ar
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

الذهاب إلى القناة على Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
130 915
المشتركون
-12824 ساعات
-1 1907 أيام
-3 37630 أيام
أرشيف المشاركات
00:34
Video unavailableShow in Telegram
🔵 Startapingiz MVP bosqichida to‘xtab qoldimi? Yoki uni rivojlantirish uchun mentorlar kerakmi? Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Parvoz loyihasi hamkorligida “MENTORLAR MAKTABI” qabuli boshlandi. 🎯 Bu — 3 oylik intensiv mentorlik dasturi bo‘lib, unda siz:
- Startapingizni professional mentorlar bilan birga rivojlantirasiz - Real bozor, strategiya va o‘sish bosqichlarini chuqur o‘rganasiz - Loyihangizni keyingi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
✅ Eng muhim jihati: dastur MUTLAQO BEPUL. Agar siz startapingizni haqiqiy natijaga olib chiqishni xohlasangiz — hoziroq ro‘yhatdan o‘ting. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: havola
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
IMG_3345.MOV11.07 MB
5👍 2
Repost from TgId: 1445427429
Photo unavailableShow in Telegram
Turk, nemis, ingliz va arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari 🇹🇷 Turk, 🇩🇪 nemis va 🇸🇦 arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini, 🇺🇸 ingliz tilidan esa faqat gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslariga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi. 🗓 Kurs muddati: 1 oy ⏰ Kurs uchun ajratilgan vaqt: 36 soat 📅 Boshlanish sanasi: 7-yanvar 💻 O‘tkazilish shakli: Zoom platformasi orqali jonli, masofaviy 🇺🇿 Kurs davomida tinglovchilarga: turk, nemis va arab tillaridan yozish va gapirish ko‘nikmalarini, ingliz tilidan faqat gapirish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi. ❗️ Eslatma: Mazkur kursda ishtirok etish tinglovchilarga bilim va malakalarini oshirish imkonini beradi. Biroq, ushbu kursni tamomlagan barcha tinglovchilarning tashqi ekspert sifatida jalb etilishi kafolatlanmaydi. Ekspertlarni jalb etish belgilangan talablar va ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshiriladi. 📌Quyidagi talablarga javob bergan mutaxassislar tashqi ekspert sifatida jalb etilish mumkin: 🔸 Turk, nemis, ingliz yoki arab tillaridan C1 darajadagi sertifikatga ega bo‘lish; 🔸 Mazkur tillar filologiyasi yoki unga mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega pedagog bo‘lish; 🔸 Mazkur kursni muvaffaqiyatli tamomlash. ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 6-yanvarga qadar 📝 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: 👉 https://registration.ilmiymarkaz.uz/ ‼️ Diqqat: Kursda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘lib, u tashqi ekspert sifatida jalb etilishning majburiy sharti hisoblanmaydi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 ✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
9👍 2
Toshkent davlat transport universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi Toshkent davlat transport universitetida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Transport vaziri Ilhom Maxkamov, universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent davlat transport universiteti rektori lavozimiga tayinlangan Abdulaziz G'ulоmov universitet jamoasiga tanishtirildi. Tadbirda, shuningdek, universitet ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi muhim vazifalar yuzasidan fikrlar bildirildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
👍 21 10
#Oliy_Majlis #Qonunchilik_palatasi #yalpi_majlis Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ngrotboy Sharipovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarining ijrosi hamda sohada korrupsiya omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi. Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. “Korrupsiyasiz soha” loyihasi asosida komplayens nazorat tizimi joriy qilinib, shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish maqsadida “HEMIS”, diplom.edu.uz, vacancy.edu.uz kabi axborot tizimlari ishga tushirilgan. Oliy ta’lim muassasalarida “Registrator ofis”lar tashkil etilib, bu orqali 30 dan ortiq davlat xizmatlari “Yagona darcha” tamoyili asosida elektron shaklda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Vazirlik tizimida “Situatsion markaz” orqali masofaviy audit hamda hududlarda profilaktik-nazorat tadbirlari amalga oshirilib, natijada 113,6 mlrd. so‘mlik moliyaviy xatoliklar va samarasiz xarajatlarning oldi olingan, 4,4 mlrd. so‘mlik huquqbuzarlikka oid materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. Vazirning qayd etishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish borasida 2024–2025-yillarda 4,5 ming nafar o‘qituvchi-xodim, 146 mingdan ortiq talabalarning “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida maxsus onlayn kurslarda o‘qitilishi ta’minlangan.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
👍 17 7👏 5😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#vazir_maqola Inson kapitali orqali taraqqiyot: O‘zbekiston–Yaponiya strategik sherikligining yangi modeli “Xalq so‘zi” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Inson kapitali orqali taraqqiyot: O‘zbekiston–Yaponiya strategik sheriklikning yangi modeli” sarlavhali maqolasi chop etildi. 👉 Maqolani o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube |
إظهار الكل...
