uchun imkoniyatlar ko‘lamining naqadar keng ekanligini ko‘rsatmoqda.
Rinata Ilyubaeva, CEO Tumar Innovation Hub shared the main challenges that startups from Central Eurasia face when entering the MENA region market:
The Middle East is not one unified market — each country has its own culture, economy, and laws. What works in Dubai may not work in Saudi Arabia or Egypt. That’s why startups must do thorough research and find the right product-market fit before entering. For Central Eurasian founders, language is a barrier. English is often the third language, which makes pitching and answering investor questions harder. Founders need to practice and improve before fundraising in the region. Still, the Middle East offers huge opportunities. The region is flexible, quick to adopt new technologies, and open to creative ideas. Saudi Arabia, for example, recently introduced cybersecurity into the school curriculum. Venture capital is also growing fast — over $2 billion was invested in just the first half of this year. This shows the scale of opportunities for startups ready to bring strong ideas and well-prepared pitches.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
“Silkroad Innovation Hub” asoschisi Asset Abdualiyev Markaziy Yevroosiyolik startaplar AQSh bozoriga kirishda duch keladigan asosiy qiyinchiliklarni bayon etdi:
AQSh bozoriga kirayotgan har qanday asoschining birinchi va ehtimol eng katta qiyinchiligi to‘g‘ri vizani olishdir. B1/B2 kabi sayyohlik vizasini olish ancha oson, biroq u ishlashga ruxsat bermaydi. Amalda kompaniya tuzish uchun sizga H1B, O yoki L ishchi vizasi kerak bo‘ladi va bu jarayon murakkab, qimmat hamda ko‘p vaqt talab etadi. Ko‘pchilik tadbirkorlar o‘z faoliyatlarining boshida bu qanchalik jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkinligini yetarlicha baholamaydilar. Ammo vizalar faqat boshlanishi, xolos. Asoschilar, shuningdek, boshqa qiyinchiliklarga ham duch kelishadi: to‘g‘ri shtatda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish, mavjud aloqalar tarmog‘isiz investorlarni topish, biznes yuritishning madaniy xususiyatlariga moslashish va amerikalik xodimlarni yollash hamda ular bilan ishlashni o‘rganish. “Silk Road Innovation Hub”dagi vazifamiz asoschilarni ushbu dastlabki bosqichlardan yetaklab o‘tish, ularga to‘siqlarni yengib o‘tishda ko‘maklashish va eng muhimi — e’tiborni startaplarini AQShda muvaffaqiyatli rivojlantirishga qaratishlariga yordam berishdir.
Asset Abdualiyev, founder of Silkroad Innovation Hub, shared the main challenges that startups from Central Eurasia face when entering the U.S. market:
The first and probably biggest challenge for any founder entering the U.S. market is securing the right visa. A tourist visa like B1/B2 is fairly easy to obtain, but it doesn’t allow you to work. To actually build a company, you need a working visa — H1B, O, or L — and that process is complex, expensive, and time-consuming. Many entrepreneurs underestimate how much of a barrier this can be at the very beginning of their journey. But visas are just the start. Founders also face other hurdles: incorporation in the right state, finding investors without an established network, adapting to cultural nuances of doing business, and learning how to hire and work with Americans. At Silk Road Innovation Hub, our mission is to guide founders through these early stages, helping them overcome obstacles and focus on what really matters — scaling their startups successfully in the U.S.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
star reaction 1 1👍 1🔥 1
Jeff Kabili, asoschi va Stanford o‘qituvchisi, tadbirkorlar uchun hikoya qilish bo‘yicha maslahatlar haqida “Global Startup Awards” tadbirida muloqot bo‘yicha mutaxassis Jeff Kabili eng kam e’tibor berilgan startap ko‘nikmalaridan biri — hikoya qilish bo‘yicha mahorat darsini o‘tkazdi. “Storytelling Tips for Entrepreneurs” deb nomlangan qiziqarli sessiyada u asoschilar o‘z auditoriyasi bilan qanday qilib haqiqiy aloqa o‘rnatishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi — slaydlar orqali emas, balki ahamiyatli hikoyalar orqali.
