ar
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
112 521
المشتركون
-16224 ساعات
-1 4977 أيام
-6 82630 أيام
أرشيف المشاركات
❗️Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining birinchi va ikkinchi bosqichi dekabr oyida o'tkaziladi 📃Fan olimpiadalari markazi hududiy boshqarmalarga Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasini o'tkazish bo'yicha (17.12.2025 yildagi 01-10-750-sonli) xat yubordi. ✅Unga ko'ra, 2025-yil umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, shu jumladan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasini 4 bosqichda o‘tkazish rejalashtirilgan:birinchi bosqich – umumiy o‘rta ta’lim maktablari va nodavlat ta’lim tashkilotlari miqyosida; ➖ikkinchi bosqich – tuman (shahar) miqyosida; ➖uchinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida; ➖to‘rtinchi bosqich – tabiiy fanlar yo‘nalishida respublika miqyosida, aniq fanlar yo‘nalishida esa xalqaro darajada o‘tkaziladi. 📌Al-Xorazmiy nomidagi aniq fanlar olimpiadasi – matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan; 📌Al-Xorazmiy nomidagi tabiiy fanlar olimpiadasi – kimyo, biologiya, fizika fanlaridan kompleks tarzda tashkil qilinadi. ✈️2025-yil 27-dekabr kuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, shu jumladan davlat va nodavlat umumta’lim maktablarida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining aniq fanlar yo‘nalishidagi informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiadaning birinchi – maktab bosqichi; ✈️2025-yil 30-dekabr kuniga qadar Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining ikkinchi – tuman (shahar) bosqichini o'tkazish rejalashtirilmoqda. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
750-sonli xat. Hududlarga.pdf3.51 KB
⚡️Oʻzbekistonda maktab oʻquv dasturlariga iqlim oʻzgarishi taʼlimi integratsiya qilinadi Joriy yilning 18-19dekabr kunlari Oʻzbekistonda maktab oʻquv dasturlariga iqlim oʻzgarishi taʼlimini integratsiya qilish boʻyicha seminar oʻtkazilmoqda. Ushbu seminar BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Taʼlim hamma narsadan ustun” jamgʻarmasi (EAA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda iqlim taʼlimi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” qoʻshma loyihasi doirasida tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqan Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova iqlim oʻzgarishi masalalari taʼlim tizimi bilan bevosita bogʻliq ekanini taʼkidladi. “PISA tadqiqoti natijalari oʻquvchilarning murakkab global masalalarni, jumladan ekologik va iqlimga oid muammolarni tahlil qilishda, shuningdek, ilmiy bilimlarni hayotiy vaziyatlarda qoʻllashda qiyinchiliklarga duch kelayotganini koʻrsatmoqda. Ekologik barqarorlik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, eng samarali yondashuv — fanlararo yondashuv boʻlib, unda iqlim jarayonlari geografiya, biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlari orqali real maʼlumotlar hamda ilmiy modellar asosida oʻrganiladi. Bunday yondashuv nafaqat fanlar boʻyicha bilimlarni mustahkamlaydi, balki ekologik madaniyat, tanqidiy fikrlash va tabiiy resurslarga nisbatan masʼuliyatli munosabatni shakllantiradi. Milliy ekspertlar, metodistlar va fan oʻqituvchilarini oʻz ichiga olgan ishchi guruhlar tomonidan oʻquv dasturlariga iqlim komponentini integratsiya qilish boʻyicha dastlabki tavsiyalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga, xalqaro amaliyot shuni koʻrsatadiki, barqaror natijalarga faqat oʻqituvchilar uchun tizimli metodik qoʻllab-quvvatlash, kasbiy rivojlantirish dasturlari hamda joriy etish jarayonida doimiy hamrohlik orqali erishish mumkin. Shu sababli, bugungi seminar tahlildan amaliy yechimlarga oʻtishda muhim qadam hisoblanadi.” – dedi markaz direktori. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
2-chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 18-25 dekabr kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi 📅 Onlayn sinov jadvali: 📌 5-sinf – 18-dekabr 📌 6-sinf – 19-dekabr 📌 7-sinf – 20-dekabr 📌 8-sinf – 22-dekabr 📌 9-sinf – 23-dekabr 📌 10-sinf – 24-dekabr 📌 11-sinf – 25-dekabr ✅ Muhim eslatmalar: 🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak. 🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim. 26 dekabr kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi. An’anaviy shaklda o‘tkazilishi belgilangan umumta’lim maktablarining 👉 ro‘yxati Onlayn shaklda o‘tkazilishi belgilangan umumta’lim maktablarining 👉 ro‘yxatiTa’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi” boshlandi Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bugungi kunda poytaxtda 75 tadan maktab va bog‘cha, 23 ta sport obyektiga ehtiyoj bor. Tuman hokimlari o‘zlari mablag‘ jalb qilib, har yili 1 tadan maktab, bog‘cha va sport obyektini qurishi, qolgan 15 tadan maktab va bog‘cha hamda 11 ta sport obyekti investitsiya dasturi doirasida