👍 12 3😁 3🎉 3
Repost from TgId: 3264231726
Photo unavailableShow in Telegram
#Eslatma Attestatsiya test sinovlari natijalari yuzasidan murojaatlar 26-dekabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi 2025-yil 16-dekabr kuni akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun o‘tkazilgan attestatsiya test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar diqqatiga! 👉 Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 (o‘n) kun mobaynida, ya’ni 2025-yil 26-dekabr yakunigacha, har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy elektron pochtasi - pedapellatsiya@edu.uz manziliga murojaat qilishi mumkin.
Bizni kuzating
📱 Telegram   | 🌐Instagram
إظهار الكل...
11👍 4😁 2
Xitoy–Oʻzbekiston energetika tizimlarini va elektr taʼminotini simulyatsiya qilish qoʻshma markazi ish boshladi Toshkent davlat texnika universitetida Xitoyning Changtong Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xitoy–Oʻzbekiston energetika tizimlarini va elektr taʼminotini simulyatsiya qilish qoʻshma markazi foydalanishga topshirildi.
Markaz zamonaviy kompyuterlar hamda maxsus dasturiy mahsulotlar bilan jihozlandi. Yaratilgan texnik baza elektr taʼminoti tizimlarini simulyatsiya qilish, katta hajmdagi hisoblash va tahlil ishlarini bajarish, elektr tarmoqlarining turli ish rejimlarini modellashtirish, shuningdek, taʼlim jarayonida virtual laboratoriyalar tashkil etish imkonini beradi. Mazkur qoʻshma markaz Sharqiy-Shimoliy elektr energetikasi universiteti (NEEPU), Xitoy elektr energetikasi tadqiqot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” DUK hamda Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida tashkil etildi.
Qayd etilishicha, mazkur markaz energetika sohasida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan bogʻlash va elektr energetikasida raqamli modellashtirish texnologiyalarini joriy etishda muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
z.MP435.80 MB
1.video.mp422.18 MB
15👍 12🔥 2
#Olimlar_minbari #15-21.12.2025 📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda Tadqiqotchining raqamli tashrif qog‘oziSardor NAZIROV, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi direktori; Markaziy Osiyo – Yaponiya” sammiti: umumiy maqsadlarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatiTo‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor; Tinchlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lidagi mushtarak intilishlarAbdug‘affor QIRG‘IZBOYEV, Namangan davlat universiteti rektori, professor; Maqsadga erishishning yagona yo‘li – ta’limMuhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, professor; «ТУИТ на пути к международному признанию: аккредитация ABET открывает новый этап в развитии системы образования Узбекистана»Шерзод ГУЛОМОВ, начальник отдела контроля качества образования Ташкентского университета информационных технологий, профессор; Ta’bir izohatiAlibek RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori, akademik; Sun’iy intellekt – yusalishning strategik yo‘nalishiMuhiddin KALONOV, Navoiy davlat universiteti rektori vazifasini bajaruvchi, professor; Tamadduning uyg‘unlashuv poydevoriZebo QOBILOVA, Qo‘qon universiteti prorektori, professor; Ta’lim islohotlari oliygohlar faoliyatida namoyonNuriddin RAHMONOV, Farg‘ona davlat universiteti axborot xizmati bo‘limi boshlig‘i; «Глобальные цели ЮНЕСКО сформулированы в Самарканде с участием делегатов из почти 200 стран»Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
4👍 1
02:12
Video unavailableShow in Telegram
🚫 Giyohvandlik – bu nafaqat sog‘liq, balki or-nomus, kelajak va oilaviy baxtni ham yemiruvchi xavf. Ushbu videorolik O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari tomonidan tayyorlandi. Giyohvand moddalar yoshlarni aldov bilan o‘z domiga tortadi, ammo natijasi doim bir xil: kasallik, iztirob, yakkalanish va halokat.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
eeeeeeee.mp438.00 MB
7👍 1
#jamoatchilik_eshituvi Oliy va kasbiy taʼlim tizimida inklyuziv muhit masalalari jamoatchilik eshituvida muhokama qilindi 22-dekabr kuni Toshkent shahridagi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud toʻsiqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda vazirlik masʼul xodimlari, Jamoatchilik kengashi aʼzolari, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim muassasalari vakillari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi. Batafsil:https://gov.uz/oz/edu/news/view/113132
