ar
Feedback
IT Park Uzbekistan

IT Park Uzbekistan

الذهاب إلى القناة على Telegram
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
15 886
المشتركون
+624 ساعات
-207 أيام
-8930 أيام
أرشيف المشاركات
🌟 IT Park Uzbekistan tomonidan yakuniy so‘z “Offshore Outsourcing Conference Workshops” yakunida IT Park Uzbekistan xizmatlar eksportni rivojlantirish bo‘yicha direktori Mahliyo Muksinova xalqaro ishtirokchilarga navbatdagi qadamni tashlash va O‘zbekistonda o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish uchun ta’sirchan yakuniy murojaat bilan chiqdi.
IT Park‘dagi vazifamiz sizning biznesingiz o‘sishi uchun qulay muhit yaratish, buning evaziga siz iqtisodiyotimiz rivojiga hissa qo‘shasiz. Biz hamkorlik qilish imkoniyatidan juda mamnunmiz. Umid qilamanki, ushbu tadbir O‘zbekistonda kompaniyangizni ochish yo‘lidagi keyingi qadamingizga turtki bo‘ladi. Savollaringiz bo‘lsa yoki yordamga muhtoj bo‘lsangiz, biz doim yoningizdamiz — nafaqat bugun, balki butun faoliyatingiz davomida.
🤝 Iqtidorli kadrlar, rivojlangan infratuzilma va kuchli davlat ko‘magiga ega O‘zbekiston IT va BPO sohasidagi global yetakchilarning yangi avlodini kutib olishga tayyor. — 🌟 Closing Remarks from IT Park Uzbekistan At the conclusion of the Offshore Outsourcing Conference Workshops, Makhliyo Muksinova, Director for Export Development at IT Park Uzbekistan, delivered a powerful closing message — inviting international participants to take the next step and launch their businesses in Uzbekistan.
At IT Park, our mission is to create an environment where your businesses can grow — and in return, you help grow our economy. We are truly excited about the potential of working together. I hope that this event helps you take the next step toward launching your company in Uzbekistan. If you have questions or need support, we’re here — not just today, but throughout your journey.
🤝 With open access to talent, infrastructure, and strong government support, Uzbekistan is ready to welcome the next generation of global IT and BPO leaders. #ITParkUzbekistan #Outsourcing #ExportServices #DigitalUzbekistan #BPO #ITExport #Investment #BusinessInUzbekistan
إظهار الكل...
1🔥 1
💼 Hamkorlik markazida: Kapitalbank x IT Park Uzbekistan “Offshore Outsourcing Conference Workshops” doirasida “Kapitalbank” boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Yaxyoev bankning IT va BPO-kompaniyalarini ishonchli moliyaviy yechimlar bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan IT Park Uzbekistan bilan hamkorligini taqdim etdi. Unga ko‘ra:
IT Park Uzbekistan bilan hamkorligimiz umumiy maqsadga asoslangan — IT va BPO-kompaniyalari uchun ishonchli va dinamik moliyaviy ekotizim yaratish. Biz xalqaro biznesni qo‘llab-quvvatlaydigan, operatsiyalarni soddalashtiradigan va texnologik kompaniyalarga O‘zbekistonda ishonch bilan rivojlanishga yordam beradigan maxsus bank yechimlarini taqdim etishga intilamiz.
🤝 Ushbu hamkorlik O‘zbekistonda global biznes xizmatlari uchun mustahkam poydevor yaratish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. — 💼 Cooperation in Focus: Kapitalbank x IT Park Uzbekistan During the Offshore Outsourcing Conference Workshops, Akmal Yakhyоev, Deputy Chairman of the Board of Kapitalbank, presented the bank’s collaboration with IT Park Uzbekistan aimed at supporting IT and BPO companies with reliable financial solutions. In his words:
Our cooperation with IT Park Uzbekistan is built on a shared vision — to create a reliable and dynamic financial ecosystem for IT and BPO companies. We’re committed to providing tailored banking solutions that support international businesses, simplify operations, and help tech companies scale with confidence in Uzbekistan.
🤝 This partnership is another step toward building a strong foundation for global business services in Uzbekistan. #ITParkUzbekistan #Kapitalbank #Outsourcing #BPO #ITExport #Uzbekistan #TechEcosystem #InvestmentReady
إظهار الكل...
