Yoshlar ishlari agentligi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi • 📥 @yoshlarmurojaati_bot • info@yoshlar.gov.uz • ☎️ 1093 • Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy • gov.uz/yoshlar Ijtimoiy tarmoqlarda biz: http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

246 970
المشتركون
-91324 ساعات
-6 7657 أيام
-36 02130 أيام
أرشيف المشاركات
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi, el-yurtimiz salomatligi posbonlari bo‘lgan barcha shifokor va hamshiralar, soha mutaxassislariga o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.
Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, odamlarni ishli va daromadli qilish, yoshlarga zamonaviy bilim va tarbiya berish, xalqimiz salomatligini mustahkamlash bo‘yicha islohotlar jadal olib borilayotgani ta’kidlandi.
“Tibbiyotdagi o‘zgarishlarni qishloq va olis hududlarda yashayotgan millionlab odamlarimiz ham his qilyapti, xalqaro tashkilotlar, tahlil va reyting markazlari e’tirof etmoqda. Yurtimizda o‘rtacha umr davomiyligi erkaklar o‘rtasida 71 dan 73 yoshga, xotin-qizlarning orasida esa 76 dan 77,5 yoshga uzaygani sizlar bilan erishgan katta yutug‘imiz, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Albatta, mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lgan bunday ezgu ishlarda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, har qancha rahmat aytsak, arziydi”, – dedi davlatimiz rahbari.🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 44👍 18⚡ 8🏆 5👌 1
00:45
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston yoshlari dunyo sahnasida!
Panama shahrida bo‘lib o‘tgan “FGC 2025” robototexnika jahon chempionatida yurtimiz yoshlari faxrli natijalarni qayd etdi!
⚡️Yoshlarimiz musobaqa davomida AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil va Buyuk Britaniya kabi kuchli jamoalarni ortda qoldirib, 190 davlat orasidan 4-o‘rinni egalladi! Bu nafaqat g‘alaba, balki O‘zbekiston yoshlari global maydonda raqobatlasha olishini isbotlagan natija.
👏Bu natija yangi marralar sari turtki!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
IMG_2897 tg.mp417.70 MB
❤ 78👍 25👏 21🏆 10⚡ 3
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿OncoDaily xalqaro platformasi tomonidan e’lon qilingan “Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol” ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva kiritildi.
👏Bu yuksak e’tirof Ziroat Mirziyoyevaning bolalar onkologiyasi yo‘nalishida ilgari surayotgan tashabbuslari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning hayot sifatini yaxshilash yo‘lidagi fidokorona mehnatining xalqaro darajada tan olinganidan dalolatdir.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 104👍 86❤🔥 4👌 4⚡ 1
🌳 “Yashil makon” – hayotga ishonch urug‘i!
Poytaxtimizdagi “G‘afur G‘ulom” bog‘ida onkologiya va gematologiya kasalliklari bilan kurashayotgan mard bolajonlarimiz taniqli instablogerlar bilan birgalikda chinor ko‘chatlarini ekishdi.
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan 2025-yil kuzida mamlakat bo‘ylab 1000 ta “Yoshlar bog‘i” barpo etilib, 104 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.
🌱Bugun ekilgan har bir ko‘chat — yashil kelajak sari dadil qadamdir!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 99👍 24❤🔥 21🕊 7🏆 4
01:01
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Talaba yoshlar bilan ochiq muloqot
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Toshkent xalqaro universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
💬Uchrashuv davomida yoshlar o‘z fikr, taklif va tashabbuslarini bildirishdi. Ayniqsa, startaplarni rivojlantirish, ta’lim muassasalarida Agentlik loyihalarini joriy etish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qiziqarli g‘oyalar ilgari surildi.
Eng faol va aniq taklif bildirgan talabalar esa Yoshlar ishlari agentligi loyihalarida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
Yoshlar bilan uchrashuv TG.mp424.71 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️“Madaniy merosni saqlash” Respublika tanlovi boshlandi!
YUNESKO Milliy komissiyasi tashabbusi bilan respublika miqyosida “Madaniy merosni saqlash” mavzusida ilmiy maqola va esse tanlovlari boshlandi!
Bu tanlov nafaqat yozuvchilar, balki har bir fikrlaydigan, o‘z yurtining tarixiga befarq bo‘lmagan yosh uchun katta imkoniyat!
Talabalar uchun yo‘nalishlar:
✔️Eng yaxshi ijodiy yondashuv;
✔️Eng yaxshi tahliliy yechim;
✔️Huquqiy bilimlarni chuqur aks ettirish.
🏆G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari kutmoqda!
Tanlov muddati: 15-noyabrdan 10-dekabrgacha.
Batafsil: gov.uz/madaniymeros
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 44👍 22🏆 8❤🔥 5🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇸AQSH Prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi:
"Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi. Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!".#AQSH 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 54👍 37⚡ 9🎉 8😍 3
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
🚀 Qadrli yoshlar! Sizlar uchun yana bir ajoyib imkoniyat!
Sun’iy intellekt sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun AI Boostcamp bepul o‘quv dasturi borligini bilarmidingiz?