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
11👍 3👏 1😁 1
#oliygohlar #taqdimot Oliy taʼlim muassasalari rivoji va istiqbol rejalari muhokama markazida 2025-yil 22-dekabr kuni oliy taʼlim tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusi yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirok etdi. Muhokamada Toshkent farmatsevtika institutining farmatsevtika taʼlimi va ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish borasidagi ishlari, Toshkent davlat tibbiyot universitetining tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifati va klinik taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari alohida tahlil qilindi. Sanoat ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan mutaxassislar tayyorlashda muhim oʻrin tutayotgan Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filiali faoliyati hamda chet tillari taʼlimi, xalqaro hamkorlik va akademik mobillikni kengaytirishda yetakchilardan biri boʻlgan Samarqand davlat chet tillari institutining kelgusi rivojlanish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/113173
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
34🔥 7👏 7👍 3
#dayjest #yangi_yil_bayrami_shukuhi 🎄Oliy ta’lim muassasalarida yangi yil bayrami shukuhi!
❄️Toshkent davlat agrar universiteti; ❄️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ❄️Termiz davlat universiteti; ❄️Namangan davlat pedagogika instituti; ❄️Andijon davlat pedagogika instituti; ❄️Farg‘ona davlat texnika universiteti; ❄️Urganch davlat pedagogika instituti; ❄️Iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ❄️Guliston davlat pedagogika instituti; ❄️Jizzax politexnika instituti; ❄️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; ❄️Urganch davlat universiteti; ❄️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti; ❄️Termiz davlat pedagogika instituti; ❄️Andijon davlat chet tillari instituti; ❄️Olmaliq davlat texnika instituti; ❄️Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ❄️Guliston davlat universiteti; ❄️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; ❄️Namangan davlat texnika universiteti; ❄️Andijon davlat universiteti; ❄️O‘zbekiston Milliy universiteti; ❄️Samarqand davlat universiteti Urgut filiali; ❄️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; ❄️Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
IMG_2400.MP416.34 MB
IMG_2402.MP419.87 MB
IMG_2404.MP433.92 MB
IMG_2403.MP419.46 MB
6👍 2🎉 1
Repost from TgId: 3055500185
📌Tashkent Tech universiteti Ochiq eshiklar kunini o'tkazdi 20-dekabr kuni Tashkent Tech universitetida Ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi, unda 200 dan ortiq mehmonlar tashrif buyurishdi. Abituriyentlar universitet, ta’lim dasturlari va o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishib olishdi. Tadbir doirasida: ▶️ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi , AСWA Power va BCG vakillarining nutqi ▶️ Foundation dasturi taqdim etildi ▶️ abituriyentlar ta’lim formati bilan tanisha olgan birinchi kirish darsi o‘tkazildi 💡 Foundation — bu “shunchaki tayyorlov kursi” emas. Bu — universitet formatiga moslashuv, ishonchli start va mutaxassislikni ongli tanlash imkoniyati. 👉 Batafsil ma’lumot saytimizdagi maqolada: 🔗 Maqola havolasi 📞 Konsultatsiya va qabul uchun: +998 77 288 82 82 ➖➖➖ 📌 День открытых дверей в Tashkent Tech University 20 декабря в Tashkent Tech University прошёл День открытых дверей, который посетили более 300 гостей. Абитуриенты познакомились с университетом, образовательными программами и преподавателями. На мероприятии: ▶️выступили представители Министерство высшего образования, науки и инноваций, Министерства энергетики, AСWA Power и BCG ▶️была представлена программа Foundation ▶️прошёл первый вводный урок, где абитуриенты смогли оценить формат обучения 💡 Foundation — это не “просто подготовительный курс” Это уверенный старт, адаптация к университетскому формату и осознанный выбор специальности. 👉 Подробнее в статье на сайте: 🔗 Ссылка на статью 📞 Консультация и запись: +998 77 288 82 82
إظهار الكل...