“BeproDevhub” loyiha menejeri Otabek Abduhamanov quyidagilarni ta’kidladi:
Kompaniyamiz 2019-yilda IT-xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot sifatida faoliyatini boshlagan. 2023-yilda biz IT Park Uzbekistan va “UJC” hamkorligida tashkil etilgan “IT Sector Japan Trip” dasturida ishtirok etib, “SRA“, “CAL”, “Digital Knowledge”, “Acro” va boshqa kompaniyalar bilan aloqalar o‘rnatdik. 2025-yilda esa IT Park Uzbekistan bilan birgalikda “Japan IT Week” ko‘rgazmasida o‘z kompaniyamizni taqdim etdik va natijada “SRA” bilan birinchi shartnomamizni imzolashga erishdik.
Otabek Abduhamanov, Project Manager, BeproDevhub noted:
Our company was established in 2019 as an IT service provider. In 2023, we participated in the program "IT Sector Japan Trip" organized by IT Park Uzbekistan and UJC, where we became acquainted with companies such as SRA, CAL, Digital Knowledge, Acro, and others. In 2025, we presented our company at the Japan IT Week exhibition together with IT Park Uzbekistan, which resulted in our first contract with SRA.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
“Wyn Enterprise” mintaqaviy direktori Damir Galiyev ta’kidladi:
Wyn Enterprise kompaniyasida biz O‘zbekiston va Yaponiya bilan birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali ham biznes o‘sishiga, ham davlat sektori rivojlanishiga hissa qo‘shadigan mustahkam IT-hamkorlikni yo‘lga qo‘ya olishimizga ishonamiz. Bunday hamkorlik ikki innovatsion davlatning kuchli tomonlarini birlashtirish, ilg‘or texnologiyalar, yangi amaliyotlar va umumiy tajribani taqdim etish imkonini beradi. Ishonchni mustahkamlash, bilim almashishni rag‘batlantirish va qo‘shma loyihalarga sarmoya kiritish orqali nafaqat kompaniyalarimiz, balki keng qamrovli raqamli ekotizim uchun ham barqaror qiymat yarata olishimizga ishonchimiz komil. Ushbu sheriklik yuqori standartlarni o‘rnatish, yangi bozorlarni o‘rganish va O‘zbekiston hamda Yaponiya o‘rtasida uzoq muddatli texnologik aloqalarni o‘rnatish imkoniyatidir.
Damir Galiyev, Regional Director, Wyn Enterprise noted:
At Wigan Enterprise, we believe that through joint efforts with Uzbekistan and Japan, we can build a robust IT partnership that will contribute to both business growth and public sector development. Such cooperation allows us to combine the strengths of two innovation-driven nations, bringing advanced technologies, new practices, and shared expertise to the table. We are confident that by fostering trust, encouraging knowledge exchange, and investing in joint projects, we can create sustainable value not only for our companies but also for the wider digital ecosystem. This partnership is an opportunity to set higher standards, explore new markets, and build a long-term technological bridge between Uzbekistan and Japan.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
“Uzinfocom” xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘limi rahbari Timur Miyasarov:
Biz O‘zbekistondagi eng yirik IT-kompaniyalaridan biri bo‘lib, bozorda 24 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqdamiz. Hukumat uchun 1000 dan ziyod raqamli mahsulotlarni ishlab chiqqanmiz. 2023-yildan boshlab, xorijiy bozorlar bilan ham hamkorlikni kengaytirish va ishlashga qaror qildik. Biz Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasida nafaqat kompaniyalar, balki hukumatlar darajasida ham hamkorlik uchun ulkan salohiyat borligini ko‘rmoqdamiz.
Timur Miyasarov, Director of the international business development office, Uzinfocom:
We are one of the largest IT companies in Uzbekistan, and we have been working in the market for more than 24 years. We have developed over 1,000 digital products for the government. Starting from 2023, we decided to expand and work with foreign markets as well. We see huge potential for cooperation between Japan and Uzbekistan — not only between companies, but also between governments.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
2
“Soft Hyperion CA” direktori Masatoshi Yamaguchi shunday ta’kidladi:
Ko‘p tillarni biladigan xorijlik mutaxassislarni jalb etish hamda O‘zbekiston va Yaponiyadagi rivojlanish markazlarimizni birlashtirish orqali biz chegaralararo turli xil jamoalarni shakllantiryapmiz. Bu yondashuv IT-autsorsing xizmatlarini kengaytirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash jarayonida sifat, xavfsizlik va moslashuvchanlikni ta’minlash imkonini beradi. Bizning maqsadimiz nafaqat ishonchli autsorsing xizmatlarini taqdim etish, balki O‘zbekistondan Yaponiyaga mahsulot va xizmatlarni olib kirish orqali ikki tomonlama manfaat yaratishdir. Barqaror hamkorlik aloqalari yordamida biz O‘zbekiston va Yaponiyada sanoat va jamiyatning rivojlanishiga hissa qo‘shishni ko‘zlamoqdamiz.