Nutq so‘zlashning eng qiyin qismi e’tiborni jalb qilish emas, balki uni saqlab qolishdir. Sahnaga chiqqaningizda ta’sir qoldirish uchun bir necha soniya vaqtingiz bor: to‘xtang, jilmaying, ko‘z bilan aloqa o‘rnating va gapirishdan oldin xonani o‘zingizga qarating. So‘ngra, hikoyani boshlang — o‘z hikoyangizni. Odamlar slaydlarni emas, hikoyalarni eslab qoladi. Qiyinchiliklar, yutuqlar, chin hissiyotlar — aynan shular sizni tinglovchilaringiz bilan bog‘laydi. Shuning uchun shunchaki taqdimot qilmang — muloqot qiling, jalb eting va ularga haqiqiy tuyg‘uni his qildiring.
Startap asoschilari uchun hikoya qilish ixtiyoriy emas — juda zarur. Bu investorlarni ruhlantirish, foydalanuvchilar bilan aloqa o‘rnatish va jamoangizni yutuq va mag‘lubiyatlar yo‘lidan yetaklash usulidir. — Jeff Cabili, Founder and Stanford Instructor, on Storytelling Tips for Entrepreneurs At the Global Startup Awards, communication expert Jeff Cabili delivered a masterclass on one of the most underrated startup skills: storytelling. In a powerful session titled “Storytelling Tips for Entrepreneurs”, he shared insights on how founders can truly connect with their audience — not through slides, but through stories that matter.
The most difficult part of public speaking isn’t grabbing attention — it’s keeping it. You have a few seconds when you walk on stage to make an impact: pause, smile, make eye contact, and own the room before you even speak. Then, tell a story — your story. People remember stories, not slides. The setbacks, the breakthroughs, the real emotions — that’s what connects you to your audience. So don’t just present — relate, engage, and make them feel something real.
For startup founders, storytelling isn’t optional — it’s essential. It’s how you inspire investors, connect with users, and lead your team through ups and downs. 📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
3🔥 2👍 1
UzVC fondini “Global Startup Awards” tanlovidagi “Investor of the Year” sovrini bilan tabriklaymiz! 🇺🇿💼 UzVC butun mintaqa bo‘ylab venchur kapitali va startaplar rivojlanishining kelajagini shakllantirishdagi uzoqni ko‘ra biluvchi roli uchun e’tirof etildi. Dastlabki bosqichdagi ishonchli investor sifatida UzVC yangi avlod startap asoschilarini qo‘llab-quvvatlab, keng ko‘lamli innovatsiyalarni rag‘batlantirmoqda.
Aholimizning 60 foizdan ortig‘i 30 yoshgacha bo‘lgani sababli, mintaqamiz shunchaki o‘sib qolmay, balki kamolotga yetmoqda. Biz ijodkorlik, tadbirkorlik va maqsadlar yuksalishiga guvoh bo‘lyapmiz. Ko‘p jihatdan, bu yerdagi startap ekotizimi xuddi startapning o‘ziga o‘xshaydi: g‘ayratga to‘la, umumiy maqsad atrofida birlashgan va maqsad tuyg‘usi bilan harakatlanadi. Shuning uchun biz axborot mahsulotlariga sarmoya kiritmoqdamiz, xalqaro miqyosda kengaymoqdamiz va asoschilarning keyingi avlodini qo‘llab-quvvatlamoqdamiz. Keyingi besh yil hal qiluvchi davr bo‘ladi — va biz endigina boshladik.
Venchur sohasining kelajagi yozilmoqda — va u aynan shu yerdan boshlanadi. Yana bir bor tabriklaymiz, UzVC! 🚀 — Congratulations to UzVCWinner of Investor of the Year at the Global Startup Awards! 🇺🇿💼 UzVC has been recognized for its visionary role in shaping the future of venture capital and startup growth across the region. As a bold early-stage investor, UzVC is empowering a new generation of founders and fueling innovation at scale.
With over 60% of our population under the age of 30, our region is not just growing — it’s coming of age. We're seeing an explosion of creativity, entrepreneurship, and ambition. In many ways, the startup ecosystem here feels like a startup itself: full of energy, aligned around a common goal, and driven by a sense of purpose. That’s why we’re investing in information products, expanding internationally, and supporting the next generation of founders. The next five years will be a defining chapter — and we’re just getting started.
