ar
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

الذهاب إلى القناة على Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
130 657
المشتركون
-13524 ساعات
-1 0747 أيام
-3 36730 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni Bugun mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan kasaba uyushmalari xodimlari o‘z kasb bayramini nishonlaydi. Kasaba uyushmalari tizimi mamlakatimizda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlar manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Mehnat jamoalari o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, har bir xodimning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz! 💐 Kasaba uyushmalari kuni muborak bo‘lsin!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
19👍 7
01:02
Video unavailableShow in Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ Texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari diqqatiga! Ingliz, nemis, koreys yoki yapon tilini o‘rgatasizmi? Agar o‘quvchilaringiz xalqaro B1 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat olgan bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun! Migratsiya agentligi chet tili o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya dasturini e’lon qildi. Endi o‘quvchilaringiz yutuqlari uchun 50 million so‘mgacha subsidiya olish imkoniyati mavjud! Ishtirok etish tartibi: 👉 my.gov.uz platformasi orqali 2025-yil 25-noyabrgacha ro‘yxatdan o‘ting. 🧾 O‘quvchilaringiz haqida ma’lumotlarni kiriting. 📈 Reytingda ishtirok eting va g‘oliblar safidan o‘rin oling! ⚠️ E’tibor bering! Ushbu imkoniyat faqat texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilari uchun (ariza topshirishda o‘quvchilarning xalqaro sertifikatlarini yuklash talab etiladi). 👉 Ariza yuborish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
207A8987_6_1.mp447.00 MB
11
Photo unavailableShow in Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣ 🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olinmoqda iTEP (International Test of English Proficiency) — ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔠 tinglab tushunish; 🔠 o‘qish; 🔠 grammatika; 🔠 yozish; 🔠 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. ➡️Mazkur imtihon uchun talabgorlar 17-noyabrga qadar ro‘yxatga olinadi. ✍️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz Imtihon 18-noyabr kuni respublikamizning 9 ta hududida o‘tkaziladi va natijalar 2 ish kunida e’lon qilinadi. 📍Imtihonlar o‘tkaziladigan 9 ta hudud ro‘yxati: ➡️USTIGA BOSING ➡️ iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview Murojaat uchun: 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
7👍 1
Kasbiy ta’limda xalqaro hamkorlik kengaymoqda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va unga biriktirilgan To‘rtko‘l tuman 1-son politexnikumi vakillari Xitoyning Jinan shahrida xizmat safarida bo‘lib, Shandong Tijorat va texnologiya instituti (SICT) hamda Hezi Axborot muhandisligi kolleji bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu hujjat energetika, qayta tiklanuvchi energiya, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt va akademik mobillik dasturi doirasida talaba hamda professor-o‘qituvchilar almashuvini nazarda tutadi. Bu hamkorlik To‘rtko‘l tumanidagi kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/101105
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
10
#xalqaro_anjuman Buxoroda Oziq-ovqat fanlari va foodomika bo‘yicha birinchi Ipak yo‘li xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani bo‘lib o‘tdi 3–5-noyabr kunlari Buxoro shahrida “Oziq-ovqatshunoslik va fudomika bo‘yicha birinchi Ipak yo‘li” konferensiyasi o‘tkazildi. Tadbir Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi ECAMPUZ loyihasi shuningdek, O‘zbekiston Oziq-ovqatshunoslik va texnologiyalar jamiyati tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi hamda Buxoro davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etildi. Uch kun davom etgan xalqaro ilmiy anjumanda Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari hamda yosh olimlar ishtirok etdilar. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/101024
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
edu uchun rolik_1.mp438.35 MB
13👍 7🔥 1👏 1
01:17
Video unavailableShow in Telegram