qurib berilishi belgilandi. Kelgusi yilda infratuzilma loyihalariga chetdan davlat kafolatisiz yana 300 million dollar jalb qilish muhimligi ta’kidlandi. Shu yildan Toshkent shahrining har bir tumanida 1 tadan maktabda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Toshkent tajribasi” boshlandi. Ya’ni 7-11-sinfdagi 1,5 ming o‘quvchi saralanib, ularni AT, tibbiyot, biznes, muhandislik kabi yo‘nalishlarda o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lanyapti. Bu tajribani kengaytirib, bunday maktablar sonini kelasi yili 24 taga, 2027-yilda 33 taga yetkazish vazifasi qo‘yildi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oybek Karimovich Ergashev Namangan davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. O. Ergashev tayinlovga qadar Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
00:43
Video unavailableShow in Telegram
📣 “Kelajak” markazlariga direktor lavozimiga tanlov e’lon qilindi 🖼“Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi yoshlar markazi hamda “Yoshlik” sport jamiyati negizida tashkil etilayotgan “Kelajak” markazlari uchun malakali rahbarlik lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilinadi. ➡️ Lavozimlar maqsadi:
• O‘quvchilarda zamonaviy kasblarga qiziqish uyg‘otish • STEM, ilm-fan, san’at, sport va xorijiy tillar yo‘nalishidagi to‘garaklarni rivojlantirish • Liderlik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish • SEL (ijtimoiy-emosional ta’lim) modeli asosida bolalar bilan ishlash • ERP.PORTFOLIO tizimi orqali o‘quvchilar faoliyatini raqamlashtirish
📌 Tanlov shartlari va imtiyozlar:
• Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga har oy maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi • To‘garak rahbarlari uchun haftalik ish yuklamasi: 16 soat • Direktorlar faoliyati KPI asosida baholanadi • Hududiy markazlar STEM, xorijiy tillar, ilm-fan, san’at va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashadi
📩 Hoziroq ariza topshiring: Buning uchun oʻzingiz haqingizdagi maʻlumotlarni tanlov.uzedu.uz manziliga yuboring. Oʻz yoʻlingizni “Kelajak" bilan boshlang! 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
3-1.mp4134.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdulaziz Abdullayevich G‘ulomov Toshkent davlat transport universiteti rektori etib tayinlandi. A.G‘ulomov tayinlovga qadar Toshkent davlat transport universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori sifatida faoliyat yuritgan. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Akademik litsey va kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglari uchun attestatsiya 16-dekabr kuni test shaklida bo‘lib o‘tadi Test sinovlari testadmin.uzedu.uz platformasi orqali markazlashgan holda belgilangan 14 ta hududdagi binolarda (rasmda ro‘yxat👆) real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi. 🕘 Test sinovlari uch smenada tashkil etiladi: 1️⃣-smena — soat 09:00 2️⃣-smena — soat 11:30 3️⃣-smena — soat 14:00 boshlanadi. 📋 Pedagoglar test sinovlariga quyidagi hujjatlar bilan kelishlari zarur: - pasport yoki ID-karta; - pedagog ruxsatnomasi (pedagog.edu.uz platformasi orqali yuklab olinadi). Attestatsiya natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida soat 09:00dan 18:00gacha apellyatsiya komissiyasiga yoki vazirlikning rasmiy elektron pochtasi (pedapellatsiya@edu.uz) orqali murojaat qilishlari mumkin. Pedagoglardan belgilangan vaqtga qat’iy rioya etish hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari so‘raladi. Test o‘tkaziladigan binolar joylashuvi:
Qoraqalpog‘iston RespublikasiAndijon viloyatiBuxoro viloyatiJizzax viloyatiQashqadaryo viloyatiNavoiy viloyatiNamangan viloyatiSamarqand viloyatiSirdaryo viloyatiSurxondaryo viloyatiToshkent shahar va Toshkent viloyatiFarg‘ona viloyatiXorazm viloyati
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
#maxsus_imtihon ⚡️ Ko‘zi ojiz shaxslar uchun o‘tkazilgan chet tilidan maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi ✅ 2025-yil 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus imtihon natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Maxsus imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Maxsus imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar. ❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
