ar
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
112 334
المشتركون
-35724 ساعات
-1 6297 أيام
-6 85030 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
Shu yil hisobidan SAT noyabr va dekabr oylarida bo’ladi.Ulgurmasangiz kelasi yilga qolib ketasiz. SAT kurslariga qabul boshlandi.Kurs SAT matematika qismidan yuqori bal olmoqchi bo’lgan o’quvchilar va 50 % ustama olmoqchi bo’lgan ustozlar uchun. 2 xil guruhga qabul bo’lmoqda.2 oylik va 1 oylik.2 oylik guruh matematikani o’zbek tilida biladiganlar va 0 dan tayyorlanmoqchi bo’lganlar uchun.1 oylik guruh boshlang’ich tayyorgarlikka ega bo’lganlar uchun ➡️ 2 oylik guruh haqida ➡️ 1 oylik guruh haqida ➡️ Kursmizdagi natijalar Bundan tashqari @Satustama kanalimizda bepul kontentlar ham berib boriladi. 📱 @SHAXZODSAT 📱 @Satustama
إظهار الكل...
⚡️ Malaka toifalari qaysi fanlarga oʻtishi boʻyicha rasmiy koʻrsatma xat MMTV ning 2024-yil 11-dekabrdagi 03-14-3735-sonli xati Attestatsiya bo‘yicha diagnostik testlar: @uztditestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Malaka toifalari tatbiq etilishi boʻyicha.pdf4.56 KB
⚡️“Kelajak” markazi direktori va oʻrinbosarlari hamda “Maktab maslahatchisi”ning malaka tavsiflari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30 -sentabrdagi 368- sonli buyrug‘iga 5-ilova sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) “Kelajak” markazi direktori va oʻrinbosarlari hamda “Maktab maslahatchisi”ning malaka tavsiflari tasdiqlandi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Малака тавсифлари.pdf1.56 KB
⚡️“Maktab maslahatchilari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari roʻyxati tasdiqlandi 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 3400 ta maktabda “Maktab maslahatchilari” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 30-sentabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-dabirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi haqida"gi 368-son buyrug‘iga 4-ilova 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
“Maktab_maslahatchilari”_faoliyati_yoʻlga_qoʻyiladigan_maktablar.pdf1.67 MB
“Kelajak” markazlari va “Maktab maslahatchilari” lavozimi bo‘yicha vazir buyrug‘i qabul qilindi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2025-yil 30-sentabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-dabirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi haqida"gi 368-son buyrug‘i ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
“Kelajak” markazlari vazir buyrug‘i.pdf1.27 KB
❗️Bugun kuzgi attestatsiya uchun to'lov qilishning oxirgi kuni ✅2025-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagoglarni navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lov amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktyabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilgan edi. Bugun to'lov qilishning oxirgi kuni. ❓Toʻlov qanday amalga oshiriladi? 🖼Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS raqamiga oʻtkazish kerak boʻladi. ❓Toʻlov miqdori qancha?
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi ( 2025-yil 1-avgustdan boshlab 412 ming soʻm); b) pedagog.uzedu.uz – platforasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm); v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm).
🗒INVOYS raqami toʻlov xabarnomasi (kvitansiya)da yozilgan boʻladi. Toʻlov xabarnomasi (kvitansiya)ni har bir pedagog shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin. Shaxsiy kabinet murojaati muvaffaqiyatli yuborilgan pedagoglar uchun ochiladi. Shaxsiy kabinetga ONE ID-tizimi orqali kiriladi. 💬 Ma’lumot uchun, to'lovlarni Payme, Click, Upay, Paynet – elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Video-yoʻriqnomani koʻrish Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarishingiz mumkin: O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Davlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarida PQ-5117-sonli qarorga koʻra kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan (rus tilidan tashqari) sertifikatga ega xodimlarga ustama toʻlash boʻyicha koʻrsatma xat. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Адлия_вазирлигига_ДМТТларда_С1_сертификатга_тўлов_бўйича.pdf2.81 KB
Ҳудудларга_ДМТТларда_С1_сертификатга_тўлов_бўйича.pdf2.93 KB
Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi sanalari ma’lum qilindi Joriy o‘quv yilida asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman (shahar) bosqichi 14-23-oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi. Olimpiadada maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etishadi.   Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan bosqichlar quyidagicha belgilangan:
14-oktyabr – Matematika;   15-oktyabr – Kimyo;   16-oktyabr – Fizika;   17-oktyabr – Informatika va AT;   18-oktyabr – Biologiya;   20-oktyabr – Tarix, Geografiya;   21-oktyabr – Rus tili va adabiyoti, Davlat va huquq asoslari;   22-oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili;   23-oktyabr – Ona tili va adabiyot, O‘zbek (Davlat) tili, Qozog‘ tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti.