🧠 Endi talabalarning aqlli yordamchisi bor! 💻 HEMIS AI — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalarni my.hemis.uz platformasi orqali taqdim etadi. ➖GPA tahlili — o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi. ➖Davomat tahlili — darslarga qatnashish holatini baholab, kechikish sabablarini aniqlaydi. ➖Dars jadvali tahlili — mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi. ➖Tavsiyaviy kurslar — talabaning qiziqishlari va natijalariga mos Coursera kurslarini taklif etadi. ➖Plagiat tekshiruvi — mustaqil ishlar va ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlaydi. ➖Moliyaviy holat tahlili — shartnoma, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq tahlilni taqdim etadi. ➖HEMIS Chatbot AI — foydalanuvchi so‘rovlariga tezkor va aniq javob beradi. my.hemis.uz platformasiga hoziroq kirib, o‘quv natijalaringizni tahlil qiling va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishingizni aniqlang!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
HEMIS AI+TGlow.mp439.44 MB
26👍 6
04:41
Video unavailableShow in Telegram
UrDUda dual ta’lim tizimi kengaymoqda… Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ta’lim jarayonlari ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lanmoqda. Talabalar endilikda nazariy bilimlarni real ish jarayonida mustahkamlab, amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab universitetning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti “Urganch Bahmal” MChJ bazasida, Texnika fakulteti esa “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” korxonasida dual ta’lim asosida mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi talabalar “Gulchilik maktabi”da muntazam amaliy darslarda ishtirok etmoqda. 📹 Batafsil videolavhada.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
DUAL TA'LIM NAZARIYA VA AMALIYOT UYG'UNLIGI.mp445.54 MB
15👍 1😁 1
01:08
Video unavailableShow in Telegram
Kelajak muhandislari uchun yangi imkoniyat! Tashkent Tech’da bepul tayyorlov kurslari boshlandi O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi texnika universiteti — Tashkent Tech barcha abituriyentlarni maxsus tayyorlov kurslari (Foundation)ga taklif qiladi! Tashkent Tech universiteti jahonning ilg‘or standartlariga asoslangan va innovatsion ta’lim asosida kelajak muhandislarini tayyorlashga yo‘naltirilgan davlat oliygohi hisoblanadi. Tayyorlov kurslarida o‘qish mutlaqo BEPUL! 🕓 Kurslar kimlar uchun? 🟢11-sinf o‘quvchilari; 🟢Akademik litseylarning 2-kurs o‘quvchilari; 🟢Oʻqishga kirish istagida bo‘lgan barcha abituriyentlar. 🕓 Darslar qaysi vaqtlarda oʻtkaziladi? ➖Maktab darslaridan bo‘sh vaqtlarda; ➖Kunning ikkinchi yarmida; ➖Haftasiga 3 marotaba. 🕓 Kurslarda nimalar oʻrgatiladi? ➡️Matematika, fizika va ingliz tili fanlari; ➡️Muhandislik va robototexnikaga oid master-klasslar; ➡️Shaxsiy rivojlanish bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar. 📌 Tayyorlov kurslariga arizalar qabuli davom etmoqda. Shoshiling – joylar soni chegaralangan! 📄 Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori 👉🏻 Ariza topshirish | Batafsil | Telegram kanal 📞 +998 77 288-82-82 ✏️ @tashtech_uni
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
IMG_5126.MP45.50 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va a’zolariga tabrigiПоздравление Президента Шавката Мирзиёева активистам и членам профсоюзов Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
8👍 5
01:20
Video unavailableShow in Telegram
Samarqandda xalqaro WorldSkills amaliy treninglari boshlandi 10-noyabr kuni Samarqand shahridagi Monomarkazda WorldSkills Uzbekistan tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Koreya Respublikasining HRD Korea tashkiloti hamkorligida K-STAR Partnership Program for Skills Development dasturi doirasida qisqa muddatli xalqaro amaliy malaka oshirish treninglari boshlandi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu dastur mamlakatda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdilar. Treninglarda O‘zbekistonning 14 ta hududidan 314 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda. Ular 11 ta kasb bo‘yicha koreyalik WorldSkills ekspertlari bilan amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/101020
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
Sequence 01_1.mp425.83 MB
10👍 3