#natija_chet_tili ⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi 2025-yil 15-noyabrdan 5-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. 🆔 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin. ❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari fevral va aprel oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Eslatma: ‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilidan ko‘zi ojizlar uchun maxsus imtihonlar ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus test sinovlari fevral va aprel oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari uchun ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. Eslatma: ‼️ Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) shaxslarga mo‘ljallangan chet tili imtihonlari uchun faqat mazkur toifaga kiruvchi talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 🖥 Ko‘zi ojiz (I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar) talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bir bosqichda kompyuterda o‘tkaziladi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari ✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari ✅ Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart va aprel oylarida o‘tkaziladi. 👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
⚡️ Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar ro‘yxati Milliy test tizimi doirasida ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir test topshiriqlarini shakllantirish uchun manba sifatida qaraladigan mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati qayta shakllantirildi. 📌Adabiyotlar ro'yxati: - mazmun jihatdan qisman yangilandi – asarlar janrlar bo‘yicha guruhlandi va ro‘yxatga lirik asarlar kiritildi; - son jihatdan qisman yangilandi – mazmun va janr rang-barangligini ta’minlash maqsadida yirik hajmli asarlar miqdori kamaytirildi. 📚 Ona tili (o‘zbek) va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinovlariga: - 2026-yil 1-aprelga qadar AMALDAGI (40 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida; - 2026-yil 1-apreldan so'ng YANGI (36 ta) adabiyotlar ro‘yxati asosida tayyorgarlik ko‘rishi tavsiya etiladi. ✍️ AMALDAGI (40 ta) hamda YANGI (36 ta) mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin. 👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_badiiy_asarlar_ro‘yxati_12_12_2025.pdf1.81 KB
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️“Kelajak” markazlarida o'qiganlik uchun ota-onalar badali to'lovi miqdorlari belgilandi Hukumat qarori (776-son, 10.12.2025-y.) bilan “Kelajak” markazlarida o'qiganlik uchun ota-onalar badali to'lovini undirish va undan foydalanish tartibi belgilandi. 💸 Qarorga ko'ra, “Kelajak” markazlarida o'qiganlik uchun ota-onalar badali to'lovi oyiga BHMga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi: ✅ 2026-yil 1-yanvardan: ▪️ Toshkent shahrida – 30 foiz; ▪️ viloyatlar markazlarida – 25 foiz; ▪️ respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus va Xorazmning Urganch shaharlarida – 15 foiz; ▪️ Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazmning qolgan tuman (shahar)larida – 10 foiz; ✅ 2026-yil 1-sentabrdan: ▫️ Toshkent shahrida – 60 foiz; ▫️ viloyatlar markazlarida – 50 foiz; ▫️ respublikaning qolgan tuman (shahar)lari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida – 30 foiz; ▫️ Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida – 20 foiz. ⌛️ Qaror bilan tasdiqlangan nizomga, joriy oy uchun to'lov mazkur oyning 10-sanasidan kechikmasdan to'lanadi. Bunda sentabr oyi uchun to'lov 30-sanaga qadar amalga oshiriladi. ✔️ Ota-onalar to'lovidan quyidagilar ozod etiladi: 🔹 “Kambag'al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning farzandlari (ta'lim oluvchilar umumiy sonining 15 foizi miqdorida); 🔹 alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat o'quvchilari; 🔹 yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining inklyuziv sinflarida ta'lim oladigan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilar. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
"Kelajak" markazlari 776-sonli qaror.pdf3.10 MB
01:27
Video unavailableShow in Telegram
Maktab maslahatchisining vazifasi nimalardan iborat? 📖Maktab maslahatchisi lavozimi o‘quvchilarning yetakchilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda ularning ilmiy, madaniy, sport va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. 👇Maktab maslahatchisi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
➖Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi mazmunini yoritish, unda nazarda tutilgan g‘oya va maqsadlarni o‘quvchilar o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish; ➖“Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari faoliyatini tizimli tashkil etish; ➖O‘quvchilarni tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish; ➖O‘quvchilarda yetakchilik qobiliyati, tashabbuskorlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida turli loyihalar, klublar, debatlarni yo‘lga qo‘yish; ➖Madaniyat, san’at, kitobxonlik, sport va ekologik yo‘nalishlardagi loyihalarni tashkil etish, ular orqali o‘quvchilarda estetik didni shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish; ➖Kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda tabiatni muhofaza qilishga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish; ➖O‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga jalb etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli ravishda shakllantirish va yuritish.