The future of venture is being written — and it starts here. Congratulations once again, UzVC! 🚀 📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
👍 6 3🔥 2
“MoliyAI” “Global Startup Awards” tanlovining “Best Fintech Startup” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi!
O‘zbekistonda va butun dunyoda rasmiy daromadi yoki tegishli kredit tarixi bo‘lmagan moliyaviy xizmatlardan to‘liq foydalana olmaydigan millionlab insonlar bor. Biz MoliyAI fintech yechimimiz orqali qarz beruvchilarga sun’iy intellekt yordamida bunday shaxslarning to‘lov qobiliyatini baholash va ularga kreditlar hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda ko‘maklashamiz. Bu yilgi ICT Week Uzbekistan doirasida MoliyAI eng muhim global muammolardan biri — moliyaviy inklyuzivlikni hal qilishdagi sa’y-harakatlari uchun eng yaxshi fintech startap deb e’tirof etildi. G‘oya hayotdan olingan voqealardan kelib chiqadi. Mikromoliyalash mijozlaridan birining ko‘rsatganidek, kredit olish imkoniyati hayotni butunlay o‘zgartirishi mumkin: kreditga sotib olingan atigi ikkita sigirdan boshlagan bu odam, keyinchalik podani ko‘paytirib, natijada butun boshli ferma qurishga erishdi. Ushbu misol MoliyAI loyihasining asosiy vazifasi — an’anaviy moliya tizimidan chetda qolgan insonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni to‘liq aks ettiradi. MoliyAI shuni namoyish etadiki, fintech faqatgina innovatsiya va texnologiyalarga oid soha emas, balki imkoniyatlar yaratish, insonlarni qo‘llab-quvvatlash va hayotlarni o‘zgartirishga ham xizmat qiladi.
MoliyAI is the winner of nomination "Best Fintech" at the Global Startup Awards!
There are millions of underbanked people in Uzbekistan and around the world — those without official income or proper credit history. Through our FinTech solution, MoliyAI, we help lenders use machine learning to score these individuals and give them access to loans and financial services. At this year’s ICT Week Uzbekistan, MoliyAI was recognized as Best Fintech for tackling one of the biggest global challenges — financial inclusion. The idea comes from real-life stories. As one microfinance client once showed, access to credit can be transformative: starting with just two cows bought on a loan, he was able to grow his herd and eventually build an entire farm. This example perfectly reflects MoliyAI’s mission — to unlock opportunities for those excluded from traditional finance. MoliyAI demonstrates that fintech is not only about innovation and technology — it’s about creating opportunities, empowering people, and changing lives.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
👍 1
🎉 O‘zbekistonlik Rahimaxon NugmanovaniEcosystem Hero of the Year” mukofoti bilan tabriklaymiz! 🇺🇿 Bu yilgi “Global Startup Awards” tadbirida Rahimaxon Nugmanova O‘zbekistonning innovatsion muhitini shakllantirishdagi ilhomlantiruvchi hissasi uchun “Ecosystem Hero of the Year” unvoniga sazovor bo‘ldi. Moderator undan muvaffaqiyatli ekotizimni yaratish siri haqida so‘raganda, u oddiy, ammo ta’sirchan javob berdi:
Shunchaki boshlash kerak.
Va u buni o‘z EdTech startapini ishga tushirish orqali amalga oshirdi. Rahimaxonning fikricha, ekotizimni yaratishni bolalarga ta’lim berish kabi asosiy masaladan boshlash mumkin. Bu g‘oya uning hayotiy maqsadiga aylandi: texnologiya va ta’lim orqali kelajak avlodni qo‘llab-quvvatlash. Uning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta’sirchan ekotizimlar moliyalashtirish yoki shuhratdan emas, balki maqsad va harakatdan boshlanadi. 🚀 — 🎉 Congratulations to Rakhimakhon Nugmanova from Uzbekistan — Winner of the “Ecosystem Hero of the Year” Award! 🇺🇿 At this year’s Global Startup Awards, Rakhimakhon Nugmanova was honored with the Ecosystem Hero of the Year title for her inspiring contribution to building Uzbekistan’s innovation landscape. When asked by the moderator about the secret to building a successful ecosystem, she gave a simple yet powerful answer:
You just have to start.