#Olimlar_minbari #03-09.11.2025 📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda O‘zbekiston – oliy ta’limda global hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri; O‘zbekiston va AQSH oliy ta’limi: hamkorlikning yangi bosqichi” — Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri; Samarqand – asrlar chorrahasidagi muloqot manzili” — Fazliddin MOʻMINOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi boʻlim boshligʻi; C5+1” formati: xavfsizlik, investitsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘lidagi qat’iy sa’y-harakatlar” — To‘lqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor; Dunyo xalqlari farovonligi yo‘lidagi sa’y-harakatlar” — Obidjon HAMIDOV, Buxoro davlat universiteti rektori, professor; Samarqand ruhi” – global muloqot mundarijasini belgilamoqda” — Baxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor; «Узбекистан-Финляндия: философия взаимодействия» — Шерзод МУСТАФАКУЛОВ, ректор Международного университета Нордик профессор; Madaniyatlarni birlashtirgan Samarqand” — Gulnoza JO‘RAYEVA, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, professor; «Третий Ренессанс не далекая мечта – реальность» — Шавкат ТУРАЕВ, проректор Ташкентского университета информационных технологий, Ортик РУЗИБОЕВ, доцент; Bugungi davr ma’naviy manifesti” — Ergash DAMINOV, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi prorektori, dotsent; Axborot texnologiyalari to‘g‘ri ishlatilsa – imkoniyat, noto‘g‘ri foydalanilsa...” — Shuhrat ROʻZINAZAROV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori; «Объединяя усилия представителей правовых цивилизаций Центральной Азии и Китая» — Омон МУХАМЕДЖАНОВ, профессор Ташкентского государственного юридического университета; JSTga a’zolik – mamlakat kelajagiga daxldor muhim qadam” — To‘lqin ESHNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori; Aqlli” qishloq xo‘jaligi yoxud agrar sohani robotlashtirish istiqbollari” — Botir TO‘XTAMISHEV, Toshkent davlat agrar universiteti professori; «Ферганский форум мира – послание Центральной Азии мировому сообществу» — Акрамжон НЕЪМАТОВ, первый заместитель директора Института стратегических и межрегиональных исследований при Президенте Республики Узбекистан; Алишер САБИРОВ, профессор Национального педагогического университета Узбекистана; Ijtimoiy sheriklik tamoyillarining zamonaviy tizimi” — Naim OBLOMURODOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori; Qishloq xo‘jaligida izchil yuksalish” — Muhammad Ali SAIDOV, Toshkent davlat agrar universiteti professori; Mahalla – yorug‘ yuzimiz va vijdonimiz” — Zilola SHOMANSUROVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori; Salkam bir asrlik ilm yo‘li agrar soha taraqqiyotiga xizmat qilmoqda” — Oybek OSTONOV, Toshkent davlat agrar universiteti kafedra mudiri, tarix fanlari doktori; «Молодежь и иностранные языки: модный тренд или стратегическая необходимость?» — Шаходат РАХИМОВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного экономического университета, доцент; «Будущее страны формируется в образовательном учреждении» — Зилола НАБИЕВА, заведующая кафедрой Университета Пучон в Ташкенте, PhD; «Учиться как за границей» — Дилдора АКМАЛОВА, доцент Наманганского государственного института иностранных языков имени И. Ибрата, PhD; Tadbirkorlik: islohotlarning asosiy katalizatori” — Suhrob ALLAYAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti, PhD; «Стратегический курс Узбекистана на развитие науки, образования и инноваций» — Малохат НАРБАЕВА, доцент Ташкентского государственного юридического университета; Tibbiy yordamchi robot” — Asadbek OʻRUNOV, Turin politexnika universiteti magistranti.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
8👍 3
00:48
Video unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiy ta’lim uchun ilg‘or yechimlar bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился передовыми решениями для цифровизации здравоохранения и медицинского образования. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
48.54 MB
8👍 2
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил Ташкентский государственный медицинский университет и ознакомился с презентацией работ по цифровизации системы здравоохранения, повышению качества услуг и развитию медицинского образования. #Mirziyoyev #tanishuv #tibbiyot #universitet Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
🔥 6 5👍 2
00:48
Video unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiy ta’lim uchun ilg‘or yechimlar bilan tanishdi. — Президент нашей страны ознакомился передовыми решениями для цифровизации здравоохранения и медицинского образования. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
48.54 MB
