ar
Feedback
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

الذهاب إلى القناة على Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali Facebook: facebook.com/PressSecretaryUZ Instagram: instagram.com/press_secretary_uz Twitter: https://twitter.com/Sherzod_Asadov

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
136 974
المشتركون
+12724 ساعات
+1 3107 أيام
+1 36230 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
Keyingi paytda yurtimiz global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Xususan, bu yil Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi, UNESCO Bosh konferensiyasining sessiyasi, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammiti va xalqaro Iqlim forumiga mezbonlik qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining mart oyida Xo‘jandda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida birinchi marta uch mamlakat davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzolandi hamda “Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. Mintaqamiz davlat rahbarlarining yaqinda Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi chog‘ida integratsiya jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun Markaziy Osiyo hamjamiyati strategik formatini tashkil qilish g‘oyasi ilgari surildi. Ozarbayjonni Markaziy Osiyo formatiga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risidagi qaror tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ushbu qadam Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida strategik bog‘liqlik hamda barqarorlikni kuchaytirishi shubhasiz. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi. O‘quvchi va talabalarimiz joriy yilda xalqaro fan olimpiadalarida 51 ta oltin, 101 ta kumush, 126 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatini butun dunyoga namoyish qildi. Ma’lumki, O‘zbekiston kelgusi yili 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga, 2027-yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga, 2029-yilda esa Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Shu bilan birga, 2026-yilda yurtimizda ilk bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida nufuzli xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar talabalari o‘rtasida muhandislik yo‘nalishlarida, Turkiy davlatlar texnikum o‘quvchilari o‘rtasida kasb yo‘nalishlarida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi. Bunday nufuzli tadbirlar Vatanimizni rivojlangan sport va ilm-fan mamlakatiga aylantirish, uning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
“Eng muhim yutuqlarimiz haqida so‘z yuritganda, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinlidir”,
– dedi davlatimiz rahbari. Avvalo, O‘zbekiston futboli uchun 2025-yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mohir shaxmatchilarimiz jahon kubogida munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgani barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi. O‘tgan haftada 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jasorat va matonat sohibi bo‘lgan sportchilarimiz bu yilgi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylandi. Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
“Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi. Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Aholi farovonligi va biznesni o‘stirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha ham 2025-yil katta o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi. Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yaxshilandi. Yoki 867 ta “og‘ir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sug‘orish uchun ilk bor suv yetib bordi. Joriy yilda aholiga 8 million 100 ming kvadrat metr ko‘p qavatli uylar topshirilmoqda, odamlarning o‘zi ham yashash sharoitini yaxshilash uchun 19 million kvadrat metr maydonda qurilish qildi. Biznes vakillari tomonidan 24 million kvadrat metr noturar joy obyektlari barpo etildi. Umuman, so‘nggi to‘qqiz yilda 210 million kvadrat metrli turar joy va noturar joy obyektlari foydalanishga topshirildi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi, xalqaro reytinglardagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Xususan, yetakchi xalqaro reyting agentliklari mamlakatimizning suveren reytingini “BB-”dan “BB” pog‘onasiga ko‘tardi.