Masatoshi Yamaguchi, Director, Soft Hyperion CA noted:
By recruiting multilingual offshore talent and combining our development bases in Uzbekistan and Japan, we are building diverse teams across borders. This approach allows us to ensure quality, security, and flexibility while expanding IT outsourcing and strengthening cooperation between our two countries. Our goal is not only to provide reliable outsourcing services but also to bring products and services from Uzbekistan to Japan, creating two-way value. Through sustainable partnerships, we aim to contribute to the growth of industries and societies in both Uzbekistan and Japan.
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
“Orion Computer” bosh direktori Hisako Ishikava ta’kidladi:
Yanada ko‘proq yoshlarimiz Yaponiyada muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun O‘zbekistondagi ta’lim salohiyatimizni kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Ushbu tashabbuslar orqali biz uchta muhim natijani ko‘zlamoqdamiz. Birinchidan, O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va ta’lim sohalari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatish. Ikkinchidan, yoshlarimizning Yaponiyada o‘qishi va ishlashi uchun barqaror karyera imkoniyatlarini yaratish. Va uchinchidan, o‘zaro manfaatli munosabatlar qurish. Sizning yordamingiz bilan qiyinchiliklarni yengib o‘tish, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda o‘zaro o‘sish va rivojlanishga hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz. Biz o‘zbekistonlik yoshlar va mahalliy hamkorlar bilan ishlashni istaymiz. Agar “Orion Computer” bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lsangiz, bizga murojaat qiling.
Hisako Ishikawa, CEO, Orion Computer, stated:
We plan to expand our education base here in Uzbekistan, so more young people can have opportunities to succeed in Japan. Through these initiatives, we have three key expectations. First, to build strong collaboration with Uzbekistan’s IT and education sectors. Second, to create sustainable career pathways for young people to study and work in Japan. And third, to build mutually beneficial relationships. With your support, we aim to overcome challenges, strengthen ties between Uzbekistan and Japan, and contribute to mutual growth and development. We are seeking Uzbek youth & local partners. If you are interested in collaborating with Orion Computer, please contact us.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
1
“Toyota Tsusho” korporatsiyasining loyiha menejeri Tomonori Nakamura shunday ta’kidladi:
O‘zbekistondagi faoliyatimiz 2014-yilda telekommunikatsiya infratuzilmasi loyihalari bilan boshlangan bo‘lib, bugungi kunda biz ma’lumotlar markazini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda AKT xizmatlari biznesini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. O‘tgan o‘n yil davomida biz O‘zbekistonning raqamli muhitida ajoyib o‘zgarishlarga va uning mintaqadagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganiga guvoh bo‘ldik. Bizning fikrimizcha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoning IT-habiga aylanish salohiyatiga ega. Shu sababli, “Toyota Tsusho” O‘zbek kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, mamlakatning raqamli rivojlanishi va kelajakdagi taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan sheriklik munosabatlarini o‘rnatishdan mamnun.