    Olimpiadalar har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 1 turda, test shaklida o‘tkazilishi mumkin.   Har bir fan bo‘yicha eng yuqori natijani ko‘rsatgan 3 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanadi. Natijalar esa o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi.   Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta topshirish imkoniyati berilmaydi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi Vazirlar Mahkamasining 29.09.2025 yildagi “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 608-son qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari, shuningdek, vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim va kasbiy taʼlim tashkilotlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi. Qaror bilan: 2025-yilda tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining roʻyxati; 2025-2027-yillarda yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi. Hokimliklar 2025-yil 1-noyabrga qadar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining bino va inshootlarini taʼmirlab, belgilangan talablar asosida jihozlab, oʻquvchilarga yashash va ovqatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi. Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab hisoblanadi. Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar ikki bosqichli (saralash va suhbat), pedagog kadrlar uch bosqichli (saralash, test sinovi va suhbat) tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Qabul 7-sinfdan boshlanadi va bir sinfda oʻquvchilarning soni 24 nafardan oshmaydi.Oʻquvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi. Oʻquvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi. Filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam boʻlmagan, yagona yondashuv asosida 2026–2027-yillarda amalga oshiriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Ibn Sino maktab filiallari qaror.pdf9.30 KB
❗️Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini amaliyot o‘tashi va ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (615-son, 30.09.2025 y.) bilan “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, ta’lim tashkiloti har yili 1-oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga (Dastur) kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini o‘tashi bo‘yicha shartnoma tuzish uchun platforma orqali ushbu korxonaga so‘rov yuboradi. Amaliyotni tashkil etish bo‘yicha ta’lim tashkiloti va korxona o‘rtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi. Ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi. Korxona Dasturga har oyning 25-sanasigacha o‘zlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi ma’lumotlarni kiritib boradi. Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda “bandligi ta’minlangan” sifatida qayd etiladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
⚡️Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga! ✅ Xabaringiz bor, 2025-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish joriy yil 1-oktabrda to‘xtatilgan. ❗️Pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 5-oktabr soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Texnikumlarda xorijiy ta’lim tashkilotlari ishtirokida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori (614-son, 30.09.2025 y.) bilan “Texnikumlarda xorijiy ta’lim tashkilotlari ishtirokida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi. Ariza beruvchi qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish uchun belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda vakolatli organga ariza bilan murojaat qiladi. Vakolatli organ 15 ish kuni mobaynida arizani ko‘rib chiqadi. Belgilangan talablar bajarilganda hamda O‘zbekistonning kadrlar tayyorlash sohasiga mos bo‘lganda, qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish bo‘yicha ijobiy xulosa beriladi. Ijobiy xulosaga asosan texnikum bilan xorijiy ta’lim tashkiloti o‘rtasida kelishilgan muddatlarda belgilangan tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi. Qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘quvchilar texnikum tomonidan hamkor xorijiy ta’lim tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlangan tartibga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi. Bitiruvchilarga xorijiy ta’lim tashkiloti joylashgan davlatda hamda O‘zbekistonda tan olinadigan kvalifikatsiya (davlat namunasidagi diplom yoki sertifikat) beriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
⚡️Yangi olingan quyidagi sertifikatlar tan olinmaydi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Adliya vazirligidan 2024-yil 29-may kuni 3515-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) qabul qilingan. Mazkur qarorga asosan 2024-yil 29-maydan keyin olingan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari xorijiy tillar oʻqituvchilarini taʼlim tashkilotlariga ishga qabul qilishda inobatga olinmaydi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
00:05
Video unavailableShow in Telegram
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Green_and_White_Minimalist_Teacher's_Day_Instagram_Post_2.mp48.20 KB
