2025 عام في الأرقام

56 112
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
+2227 أيام
+1 35330 أيام
أرشيف المشاركات
#Bilasizmi
🎤Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?✅ Murojaatlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. 👫Ariza beruvchilar toifasi: ommaviy tadbir tashkilotchisi — ommaviy tadbirni tashkil qilish va o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan davlat organi, yuridik shaxs va 18 yoshga yetgan jismoniy shaxs. 🏬Vakolatli organ: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar bo‘limlari 💰Xizmat bepul ko‘rsatiladi. 📆 Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. 🧾 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma taqdim etiladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 40❤ 9🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Mehr_ulash
👍 Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda 16-may kuni “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi oʻtkaziladi.
Aksiyada adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan birga Toshkent shahri aholisi va mehmonlari ham ishtirok etishlari mumkin.
❗️Eslatma: donor boʻlish uchun pasportning (ID) asli yoki elektron shakli kerak boʻladi.
Qon va qon mahsulotlari murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam koʻrsatishda juda muhim manbadir. Donor bemorlarni hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.
Adliya vazirligi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirigʻi bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasiga qoʻshilishga chorlaydi.
🗓 Vaqti va sanasi: 16-may, 09:30 — 13:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh, 5 (Adliya vazirligi binosi).
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 23❤ 3🔥 2
#Bilasizmi
❓Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
✅ Xabarnoma yuborish uchun yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬 Xabarnomani qabul qiluvchi organ: O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Unutmang, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda:
1️⃣ madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish yoki vaqtincha olib chiqish uchun maxsus sertifikatga ega bo'lishingiz;
2️⃣ 50 yil muqaddam va undan oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi haqida xaridorni ogohlantirishingiz;
3️⃣ madaniy boyliklarni asrash choralarini ko‘rishingiz lozim.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 12
#Bilasizmi
🔎Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma yuborish tartibini bilasizmi?
Xabardornoma yuborish uchun yuridik shaxslar “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) murojaat qiladilar.
🏬Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar): Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy bo‘linmalari.
💰Xabarnoma yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 7❤ 1
#Bilasizmi
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish
tartibidan xabardormisiz?Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. 🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari. 💰 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi. 💵 Xulosa berganlik uchun yig'im undirilmaydi. 📆 Arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni. ⏳ Xulosaning amal qilish muddati: cheklanmagan. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 16❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
✅ Avval xabar berganimizdek, elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash xizmatlari ishga tushdi.
📲 Endilikda "Litsenziya" axborot tizimi orqali elektr energetikasi sohasidagi quyidagi faoliyat turlariga litsenziya olish uchun murojaat qilishingiz mumkin:
🔹elektr energiyasini ishlab chiqarish;
🔹elektr energiyasini uzatish;
🔹elektr energiyasini taqsimlash;
🔹elektr energiyasini saqlash;
🔹elektr ta'minoti faoliyatini amalga oshirish;
🔹markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish;
🔹elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish;
🔹elektr energiyasi savdosini amalga oshirish.
🌟 Unutmang, biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 20❤ 1
02:05
Video unavailableShow in Telegram
Elektron raqamli imzo faqat oʻzingizga tegishli. Uni hech kimga ishonib topshirmang – hatto yaqinlaringizga ham!
📽 Videorolik orqali siz:
🔹 ERIning afzalliklari;
🔹 Undan xavfsiz foydalanish qoidalari;
🔹 Vaqtincha “ishonsa ham” qanday tavakkalchiliklar boʻlishi mumkinligini bilib olasiz.
👉 Koʻring va boshqalar bilan ham ulashing!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
MYGOV-video-export-2025-05-14T09-38-03.784Z++++.mp419.15 MB
👍 10❤ 1
#Bilasizmi
Yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 ish kuni.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 8❤ 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
‼️ Xorazm viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratiladi.✅ Arizalar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. 🏢 Vakolatli organ: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi. 💵 Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi: toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun — 10 mln so‘m; 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 15 mln so‘m; 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun — 20 mln so‘m.
❗️Eslatma: mehmonxona kamida ikki qavatdan iborat bo‘lishi lozim.Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-apreldagi 233-son qarori. 🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 8❤ 4🔥 1
#Bilasizmi
Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma olish tartibidan xabardormisiz?
Talabgor ruxsatnoma olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.
🏢Vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Yer qa’ridan foydalanish markazi.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 10 baravari miqdorida yig‘im
undiriladi
🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 8 ish kuni.
⏳Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: 5 yil.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 8❤ 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. 🏛Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar): Tuman (shahar) hokimligi. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi. 🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 ish soati. 📄Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 10❤ 1
Aholiga davlat xizmatlaridan samarali va qulay foydalanishni ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ichki ishlar organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida mavjud muammolar yuzasidan onlayn muloqot o‘tkazildi.