Tomonori Nakamura, Project Manager, Toyota Tsusho Corporation noted:
Our efforts in Uzbekistan began in 2014 with telecommunications infrastructure projects, and today we are supporting data center development while preparing to launch an ICT service business. Over the past decade, we have witnessed remarkable changes in Uzbekistan’s digital landscape and its growing role in the region. We believe Uzbekistan has the potential to become the IT hub of Central Asia. That is why Toyota Tsusho is glad to work closely with Uzbek companies, building partnerships that contribute to the country’s digital development and future growth.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
3
🌍 Offshore Outsourcing Conference seminarlari Bugun, 24-sentyabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zalidaOffshore Outsourcing Conference” seminarlari rasman boshlandi! Hozirda xalqaro biznes vakillari IT Park mutaxassislari yordamida O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatlarini o‘rganmoqdalar: 💡 Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi: IT Park rezidentligi — Aziz Tojiddinov tomonidan soliq imtiyozlari va rivojlanish vositalari haqida. “Zero Risk” dasturi va infratuzilmani qo‘llab-quvvatlash — Bobomurod Abdurassulov tomonidan, bepul hududiy ofislar, subsidiya va ko‘maklarni qamrab oladi. Softlanding dasturlari — Azizbek Davlatboyev tomonidan, QQSni qaytarish va rezidentlar uchun boshqa imtiyozlar haqida. Iste’dodlarni jalb qilish va mehnat kodeksiga umumiy sharh — Ahmed Aboulezz tomonidan, O‘zbekistonning iste’dodlar zaxirasi va qonuniy talablarga rioya qilish bo‘yicha maslahatlar yoritilgan. O‘zbekistonda bank tizimi — Azamat Rahmonzoda tomonidan, korporativ hisob-kitoblar, valyuta operatsiyalari va moliyaviy vositalar haqida. IT Park Uzbekistan bilan hamkorlik — “Kapitalbank” boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Yahyoyev IT va BPO-kompaniyalarini ishonchli moliyaviy yechimlar bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bankning IT Park Uzbekistan bilan hamkorligini alohida ta’kidladi. Seminarlarni bugungi sessiyalarga moderatorlik qilayotgan va ishtirokchilarga ishga qabul qilishdan tortib soliq va investorlarni qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan mavzularda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatayotgan Ismoiljon Isamuxamedov ochib berdi. 🚀 Ushbu tadbir O‘zbekistonning ishonchli autsorsing hamkori sifatidagi mavqeini mustahkamlash, global hamkorlikni kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb qilishda yana bir muhim qadam bo‘ldi. #ITParkUzbekistan #Outsourcing #Workshops #GlobalBusiness #BPO #ITExport
إظهار الكل...
🌍 Offshore Outsourcing Conference Workshops Today, September 24, the Offshore Outsourcing Conference Workshops have officially kicked off at the Congress Hall of the Ministry of Digital Technologies! International businesses are now exploring the opportunities of doing business in Uzbekistan, guided by IT Park experts on key topics: 💡 Program in progress: Residency in IT Park Uzbekistan – by Aziz Tajiddinov on tax incentives and growth tools. Zero Risk Program & Infrastructure Support – by Bobomurod Abdurassulov, covering free regional offices, subsidies, and assistance. Softlanding Programs – by Azizbek Dauletbaev, including VAT refunds and other benefits for residents. Talent Acquisition & Labor Code Overview – by Ahmed Abulezz, highlighting Uzbekistan’s talent pool and legal compliance tips. Banking System in Uzbekistan – by Azamat Rakhmonzoda, on corporate accounts, currency operations, and financial tools. Cooperation with IT Park – by Akmal Yakhyev, Deputy Chairman of the Board of Kapitalbank, ihighlighted the bank’s cooperation with IT Park Uzbekistan to support IT and BPO companies with reliable financial solutions. The workshops were opened by Ismoiljon Isamukhamedov, who is moderating today’s sessions and guiding participants through topics from hiring and taxation to investor support. 🚀 This event marks another milestone in strengthening Uzbekistan’s position as a trusted outsourcing partner, expanding global cooperation, and attracting new investments. #ITParkUzbekistan #Outsourcing #Workshops #GlobalBusiness #BPO #ITExport
إظهار الكل...
2
Toshkentdagi “Japan Digital University” rektori Ravshanbek Mamanjonov shunday ta’kidladi:
Bizning o‘quv dasturimiz to‘liq Yaponiya universitetlari standartlariga asoslangan bo‘lib, barcha bitiruvchilarimiz tahsilni yakunlagach Yaponiyada ish faoliyatini boshlaydilar. Yaponiya IT-bozori — bu moviy ummon: unga kirish qiyin, biroq O‘zbekiston va talabalarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlarga boy. Agar O‘zbekistonga tashrif buyursangiz, IT sohasida ham malakali bo‘lgan yapon tilida so‘zlashuvchi mutaxassislar bilan ishlashdan mamnun bo‘lasiz.