And she did — by launching her own EdTech startup. Rakhimakhon believes that building an ecosystem can begin with something as fundamental as educating children. That belief became her mission: to empower the next generation through technology and learning. Her journey proves that impactful ecosystems don’t start with funding or fame — they start with purpose and action. 🚀 📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
2🔥 2
“IDDA Azerbaijan” bosh tijorat direktori Salar Imamaliyev shunday ta’kidladi:
Meni ushbu muhokamaga taklif etganingiz uchun tashakkur. Bu yerga har kelganimda, mamlakatning iliqligi va ochiqko‘ngilligini his qilaman. Bugungi kunda Ozarbayjon hamkorlik, innovatsiya va raqamli rivojlanishni rag‘batlantirish yo‘lida harakat qilmoqda. Biz o‘zimizni sekin ishlaydigan byurokratiya deb hisoblamaymiz, aksincha, o‘zgarishlarning drayveriga aylanishga intilamiz. Xalqaro hamkorlik doirasida Italiya biz allaqachon faoliyat yuritayotgan bozorlardan biri hisoblanadi va bu yo‘nalishda yanada kengayishni rejalashtiryapmiz. Hukumat neft sohasidan tashqari iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda markaziy rol o‘ynab, innovatsion ekotizimni mustahkamlash uchun tavakkalchilikka ham boryapti. Bizning ustuvor yo‘nalishlarimiz — oqilona, sanoatga yo‘naltirilgan hamkorliklar o‘rnatish, ta’lim va iste’dodlarga sarmoya kiritish hamda resurslarning mamlakat ichida samarali aylanishini ta’minlashdan iborat. Biz hali boshlang‘ich bosqichdamiz, ammo hamkorlarimizdan o‘rganishga va startaplar o‘sishi uchun qulay muhit yaratishga intilmoqdamiz.
Salar Imamaliev, CCO IDDA Azerbaijan, noted:
Thank you for inviting me to this panel. Every time I come here, I feel the warmth and openness of this country. Azerbaijan today is focused on partnerships, innovation, and driving digital development. We don’t see ourselves as a slow bureaucracy — we aim to be a driver of change. In international cooperation, Italy is one of the markets where we are already active, and we are looking to expand further. The government plays a central role in diversification away from oil, taking on risks to strengthen the innovation ecosystem. Our priorities are building smart, industry-driven partnerships, investing in education and talent, and ensuring that resources circulate effectively within the country. We are still at an early stage, but we are determined to learn from partners and create an environment where startups can grow.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
“Technohub Dushanbe” bosh direktori Masrur Ishanov ta’kidladi:
Zip AI haqiqiy mintaqaviy startapga aylandi — u Tojikistonda yaratildi, ammo hozirda butun Markaziy Osiyo bo‘ylab muvaffaqiyat ramzi va ibrat namunasi sifatida e’tirof etilmoqda. Uning yo‘li mintaqamizdan chiqqan innovatsiyalar keng tan olinishi hamda asoschilar va investorlarga ilhom berishi mumkinligini isbotlaydi. Ushbu yutuq Markaziy Osiyodan chinakam chempionlar yetishib chiqishini ko‘rsatadi. Agar biz birgalikda harakat qilsak va ekotizimlarimizni mustahkamlasak, dunyoga mintaqamiz global startap maydonidagi eng kuchli o‘yinchilardan biri ekanligini va xalqaro miqyosda ta’sir ko‘rsatadigan ulkan loyihalarni yaratishga qodir ekanligimizni namoyish eta olamiz.
Masrur Ishanov, CEO of Technohub Dushanbe, noted:
Zip AI has become a true regional startup — it started in Tajikistan, but today it is recognized across Central Asia as a success story and a role model. Its journey proves that innovation from our region can gain wide recognition and inspire both founders and investors. This success shows that Central Asia can produce real champions. If we work together and strengthen our ecosystems, we can demonstrate to the world that our region is home to some of the best players in the global startup arena and that we are capable of building great projects with international impact.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...