Edu.uz
الذهاب إلى القناة على Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

130 903
المشتركون
-12824 ساعات
-1 1907 أيام
-3 37630 أيام
أرشيف المشاركات
#inklyuziv_taʼlim #VoiceUp
Inklyuziv taʼlim masalalari boʻyicha ochiq muloqot: yoshlar tashabbuslari eshitildi
18-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “VoiceUp” inklyuziv yoshlar oromgohi ishtirokchilari bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda inklyuziv taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada mavjud muammolar hamda kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar xususida oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan inklyuziv taʼlim infratuzilmasini yanada takomillashtirish, taʼlim muassasalarida arxitekturaviy moslashuvni taʼminlash, raqamli taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, pedagog kadrlarni inklyuziv kompetensiyalarga ega etish masalalari yuzasidan qator amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/112162
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 6
Vebster universiteti Toshkentdagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi xalqaro AT kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
18-dekabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida Toshkent shahridagi Vebster universiteti taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi ijrochi direktori Rasul Rahmonov Yaponiyaning “Digital Knowledge Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda dasturiy taʼminot ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish va faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan yapon IT kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi va oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi: ✅taʼlim dasturlarini zamonaviy mehnat bozori talablariga moslashtirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish; ✅chet tillari (ingliz va yapon) hamda axborot texnologiyalarini oʻqitishda ilgʻor va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish; ✅Oʻzbekistonda taʼlim sohasining rivojlanayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, mutaxassislar va xodimlarning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish.Shuningdek, oʻrta boʻgʻin mutaxassis kadrlarni tayyorlash yoʻnalishida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va ushbu soha boʻyicha alohida muzokaralar olib borishga kelishib olindi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 16👍 5🔥 1😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7👍 2
#Barkamol_avlod #Kurash
Erkin va yunon-rum kurash musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi
Buxoro davlat texnika universitetida yoshlar o‘rtasida erkin va yunon-rum kurash turlari bo‘yicha “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichi o‘tkazildi.
1-kun: Yunon-rum kurashi Ushbu yo‘nalishda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan 83 nafar yosh sportchi o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda: 🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin 🥈 Jizzax viloyati jamoasi — 2-o‘rin 🥉 Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rin
2-kun: Erkin kurash Unda respublikaning barcha hududlaridan kelgan 86 nafar yosh sportchi 8 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Bahslar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda: 🥇 Buxoro viloyati jamoasi — 1-o‘rin 🥈 Xorazm viloyati jamoasi — 2-o‘rin 🥉 Toshkent shahri jamoasi — 3-o‘rinMusobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar, jumladan televizorlar topshirildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_1411.MP48.08 MB
❤ 8😁 2👍 1👏 1
Repost from TgId: 1395751137
00:21
Video unavailableShow in Telegram
E'lon
Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorlida “Maromiylik” loyihasi doirasida “O‘zbek to‘ylaridagi isrofgarchilik – an’ana va zamon ziddiyatlari” va “Maromiylik” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
✍️Tanlovda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, OTM o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, jurnalistlar va mazkur mavzuga qiziqqan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
🌐Batafsil 👉 https://telegra.ph/Maqolalar-tanlovi-12-17
✅Tanlovda faol ishtirok eting!
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Maromiylik dekabr.mp41.02 MB
❤ 10👍 1
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi.
#Mirziyoyev #tashrif #Yaponiya
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
video_2025-12-18_18-40-57.mp479.58 MB
❤ 13🔥 2👍 1
Raqamli ta’lim sohasida yangi hamkorlik memorandumi imzolandi
“Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi” hamda “IT-ta’lim uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro kelishuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik respublikamizda IT sohasini yanada ommalashtirish, raqamli ta’lim ekotizimini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy IT kasblariga tayyorlash hamda sohada xizmatlar eksportini oshirishga qaratilgan.
Kelishuv doirasida “Hemis” va Edu Career platformalariga xalqaro Coursera kurslarini integratsiya qilish, ta’lim platformalari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, AKT mutaxassislari uchun xalqaro IT sertifikatlarini olishda ko‘maklashish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tomonlar IT va xorijiy tillar yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, sohaviy forumlar, ko‘rgazmalar va tadbirlarni birgalikda tashkil etish orqali IT-ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 13❤ 6🔥 1🤔 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
AI Ustoz — masofaviy ta’limning yangi bosqich
Cyber University Multimedia markazi hamda Generativ sun’iy intellekt klubi hamkorligida O‘zbekistonda sun’iy intellekt asosida ishlovchi masofaviy ta’lim platformasi — “AI Ustoz” ishga tushirildi.
