Edu.uz
الذهاب إلى القناة على Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

130 866
المشتركون
-13524 ساعات
-1 1407 أيام
-3 41530 أيام
أرشيف المشاركات
Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv davomida agrar sohada malakali kadrlar tayyorlash, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalinib, Toshkent davlat agrar universitetida dual ta’limni kengaytirish va amaliyot samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalari belgilab berildi.
Mazkur yo‘nalish doirasida universitetning 180 nafar talabasini ilg‘or klasterlar va fermer xo‘jaliklarida amaliyot o‘tkazish jarayonini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Amaliyot davomida agronomlik sirlarini o‘rgatgan klaster va fermer xo‘jaliklariga har bir talaba uchun 5 million so‘m, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya ajratiladi.
Tegishli ko‘nikmalarni egallagan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanga kafolatli ishga yuboriladi. Ular zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, sifatli urug‘ va navlar bilan ishlash, hosildorlikni oshirish hamda xarajatlarni kamaytirishga ko‘maklashadi.
Shuningdek, yosh agronomlarga yaratayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari doirasida ularga oyiga 2 ming AQSh dollari miqdorida ish haqi belgilanishi ta’kidlandi. Ushbu tashabbus agronomlik kasbining yoshlar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 11👍 5👏 1
Yana bir guruh o‘zbek mutaxassislari kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida Xitoyda malaka oshirmoqda
Xitoyning Chongqing shahridagi “Three Gorges” tibbiyot kolleji taklifiga binoan 2025-yil 8–22-dekabr kunlari tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro chuqurlashtirilgan malaka oshirish dasturi doirasida maxsus seminar-kurslar tashkil etilmoqda.
Mazkur malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot va texnika yo‘nalishidagi texnikumlardan 10 nafar malakali mutaxassis saralandi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109543
#kasbiy_taʼlim #malaka_oshirish
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 6👍 3🤔 2
02:39
Video unavailableShow in Telegram
“Kelajak soati”da navbatdagi chorlov: Madhiya – millat qoʻshigʻi!
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi jamoasi davlat madhiyasini oʻziga xos tarzda ijro etishdi.
Siz ham chellenjda ishtirok eting! Davlat madhiyasini kreativ holda ijro eting, “Kelajak soati” loyihasining instagram va facebook tarmoqlarini belgilagan holda oʻz sahifangizga joylang va #madhiya33K hamda #kelajaksoati heshteglaridan foydalaning. Madhiyani jamoaviy, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda va jonli kuylash lozim.
Videolar va ularning tarmoqdagi linki, muallif ism-sharifi, telefon raqamlarini esa @KelajakSoati_murojaat_bot botiga yuboring.
Faol oʻquvchilar, MTT xodimlari, sinflar, maktab, professional ta’lim muassasalari va OTM jamoalarini sovgʻalar kutmoqda.
Ijodiy ishlar 20-dekabrga qadar qabul qilinadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
madhiya.mp4183.66 MB
❤ 6👍 1
Attestatsiya sinovidan ozod etilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari pedagoglariVazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 36-bandiga muvofiq, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (yoki avvalgi tizimda 80 ball va undan yuqori) darajadagi umumta’lim fani bo‘yicha sertifikatga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyada o‘z fanidan maksimal ball bilan baholanadi hamda ushbu fan bo‘yicha malaka sinovidan ozod etiladi. Shunga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatga ega 35 nafar oʻqituvchilar roʻyxati eʼlon qilinmoqda. Ro‘yxat yuqorida👆
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 9👍 4👏 1
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.
So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
“Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Facebook|Instagram|X
❤ 12🔥 6👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami”!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qishloq xoʻjaligi sohasida fidokorona xizmat qilayotgan barcha dehqon va fermerlarimizni, agrar yoʻnalishlardagi mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va olimlarimizni ushbu qutlugʻ bayram bilan chin dildan tabriklaydi.
Qishloq xoʻjaligi – mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholining farovon turmushi hamda eksport salohiyatini mustahkamlovchi eng muhim tarmoqlardan biridir. Sizlarning tinimsiz mehnatingiz, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, agroinnovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lidagi izlanishlaringiz sohaning jadal taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
“Hosil bayrami” – yurtimizda serhosillik, mehnatkashlik va barakani ulug‘laydigan ezgu anʼanadir. Mehnatingizning sharofati bilan xalqimiz dasturxoni to‘kin, yurtimiz obod bo‘lib bormoqda.
Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, yangi muvaffaqiyatlar, ilm-fan va amaliyotda yanada yuksak marralarni zabt etishda ulkan zafarlar tilaymiz. Mehnatingizning samari doimo barakali, hosilingiz moʻl bo‘lsin!
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 16👍 9
07:24
Video unavailableShow in Telegram
#madhiya33
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasidan Oʻzbekiston milliy arxiviga
Konservatoriyadagi xor jamoasi ijrosida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini tinglaymiz, u haqida qimmatli ma’lumotlar bilan tanishamiz va Milliy arxivdagi ilk qonunchilik hujjatlarini oʻz koʻzimiz bilan koʻramiz.
Videoning sifatli varianti 👉 bu yerda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
56.90 MB
❤ 16👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
Xorijiy va nodavlat OTMlarning davlat granti bo‘yicha o‘tkaziladigan test sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 11-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan imtihon uchun ruxsatnomalar berildi.
📱 Test sinovida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabineti orqali yuklab olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlarga test sinovi o‘tkaziladigan sana, manzil va vaqt ko‘rsatilgan bo‘lib, ulardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
💳 11-dekabr kuni test sinovlari Namangan, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida 1 smenada hamda Toshkent shahrida 2 smenada o‘tkaziladi. Talabgorlar binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
⚠️ 1-smena uchun kirish vaqti soat 7:30 dan 8:30 gacha. Soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
2-smena uchun kirish vaqti soat 12:30 dan 13:30 gacha. Soat 13:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi.
✔️ Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ortiqcha buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va boshqalar) olib kelmaslik so‘raladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 19🔥 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Eʼtirof
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari qatorida oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari ham mukofotlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, qishloq xo‘jaligi tizimida ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojiga qo‘shgan salmoqli hissasi, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish, malakali mutaxassislar tayyorlashdagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh soha vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.Ular orasida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ham bor. Jumladan:
🏅“Mehnat shuhrati” ordeni bilanYormatova Dilarom — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ekologiya va yashil resurslar kafedrasi mudiri; Xolmirzayev Dustmuxammad — Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining yaylov chorvachiligi, qorako‘lchilik, asalarichilik va ipakchilik kafedrasi professori.
🏅“Kelajak bunyodkori” medali bilanTurdiyev Akbarali Usmon o‘g‘li — “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining tayanch doktoranti.
🏅“Shuhrat” medali bilanDosmuxamedova Muxayyo Xusnitdinovna — Toshkent davlat agrar universitetining umumiy zootexniya va zootexnologiyalar kafedrasi professori. Ushbu yuksak e’tirof mehnatsevar va fidoyi mutaxassislarga ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va e’tiborning ifodasidir.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 12👍 2
#Olimlar_minbari
#01-07.12.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“O‘zaro ishonchga asoslangan yangilanish jarayonlari” — G‘ofurjon MUHAMEDOV, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi;
“Innovatsion faoliyatni raqamlashtirish korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yechimi” — Asror NOROV, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi;
“Xalqchil tibbiyot tizimini yaratish yo‘lidagi dadil qadam” — Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;
“Raqamli transformatsiya yo‘lida qat’iy qadam” — Baxtiyor MAXKAMOV, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
“Uchinchi renessansga poydevor ilm-ma’rifat ustiga quriladi” — Qahramon SHONAZAROV, Toshkent amaliy fanlar universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori;
“Kelajak sarmoyasi yoki isrof va dabdabaning yashirin iqtisodiy kishanlari” — Abdug‘affor JO‘RAYEV, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
«Обновление образования: создавая возможности для трудоустройства молодежи» — Ширин РАХИМОВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;
“Ilm erkinligidan mosuvo jamiyat taraqqiyotdan ortda qoladi” — Dilshod RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori;
“Idrok va shuur baxsi sun’iy intellekt ustoz o‘rnini to‘la bosa oladimi?” — Qamariddin KOMILOV, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
“Atrof-muhit muhofazasi: davlat siyosatining huquqiy kafolati” — Asliddin NURIDULLAYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, dotsent;
«Узбекистан формирует новую систему экологического управления» — Азамат БЕРДИМУРАТОВ, преподаватель кафедры международного права и прав человека ТГЮУ.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 4🤔 3
ERASMUS+ “LESLIE” loyihasining 2026-yilga mo‘ljallangan yo‘nalishlari belgilab olindi
Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universitetida ERASMUS+ “LESLIE” loyihasi ishtirokchilarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yevropa va Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari hamda O‘zbekiston nomidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda loyiha bo‘yicha oraliq natijalar muhokama qilinib, 2026-yil amalga oshiriladigan faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/109162
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 12👍 5🔥 1
00:50
Video unavailableShow in Telegram
Xonanda Konsta yoshlarni giyohvandlikka qarshi kurashga chorlamoqda
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_0873.MP49.63 MB
❤ 18👍 10🤔 4😱 3🔥 2
01:30
Video unavailableShow in Telegram
Biz zoʻravonlikka qarshimiz!