📌Shuningdek, maktab maslahatchilari o'quvchilar ta'lim-tarbiyasida asosiy mutaxassis bo'lishi belgilangan. Shu sababli, ularning oylik maoshi direktor o'rinbosarinikiga tenglashtirilgan. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
IMG_1899.MP432.31 MB
Repost from TgId: 1224266819
Photo unavailableShow in Telegram
🔻Davlat mukofotini olish uchun nima qilish kerak? ⭕️ Talimxabarlari.uz ning navbatdagi ovozli muloqoti aynan shu mavzuga bag‘ishlanadi. Muloqot mehmoni: 🔹Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, 🔹Shveysariyada o‘tkazilgan 56-Xalqaro Kimyo Olimpiadasining kumush medali sohibasi, 🔹Qozog‘istonda o‘tkazilgan Xalqaro Mendeleyev Olimpiadasining bronza medali sohibasi, 🔹Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan 18-Xalqaro Yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining bronza medali sohibasi, 🔹Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro Kimyo Olimpiadasining oltin medali sohibasi, 🎓Shahzoda Hakimova. 📌Manzil: @talimxabarlari telegram kanali. ⏰ Boshlanish vaqti: bugun, soat 19:00 da. ⭕️Savollaringizni @talimxabarlariga_bot orqali #savol heshtegi ostida yozib qoldiring! 👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
إظهار الكل...
❓Magistratura talabalari faqat yarim stavkada ishlay oladimi? 👤 Savol: Men magistratura talabasiman. Ish joyida menga “1 stavkada ishlash mumkin emas, siz faqat yarim stavkada ishlaysiz”, deb cheklov qo‘yishmoqda. O‘qishimdan tashqari to‘liq 1 stavkada ishlash huquqim yo‘qmi? Shu masalaga aniq javob bersangiz. ✅ Javob: O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun to‘liq (1 stavka) ishlashga taqiq qo‘yilmagan. Amaldagi me’yorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas. 🎓 Biroq ish vaqtingiz asosiy o‘qish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz ta’minlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin, xolos. ✈️ Shuningdek, har bir tashkilot o‘z ichki tartib-qoidalariga ega bo‘lgani uchun, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega bo‘lmasa, siz ulardan tegishli me’yoriy hujjatni ko‘rsatishlarini so‘rashga haqlisiz. ❗️Magistraturada o‘qish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Repost from TgId: 2580660310
Photo unavailableShow in Telegram
Click eng yirik IT-amaliyotchilar qabulini boshladi! Click Internship dasturi bir vaqtning o‘zida 11 yo‘nalish bo‘yicha start oldi. Ochilgan yo‘nalishlar: Frontend, QA Automation, Data Analytics, Data Science, Product Analytics, Data Engineering, System Analytics, Agile Office, Product Management, iOS Development, Android Development Dastur 3–4-kurs talabalari va yangi mutaxassislar uchun mos. Sizni nimalar kutmoqda: • Davomiylik: 2026-yil 12-yanvar — 18-aprel • Format: Toshkentdagi Click ofisida, darsdan bo‘sh vaqtlarida • To‘lanadigan amaliyot • Click mutaxassislaridan mentorlike • Ichki tadbirlar va faoliyatlar • Dastur yakunida tavsiya xati Tanlov qanday o‘tadi? 1. Ariza topshirish — 2025-yil 17-dekabrgacha 2. Tanlangan yo‘nalish bo‘yicha test topshirig‘ini bajarish 3. HR va texnik yetakchi bilan suhbat — 2025-yil 20-dekabr Arizani Click Internship Telegram-boti orqali topshirish mumkin: @click_internship_bot — yo‘nalishni tanlang va test topshirig‘ini chatning o‘zida oling.
إظهار الكل...