“Bu gaplar ko‘pchilikka oddiy bir fakt bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin iqtisodchilar, investor va bankirlar gap naqadar katta natijalar haqida borayotganini juda yaxshi tushunib turibdi. Birgina ana shu o‘zgarish tufayli chetdan jalb qilinadigan resurslarning foiz stavkasi 1-1,5 punktga pasayib, tashqi qarz xarajati yiliga 250-300 million dollarga kamayadi,
– dedi Prezidentimiz. Shuningdek, Jahon banki e’lon qilib boradigan Davlatlarning texnologik yetuklik indeksida O‘zbekiston 71 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, dunyoning TOP-10 ta mamlakati qatoridan joy oldi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
“E’tibor bering, bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi. Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barchamizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda”,
– dedi davlatimiz rahbari. Global savdo tizimida “o‘yin qoidalari” o‘zgarayotgan bir paytda joriy yil eksportimiz 23 foizga oshib, 33,4 milliard dollarga yetkazilishi ta’kidlandi. Eng muhimi, oltin-valyuta zaxiralarimiz ilk bor 60 milliard dollardan oshdi. Bu yil iqtisodiyotimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 milliard dollarga yetdi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31,9 foizni tashkil etmoqda. Bu esa iqtisodiyotimiz kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borishi uchun zamin bo‘ladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
“Bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan va yaqin-yaqingacha hech kim tasavvur qila olmagan o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasida iqtisodiy qarama-qarshilik, xavfsizlikka tahdidlar ortib borayotgan tahlikali bir vaziyatda sizlar bilan o‘ta murakkab yilni yakunlayapmiz,
– dedi Prezidentimiz. Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, boshlangan demokratik islohotlar qat’iy davom ettirilgani, xalqimizning qo‘llab-quvvatlashi va yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati, hamjihatlik asosi bo‘lgan mahallaning hayotimizdagi o‘rni va ta’siri kuchaytirilgani, odamlarning ongi va dunyoqarashi o‘zgarib, el-yurtimiz yanada jipslashgani, tadbirkor, dehqon va fermerlarning tashabbuskorligi va mardona mehnati, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan do‘stona tashqi siyosat hisobiga 2025-yilda barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Avvalo, jahon miqyosida ishlab chiqarish va transport-logistika zanjirlari uzilgan, xomashyo va moliyaviy resurslar narxi oshgan sharoitda ham mamlakatimiz iqtisodiyoti ishonchli va barqaror o‘sishda davom etmoqda. Bu natijalar dunyo hamjamiyati va nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
So‘nggi to‘qqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdik. Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik. Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bog‘cha va shifoxonalar, obod ko‘cha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin”,
– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan: – Umid Rustamovich Shadiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi; – Abdulaziz O‘rolboyevich Aqqulov O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. — Соответствующими постановлениями Президента Республики Узбекистан: – Шадиев Умид Рустамович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности председателя Комитета по туризму при Министерстве экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Республики Узбекистан; – Аккулов Абдулазиз Уролбоевич назначен на должность председателя Комитета по туризму Республики Узбекистан. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi yangi obyektlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi va "Markaziy Osiyo + Yaponiya" sammitida ishtirok etdi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusabad rayonındaǵı jańa obyektler menen tanıstı. Mámleketimiz basshısı rásmiy sapar menen Yaponiyada boldı hám "Oraylıq Aziya + Yaponiya" sammitinde qatnastı. — Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с новыми объектами в Юнусабадском районе. Глава нашего государства совершил официальный визит в Японию и принял участие в саммите "Центральная Азия + Япония". — Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev reviewed new  facilities in Yunusabad district. The Head of State paid an official visit to Japan and took part in the “Central Asia + Japan” Summit. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
298.20 MB
361.71 MB
65.74 MB
347.34 MB
Photo unavailableShow in Telegram