⚡️Bugun nodavlat va xorijiy OTMlarga hujjat topshirishning oxirgi kuni Prezidentning 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-son farmoni bilan kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta (iyun — sentyabr oylari oralig‘ida) amalga oshiriladi. Ya'ni 30-sentyabr hujjat topshirishning oxirgi kuni hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-sonli qarorida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari o‘qishga qabul qilingan shaxslar to‘g‘risidagi buyruqni yangi o‘quv yilining 1-oktyabridan kechiktirmagan holda Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi (HEMIS)da ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilangan. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasiga asosan tadbirkorlar javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi. Ushbu qaror 2025-yil 4-iyulda e‘lon qilingan bo‘lib, qarorning 6-bandida ham ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi lex.uz da ham ushbu qarorning kuchga kirish sanasi qilib 2025-yil 4-oktyabr ko‘rsatilgan. Shunday ekan, nodavlat va xorijiy OTMlar abiturientlardan hujjatlarni 1-oktyabrgacha qabul qilishlari hamda 4-oktyabrgacha Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi (HEMIS)da ro‘yxatdan o‘tkazilish imkoniyati yaratilishi lozim. Kelgusi yildan esa nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari o‘qishga qabul qilingan shaxslar to‘g‘risidagi buyruqni yangi o‘quv yilining 1-oktyabridan kechiktirmagan holda Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish yagona axborot tizimi (HEMIS)da ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigidan: Yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Kelgusi o‘quv yilida davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma joriy etilishi mo‘ljallanmoqda. O‘qituvchilarning zamonaviy kompyuter texnikalarini xarid qilishlari uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Yangi yildan soha xodimlari uchun davlat xizmatlari to‘lovi ikki karra kamaytiriladi. Dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga o‘qishga kirgan bo‘lg‘usi pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
❗️Bugun o‘qituvchilar attestatsiyasi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborishning oxirgi kuni ➡️Xabaringiz bor, 2025-yilning 1-avgustidan boshlab avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlangan. Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtishi va murojaat yuborishi mumkin. Murojaatlarni:
🔹Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz– platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi: 🔹Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali 🔹davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
📌Eslatib oʻtamiz: joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari ayni vaqtda Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi. Shuningdek, mazkur attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan yoki saqlab qolingan oliy hamda birinchi malaka toifalari uchun keyingi ikki yil davomida 70% ustama toʻlab berish amaliyoti ham davom ettiriladi.
P.S. Avgust-sentyabr oylarida murojaatlar qabul qilinadi; Oktyabr-Noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi; Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
👇Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting: O'zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
O'zbekistonlik talabalar uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi Prezidentimizning “Taʼlim – ilm-fan – sanoat” zanjirini yaratish hamda dunyoning eng nufuzli 50 universiteti bilan bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tashabbuslari yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Xususan, University of Business and Science (UBS) rahbariyati va Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) delegatsiyasi hamkorlikda AQSHning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvlar doirasida MIT vitse-prezidenti, dunyo tan olgan olim professor Dimitris Bertsimas bilan muzokaralar oʻtkazilib, kelasi yildan boshlab MIT tomonidan UBS professor-oʻqituvchilarining malakasini oshirish hamda talabalar uchun Bootcamp (intensiv kurs) dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur tashabbus milliy sanoat uchun zarur mutaxassislarni tayyorlash bilan birga oʻzbekistonlik muhandislarni zamonaviy texnologiyalar va xalqaro innovatsion tajribalar bilan tanishtiradi, AQSH taʼlim tizimining ilgʻor standartlarini kadrlar tayyorlash jarayoniga tatbiq etadi hamda sanoatni xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar bilan taʼminlashga xizmat qiladi. Maʼlumot uchun, Massachusetts Institute of Texnology (MIT) hozirda QS World University Rankingida dunyoda 1-oʻrinni egallab turibdi.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2025-yil 4-5-oktabr (shanba-yakshanba) kunlari  geografiya, kimyo va matematika fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. 4-5-oktabr kunlari 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish: 1-smena uchun soat  7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi.  (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi). 2-smena uchun soat  13:00 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi.  (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi). Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...
❗️Texnikumlarning xalqaro ta’lim dasturlariga qabul yakunlanishiga 2 kun qoldi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, kasbiy ta’lim tashkilotlari (texnikumlar)ga kamida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf bitiruvchilari) negizida xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish uchun arizalarni 2025-yil 1-oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinishi belgilandi. 📃Hujjatlar Vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali kunduzgi va dual ta’lim shakllari uchun qabul qilinadi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Taʼlim nazorati rasmiy kanali
إظهار الكل...