ar
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

الذهاب إلى القناة على Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
100 759
المشتركون
-8624 ساعات
-3647 أيام
+60930 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
📌📌📌📌📌📌 XODIMLAR O‘RTASIDA ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI Kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialida xodimlar o‘rtasida odob-axloq qoidalariga rioya etishni ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jamiyatning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, filial rahbariyati, Kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda jamiyat boshqaruv raisining ko‘rsatmalariga muvofiq, xodimlarning xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori, jamoatchilik bilan munosabatlariga oid odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mazkur qoidalarga rioya etilishi doimiy nazoratda ekanligi, talablar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda intizomiy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, ehtimoliy holatlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
📌📌📌📌📌📌 NOQULAY OB-HAVO SABAB ELEKTR TARMOQLARIDA YUZAGA KELGAN UZILISHLAR BARTARAF ETILMOQDA Hududlarida kuzatilgan yog‘ingarchilik oqibatida yurtimizning turli hududlarida elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar va vaqtinchalik elektr ta’minotida uzilishlari qayd etilgan. Mazkur holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi barcha shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarida maxsus tezkor brigadalar faoliyat olib bormoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining mutaxassislari tomonidan elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarida ta’mirlash-tiklash ishlari izchil olib borilib, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklanmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
📌📌📌📌📌📌 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan noqulay ob-havo sharoiti sababli elektr tarmoqlariga yetkazilgan zarar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Ayni paytda Sharof Rashidov tumani hududida elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda. Shu o‘rinda iste’molchilardan taqsimlash tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar haqida "Hududiy elektr tarmoqlari" Ajnig 1154 qisqa raqamli Call-markazi yoki telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanalida @HET_admin orqali xabar qoldirishlarini so‘raymiz. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
01:05
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 HURMATLI FUQAROLAR, IS GAZIDAN OGOH BO‘LING! Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
video_2024-12-18_11-21-00.mp43.00 MB
📌📌📌📌📌📌 POYTAXT ENERGETIKLARI XALQ XIZMATIDA "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ tomonidan sovuq iqlim mavsumida aholiga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarga yoʻl qoʻymaslik hamda sodir boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, doimgidek oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar. Xususan, Chilonzor tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanning “1-Katta Chilonzor” MFY hududidagi transformator punktidan chiquvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli 360 metr uzunlikda boʻlgan yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Bu bilan aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikat va AJ 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bu nima beradi? Prezidentimizning 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlik va idoralar oldiga ISO 9001 xalqaro standartini joriy etish orqali ish yuritish va ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Qarorga muvofiq, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan boshqaruvi tizimi bo‘yicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi hamda har yil yakuni bo‘yicha Jamiyat ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo'yishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dasturga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha "Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati", "Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish siyosati" kabi ichki me'yoriy hujjatlar qabul qilingan va o'rnatilgan tartibda barcha xodimlarga tanishtirish va tushuntirish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Batafsil 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
02:43
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ZAMONAVIY KOGENERATSIYA QURILMASI AHOLINI ISSIQLIK ENERGIYASI BILAN BARQAROR VA UZLUKSIZ TA’MINLASH IMKONINI BERADI Poytaxtda aholi va iqtisodiyot obyektlarini qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan bir qator zamonaviy kogeneratsiya qurilmalari ishga tushirilmoqda. Yunusobod tumanidagi 4-issiqlik markazi hududida quvvati 100 MVt bo‘lgan mazkur loyiha ana shunday muhim tashabbuslardan biridir. Markaz ishga tushirilishi natijasida yiliga 876 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 858 ming gigakaloriya issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, yiliga 35 million kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinadi. Endilikda poytaxtning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulugʻbek va Yakkasaroy tumanlarida joylashgan jami 1 ming 846 ta obyekt doimiy issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi. Ularning 1 ming 400 tasi aholi xonadoni, qolgan qismi esa ijtimoiy soha obyektlaridir. Shuningdek, 292 ming xonadonga elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
вазир (video-converter.com).mp441.91 MB
01:16
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH TARTIBI BELGILANDI 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Hukumat qarori (749-son, 27.mp45.46 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 EHTIYOJMAND OILALARGA GAZ VA ELEKTR UCHUN YIL O‘N IKKI OY KOMPENSATSIYA BERILADI Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi. Kompensatsiya miqdori: 👨‍👩‍👧‍👦Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha; ⚡️Tabiiy gaz uchunqish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha ba’zaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi. 📆 Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda. Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi👆 Ma’lumot uchun, isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha ba’zaviy me’yor 5 barobarga oshirilgan — 100 kub metrdan 500 kub metrga. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