🧠Bu intensiv dastur yoshlarni AI mahsulotlarini yaratish, jamoada ishlash va zamonaviy texnologiyalarni amaliy o‘rganish imkoniyati bilan tanishtiradi.
Sizni nimalar kutmoqda:
Sun’iy intellektning eng so‘nggi tendensiyalari asosida onlayn ta’lim, AI agentlar prototipini yaratish va Moskva shahrida o‘tkaziladigan finalda qatnashish.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish havolasi. So‘nggi muddat 10-noyabr!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 35👍 19
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston – AQSH strategik muloqoti yangi bosqichda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashington shahriga tashrifi doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
Davlatimiz rahbari AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davnini, shuningdek AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi, senator Stiv Deynsni qabul qildi.
Suhbatlar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
1.mp427.51 MB
2.mp435.69 MB
❤ 55👍 34🔥 10⚡ 1
🇺🇿🇺🇳O‘zbekiston yoshlari BMT ofislarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi!
2026-yildan boshlab o‘zbekistonlik yoshlar xorijiy mamlakatlardagi BMT ofislarida amaliyot dasturlarida ishtirok etadi.
Bu tashabbus yoshlar uchun xalqaro tajriba orttirish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, volontyorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkonini yaratadi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 78👍 34⚡ 10🏆 6🎉 2
Yoshlar yetakchilari “Yetakchi Camp”da!
⚡️Mahallalardagi eng faol 100 nafar yoshlar yetakchilari Bo‘stonliq tumanidagi “Yetakchi Camp” o‘quv-seminarida birlashdi.
Oromgoh yoshlar yetakchilarning kasbiy va shaxsiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy boshqaruv, kommunikatsiya, media va innovatsion fikrlash ko‘nikmalari bilan qurollantirishni maqsad qilgan.
Seminarning ilk kunlarida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, rahbarlik lavozimlariga tayyorlash va yoshlar bilan ishlashda yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Besh kunlik o‘quv dasturi davomida ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, HR menejment, soft skills, loyihalarni boshqarish, nutq madaniyati, moliyaviy savodxonlik, startap va sun’iy intellekt mavzularida treninglarda faol qatnashmoqda.
🚀 “Yetakchi Camp” loyihasining 2 va 3-mavsumlari ham noyabr–dekabr oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
⚡️O‘zbekiston yoshlari “One Young World 2025” sammitida!
Ayni kunlarda Germaniyaning Myunxen shahrida dunyodagi eng yirik yoshlar sammiti — “One Young World 2025” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Talabalar Xalqaro Ittifoqi ijrochi direktori Asha Bukharbaeva ham ishtirok etmoqda.
Ochildish marosimi Myunxen Olimpiya stadionida o‘tkazilib, unda Iordaniya malikasi Raniya al-Abdullah va dunyoning yetakchi innovatorlari nutq so‘zladi.
Bu yilgi sammit asosiy e’tiborini aylanma iqtisodiyot, mas’uliyatli texnologiyalar, ta’lim, nafratga qarshi kurash hamda tinchlik va xavfsizlik masalalariga qaratgan.
🇺🇿Sammitda 190 dan ortiq mamlakat yoshlari ishtirok etmoqda. Ular orasida O‘zbekiston bayrog‘i ham faxr bilan ko‘tarilgan.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 53⚡ 21👍 14🏆 4🔥 2
🇺🇿🇺🇸Davlatimiz rahbarining AQSH poytaxtiga tashrifi boshlandi
Vashington shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni AQSHda ishlayotgan va ta’lim olayotgan bir guruh vatandoshlarimiz kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashib, katta muvaffaqiyatlar tiladi.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
video_2025-11-05_10-43-21.mp419.26 MB
❤ 83👍 44❤🔥 11👏 8🏆 2
Photo unavailableShow in Telegram
Erta tongdan gazeta o‘qish kunni bilim va xabardorlik bilan boshlashga yordam beradi.
🗞 “Yoshlar ovozi” gazetasini yangi soni bilan tanishing
🟢“Samarqand ruhi” yangi global muloqot konsepsiyasi
🟢Viloyatdagi eng zo‘r yetakchi;
🟢Startap – iqtisodiy o‘sishning kaliti;
🟢Bir hudud bir mahsulot;
🟢Qizlar forumi;
🟢TOP 100;
🟢Maqsadlari bir jahon Mirjahon
📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!
#yoshlarovozi #Gazeta #Yoshlar #Yangiliklar #Liderlik #Rivojlanish
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
❤ 34👍 18🔥 5👌 3⚡ 1
00:36
Video unavailableShow in Telegram
⚡️700 ga yaqin yoshlar bandligi ta’minlandi!
Jizzax viloyatidagi ishsiz yoshlar uchun Artel zavodiga ekskursiya tashkil etildi.
💼Ekskursiya davomida 3000 nafarga yaqin yosh zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mutaxassislar bo‘sh ish o‘rinlari va mehnat shartlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Natijada 700 ga yaqin yosh ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarni rasmiylashtirishga kirishdi.
Bu tashabbus yoshlarni kasbga yo’naltirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi!
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
IMG_7469.MOV13.06 MB
👍 47❤ 25👏 9🔥 3🏆 3