12😁 5👍 3🥰 1
Repost from TgId: 1501183462
Photo unavailableShow in Telegram
💨 Tashabbus yo‘llab, muvaffaqiyatga erishing 🗣Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi qizg‘in pallaga kirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 iyuldagi Farmoniga muvofiq barcha jarayonlar ishonchli va tizimli tashkil etilgan. Xususan, One ID orqali ro‘yxatdan o‘tishning ahamiyati shundaki, tashabbus egasining mualliflik huquqi ta’minlanadi. Forumda g‘olib deb topilgan loyihalar:
⏺ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimot qilinadi; ⏺ moliyalashtiriladi va tijoratlashtiriladi; ⏺ butun respublikada joriy qilinadi.
Tashabbus mualliflari:
⏺ o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi; ⏺ istiqbolli kadrlar ro‘yxatiga kiritiladi; ⏺ 10 - 50 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Forumga tashabbuslar yo‘llash davom etmoqda. Hech bir fikr e’tibordan chetda qolmaydi. Forumda qatnashing. 🇺🇿 To‘liq matn: asdr.gov.uz 🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺 💨 Проявите инициативу и добейтесь успеха 🗣Форум перспективных инициатив «Келажак учун» вступил в активную фазу. В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 14 июля 2025 года все процессы форума надежно и системно организованы. В частности, важность регистрации через One ID заключается в защите авторских прав инициатора. Проекты, признанные победителями форума:
⏺будут представлены Президенту Республики Узбекистан; ⏺получат финансирование и будут коммерциализированы; ⏺будут внедрены по всей республике.
Авторы инициатив:
⏺получат возможность реализовать свой потенциал; ⏺будут включены в перечень перспективных кадров; ⏺будут награждены денежными премиями в размере от 10 до 50 миллионов сумов.
Подача инициатив на форум продолжается. Ни одна идея не останется без внимания. Принимайте участие в форуме. 🇺🇿 Полный текст: asdr.gov.uz facebookInstagramlinkedIntwitteryoutubewebsite
إظهار الكل...
12👍 2🔥 2👏 1
#xalqaro_hamkorlik Andijon davlat universitetining 11 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi Joriy yilning 7–9-sentyabr kunlari Germaniyaning nufuzli ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan Andijon davlat universitetining qator bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Akkreditatsiya jarayoni doirasida bakalavriat bo’yicha “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Fizika”, “Axborot xavfsizligi” va “Iqtisod” ta’lim yo‘nalishlari, magistraturada esa “Kimyo”, “Biologiya”, “Matematika”, “Yarim o‘tkazgichlar fizikasi” hamda “Axborot xavfsizligi” mutaxassisliklari xalqaro ekspertlar tomonidan batafsil o‘rganib chiqildi. Xalqaro ekspertlar universitetning Axborot-resurs markazi, infratuzilmasi, zamonaviy laboratoriyalari, registrator xizmati faoliyati hamda boshqa tegishli tuzilmalarni belgilangan xalqaro me’yoriy talablar asosida atroflicha tahlil qildilar. Yakuniy xulosalarda ushbu ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim sifati yuqori darajada tashkil etilgani alohida e’tirof etilib, bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarining hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz (unconditional) to‘liq xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgani rasman e’lon qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
18👍 9👏 7😁 4
00:40
Video unavailableShow in Telegram
#yangi_yil_bayrami_shukuhi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida qor shkuhi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
tel.mp47.00 MB
36👍 24🥰 7🔥 6🤩 5