Ravshanbek Mamanjonov, Rector, Japan Digital University in Tashkent noted:
Our curriculum is fully based on Japanese university standards, and all of our graduates work in Japan after finishing their studies. The Japanese IT market is a blue ocean — difficult to enter, but full of opportunities for Uzbekistan and our students. If you come to Uzbekistan, you will enjoy working with Japanese-speaking professionals who are also trained in IT.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
2👍 1🔥 1
Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO)ning Toshkentdagi vakolatxonasi direktori Yuta Ichinose shunday ta’kidladi:
O‘zbekiston IT sohasida uni boshqa mamlakatlardan ajratib turadigan o‘ziga xos ustunliklarga ega. Hukumat faol tashabbuskorlik va qat’iyat namoyish etmoqda, shu bilan birga mamlakat matematika va IT-ta’lim borasida mustahkam an’analarga ega bo‘lgan ko‘p tillarni biladigan yuqori malakali kadrlarni taqdim etmoqda. Yana bir muhim ustunlik — Yaponiyaga nisbatan do‘stona munosabat bo‘lib, bu yapon kompaniyalari uchun hamkorlikni yanada osonlashtiradi. Ushbu omillar birgalikda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida IT sohasida ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Yuta Ichinose, Director of Tashkent office, Japanese External Trade Organization (JETRO) noted:
Uzbekistan has unique strengths in the IT sector that distinguish it from other countries. The government shows strong initiative and commitment, while the country offers a multilingual and highly skilled workforce with solid traditions in mathematics and IT education. Another key strength is the friendliness toward Japan, which makes cooperation smoother for Japanese companies. These factors together create strong potential for expanding business ties and building long-term partnerships between Uzbekistan and Japan in the IT field.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
1
IT Park Uzbekistan xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha direktori Mahliyo Muksinova ta’kidladi:
Bizning asosiy vazifamiz O‘zbekistonda xalqaro kompaniyalarni jalb qiladigan muhitni yaratish, ularga mamlakatimizda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda xizmatlari va IT-mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish imkoniyatini berishdir. Biz faoliyat yuritayotgan asosiy bozorlardan biri Yaponiya bozori bo‘lib, u yerda o‘zaro hamkorlik uchun ulkan salohiyat va birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishish mumkin bo‘lgan ta’sirchan natijalarni ko‘rmoqdamiz. Yaponiya kompaniyalariga murojaatim shunday: agar siz O‘zbekistonda IT-xizmatlar yoki IT-mahsulotlar sohasida biznes yuritmoqchi bo‘lsangiz, IT Park sizning hamkoringiz bo‘lishi mumkin. Biz sizga O‘zbekistonni tanishtirishdan tortib, yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish (atigi 3 kun ichida) va xodimlarni ishga olishgacha bo‘lgan faoliyatingizning barcha bosqichlarida yordam beramiz. Biz har bir bosqichda siz bilan birga bo‘lamiz.
Makhliyo Muksinova, Services Export Development Director at IT Park Uzbekistan, stated:
Our primary mission is to create an environment in Uzbekistan that attracts international companies, enabling them to establish their presence here and expand their services and IT products to global markets. One of the main markets we are working with is the Japanese market, where we see significant potential for mutual collaboration and impressive results that can be achieved through joint efforts. My message for Japanese companies is – if you want to do business in Uzbekistan in the IT services or IT products sphere – IT Park can be your partner who will help you at all steps of your operations, starting from showing you Uzbekistan, registering a legal entity, which takes 3 days, and hiring staff. We will be with you at all stages.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
3🔥 1
Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Rossiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘limi savdo siyosati byurosi bosh direktor o‘rinbosari Sadami Suto quyidagilarni ta’kidladi:
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlikda ishlash orqali o‘zaro manfaatli rivojlanish va imkoniyatlar aylanmasini yaratishi mumkin. 2024-yil oktyabrda imzolangan hamkorlik memorandumi raqamli iste’dodlarni rivojlantirish, tajriba almashish va amaliy hamkorlikka qaratilgan mustahkam asos yaratadi. Bunga yorqin misol sifatida “FPT Japan” rahbarligidagi AKT kadrlarni tayyorlash dasturini keltirish mumkin. Bu dastur o‘zbek yoshlarini dasturiy ta’minot ishlab chiqish, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha zarur ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. Kadrlar tayyorlash kelajak uchun eng samarali sarmoya hisoblanadi. Yaponiya O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlikni davom ettirib, jahon miqyosidagi raqamli yetakchilarni tarbiyalash, siyosiy hamkorlikni joylardagi amaliy harakatlar bilan uyg‘unlashtirish hamda texnologiya va insonlar orqali umumiy kelajakni barpo etish yo‘lida ishlarni davom ettiradi.
