Yoshlar ishlari agentligi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

247 557
المشتركون
-91324 ساعات
-6 7657 أيام
-36 02130 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
“Mahalla yettiligi” shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tadi
🇺🇿Davlatimiz rahbari Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusi yilga yangi marralarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilishida “Mahalla yettiligi”ning samarasini oshirishda poytaxt yetakchi bo‘lishi kerakligi ta’kidladi.
2026-yildan Toshkent shahrida yangi tizim joriy qilinadi – “mahalla yettiligi” to‘liq shahar hokimligi ixtiyoriga o‘tadi. Hokim o‘rinbosarlariga “mahalla yettiligi”ning har bir a’zosiga yangicha yondashuv asosida KPI ishlab chiqib, tizimdagi ortiqcha hisobotlar kabi byurokratiyani yo‘qotish topshirildi.
“Yettilik” hisobotlar bilan emas, balki odamlarning og‘irini yengil qilish bilan shug‘ullanishi zarur”,– dedi Prezidentimiz. 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 59❤ 25👏 5⚡ 3🎉 1
🇺🇿Davlatimiz rahbari Toshkent shahri Yunusobod tumanida “Yunusobod galereyasi” savdo va biznes markaziga tashrif buyurdi hamda “Unicon-Soft” kompaniyasi loyihalari bilan tanishdi.
Prezidentimiz shu yerda ochilgan kitob do‘konida nashriyotlar vakillari hamda kitobxon yoshlar bilan suhbatlashdi.
#Mirziyoyev #tanishuv #Yunusobod #markaz
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 24👍 20⚡ 4🎉 3👌 2
Talabalar intellekti sinovda!
⚡️Poytaxtimizda talabalar o‘rtasidagi yirik intellektual musobaqa — “Intellektual olimpiada” bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2022-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli musobaqa yoshlarning bilim salohiyati, mantiqiy fikrlashi va intellektual raqobatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bu yil mamlakatimizning barcha hududlaridan saralangan 50 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari 6 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.
Bellashuvlar yakunida umumjamoa hisobida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida mos ravishda 2 mlrd, 1,5 mlrd va 1 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
Olimpiada natijalarini “Zakovat intellektual klubi” ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borishingiz mumkin.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 49👍 19⚡ 8🏆 2🔥 1
🎼 “Mohir fortepianochi”: respublika bosqichi boshlandi!
Yurtimiz bo‘ylab iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va katta sahnalarga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan “Mohir fortepianochi” tanlovining respublika bosqichi boshlandi.
Tanlovning mahalla, sektor, tuman va hududiy bosqichlarida 200 mingdan ortiq yosh o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Hududiy bosqichlarda eng kuchli ijrochilar saralanib, 76 nafar iste’dodli yosh respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda ishtirokchilar 3 ta yosh toifasida, havaskor va professional yo‘nalishlarda bellashmoqda.
🏆Yaqin kunlarda g‘oliblar ro‘yxatini batafsil e’lon qilamiz.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 61⚡ 27❤🔥 6🕊 3🤩 2
🇺🇿O‘zbekiston yosh para sportchilari Osiyoda tarixiy g‘alabaga erishdi
Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari O‘zbekiston sporti tarixida unutilmas natija bilan yakunlandi.
⚡️Yosh para sportchilarimiz musobaqada 197 ta medal — 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Tarixiy g‘alaba bilan Vatanga qaytgan delegatsiya Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Shuningdek, Olimpiya shaharchasida g‘olib va sovrindor sportchilar hamda ularning murabbiylari taqdirlandi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tabrigi o‘qib eshittirildi.
Bu natija — Yangi O‘zbekiston yoshlarining irodasi, matonati va yuksak marralar sari intilishining yorqin ifodasidir.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 50❤ 30⚡ 7❤🔥 2🤩 2
AQShning Rod-Aylend shtati, Providens shahrida joylashgan Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan fojeali otishma oqibatida o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqovning halok bo‘lgani munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Mazkur fojia natijasida begunoh insonlarning hayotdan ko‘z yumgani barchamiz uchun og‘ir yo‘qotishdir.
O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, AQShning tegishli idoralari bilan hamkorlikda barcha masalalar yuzasidan yaqindan ish olib bormoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 62🙏 31🕊 20👍 5🔥 2
01:42
Video unavailableShow in Telegram
إظهار الكل...
O'quv markazlari forumi TG.mp430.02 MB
⚡️“O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi” yakunlandi
Ikki kun davom etgan forum o‘quv markazlari uchun tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va yangi tashabbuslarni muhokama qilish bo‘yicha samarali maydonga aylandi.