По итогам визита в Токио узбекско-японские отношения вышли на уровень расширенного стратегического партнёрства Официальный визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Японию стал качественно новым этапом в развитии двусторонних отношений. Переговоры с Императором, Премьер-министром, руководством обеих палат Парламента, членами Правительства, а также представителями деловых и академических кругов показали, что взаимодействие между двумя странами вышло за рамки традиционного формата и приобрело долгосрочное стратегическое измерение. Ключевой особенностью визита стал явный сдвиг в сторону практического экономического содержания. На протяжении многих лет отношения Узбекистана и Японии преимущественно опирались на гуманитарное сотрудничество и проекты технического содействия. Сегодня в результате прагматичной и последовательной политики Президента Узбекистана двусторонняя повестка была переформатирована и стала охватывать весь спектр торгово-экономического и инвестиционного взаимодействия. Наиболее наглядным подтверждением этого является формирование нового портфеля кооперационных проектов на сумму свыше 12 миллиардов долларов. Речь идет о пакете соглашений в сферах образования, здравоохранения, экологии и водных ресурсов, транспорта и градостроительства, туризма, сельского хозяйства, а также управления рисками стихийных бедствий. Существенное внимание уделено совместным проектам в области «зелёной» энергетики, систем накопления энергии и расширения промышленной кооперации. Было предложено принять долгосрочные программы сотрудничества с ведущими японскими корпорациями. Важным событием визита стало участие Президента Узбекистана в первом саммите Диалога «Центральная Азия + Япония». Выдвинутые инициативы в сфере региональной взаимосвязанности, «зелёной» экономики, инвестиционного и цифрового партнёрства, а также развития человеческого капитала отражают стремление Узбекистана играть активную роль в формировании новой архитектуры сотрудничества в Центральной Азии. Принятие Токийской декларации закрепило этот подход на многостороннем уровне. В целом итоги визита в Японию демонстрируют, что Узбекистан последовательно переходит к полноформатному стратегическому партнёрству с одним из ключевых технологических и инвестиционных центров мира. Это подтверждает ориентированность нашей страны на привлечение передовых технологий, реализацию крупных инфраструктурных и индустриальных проектов и укрепление своих позиций в региональных и глобальных экономических процессах. По завершении мероприятий в Японии глава нашего государства прибыл с рабочим визитом в Российскую Федерацию. В Санкт-Петербурге пройдут мероприятия с не менее важной повесткой – заседание Высшего Евразийского экономического совета и неформальная встреча глав государств СНГ. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Tokioga tashrif yakunida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar rivojida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu mamlakat Imperatori, Bosh vaziri, Parlamentning ikkala palatasi rahbariyati, Hukumat a’zolari, shuningdek, ishbilarmon doiralar va akademik hamjamiyat vakillari bilan o‘tkazilgan muzokara va uchrashuvlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik an’anaviy format doirasidan chiqib, uzoq muddatli strategik o‘lchov kasb etganini yaqqol namoyon etdi. Tashrifning asosiy xususiyati iqtisodiy sheriklikni amaliy mazmun bilan boyitishga yo‘naltirilganidadir. Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar asosan gumanitar hamkorlik va texnik ko‘mak loyihalariga tayangan edi. Bugun esa O‘zbekiston Prezidentining pragmatik va izchil siyosati natijasida ikki tomonlama kun tartibi qayta shakllantirilib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qamrab oldi. Bunga yorqin dalil sifatida qiymati 12 milliard dollardan ortiq bo‘lgan yangi kooperatsiya loyihalari portfelining shakllantirilganini keltirish mumkin. Ushbu kelishuvlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va suv resurslari, transport va shaharsozlik, turizm, qishloq xo‘jaligi, shuningdek, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish sohalarini qamrab oladi. «Yashil» energetika, energiyani saqlash tizimlari va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yetakchi yapon korporatsiyalari bilan uzoq muddatli hamkorlik dasturlarini qabul qilish taklif etildi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidentining «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotining ilk sammitida ishtirok etgani ham muhim voqea bo‘ldi. Hududiy o‘zaro bog‘liqlikni chuqurlashtirish, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiyaviy va raqamli sheriklikni kengaytirish, inson kapitali salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yangi hamkorlik arxitekturasini shakllantirishda faol ishtirok etishga intilayotganini aks ettiradi. Sammit yakunida Tokio deklaratsiyasining qabul qilinishi ushbu yondashuvni ko‘p tomonlama darajada mustahkamladi. Umuman olganda, Yaponiyaga rasmiy tashrif natijalari O‘zbekistonning dunyodagi yetakchi texnologiya va investitsiya markazlaridan biri bilan to‘laqonli strategik sheriklikka bosqichma-bosqich o‘tayotganini ko‘rsatadi. Bu esa mamlakatimizning ilg‘or texnologiyalarni jalb etish, yirik infratuzilmaviy va sanoat loyihalarini amalga oshirish, mintaqaviy va global iqtisodiy jarayonlarda o‘z mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategik siyosatini tasdiqlaydi. Yaponiyadagi tadbirlar yakunlanganidan so‘ng davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. Sankt-Peterburg shahrida muhim kun tartibiga ega tadbirlar – Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
“Menimcha” teleloyihasining ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi tahlil qilinadi. Ko‘rsatuvni bugun, 20-dekabr kuni soat 20:10 da “O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin. Ertaga, 21-dekabr kuni soat 12:20 va 17:20 da takroran namoyish etiladi. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...
