ar
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

الذهاب إلى القناة على Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
629 186
المشتركون
-14624 ساعات
+6 5987 أيام
-7 21130 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from TgId: 1299869115
00:36
Video unavailableShow in Telegram
video.mp44.73 MB
star reaction 28
🥋Tarixda ilk bor o’zbekistonlik ayol karatechi jahon chempioni bo’ldi 🇪🇬Misrning Qohira shahrida karate bo’yicha o’tayotgan Jahon chempionatida 50 kilogrammgacha vaznda ishtirok etgan Gulshan Alimardonova 🥇oltin medalni qo’lga kiritdi. Gulshan o’zbekistonlik ayol karatechilar ichida ilk bor bunday natijaga erishdi. U bundan 2 haftagina avval 🇸🇦Saudiya Arabistonida o’tkazilgan Islom birdamligi o’yinlarida finalida yutqizib qo’yib, ko’z yoshlarini tiya olmagandi. ℹ️ Ma’lumot uchun, o’zbekistonlik sportchilar karate bo’yicha bungacha faqat bir marta – 2021-yilda (Dastonbek Otabolayev) oltin medalga sazovor bo’lgan edi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
IMG_0826.MP42.09 MB
star reaction 8
Photo unavailableShow in Telegram
Qo’riqlash xizmati Milliy gvardiyadan Ichki ishlar vazirligiga qaytarildi Bu bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, Milliy gvardiya Qo’riqlash bosh boshqarmasi IIV huzuridagi Qo’riqlash departamenti etib qayta tashkil etildi. Shodibekov Qobil Adilovich Qo’riqlash departamenti boshlig’i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
star reaction 1
Javohir Sindorovning Jahon kubogi g’olibi bo’lgani munosabati bilan o‘tkazilgan giveaway tanlovimizning g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi. Va’da qilinganidek, ularga 3 oylik Telegram Premium, 3 oylik UzChess Pro obunasi hamda uning yoniga har bir g‘olibga Javohir Sindorov imzosi qo’yilgan shaxmat doskasi sovg’a qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
star reaction 1
Bugun soat 21:00 da Giveaway javoblari chiqadi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
star reaction 45
00:50
Video unavailableShow in Telegram
🏆 Zakovatda yilning eng muhim Qishki mavsumi boshlanmoqda! Bugun Jobir Ahmedov jamoasi Qishki mavsum o‘yinlarini ochib beradi. 🥰 O‘yinni bugun soat 22:22 da “Milliy” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin. Qishki mavsumning eng yaxshi bilimdoniga 🚗 elektromobil sovg’a qilinadi. Bunda eng yaxshi savol muallifi ham mashina olishi mumkin degani! Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
IMG_3240.MOV17.51 MB
star reaction 4
Photo unavailableShow in Telegram
❗️2026-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida ekologik stikerlar joriy etiladi Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. ❌ Bunda shaharga “Yevro-5” va undan yuqori standartlarga muvofiq bo’lmagan transport vositalari kirishi taqiqlanadi. Avtotransport vositalariga ekologiyaga ta’siriga ko’ra 🟢“yashil” (toza), 🟡“sariq” (o’rta) va 🔴“qizil” (zararli) eko-stikerlari beriladi. Eko-stiker turiga mos bo’lmagan zonalarda harakatlanish taqiqlanadi yoki buning uchun ekologik kompensatsiya to’lovi joriy etiladi. 📃 Transport vositalari quyidagi mezonlarga ko‘ra ekologik toifalarga ajratiladi: 🔹 benzin, siqilgan va suyultirilgan gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi: 🟢 “Yevro-2” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga; 🟡 “Yevro-0” va “Yevro-1” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga; 🔹 dizel yoqilg‘i turi bilan harakatlanuvchi: 🟢 “Yevro-4” va undan yuqori ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “toza” ekologik toifaga; 🟡 “Yevro-3” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “o‘rta” ekologik toifaga; 🔴 “Yevro-0”, “Yevro-1” va “Yevro-2” ekologik sinfiga kiruvchi transport vositalari – “zararli” ekologik toifaga; 🟢 gibrid avtomobillar, muqobil yoqilg‘i turlarida harakatlanuvchi transport vositalari hamda ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan transport vositalari – “toza” ekologik toifaga. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