Ushbu platforma real vaqt rejimida talabaning bilim darajasini tahlil qiladi, o‘quv jarayonini individual ehtiyojlarga moslashtiradi hamda dars mazmunini avtomatik ravishda takomillashtirib boradi. Platforma 24/7 uzluksiz faoliyat yuritib, bir vaqtning o‘zida minglab talabalarga bir xil sifatdagi ta’lim kontentini yetkazish imkonini beradi. Har bir talaba uchun individual o‘quv trayektoriyasi shakllantiriladi, bu esa bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Shuningdek, platforma hududiy cheklovlar va qo‘shimcha infratuzilma xarajatlarisiz, barcha uchun teng va ochiq ta’lim imkoniyatini yaratadi. Bu yondashuv raqamli ta’limni ommalashtirish va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.Mazkur loyiha sun’iy intellektni ta’lim tizimiga chuqur integratsiya qilish bo‘yicha belgilangan davlat siyosatining amaliy ifodasidir.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
AI USTOZ.mp45.11 MB
👍 11❤ 8🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
#yengillik #chegirma
⚡️O‘quvchi-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan boshlab 2026-yil 11-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.
❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
Batafsil: www.uzairways.com.
___
Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся
В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 26 декабря 2025 года по 11 января 2026 года.
Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.
❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.
Подробно: www.uzairways.com.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9😁 9👍 3🔥 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qonunchilik_yangiliklari
Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari belgilandi
Adliya vazirligi Kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda baholash mezonlari bo‘yicha indikatorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga ko‘ra, professional (kasbiy) ta’limni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlariga muvofiqlik jihatdan kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Mazkur idoraviy hujjat bilan 7 ta yo‘nalish doirasidagi 37 ta mezon bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda foydalaniladigan 203 ta indikator belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, 12 ta (5.9 foiz) majburiy indikatorlar (kutubxonada o‘quvchilar kontingentiga mos o‘quv adabiyotlarining mavjudligi, ta’lim dasturlari va o‘quvchilar kontingentiga mos bino (inshootlar) bilan ta’minlanganlik va b.) hamda 191 ta (94.1 foiz) umumiy indikatorlar (o‘quv xonalarining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilganligi, pedagog va o‘quvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish choralari ko‘rilganligi va b.) mavjud bo‘lib, “muvofiq” yoki “muvofiq emas” tarzida baholanadi.
✅ Bunda:
🔹 50 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas”;
🔹 50 foizdan 60 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
🔹 60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq” deb topiladi.
❗️Agar majburiy indikator “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qat’i nazar, mezon ham “muvofiq emas” deb baholanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 7👍 2😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#yengillik #chegirma
Talabalar poyezd chiptalarini 50% foiz chegirmada xarid qilishlari mumkin
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti hamda Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.
___
Студенты могут приобрести билеты на поезд со скидкой 50%
Для студентов, обучающихся в высших образовательных учреждениях республики, объявлены скидки на местные поезда во время зимних каникул.
Скидка предоставляется в размере 50% от полной стоимости билета на все пассажирские поезда внутреннего сообщения (кроме вагонов класса СВ/VIP и высокоскоростного электропоезда «Afrosiyob») действует с 18 декабря 2025 года по 12 января 2026 года.
Для приобретения билетов студенты могут посетить железнодорожные кассы со своими документами удостоверяющие личности или воспользоваться сайтом eticket.railway.uz для покупки билетов в электронном виде.
Для электронной покупки билетов можно воспользоваться сайтом eticket.railway.uz и приложениями для Android и iOS.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
😁 9❤ 5🤔 2👍 1😱 1
02:57
Video unavailableShow in Telegram
Yaponiyadagi o‘zbekistonlik talabalar Prezident rasmiy tashrifi arafasida samimiy videoqutlov tayyorladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida ushbu davlatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar samimiy videoqutlov tayyorladilar.
Mazkur tashabbus yoshlarimizning Vatanga, davlatimiz rahbariga bo‘lgan hurmati va sadoqati, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usining yorqin ifodasidir.
Xorijda tahsil olayotgan iqtidorli va tashabbuskor talabalarimizning har bir yutug‘i, har bir tashabbusi O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_2588.MOV15.31 MB
👍 22❤ 13🔥 5
Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi bilan ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hujjat imzolandi
Ayni kunlarda Yaponiya xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Yaponiya Fan va texnologiyalar agentligi (JST) prezidenti Kazuhito Hashimoto bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ilmiy salohiyatni oshirish, shuningdek, olimlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111840
👉 На русском
👉 In English
#xalqaro_hamkorlik #Yaponiya #memorandum
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 10👍 10👏 2🔥 1🤩 1
03:17
Video unavailableShow in Telegram
Farg‘ona davlat universiteti talabasi 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joriy йилнинг 7–14-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Farg‘ona davlat universiteti talabasi Mahdiya Muxtorova para suzish bo‘yicha yuksak natija qayd etdi.