Sadami Suto, Principal Deputy Director, Russia, Central Asia and Caucasus Office Trade Policy Bureau, METI noted:
By working together, Uzbekistan and Japan can create a mutually beneficial cycle of growth and opportunity. The memorandum of cooperation signed in October 2024 lays a strong foundation, focusing on digital talent development, exchange of expertise, and practical collaboration. A good example is the ICT Human Resource Development Program led by FPT Japan, which equips Uzbek youth with skills in software development, AI, and data science. Human resource development is the most powerful investment for the future. Japan will continue to work closely with Uzbekistan to nurture world-class digital leaders, combining policy cooperation with practical actions on the ground, and building a shared future through technology and people.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov quyidagilarni ta’kidladi:
Bir yil oldin IT Park tarkibida yaponiyalik IT-kompaniyalari umuman yo‘q edi. Bugun esa O‘zbekistonda Yaponiyaning 20 ga yaqin kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Kelgusi 5–10 yil ichida Yaponiyaga bir millionga yaqin IT-mutaxassis kerak bo‘ladi va O‘zbekiston Yaponiyaning raqamli va sun’iy intellekt iqtisodiyoti uchun kadrlarni tayyorlashga tayyor. O‘zbekiston sizning “ikigay”ingizni topish uchun ajoyib joy. Bu yerga kelgan ko‘plab yaponiyaliklar hayotdagi o‘z “ikigay”larini aynan shu yerda topganliklarini aytib o‘tishadi.
Rustam Karimjanov, Deputy Minister, Ministry of Digital Technologies noted:
Uzbekistan is becoming an attractive place for Japanese companies — we already have Japanese language schools, companies, and universities involved in building a strong ecosystem. Japan will need nearly one million IT engineers in the next 5–10 years, and Uzbekistan is ready to nurture talent for the Japanese digital and AI economy. Uzbekistan is a good place to find your ikigai. Many Japanese who come here say they finally discover their ikigai in life.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
2
Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiyalar vazirligining bosh direktori o‘rinbosari Naohiro Yamanaka shunday ta’kidladi:
O‘zbekiston autsorsing yo‘nalishi sifatida ko‘plab afzalliklarga ega: yosh va iqtidorli kadrlar salohiyati, raqobatbardosh narxlar va Yaponiya bilan atigi 4 soatlik vaqt farqi, bu esa aloqani osonlashtiradi. IT Park’ning Tokiodagi vakolatxonasi ochilishi va yapon kompaniyalarining tobora kengayib borayotgan ishtiroki hamkorlik imkoniyatlari katta ekanligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Albatta, biznes amaliyotlarini muvofiqlashtirish yoki sifatni ta’minlashda qiyinchiliklar mavjud, biroq ochiq muloqot, o‘zaro ishonch va hukumatlarimiz hamda xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish orqali biz bu qiyinchiliklarni yengib o‘tishimiz va uzoq muddatli mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz mumkin.
Naohiro Yamanaka, Deputy Director-General of MIC Japan, noted:
Uzbekistan offers many advantages as an outsourcing destination: a young and talented workforce, competitive costs, and a time difference of only 4 hours with Japan, which makes communication easier. The opening of IT Park's Tokyo office and the growing presence of Japanese companies clearly show the potential for collaboration. Of course, there are challenges, such as aligning business practices or ensuring quality, but through open dialogue, mutual trust, and continued cooperation between our governments and private sectors, we can overcome these challenges and build a strong long-term partnership.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
IT Park Uzbekiston Osiyo bo‘yicha eksport bo‘limi boshlig‘i Izzat Hamidov ta’kidladi:
Yaponiya O‘zbekistonning raqamli sohasi uchun haqiqiy strategik hamkorga aylandi. Joriy yil may oyida Tokio shahrida vakolatxonamizni ochish orqali oldinga muhim qadam tashladik. Va bu harakatlar allaqachon o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. 2024-yil boshida IT Park rezidentlari orasida yaponiyalik kompaniyalar yo‘q edi. Hozirgi kunga kelib, atigi bir yarim yil ichida ularning soni 90 tadan oshdi. IT Park uchun Yaponiya bozori Osiyodagi eng tez o‘sib borayotgan bozor hisoblanadi. Bu esa Yaponiyaning O‘zbekiston bilan mustahkam biznes aloqalarini rivojlantirishga bo‘lgan chinakam qiziqishini namoyon etadi.
