ar
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
80 264
المشتركون
-2924 ساعات
-907 أيام
-1 28430 أيام
أرشيف المشاركات
02:09
Video unavailableShow in Telegram
Токиода Марказий Осиё - Япония саммити бўлиб ўтди Биринчи минтақавий мулоқотда беш республикалар президентлари ва Япония бош вазири қатнашди. Шавкат Мирзиёев нутқида бундан 21 йил аввал айнан Япония бундай форматга асос солганини назарда тутиб, ушбу қарор ўша пайтда узоқни ўйланган ва тўғри бўлганини айтди. Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
Мои видео.mp433.42 MB
14👍 6😁 1
Bryusselni «egallagan» traktorlar: Yevropa fermerlari nimadan norozi? Italiya va Fransiya qarshiligi ortidan Yevroittifoq «Mercosur kelishuvi»ni imzolashni yana kechiktirdi. Yevropalik fermerlar Lotin Amerikasining arzon mahsulotlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazishidan xavotirda. YeI yig‘ilishi arafasida Bryusselga mingta traktorda namoyishchilar bostirib keldi. 👉 https://kun.uz/38334517 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
2.mp44.95 MB
👏 17 11😐 2🔥 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyada uch nafar o‘zbekistonlik mahkum terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblandi Ta’kidlanishicha, gumondorlar «muassasa xodimlarini garovga olib, koloniya binolariga o‘t qo‘ymoqchi» bo‘lgan. 👉 https://kun.uz/73378597 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😁 49😐 25 9🤯 8👏 4
00:57
Video unavailableShow in Telegram
Vayronalardan tiklangan GЕRMANIYA | SUBYEKTIV (1-qism) Millionlagan dunyo muhojirlarini bag‘riga sig‘dirayotgan Germaniya, dunyoning uchinchi iqtisodiyoti va eng ko‘p so‘ralgan mavzu. Urushdan yengilgan bu davlat qanday qilib qisqa vaqtda hayotini o‘nglab oldi-yu, g‘olib sovet ittifoqi parchalanib ketdi? Biz davlat va fuqaro sifatida Olmoniyaning qaysi ijobiy jihatlarini o‘zlashtirishimiz va tarixning qanday xatolaridan xulosa chiqarishimiz kerak? Berlin, Frankfurt, Myunxen kabi yirik shaharlarga borib o‘rganilgan tahlillar... SUBYEKTIV bu safar Germaniyada. Bu sayohat haqidagi ko‘rsatuv emas, balki real voqeliklarga asoslangan ikki qismli hujjatli film. 📹 👉TO‘LIQ KO‘RSATUV👈 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
IMG_3655.MP443.18 MB
31👍 20🤯 1
Photo unavailableShow in Telegram
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi Moskvada 19 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yakuniy bevosita aloqa va katta matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Kreml rahbari taxminan 4,5 soat davomida fuqarolar va jurnalistlarning savollariga javob berdi. Asosiy bayonotlar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/80745385 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😁 20 9🤯 2👍 1
04:39
Video unavailableShow in Telegram
2026 yilgi soliq stavkalari va hududlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar – mahalliy dayjest Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz. 👉 https://kun.uz/65258818 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
Мои видео.mp446.66 MB
9
Photo unavailableShow in Telegram
“Ksenofobiya Rossiyaning fundamental muammosi” – Moskvadagi fojianing sabablari haqida suhbat 16 dekabr kuni Moskva oblastidagi maktablardan birida tojikistonlik mehnat muhojiri farzandi, 10 yoshli Qobiljon Aliyev shu maktabning 15 yoshli o‘quvchisi Timofey tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Bu qotillik Rossiyadagi millatchilik mavzusini yana bir bor muhokamalar markaziga chiqardi. Rus jamiyatida bunday kayfiyat paydo bo‘lishi nimalar bilan bog‘liq? Hukumat bunga qarshi kurashadimi? Kun.uz faollar bilan shu kabi savollar atrofida suhbatlashdi. 📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
إظهار الكل...
15😭 13👍 6😐 3🤯 2
01:03
Video unavailableShow in Telegram
Kun.uz ogohlantirgan XCM moliyaviy piramidasi o‘n minglab odamni chuv tushirdi. O‘zbekistonliklarni kim shilmoqda? IIB xodimlari targ‘ib qilgan XCM platformasidan pul yechish to‘xtatildi – moliyaviy piramida “g‘alvirni suvdan ko‘tardi”. Oqibatda yana o‘n minglab o‘zbekistonlik aldandi. Xalqning cho‘ntagidan o‘marilgan pullar esa millionlab dollarni tashkil qiladi. Har safargi kabi moliyaviy piramidachilar yutdi, buning oldini olish kerak bo‘lganlar esa kuzatib turdi. Odamlarning oxirgi puligacha shilishni maqsad qilgan XCM esa yana yolg‘on ishlatmoqda. 📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
إظهار الكل...