Musobaqa doirasida 7 ta masofaning barchasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mahdiya Muxtorova 7 ta oltin medal bilan mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.
Mazkur natija yosh sportchining yuqori sport mahorati, mustahkam irodasi hamda tizimli tayyorgarligi samarasidir. Bugungi kunda Mahdiya Muxtorova 2028-yilda AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Para Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Rolik Mahdiya suzuchi~1.mp455.18 MB
👏 20❤ 14👍 6🔥 3🎉 1
#Xalqaro_hamkorlik #ECOSF
Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
17-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov ECO Science Foundation (ECOSF) prezidenti Sayyed Komail Tayebi bilan uchrashdi.
Suhbat davomida a’zo davlatlar bilan hamkorlikda energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston hududida ilmiy forumlar, yozgi va qishki maktablar, “workshop”lar o‘tkazish hamda iqlim o‘zgarishi, suv resurslari, oziq-ovqat xavfsizligi va transport logistikasi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/111784
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 15👍 2
#Voleybol #Taqdirlash
Voleybol bo‘yicha respublika musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi
Buxoro shahrida voleybol sport turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati doirasida final uchrashuv o‘tkazildi.
Qizlar o‘rtasida U20 O‘zbekiston kubogi yakuniy natijalari: 🥇1-o‘rin — Buxoro viloyati 🥈2-o‘rin — Xorazm viloyati 🥉3-o‘rin — Jizzax viloyati Yigitlar o‘rtasida U21 O‘zbekiston chempionati yakuniy natijalari: 🥇1-o‘rin — Buxoro viloyati 🥈2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi 🥉3-o‘rin — Navoiy viloyatiMusobaqalar yakuniga bag‘ishlangan tantanali taqdirlash marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, universitet jamoasi, sport mutaxassislari ishtirok etdi. G‘olib sportchilar, murabbiylar va jamoa a’zolari faxriy yorliqlar, kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 21👍 9🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli fuqarolar!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.
Mazkur jamoatchilik eshituvidan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi mavjud holatni tahlil qilish, nogironligi bor shaxslar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan jamoatchilik fikrini tinglash, shuningdek, soha mutaxassislari, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olishdan iborat.
Eshituv yakunlari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inklyuziv ta’lim siyosatini takomillashtirish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilashda foydalaniladi.
📌 Sana: 22.12.2025
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Universitet ko‘chasi 7-uy
☎️ Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (55) 520-08-08 (110)
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 17👍 4🔥 1
#dayjest #korrupsiya
Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda
🔵Samarqand davlat pedagogika institutida "Pora" - korrupsiya kushandasi" nomli spektakl namoyish etildi; 🔵Termiz davlat universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi; 🔵O‘zbekiston Milliy universitetida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi; 🔵Urganch davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi; 🔵O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi; 🔵Jizzax davlat pedagogika universitetida “Korrupsiya — taraqqiyot yo‘liga to‘siq” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi; 🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi; 🔵Namangan davlat texnika universitetida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi; Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o‘rtasida “Korrupsiya - kelajakka tahdid!” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi; 🔵Andijon davlat pedagogika institutida “Korrupsiya — xavfsizlikka tahdid” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi; O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi; 🔵O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusidagi tanlov o‘tkazildi; 🔵Guliston davlat universitetida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" heshtegi ostida chorlov o'tkazildi; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida chellenj o‘tkazildi; 🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi eng yaxshi rasmlar tanlovi o‘tkazildi; 🔵Qarshi davlat texnika universitetida "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi; 🔵Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi; 🔵Qo‘qon davlat universitetida “Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton” mavzusiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi; 🔵Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida "Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq" davra suhbati oʻtkazildi; 🔵Buxoro davlat texnika universitetida stop korrupsiya chellenji oʻtkazildi; 🔵Qarshi davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi; 🔵Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi; 🔵Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_2342.MP447.63 MB
IMG_2341.MP428.26 MB
IMG_2344.MP423.53 MB
IMG_2340.MP434.11 MB
❤ 8👍 6😁 3🔥 1
01:17
Video unavailableShow in Telegram
Biz giyohvandlikka qarshimiz!
Giyohvandlik — yoshlar kelajagi, jamiyat salomatligi va millat genofondiga jiddiy xavf soluvchi illatdir. Bugun yoshlarni bu zararli yo‘ldan asrash — barchamizning muhim vazifamizdir.
Shu maqsadda sport muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari, fleshmob va chellenjlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
01.IMG_0898.mp424.38 MB
🎉 6👍 3❤ 2
