CHDPU | Rasmiy kanal
الذهاب إلى القناة على Telegram
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

11 033
المشتركون
-924 ساعات
-657 أيام
-14830 أيام
أرشيف المشاركات
Besh tashabbus olimpiadasining respublika bosqichiga star berildi!
👍 3
#prorektorlarKengashi
Prorektorlar kengashi: ilg‘or tajribalar almashinuvi
Chirchiq davlat pedagogika universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishga Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Akademik faoliyat bo‘yicha prorektori, kengash raisi Zafar Raxmanov raislik qiladi. Tadbirda Pedagogika OTMlari O‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari ishtirok etdi. Kengashda pedagogika ta’limini rivojlantirishga qaratilgan kompleks masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan axborot tinglandi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda pedagogika oliy ta’lim muasassalari va ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Axborot-resurs markazi fondini yangi adabiyotlar, fanlar bo‘yicha yaratilgan o‘quv-uslubiy majmualarning elektron variantlari bilan to‘ldirib borish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi. Xalqaro standartlarga mos o‘quv adabiyotlarini hamkorlikda yaratish borasidagi takliflar tinglandi.
Pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida transformatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirish haqida fikr almashildi. Yig‘ilishda pedagogika ta’limi sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi.
👇Universitet Axborot xizmati
👍 8❤ 6🔥 2👏 2
#prorektorlarKengashi
Pedagogika OTMlari Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti bo‘ylab qisqa ekskursiyasi tashkil etildi.
Ekskursiya davomida mehmonlar universitet hududi, talabalar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-amaliy laboratoriyalari, innovatsion markazlar va kreativ parklar, Registrator ofisi va uning ish jarayonlari bilan tanishdilar.
Universitetda yaratilgan innovatsion ta’lim muhiti va bo‘lajak mutaxassisning kreativ fikrlashi, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish borasidagi yaratilgan platformalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Pedagogik innovatsiyalar, zamonnaviy infratuzilma va samarali ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan ishlar ijobiy baholandi.
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 5👍 3🤝 3🔥 1
#prorektorlarKengashi
Pedagogika OTMlari Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti bo‘ylab qisqa ekskursiyasi tashkil etildi.
Ekskursiya davomida mehmonlar universitet hududi, talabalar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-amaliy laboratoriyalari, universitet qoshidagi innovatsion markazlar va kreativ parklar, Registrator ofisi va uning ish jarayonlari bilan tanishdilar.
Universitetda yaratilgan innovatsion ta’lim muhiti va bo‘lajak mutaxassisning kreativ fikrlashi, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish borasidagi yaratilgan platformalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Pedagogik innovatsiyalar zamonnaviy infratuzilma va samarali ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan ishlar ijobiy baholandi.
👇Universitet Axborot xizmati
#prorektorlarKengashi
Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar kengashi a’zolari ChDPU rektori bilan uchrashdi
15-noyabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universitetida Akademik faoliyat bo‘yicha prorektorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish doirasida pedagogika oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida pedagogika oliy ta’limi doirasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi akademik muloqotni kuchaytirish hamda tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni respublikada pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida yangi sifat bosqichiga olib chiqishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari Chirchiq davlat pedagogika universiteti bo‘ylab qisqa ekskursiyasi davomida ushbu maskanning zamonaviy pedagogik muhiti ahamiyatiga urg‘u berdi.
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 7👍 3🤝 2👏 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
⭕️OTKTI ga kirish imtihonlari jadvali
Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2026-yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka hujjatlari qabul qilingan talabgorlarga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari yuqoridagi grafik asosida o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!
Batafsil saytda…
👇Universitet Axborot xizmati
🔥 5❤ 4🥰 1
#Logopedlar_kuni_
🎉 14-Noyabr – Xalqaro Logopedlar kuni munosabati bilan
📚 Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti
Logopediya yo‘nalishi talabalari tomonidan 10 kunlik dekada yuqori saviyada o‘tkazildi.
🌟 Dekada davomida talabalar:
✨ Bir-birini takrorlamaydigan, mualliflikka asoslangan innovatsion metodikalar bilan chiqish qilishdi.
✨ Har bir talaba o‘zining ijodiy yondashuvi, metodik mahorati va logopedik ko‘nikmalarini namoyish etdi.
🪄 Bu jarayon nafaqat ularning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirdi, balki kelajakdagi mutaxassis sifatida mustahkam qadamlari bo‘ldi.
🧒💛 Dekadaning so‘nggi kuni esa talabalarning eng yorqin kunlaridan biri bo‘ldi.
📍 Ular Chirchiq shahridagi 17-sonli DMTT va 2 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Bu yerda inklyuziv guruhlarda tarbiyalanayotgan bolajonlar bilan ishlashdi, o‘z metodikalarini real amaliyotda qo‘llab, natijadorligini sinab ko‘rishdi.
👉Bizni kuzatishda davom eting.
🌐| Telegram | Facebook| Instagram |
❤ 13🔥 5👏 5🥰 3👍 2🤩 1
Repost from TgId: 2009016809
#ChDPU #TalabalarHayoti #XonadonTekshiruvi
📌 5 ta xonadon, jami 118 nafar talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
✅ Xonadon egalari va tarbiyachilar bilan suhbatlar o‘tkazildi:
• Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari – Ismoilova Dilafruz Muhiddinovna
• San’atshunoslik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari – Azimov Davron G‘ayratovich
📚 Talabalar darsda bo‘lganligi sababli, tarbiyachilar va xonadon egalari bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi.
🍂 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va talabalar yashash sharoiti e’tibor bilan o‘rganildi.
📰Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati tomonidan yoritildi.