#xalqaro_hamkorlik Navoiy davlat universitetining 3 ta ta’lim yo‘nalishi xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi Joriy yil 17–19-sentyabr kunlari Germaniyaning ACQUIN tashkiloti tomonidan Navoiy davlat universitetining “Ingliz tili va adabiyoti”, “Biologiya”, “Matematika” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadida o‘rganishlar olib borildi. Xalqaro ekspertlar uch kun davomida universitetning kutubxonalari, infratuzilmasi, laboratoriyalari, registrator xizmati faoliyatini va boshqa tegishli tuzilmalarni belgilangan me’yoriy talablar asosida batafsil o‘rganib chiqdilar. Ekspertlar o‘z yakuniy xulosalarida ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim sifatining yuqori darajada ekanini alohida e’tirof etishdi hamda “Ingliz tili va adabiyoti”, “Biologiya”, “Matematika” ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hech qanday qo’shimcha shartlarsiz (unconditional) to‘liq xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganligi e’lon qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
20👍 16🔥 5🎉 3😁 1
Toshkentda Oʻzbekiston–Xitoy energetika sohasida “yashil” transformatsiyaga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi 20-dekabr kuni INNO innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparkida "Oʻzbekiston–Xitoy: Energetika sohasida “yashil” transformatsiya va barqaror rivojlanish hamkorligi" mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/112587 #xalqaro_hamkorlik
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
tayyor.1.mp44.02 MB
11🔥 3👍 1😁 1
Repost from TgId: 1198840929
Yerlarning tanazzulga uchrashi insoniyatning eng jiddiy ekologik muammolaridan biri bo‘lib, undan Yer yuzidagi quruqlikning 40 foizi va 3,2 milliard kishi aziyat chekmoqda. Markaziy Osiyoda umumiy yer maydonining qariyb 37 foizi degradatsiyaga uchragan bo‘lib, bu oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslari va iqlim barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 26 foizga yetgan: sho‘rlanish darajasi ortmoqda, tuproqdagi gumus miqdori va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi kamaymoqda. Muammoning jahon miqyosidagi dolzarbligini hisobga olib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va "Zamin" fondi ko‘magida "Ona Yer nidosi" hujjatli filmi suratga olindi va 4-dekabr kuni Butunjahon tuproq kuniga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar doirasida FAOning Italiyadagi Bosh qarorgohida ilk bor jamoatchilikka namoyish etildi. O‘zbekistonda ushbu filmning premyerasi "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti hamda Davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tdi. Bu film kamdan-kam hollarda kadrda ko‘rinadigan, ammo har kuni yer bilan ishlaydigan odamlar — fermerlar, agronomlar, olimlar haqida. "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi talabalar bilan samimiy suhbatda tuproq degradatsiyasi muammolarini muhokama qildi, bo‘lajak mutaxassislarning g‘oya va takliflarini diqqat bilan tinglab, ekologik jarayonlar mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligi uchun qanchalik xavfli ekanini ta’kidladi. Ziroat Mirziyoyeva eko-maktab o‘quvchilari va talabalar bilan birgalikda tuproqning qadr-qimmati, uni dehqonlarning ko‘p asrlik tajribasi, barqaror amaliyotlar va ilg‘or texnologiyalarni uyg‘unlashtirish orqali asrab-avaylash bo‘yicha fermer va olimlarning sa’y-harakatlari haqidagi hujjatli filmni tomosha qildilar. Tadbirda, shuningdek, aloqador vazirlik va idoralar, FAO, BMT, BMTTD, Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi (GIZ), Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD), Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA), KfW taraqqiyot banki va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Filmni "Zamin" fondining YouTube kanalida tomosha qilish mumkin. #HosildorZamin #OnaYerNidosi Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
13😁 3🤔 3👍 2😱 2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga “Kantey” qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi. — В честь официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в резиденции "Кантэй" состоялся прием от имени Премьер-министра Японии Санаэ Такаичи. #Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
9🔥 2😁 1🤔 1😱 1