Jamiyatimizda uchrab turadigan zoʻravonlik holatlariga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etuvchi mazkur video-rolik Osiyo xalqaro universiteti talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan.
Rolik orqali yoshlarda har qanday zoʻravonlikka “yoʻq” deyish madaniyatini shakllantirish koʻzda tutilgan.
#Zoʻravonlikka_qarshi
#16_kunlik_faollik
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1206 (3)(2).mp444.65 MB
❤ 15👍 4🔥 2👏 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!
Halollik, mas’uliyat va xalqqa sadoqat tamoyillariga sodiq qolgan holda, kelajagimiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan avlodni tarbiyalaylik!
Keling, ilm-fan qudratini yuksaltirish, oliy ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda birgalikda faol hissa qo‘shaylik.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍 17❤ 11😁 5🎉 2
#talabaga_qulaylik
TerDUda 800 oʻrinli zamonaviy TTJ foydalanishga topshirildi
8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan barpo etilgan 9 qavatli, 800 oʻrinli zamonaviy talabalar turar joyi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Viloyat hokimi, masʼullar, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etgan tadbirda oliy taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar, yoshlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, farovonlik sari tashlanayotgan dadil qadamlar alohida eʼtirof etildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 32👍 16🎉 5👏 3
“Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 5–6-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Samarqand-2020” tibbiyot oliygohlari talabalarining VI xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Universitet tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur nufuzli musobaqa nafaqat talabalar va yosh tadqiqotchilarning bilim va malakalarini sinovdan o‘tkazish va ularni munosib taqdirlashga, balki xalqaro do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanishi hamda tibbiyot sohasida jahonning bir qator mamlakatlari bilan yangidan yangi hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga ham turtki bo‘lmoqda.
Olimpiadada yurtimiz hamda Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Janubiy Koreya, Tojikiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Belorussiya kabi davlatlarning 60 dan ziyod tibbiyot oliygohlaridan 500 dan ortiq talabalar, shuningdek, rektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Batafsil: https://www.sammu.uz/uz/news/2577471
Video: https://youtu.be/JTaipKB5xjs
#xalqaro_olimpiada #tibbiyot
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
00:13
Video unavailableShow in Telegram
Hurmatli ustozlar, oʻquvchilar, talaba-yoshlar, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni 8-dekabr — Konstitutsiya kuni bilan samimiy iftixor bilan muborakbod etamiz. Konstitutsiya — yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz erkinligi hamda huquq va adolat garovi.
Bosh qomusimiz — davlat va jamiyat barqarorligining kafolati, demokratik huquqiy davlat qurilishining poydevori, fuqarolar huquq va erkinliklarining garovi, Vatanimiz taraqqiyot yoʻlidagi muhim yoʻnalishlarning huquqiy asosidir. Bugungi kunda taʼlim, fan, innovatsiyalar va ijtimoiy rivojlanish sohalaridagi islohotlar, milliy kadrlar tayyorlash va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar — konstitutsiyaviy asosda yuritilayotgan ezgu ishlar zamirida amalga oshmoqda.