Izzat Khamidov, Head of the Export Department for Asia, IT Park Uzbekistan, noted:
Japan has become a truly strategic partner for Uzbekistan's digital sector. This year, we took an important step forward by opening our representative office in Tokyo in May. And we're already seeing the results of that work. At the beginning of 2024, we had zero Japanese companies at IT Park as members. Right now, it's over 90 in just one and a half years. The Japanese market at IT Park is the fastest growing market in Asia, which demonstrates the genuine interest of Japan in developing strong business ties with Uzbekistan.
📺 YouTube Live Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
إظهار الكل...
2🔥 1
🇺🇿🇯🇵 IT-autsorsing bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya forumi boshlandi! Sessiya CAEx, Hall 2 da O‘zbekiston va Yaponiya ekspertlari va soha yetakchilarini birlashtirgan holda bo‘lib o‘tmoqda. IT-autsorsing sohasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlari va ikki tomonlama raqamli sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. 📺 YouTube jonli efiri — 🇺🇿🇯🇵 Uzbek–Japan Forum on IT Outsourcing has started! The session is now taking place at CAEx, Hall 2, bringing together experts and industry leaders from Uzbekistan and Japan. Discussions will focus on new opportunities for cooperation in IT outsourcing and on strengthening bilateral digital partnerships. 📺 YouTube Live #ICTWeek2025 #Uzbekistan #Japan #Outsourcing #Innovation
إظهار الكل...
2👍 2
📢 IT Park Workshops - tez orada boshlanadi! Shu bilan birga, IT Park’da Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zalida "O‘zbekistonda biznesni yo‘lga qo‘yish" mavzusida seminarlar boshlanadi, unda ishtirokchilar quyidagilarni bilib olishadi: ✔️ IT Park rezidenti sifatida qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin ✔️ Xorijiy kompaniyalar uchun mavjud imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash ✔️ O‘zbekistonda biznesni tashkil etish va kengaytirish bo‘yicha amaliy qadamlar 📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligining Kongress zali Ushbu sessiyalar tadbirkorlar va investorlarga O‘zbekiston IT-ekotizimidagi imkoniyatlar haqida amaliy bilim berish uchun mo‘ljallangan. — 📢 IT Park Workshops — starting soon! Meanwhile at IT Park, Workshops on “Setting Up Business in Uzbekistan” will begin at the Congress Hall of the Ministry of Digital Technologies, where participants will discover: ✔️ How to register as an IT Park resident ✔️ Benefits and support available for foreign companies ✔️ Practical steps to set up and scale business in Uzbekistan 📍Location: Congress Hall of the Ministry of Digital Technologies These sessions are designed to provide entrepreneurs and investors with hands-on knowledge about opportunities in Uzbekistan’s IT ecosystem.
إظهار الكل...
ICT Week Uzbekistan 2025 doirasida yaqinlashib kelayotgan tadbir! Tez orada “CAEx” binosining 2-zalida “O‘zbekiston-Yaponiya forumi: O‘zbekistondan Yaponiyaga IT-autsorsing — imkoniyatlar va qiyinchiliklar” tadbiri boshlanadi. Ushbu forum O‘zbekiston va Yaponiya ekspertlari hamda sanoat yetakchilarini IT-autsorsing sohasidagi yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va ikki tomonlama raqamli sheriklikni mustahkamlash yo‘llarini o‘rganish uchun bir joyga to‘playdi. Kuzatib boring — sessiya tez orada boshlanadi! 🇺🇿🇯🇵 📺 YouTube jonli efiri Coming up at ICT Week Uzbekistan 2025! Very soon, the Uzbek–Japan Forum: IT Outsourcing from Uzbekistan to JapanOpportunities and Challenges will begin at CAEx, Hall 2. This forum will bring together experts and industry leaders from Uzbekistan and Japan to discuss new opportunities for cooperation in IT outsourcing and to explore ways of strengthening bilateral digital partnerships. Stay tuned — the session is about to start! 🇺🇿🇯🇵 📺 YouTube Live
إظهار الكل...
1👍 1