5.57 MB
Repost from TgId: 1506458011
00:19
Video unavailableShow in Telegram
Charchashni bilmaydigan yetakchi Prezident rektorlar bilan uchrashuvdan chiqib, navbatdagi tadbir tomon ketar ekan, yo’lakda biz jurnalistlarni ko’rdi va “Charchamayapsizlarmi?”, deya hol so’radi. Charchaganimiz rost, chunki tashrif doirasidagi tadbirlar juda-juda ko’p. Nafas rostlashga fursat bo’lmayapti, hatto. Ammo 2 kun davomida ketma-ket va deyarli tanaffuslarsiz 20 ga yaqin uchrashuv o’tkazgan, 5 ta yirik tadbirda ishtirok etgan Prezident charchamagan. Davlat rahbari ishchan kayfiyatda galdagi muhim uchrashuvni o’tkazish uchun Yaponiya Bosh vaziri qarorgohiga yo’l oldi. P.S: Jarayonni hamkasbim Gulnoza Husanova tasvirga olishga ulguribdi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy👈
إظهار الكل...
IMG_1296.MP46.72 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlariga oid Farmonni imzoladi. Hujjat Konstitutsiyaviy sud faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sud ishlarini yuritishda shaffoflik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan: – fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish; – konstitutsiyaviy shikoyat institutini takomillashtirish va sud himoyasini kuchaytirish; – davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan konstitutsiyaviy nazoratni ta’minlash; – 2026–2027-yillarda Konstitutsiyaviy sud faoliyatini raqamlashtirish dasturini amalga oshirish; – sud ishlarini yuritishda “E-KSUD” axborot tizimini joriy etish, elektron murojaatlar, onlayn kuzatuv va videokonferensiya orqali sud majlislarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish; – sud majlislarini jonli efirda uzatish, audioyozuv orqali qayd etish va elektron bayonnomalarni shakllantirish; davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya orqali fuqarolar va tadbirkorlarni ortiqcha ovora qilmasdan zarur ma’lumotlarni elektron shaklda olish amaliyotini joriy etish. Farmon Konstitutsiya ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda sud tizimida zamonaviy, ochiq va xalqqa yaqin mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi. — Президент Шавкат Мирзиёев подписал Указ о мерах по дальнейшему совершенствованию деятельности Конституционного суда Республики Узбекистан. Документ направлен на выведение деятельности Конституционного суда на качественно новый уровень, расширение доступа граждан к конституционному правосудию, а также повышение прозрачности и эффективности судопроизводства. Указом предусмотрено: – упрощение процедур обращения граждан и юридических лиц в Конституционный суд, устранение излишних бюрократических препонов; совершенствование института конституционной жалобы и усиление судебной защиты; – обеспечение действенного конституционного контроля за деятельностью государственных органов; – реализация в 2026–2027 годах программы цифровизации деятельности Конституционного суда; – внедрение информационной системы «E-KSUD», предусматривающей подачу электронных обращений, онлайн-наблюдение и участие в судебных заседаниях в формате видеоконференцсвязи; – организацию трансляций в режиме реального времени и аудиофиксацию судебных заседаний, формирование электронных протоколов; – получение необходимой информации в электронном виде путем интеграции с информационными системами государственных органов без дополнительной нагрузки на граждан и предпринимателей. Реализация Указа послужит обеспечению верховенства Конституции, надежной защите прав и свобод человека, а также внедрению в судебную систему современных, открытых и ориентированных на граждан механизмов. Facebook|Instagram|X
إظهار الكل...