Muloqotda qonun buzilishi holatlarini oldini olish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 17❤ 5🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
🔰“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan va tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslar internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish yoki reklama xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tavsiya berishni so‘rab o‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yozma, “Onlayn mahalla” elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza bilan murojaat qilishi mumkin.🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ: Tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im undirilmaydi 📌Mahalliy mehnat organi usta va dasturchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan umumiy summaning: 1 — 3-toifadagi tuman (shahar)lar uchun xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha, 4-5-toifadagi tuman (shahar)lar uchun xarajatlarning 75 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiya ajratadi hamda ikki ish kuni ichida subsidiyani ustaning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. ❕Ushbu subsidiya turidan foydalanish huquqi bir marta beriladi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 11
Photo unavailableShow in Telegram
#Adliya_xabari
Bugungi kunda, siz, quyidagi elektron tizimlar (sahifalar) orqali o'z huquqiy bilimlaringizni boyitib borishingiz va huquqiy yordam olishingiz mumkin.
Batafsil bu yerda tanishing...
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
Sport pasportini olish tartibi qanday?Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) tizimidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi. 💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: BHMning 1/6 (oltidan bir) qismi. ▫️Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi. ▫️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga yig‘im miqdorining 50 foizi undiriladi. 🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 7 kun. 📌Sport pasportining amal qilish muddati 5 yil. 📑Davlat xizmatidan foydalanish uchun 16 yoshga to‘lmagan shaxslarning elektron shaklda 3x4 o‘lchamli oq fondagi fotosuratini elektron nusxasini tayyorlab qo'yish maqsadga muvofiq. ✔️ Izoh: sport pasporti — yagona namunadagi hujjat bo‘lib, sportchining jismoniy tarbiya va sport tashkilotiga mansubligini hamda uning sport malakasini tasdiqlaydi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-iyuldagi 309-son qarori. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 14❤ 5🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi
🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.
📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.
🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 8❤ 2
Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.
🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar): Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.
💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.
💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Yig‘im undirilmaydi.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.
Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
👍 14❤ 4
Photo unavailableShow in Telegram
#Adliya_xabari
Sunʼiy intellektga asoslangan “Odil” chat-boti ishga tushirildi
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari boʻyicha “Odil” chat-boti yaratildi. Telegram messenjeriga integratsiyalashgan va sunʼiy intellektga asoslangan chat-bot fuqarolarga davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlardan foydalanishni osonlashtirish uchun yaratilgan.
Uning ishga tushirilishi “1148” ishonch telefoni operatorlari yukini sezilarli darajada kamaytirish va foydalanuvchilarning soʻrovlariga real vaqt rejimida tezkor javob berish imkonini yaratadi.
❗️Maʼlumot uchun, “1148” ishonch telefoni orqali 2024-yilda fuqarolarning 135 mingga yaqin qoʻngʻirogʻi qabul qilingan. Shundan qariyb 128 mingta murojaat yoki 95%i yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berilgan.Chat-botning qanday imkoniyatlari bor? ▫️Davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari, talablar va jarayonlar haqida batafsil maʼlumotni taqdim etadi. ▫️Kerakli hujjatlar va arizalarni topishga yordamlashadi. ▫️Qaysi masala boʻyicha qayerga murojaat qilishni tushuntiradi. Kelajakda chat-botning funksional imkoniyatlari va faoliyat doirasini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Chat-botning afzalliklari ✔️ Oson va qulay — hujjatlarni varaqlab chiqish shart emas, barcha zarur maʼlumotlar bir joyda. ✔️ Tezkor va samarali — bot sizga kerakli maslahat va javoblarni bir zumda taqdim etadi. ✔️ Doimiy takomillashish — sunʼiy intellekt foydalanuvchilar taklif va fikrlari asosida rivojlanib boradi. 💡Sizning fikringiz muhim! Chat-botning yanada samarali ishlashi uchun sizning fikr va takliflaringiz juda muhim. Agar xato yoki kamchiliklarni uchratsangiz, ularni bartaraf etishda yordam bering! Hoziroq sinab koʻring 📎 @Odil_chat_bot Maʼlumot uchun, ushbu chat-bot Adliya vazirligi va “Mohirdev” kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik doirasida yaratildi. 📌 Kanalga ulanish
👍 19❤ 2
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Murojaatchining vaqtini tejash. Markaz xodimlari murojaatchilarning vaqtini tejashi, so‘rovlarini samarali qondirishi hamda ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishi lozim.Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 19❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xizmatlarining asosiy tamoyillaridan biri:
Tinglash, tushunib eshitish va yordam berish. DXM xodimlari “Har bir murojaatchi va uning talablari o‘ziga xosdir” degan tushuncha bilan murojaatchilarni tinglaydi, tushunib eshitadi va ularga yordam beradi. Chunki, barcha qonunchilik hujjatlarida insonlar muammolarining barcha qirralarini qamrab olish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, xodimning vazifasi – har bir mijozning holatiga kira bilishdir.📢 Unutmang! Biz sizning qulayligingiz uchun ishlaymiz Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍 14