star reaction 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥🛒 Korzinkada yangi foydali chegirmalar eʼlon qilindi! Oʻz anʼanasiga muvofiq, Korzinka supermarketlar tarmogʻi Yangi yil oldi chegirmalarini eʼlon qilib boryapti. Bu esa koʻplab turdagi kundalik mahsulotlarni arzon narxlarda sotib olish uchun ajoyib imkoniyat. Ushbu katalog orqali barcha chegirmali takliflarni koʻrib chiqsangiz boʻladi.😊 Shuningdek, har hafta bittadan Chery avtomobili oʻynab boriladi. Unda qatnashish uchun esa ilovada ishtirokingizni tasdiqlab, 200 000 so‘mlik xaridni amalga oshirsangiz bas. Qoʻshimchasiga, Korzinka hamkorlaridan mahsulotlar xarid qilib, yutish imkoniyatingizni oshirishingiz mumkin. Reklama
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Xodjayev Baxshillo Kamolovich Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori edi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
00:33
Video unavailableShow in Telegram
Germaniyada mashinani joyida 90 soniyadan ko‘p qizdirib turish 80 yevro jarima solishga sabab bo’lar ekan. Bavariyada, ayniqsa ko‘p qavatli uylar oldida bu jarima 150 yevrogacha borarkan. Chunki bitta dvigatelning ham gazlari ekologiyaga katta zarar yetkazadi. “Texnika bizga xizmat qiladi, ammo tabiatni saqlash — bizning burchimiz”, — deb yozmoqda Germaniyada istiqomat qiladigan hamyurtimiz Nodir Hojiyev. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
AQN5LoJpGzSLEVbZsUf964Wdab1gaNsFZt54YtxJk07QdaYvilDN6atOxmAZvSh.mp48.26 MB
star reaction 11
❗️Direktor ayolni yechintirib, yolg’on guvohlik berishga majburlashni buyurgan Furqat tumani IIB sobiq boshlig’i va uning o’rinbosari 4 yilga qamaldi Farg’ona viloyati Furqat tumani IIB sobiq boshlig’i Akmal Xo’jayev tuman soliq inspeksiyasi boshlig’i Qurbonali Abdurahmonov bilan tortishib qolgan. Shundan so’ng, IIB boshlig’i soliq inspeksiyasi rahbaridan o’ch olishni maqsad qilgan. Ichki ishlar xodimlari Abdurahmonovning uyiga erining operatsiyasi uchun qarz so’rash maqsadida borgan maktab direktori Gulira’no Qosimovaga Xo’jayevning buyrug’i bilan zo’rlik ishlatib, yechintirishgan va soliq inspeksiyasi boshlig’i uni zo’rlagani haqida yolg’on guvohlik berishga majburlashgan. ⚖️ Sud hukmi bilan Furqat tuman IIB sobiq boshlig’i Akmal Xo’jayev va uning birinchi o’rinbosari Jasur Rasulov Jinoyat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi:141-3-moddasi 2-qismi “b” bandi (Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish); ➖142-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish); ➖206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish); ➖230-2-moddasi 1-qismi (Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini soxtalashtirish (qalbakilashtirish); ➖234-moddasi 1-qismi (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish). ⏳Ularning har biriga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, ular 3 yil muddatga IIV tizimida hamda davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi. Shuningdek, sudning alohida xabarnomasi bilan mazkur jinoyat ishi yuzasidan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda Farg‘ona viloyati prokuraturasiga xabar qilinishi belgilandi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Bugun Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlari bilan giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan ishchi yig’ilish o’tkazdi. Narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.
“Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir. Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
star reaction 7
Nafaqat issiqxonalar, balki qurilish maydonlarida ham reydlar o‘tkazilmoqda Toshkent shahrining 12 tumanidagi qurilish obyektlari kompleks o‘rganilmoqda. Jarayonga 140 nafar xodim jalb etilgan. Kechagi ma’lumotga ko‘ra, reydlar davomida 96 ta qurilish obyekti o‘rganilgan. Shundan 60 ta holatda havoning chang va qum bilan ifloslanishining oldini olish bo‘yicha majburiy talablar buzilganligi aniqlandi. Shuningdek, 47 ta holatda qurilish maydonining 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish bo’yicha talab bajarilmagan. 15 ta obyektda qurilish ishlari vaqtincha to‘xtatildi, 70 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 68 nafar shaxs rasmiy ogohlantirildi. Bundan tashqari, 24 ta obyektda suv yuvish moslamalari o‘rnatilishi ta’minlandi, 62 ta obyektda esa avtomashinalar shinalarini yuvish uchun basseynlar yaratildi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
IMG_1979.MP43.01 MB
star reaction 1
00:52
Video unavailableShow in Telegram
“Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” uchun qabul boshlandi ⚡️Yoshlarimiz uchun “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi”ga ro‘yxatga olish boshlandi. Forum mamlakatimiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan ilg‘or o‘quv markazlarini birlashtiradigan maydon bo‘ladi. 12–13-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan forum “2+6“ dasturi hamda “Ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etiladi. 👉 Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: forum.kelajakkasblari.uz Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
forum tg.mp414.27 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Djurayev Baxtiyorjon Samadovich "InFinBank" AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U bunga qadar raisning birinchi o‘rinbosari edi. Tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgunga qadar B.Djurayev rais vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib boradi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
"Real Sanjik" qamoqqa olindi. Unga giyohvandlik vositalari bilan bog’liq ayb ham qo’yilgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 28-noyabrdagi ajrimi bilan ayblanuvchi S. K.(1990-yil Namangan viloyatida tug‘ilgan, "Finans invest" KSB ta’sischisi, ijtimoiy tarmoqlarda "Real Sanjik" taxallusi ostida tanilgan)ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi. U quyidagi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda: 1) JK 112-moddasi 1-qismi (O’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish); 2) JK 25, 273-moddasi 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish). 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
star reaction 5
Shavkat Mirziyoyev bugun byurokratiyani bartaraf etish masalalariga bagʻishlangan xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. ➖ 2026-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ishga tushirildi va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
— davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash; — tadbirkorlikni rag‘batlantirish, mamlakatning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshirish; — raqamli boshqaruv va davlat boshqaruvi sohalarida mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish; — ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish.
➖ “Byurokratiyani bartaraf etish” milliy mukofot tanlovi o‘tkaziladi. ➖ Byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, bu borada amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini baholash “Zero Bureaucracy” raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. 🏫 Foto: OʻzA 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
O’zbekistonda “Nvidia” kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt forumida ma’lum qildi. Sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha boshqa rejalar: ➖ AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi "Kelajak markazlari"da SI bo‘yicha maktab dasturi joriy qilinadi; ➖maktablar o‘rtasida har yili sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap g‘oyalari bo‘yicha tanlov o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Har bir hududda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktabda eng zamonaviy sun’iy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi; ➖Sun’iy intellekt bo‘yicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSh, BAA, Yevropaning ilg‘or texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi; ➖yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – "5 million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start beriladi. ➖2030-yilga qadar 4,75 million o‘quvchi va talaba, 150 ming o‘qituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi o‘qitiladi. Bunda sun’iy intellekt maktab, kasb ta’limi va oliy ta’lim tizimlariga ham integratsiya qilinadi; ➖har yili noyabr oyi "Yoshlar uchun sun’iy intellekt oyligi" deb e’lon qilinadi va doimiy ravishda "Ipak yo‘li sun’iy intellekt forumi" o‘tkazib boriladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
star reaction 4
Hamkorbank “Eng kreativ bank” nominatsiyasiga loyiq deb topildi O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Yashil va qulay uy–joy” xalqaro forumida Hamkorbank “Eng kreativ bank” sifatida e’tirof etildi. Mazkur baho bankning so‘nggi yillarda yashil energiya va ipoteka yo‘nalishida ishlab chiqayotgan loyihalari bilan bog‘liq ekani ta’kidlandi. Xususan, quyosh panellari va energiya tejamkor uskunalarni o‘rnatishni moliyalashtirish shular jumlasidan. Instagram | Facebook | YouTube Reklama
إظهار الكل...
star reaction 3
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo’yicha Jahon kubogi g’olibi Sindarov Javohir Sanjarbekovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvonini topshirdi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
IMG_1993.MP411.46 MB
star reaction 7