📌📌📌📌📌📌 Toshkent viloyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish yuzasidan seminar o‘tkazildi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filili xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi ishlar muhokama qilindi. "Hududiy elektr tarmoqlari" hamda Toshkent hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda filial rahbariyati ishtirokidagi seminarda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiya illatini yo‘qotish borasida tabdir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tavsiyalar berib o‘tildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsiyani yuzaga keltirayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etishi, olib borilayotgan ishlar holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganishi, natijalar yuzasidan korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens xizmati boshligʻiga ma’lumot kiritib borish lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda, maishiy korrupsiyaga yо‘l qо‘ymaslik, aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish, energosamaradorlikni oshirish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
📌📌📌📌📌📌 Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining yangi binosi va oʻquv-ilmiy faoliyati bilan tanishdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
00:24
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Prezidentimiz Yunusobod tumanidagi kogeneratsiya markazi bilan tanishdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
video_2025-12-16_16-14-25.mp429.42 MB
📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo etilgan yirik quvvatli kogeneratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
📌📌📌📌📌📌 SIRDARYO VILOYATIDA XODIMLAR TOMONIDAN QONUNBUZILISHLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O'TKAZILDI Jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart - sharoitlarni bartaraf qilish bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filialida olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlari yuzasidan yuborilgan taqdimnoma bo‘yicha filial xodimlari ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama davomida o‘z ish faoliyati davomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, xizmat majburiyatlariga rioya qilmagan va hujjatlarni rasmiylashtirmagan xodimlarga choralar ko‘rilishi hamda bunday holatlar takrorlanmasligi ta’kidlandi. Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, sohada qonunbuzilish holatlarining oldini olish, xodimlar o‘rtasida halollik va shaffoflik muhitini mustahkamlash, elektr energiyasini iste’molchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etish, kuz-qish mavsumida barqaror elektr ta’minotini ta’minlash hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida korrupsiya nafaqat davlat va jamiyatga, balki har bir fuqaroning moddiy va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishi qayd etilib, har bir fuqaroda ushbu illatga nisbatan qat’iy salbiy munosabatni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
01:11
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Siz yashayotgan hududda noqonuniy elektr energiyasi va tabiy gaz tarmoqlariga ulanish holatini ko‘rdingizmi?. Bu kabi qonunbuzarliklarga aslo befarq bo‘lmang! Endi "UZENERGO" ilovasi yordamida ushbu holatlar haqida tez va ishonchli xabar bera olasiz. – Noqonuniy tabiy gaz hamda elektr energiyasi ulanishlarini ko‘rsangiz, oddiygina suratga oling yoki videoga yozib oling… – Play Market yoki App Store orqali ilovani yuklab oling. Keltirilgan bandlarni to‘ldiring, video va suratlarni yuklang. – Siz yuborgan ma’lumotlar O'ZENERGOINSPEKSIYA tomonidan ko‘rib chiqiladi va asosli bo‘lsa, qonuniy choralar ko‘riladi. – Eng muhimi — sizning xabaringiz asosli chiqsa, aniqlangan zarar asosida sizga foizli rag‘bat beriladi. "UZENERGO" – Sizning nazoratingiz, adolatli energiya taqsimoti uchun! Yuklab oling. Xabar bering. Rag‘bat oling. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Inspeksiya+.mp49.07 MB
03:42
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 – Davlatimiz rahbari ishtirokida “Barqaror energetika – Yangi O‘zbekistonning kelajak sari ishonchli qadami” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi – 42 ta energetika obyekti ishga tushirildi va 21 tasining qurilishiga start berildi – Gaz quvurlari yangilanib, kompressor stansiyalari ta’mirlandi – Mo‘ynoq hududida katta bosimli yangi kon ochildi – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Energetika vazirlarining V yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi – To‘lovlar bo‘yicha muhim yangilik: naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi – Energetika tizimi jadal yangilanmoqda 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
video_2025-12-15_09-21-53.mp471.32 MB
03:05
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Energetika vaziri J.Mirzamahmudovning axboroti eshitildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
10.92 MB
📌📌📌📌📌📌 DUAL TA’LIMDA NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI: ELEKTR TA’MINOTI SOHASI MISOLIDA Toshkent davlat texnika universiteti “Elektr ta’minoti” kafedrasining 4-bosqich talabalari taʼlimning dual shakli asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ huzuridagi “Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi”da sayyor o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etdilar. Mashg‘ulot jarayonida talabalar avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari (ASKUE), “aqlli hisoblagichlar”, ma’lumotlarni masofadan yig‘ish va tahlil qilish mexanizmlari bilan tanishtirildi. Mashg‘ulot davomida markaz mutaxassislari elektr energiyasini hisobga olish tizimlarining ishlash tamoyillari, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda raqamli monitoring platformalari orqali ma’lumotlarni boshqarish usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Talabalar real uskunalar bilan bevosita ishlash, amaliy tajriba orttirish va mutaxassislardan maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur mashg‘ulot kelajak muhandis-energetiklarni amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etib, oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Data Center_mp4_Output_.mp444.72 MB
03:29
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi hamda Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan Andijon shahrida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdor iste’molchilarning qarzdorligini undirish yuzasidan navbatdagi amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqida Andijon teleradiokompaniyasi "Andijon axboroti" informatsion dasturi orqali xabar beramiz. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Reyd tadbiri 2025.mp438.99 MB