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda tibbiy ta’limni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил Ташкентский государственный медицинский университет и ознакомился с презентацией работ по цифровизации системы здравоохранения, повышению качества услуг и развитию медицинского образования. #Mirziyoyev #tanishuv #tibbiyot #universitet Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📢 E’LON “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tanlov e’lon qiladi. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 🟢Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja (PhD, DSc) va ilmiy unvonga ega bo‘lish; 🟢Kamida 10 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lish; 🟢“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, PQ–4375-son Prezident qarori (2019-yil 28-iyun) va VMQ–419-son qarori (2025-yil 7-iyul) mazmunini bilish. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar: ➖Pasport yoki ID-karta nusxasi; ➖Diplom (oliy ma’lumot, ilmiy daraja, ilmiy unvon) nusxalari; ➖Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, xorijiy tilni bilish sertifikati (milliy yoki xalqaro); ➖Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma. Hujjatlar joriy yilning 10-dekabriga qadar bevosita (oflayn tarzda) quyidagi manzilda qabul qilinadi: 📍Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 3a-uy 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (71) 217–81–01 🕒 Murojaat vaqti: dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
14
Photo unavailableShow in Telegram
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tabib doimo o‘z bilimini yangilab turmog‘i lozim. Zero, tan va tabiat doim yangilanib turadi”, degan hikmatli so‘zlari oradan ming yil o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotmagani ta’kidlandi. Bugungi davr shifokori zamonaviy texnologiya, davolash va diagnostika usullaridan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida doimiy ishlab borishi shartligi qayd etildi. Shu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirib boradigan yangi tizim bo‘ladi. Kelgusi yildan malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yo‘lga qo‘yiladi. Malaka oshirish talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Uzluksiz kasbiy tibbiyot ta’limi markazi tashkil qilinadi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
15👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi. Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish. Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi. Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi. Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi. Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
10
Photo unavailableShow in Telegram
Bundan buyon tibbiy ta’lim sifatini baholash bo‘yicha uch bosqichli tizimga o‘tilishi belgilandi. Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar bo‘yicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi bo‘yicha imtihondan o‘tkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat ro‘yxatidan o‘tadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi. Ko‘p vaqtini bemor oldida o‘tkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar. Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga ko‘makchi bo‘ladigan hamshiralarni tayyorlashga o‘tish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga o‘tkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi. Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy ma’lumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
👍 9 2
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi uchrashuv salkam bir asrdan buyon shifokor tayyorlab kelayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida bo‘layotgani bejiz emas.
Tibbiyotga yuqori texnologik uskunalar olib kiryapmiz, yangi klinikalarni barpo etyapmiz. Ularda kim ishlaydi? Albatta, Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz mehnat qiladi. Shu bois, tibbiy ta’limdagi islohotlarimizni davom ettirib, oilaning barcha yoshdagi a’zolariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan oilaviy shifokorlik institutini rivojlantirishimiz zarur”,
– dedi Prezident. Kelgusi o‘quv yilidan tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida pediatriya va davolash yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan umumiy tibbiyot fakulteti ochilishi e’lon qilindi. Ularda oilaviy shifokorlik mutaxassisligi bo‘yicha rezidentura va magistratura ham yo‘lga qo‘yiladi. Rezidenturada ta’lim olayotgan talabalar bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab maosh oladi. Rezidentura bitiruvchisi oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi va 150 foizli ustama oladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
9