Forum doirasida bir qator muhim yangiliklar e’lon qilindi. Jumladan, “2+6” dasturi, “Ko‘mak” loyihasi, IELTS va xalqaro imtihon tizimlaridan yuqori natija qayd etgan yoshlar haqida muhim yangiliklar e’lon qilindi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 31🔥 30⚡ 8👌 3🙏 2
Repost from Alisher Sadullaev
Final!!!
UzCombinator!!!
@alisher_sadullaev
6.97 KB
“Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi”: hududiy bosqich natijalari
⚡️An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovining hududiy bosqichlari yakunlandi.
Tanlov doirasida mamlakatimiz bo‘ylab 208 ta tuman va shahardan 2 mingdan ortiq faol mahalla yoshlar yetakchilari 10 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etdi.
Hududiy bosqich natijalariga ko‘ra 140 nafar eng faol ishtirokchi g‘olib deb topilib, 22–23-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
👍 53❤ 32⚡ 10🔥 5🤩 4
⚡️52 nafar yoshga 6 milliard so‘mdan ortiq ssuda ajratildi
“O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi” doirasida olis va chekka hududlarda o‘quv markazi ochishni rejalashtirgan 52 nafar yoshning har biriga 130 million so‘mgacha bo‘lgan foizsiz ssuda vaucherlari topshirildi.
Mazkur qo‘llab-quvvatlash mexanizmi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ko‘mak” loyihasi doirasida yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu loyiha chekka hududlarda ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishi hamda sifatli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 42👍 19⚡ 8🔥 1👏 1
“O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi” 2-kun
⚡️Ayni paytda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida forum ishtirokchilari bilan ochiq muloqot boshlandi.
Unda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan o‘quv markazlari vakillari o‘z taklif va tashabbuslarini bildirmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
IMG_7487.MOV22.71 MB
👍 34❤ 21🔥 1
02:09
Video unavailableShow in Telegram
Yurt kelajagi – ilmli va tashabbuskor yoshlar qo‘lida!
Qashqadaryolik yosh tadbirkor Javlon Lutfullayev chet elda olgan bilim va tajribasini o’z yurtining yoshlari manfaatiga yo‘naltirib, ularga sifatli ta’lim berishga xizmat qilmoqda.
🇺🇿Davlatimiz rahbarining 62-sonli qarori asosida imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatini kengaytirdi va 50 dan ortiq ish o‘rni yaratdi. Bugun u rahbarlik qilayotgan ta’lim maskanida 300 nafar yosh zamonaviy sharoitda ta’lim olmoqda.
📹Batafsil videoda
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
IMG_1616.MOV47.12 MB
❤ 15🔥 15👍 7❤🔥 1
O‘quv markazlari forumi: birinchi kun yakunlari
⚡️Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari forumi”ning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Forum ta’lim sohasidagi tizimli islohotlar, o‘quv markazlari faoliyatini rivojlantirish va yoshlarning xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga bag‘ishlandi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 49👍 11❤🔥 3⚡ 2
إظهار الكل...
❤ 39👍 20🔥 5
Repost from Alisher Sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetdi
Jami 6 (2020-2025) yil ichida IELTS imtihonidan 5,5 (B2 daraja) va undan yuqori ball olgan yoshlar soni 245,7 ming nafarni tashkil etdi.
Shuningdek, 8,5–9 ball (C2 daraja) olgan yoshlar soni esa 2020-yilga nisbatan 47 baravarga oshgan. Xususan, 9 ball natijani qo‘lga kiritgan yoshlar 68 nafarga yetgan.
Ushbu ma’lumot Yoshlar ishlari agentligi, Britaniya Kengashi, AQSH elchixonasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “O‘quv markazlari forumi” doirasida e’lon qilindi.
@alisher_sadullaev
⚡️“O‘quv markazlari forumi”ning ochilish marosimida “Ko‘mak” loyihasi orqali chekka hududlarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan o‘quv markazlari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Ko‘mak” loyihasi chekka hududlarda sifatli ta’lim imkoniyatlarini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida loyiha orqali faoliyat yuritayotgan o‘quv markazlari rahbarlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, hududlardagi yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan yuqori qiziqishi va ta’limga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganini ta’kidladilar.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 23⚡ 12👍 11🔥 1
⚡️“O‘quv markazlar forumi” boshlandi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumi o‘z ishini boshladi.
Tadbirda respublika bo‘ylab 700 ga yaqin o‘quv markazi vakillari, ta’lim sohasida katta tajribaga ega TOP spikerlar, mashhur blogerlar va ta’lim yo‘nalishida kontent yaratuvchi mutaxassislar jamlandi.
Forum ishtirokchilarga tajriba almashish, yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, ta’lim xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha dolzarb yechimlar topish imkoniyatini yaratmoqda.
Jarayonlar haqida ma’lumot keyingi postlarimizda beriladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 43👍 15🔥 9🕊 3🏆 2