Telegram ✈️ Instagram 📷
👍 5❤ 4
00:22
Video unavailableShow in Telegram
#tanlov_boshlandi
“Yil talabasi-2025” Respublika tanlovining fakultet bosqichi g’oliblari aniqlanmoqda…
👍👍 @tvchdpi2017
13.49 MB
❤ 7👍 6
03:46
Video unavailableShow in Telegram
#videoTime🥺
‼️ Zamonaviy ta’lim usullari: kvestlardan sun’iy intellektga qadar!
😮 Videograf va montaj ustasi — Farid Ru'zimurodov
👍👍 @tvchdpi2017
IMG_5866.MP4179.30 MB
❤ 49🔥 33😍 8🏆 7⚡ 4🥰 3👏 3🎉 3🙏 3👌 3😎 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tayinlov
Yoshlar akademiyasida yangi odimlar!
🔷 CHDPU Yoshlar akademiyasining tavsiyasiga asosan Sirojiddinov Odiljon Ilxomjonovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug’i bilan Yoshlar akademiyasining Toshkent viloyati hududiy lideri etib tayinlandi.
👌 U bunga qadar Pedagogika fakulteti lideri sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
👍👍 @tvchdpi2017
👏 21❤ 12🔥 5⚡ 3🥱 3😘 2🥰 1😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Kasaba120Yil
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati Chirchiq davlat pedagogika universiteti xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi!
👇Universitet Axborot xizmati
👍👍 @tvchdpi2017
❤ 6👍 6👎 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 Pedagogika kafedrasi oʻqituvchisi Alibek KALDIBEKOVning "Raqamli ta’lim – zamonaviy ta’lim tizimining tayanchi" nomli maqolasi "Нұрлы жол" gazetasining 2025-yil 8-noyabr №90 (3355)-sonida chop etildi.
Batafsil saytda…
👇Universitet Axborot xizmati
🔥 9❤ 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsent Nazokat SAITKULOVAning "Kasbga yo‘naltirilgan ingliz tili - kelajak kaliti" nomli maqolasi "Ma'rifat" gazetasida chop etildi.
Batafsil saytda…
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 16⚡ 2👏 2👍 1🔥 1😱 1😍 1🏆 1
01:03
Video unavailableShow in Telegram
#kafedra_tashabbusi
Boshlang'ich ta'limda amaliy fanlar kafedrasida tomonidan Yakuniy davlat attestatsiyasi savollari asosida Zakovat intelektual o'yini tashkil etildi.
👍👍 @tvchdpi2017
sf,kjh.mp420.97 MB
👍 10❤ 2🔥 1
Repost from TgId: 1670799740
Photo unavailableShow in Telegram
“Yangi O’zbekiston” gazetasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” nomli maqolasi e’lon qilindi.
Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlikda bajarishu muhim bo’lgan besh yo’nalishga diqqatni qaratgan:
Mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish va institutsionallashtirish
• Maslahat uchrashuvlari mexanizmini mustahkamlash.
• Qabul qilinadigan qarorlarni tizimli va samarali bajarish.
• Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni barqaror institutlar orqali yo‘lga qo‘yish.
Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash
• Tahlika va xatarlar bo‘yicha umumiy saloҳиятni shakllantirish.
• Xavfsizlik kengashlari kotiblari, maxsus xizmatlar va mudofaa idoralari o‘rtasida muntazam muloqot.
• “Xavfsizlikning bo‘linmasligi” prinsipi asosida birgalikdagi yondashuv.
• Afg‘oniston bo‘yicha muvofiqlashtirilgan siyosat.
Iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish
• Ichki mintaqaviy savdoni kengaytirish, chegara tartib-taomillarini soddalashtirish.
• Sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiyalar, ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish.
• Transport va energetika loyihalarini rivojlantirish.
• Qishloq xo‘jaligi, raqamli iqtisodiyot va logistika bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar.
Ekologiya va suv resurslari bo‘yicha birgalikda harakat qilish
• Iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyalari.
• Transchegaraviy suv resurslarni adolatli boshqarish.
• “Yashil energetika” va past uglerodli texnologiyalarga o‘tish.
• Mintaqani ekologik xavfsiz hududga aylantirish.
Gumanitar aloqalar va inson kapitalini rivojlantirish
• Ta’lim, ilm-fan, madaniyat va turizmdagi hamkorlikni kengaytirish.
• Yoshlar va ayollar platformalarini kuchaytirish.
• Umumiy axborot makoni va madaniy yaqinlikni mustahkamlash.
• Mintaqada erkin harakatlanish va ijtimoiy yaqinlikni oshirish.
Telegram | Instagram | Facebook
❤ 1🔥 1
02:05
Video unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
Axborot 24 | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida talaba-yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internet firibgarliklaridan ogoh etish bo‘yicha ochiq muloqot tashkil etildi.
👇 Universitet Axborot xizmati
video_2025-11-13_10-15-04.mp423.27 MB
👍 4❤ 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tengdoshmiz
💫 Bozorova Marjona Abdisalom qizi – 2025 yilning eng muhim g‘alabalar sohibasi , ChDPU talabasi
⭐️“Usmanov Kombat Sistems” sport turi bo‘yicha xalqaro turnir g‘olibi va O‘zbekiston chempioni;
⭐️USHU sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sohibasi;
⭐️Karate sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni;
⭐️ Kikboksing sport turi bo‘yicha 4 karra Jahon kubogi sohibasi va 2 karra O‘zbekiston chempioni.
👇 Universitet Axborot xizmati
👏 25❤ 14🤩 3🥰 1👌 1
14:49
Video unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda
FM.103.1 — «O‘ZBEKISTON» radiokanali «G'azal bo'stoni» radioeshittirishida O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Gulmira Komilovaning intervyusi
@tvchdpi2017 #oav #сми #media
46.27 MB
🥰 1