Konstitutsiya kuni bayrami fidokor ustoz va olimlarimizni, mehnatsevar muhandis-kadrlarimizni, tashabbuskor talabalar va yoshlarimizning bilim va kasb mahoratini Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻliga safarbar etishga chorlaydi. Ushbu qutlugʻ sana barchamizni yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga ruhlantiradi.
Konstitutsiya barqarorligi va umummilliy maqsadlar yoʻlida barchamiz bir safda boʻlaylik!
Qoʻngʻirotboy Sharipov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_8798.MOV9.51 MB
❤ 20👏 12👍 5🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
TAʼZIYA
Mashinasozlik sohasining taniqli va zahmatkash olimi, Toshkent davlat texnika universiteti professori Sadriddinov Azmiddin Sadriddinovichning vafoti haqidagi xabar yurtimiz keng jamoatchiligi va ilmiy hamjamiyati uchun katta yoʻqotish boʻldi.
Azmiddin Sadriddinovich butun umrini ilmiy izlanishlar va pedagogik faoliyatga bagʻishladi. U Toshkent davlat texnika universitetida turli masʼul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, yurtimizda yuqori malakali muhandis-kadrlar tayyorlash, qishloq xoʻjaligi tarmogʻini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash borasida beqiyos hissa qoʻshdi.
Marhum olim paxta terish mashinalarini takomillashtirish boʻyicha yuzlab ilmiy ishlar muallifi sifatida agrar sohaning texnik rivojiga ulkan hissa qoʻshdi, 40 dan ziyod ilmiy loyihalarga rahbarlik qildi, ilmiy maktab yaratdi. Uning rahbarligida oʻnlab nomzodlik va doktorlik ishlarining himoya qilingani, yuzlab shogirdlar yetishib chiqqanini alohida qayd etish joiz.
Azmiddin Sadriddinovichning mamlakatimiz ilm-fani va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi rivojiga qoʻshgan xizmati davlat tomonidan yuqori baholanib, u “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi mexanizatori”, “Doʻstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etadi. Azmiddin Sadriddinovichning hayotdan koʻz yumishi yurtimiz ilm-fani, ayniqsa mashinasozlik va agrar texnika taraqqiyoti uchun katta yoʻqotishdir.
Azmiddin Sadriddinovning xotirasi, ilmiy merosi va sadoqat bilan qilgan xizmati doimo barchamizning qalbimizda yashaydi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 82😱 21🔥 8👍 4
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
TAʼZIYA
Mashinasozlik sohasining taniqli va zahmatkash olimi, Toshkent davlat texnika universiteti professori Sadriddinov Azmiddin Sadriddinovichning vafoti haqidagi xabar yurtimiz keng jamoatchiligi va ilmiy hamjamiyati uchun katta yoʻqotish boʻldi.
Azmiddin Sadriddinovich butun umrini ilmiy izlanishlar va pedagogik faoliyatga bagʻishladi. U Toshkent davlat texnika universitetida turli masʼul lavozimlarda samarali faoliyat yuritib, yurtimizda yuqori malakali muhandis-kadrlar tayyorlash, qishloq xoʻjaligi tarmogʻini zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan taʼminlash borasida beqiyos hissa qoʻshdi.
Marhum olim paxta terish mashinalarini takomillashtirish boʻyicha yuzlab ilmiy ishlar muallifi sifatida agrar sohaning texnik rivojiga ulkan hissa qoʻshdi, 40 dan ziyod ilmiy loyihalarga rahbarlik qildi, ilmiy maktab yaratdi. Uning rahbarligida oʻnlab nomzodlik va doktorlik ishlarining himoya qilingani, yuzlab shogirdlar yetishib chiqqanini alohida qayd etish joiz.
Azmiddin Sadriddinovichning mamlakatimiz ilm-fani va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi rivojiga qoʻshgan xizmati davlat tomonidan yuqori baholanib, u “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi mexanizatori”, “Doʻstlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan mukofotlangan.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etadi. Azmiddin Sadriddinovichning hayotdan koʻz yumishi yurtimiz ilm-fani, ayniqsa mashinasozlik va agrar texnika taraqqiyoti uchun katta yoʻqotishdir.
Azmiddin Sadriddinovning xotirasi, ilmiy merosi va sadoqat bilan qilgan xizmati doimo barchamizning qalbimizda yashaydi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 26😱 6🤔 2👍 1