Мои видео.mp49.94 MB
18😁 6👏 1🤯 1
Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi Hayma Vashington bilan O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi Disney vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 👉 https://kun.uz/56449099 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 256🔥 44 31😁 9👏 4😭 3
Photo unavailableShow in Telegram
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi Kompaniyalar orasida Farg‘ona kimyo zavodi ham bor. Ushbu biznes sub’yektlari Rossiya bilan «iqtisodiy hamkorlikda» gumon qilinmoqda. 👉 https://kun.uz/95396548 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 17 10😐 4🔥 3👏 3😭 1
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlari markazida soxta haydovchilik guvohnomalari keng ko‘lamda rasmiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi Bosh prokuratura respublika bo‘ylab 1300 ga yaqin qalbaki haydovchilik guvohnomalari Adliya vazirligiga tegishli Davlat xizmatlari markazi xodimlari orqali rasmiylashtirilganini aniqladi. Jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumondorlar qamoqqa olingani ta’kidlanmoqda. 👉 https://kun.uz/09480183 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😁 37🤯 13 9😐 3
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri nomidan uyushtirilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi O‘zbekiston yetakchisini Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi kutib oldi. 👉 https://kun.uz/64132148 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 203🔥 33 27
Photo unavailableShow in Telegram
Centrum Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi Holat 26 sentabr kuni yuz bergan. Fuqaro Centrum Air sayti orqali Istanbul–Namangan yo‘nalishi uchun 2 ta chipta sotib olgan. Ammo aviakompaniya tomonidan ortiqcha chipta sotilgani natijasida u va turmush o‘rtog‘i samolyotga sig‘may, Istanbul aeroportida qolib ketgan. Bir sutkadan so‘ng ularga majburiy ravishda Istanbul–Toshkent reysida parvoz qilish taklif etilgan. 👉 https://kun.uz/33050492 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
😁 43🤯 19 12👍 1🔥 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Seversk qulash yoqasida: bu Slovyansk va Kramatorskka qanday xavf tug‘diradi? Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastining Seversk shahri atrofida 2022 yildayoq yirik platsdarm hosil qilib, sharqdan Slovyansk va Kramatorsk aglomeratsiyasiga o‘tishni to‘sib turgandi. Endi bu platsdarm yo‘q, Rossiya rasmiylari esa ushbu shahar olinganini e’lon qildi. 👉 https://kun.uz/17452293 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
7👍 5😭 3🤯 1
07:11
Video unavailableShow in Telegram
“Uchta O‘zbekistonni boqadigan gaz”, iste’fo talabi va sirli tayinlov – Alisher Sultonov faoliyatiga nazar O‘zbekiston energetika sektorining uzoq yillik rahbari Alisher Sultonov lavozimidan ozod etildi. 58 yoshli sobiq amaldorning nima uchun ishdan bo‘shatilgani va uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum emas. Kun.uz oxirgi 10 yillikda energetika sohasidagi eng muhim lavozimlarda ishlagan siyosatchining faoliyatiga nazar tashlaydi. 👉 https://kun.uz/77150467 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
Мои видео.mp468.51 MB
😁 13 7
Photo unavailableShow in Telegram
Oldindan band qilish 2026: 60% gacha chegirmalar va nima uchun o‘zbekistonliklar dam olishni oldindan rejalashtirishni boshlashdi? Yildan yilga O‘zbekistonda ko‘proq sayyohlar oldindan band qilishni tanlashmoqda. Sababi oddiy: aynan 31 dekabrgacha eng arzon narxlar, mehmonxonalarning eng keng tanlovi va narxni mavsumiy o‘sishdan oldin qayd etish imkoniyati mavjud. 👉 https://kun.uz/17438905 Reklama
إظهار الكل...
8
01:44
Video unavailableShow in Telegram
Yaponiya bosh vaziri Markaziy Osiyo prezidentlari sharafiga dasturxon yozdi Ertaga Tokioda Markaziy Osiyo + Yaponiya mintaqaviy muloqoti bo‘lib o‘tadi. Sammitda qatnashish uchun kunchiqar yurtga kelgan mintaqa yetakchilari sharafiga bosh vazir Sanae Takaichi bugun qabul marosimi uyushtirdi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Sanae tadbirdagi nutqida bunday formatga 21 yil avval Tokio asos solganini aytgan. Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
Мои видео.mp421.41 MB
21🔥 10👍 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilyapti O‘zbekistonning qator hududlaridan elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar yuzasidan murojaatlar ko‘paydi. Samarqand viloyati Urgut tumanidagi mahallalarda 2 kundan beri, Surxondarë viloyati Sherobod tumanida ayrim qishloqlarda esa 4 kundan beri svet yo‘qligi aytilyapti. “Bir kunda zo‘rg‘a 10-12 soat elektr berishyapti. Qanaqadir yechim bordir”, deydi Farg‘onaning Rishton tumanidan yo‘llangan murojaatda. 👉 https://kun.uz/58220913 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
🤯 32 8😁 4
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi ushlandi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent xalqaro aeroportida odam savdosiga aloqador gumonlanuvchi qo‘lga olindi. 👉 https://kun.uz/18863726 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👏 25 19🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida ushbu mamlakatning yirik kompaniyalari, moliya institutlari va biznes uyushmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy sherikligini yanada chuqurlashtirish, investitsiyalar hajmini oshirish va yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi. 👉 https://kun.uz/26364263 Kun.uz rasmiy kanali
إظهار الكل...
👍 123🔥 57 41👏 36