"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot
الذهاب إلى القناة على Telegram
"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

100 755
المشتركون
-8624 ساعات
-3647 أيام
+60930 أيام
أرشيف المشاركات
📌📌📌📌📌📌
ANDIJONLIK “TADBIRKOR” ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANIB KELGANLIGI ANIQLANDI
Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti, “Energosavdo” bo‘limi xodimlari va Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda.
O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida avtomobillarni yuvish shaxobchasida elektr energiyasi hisoblagichidan tashqari qo‘shimcha tarmoq orqali elektr energiyasidan noqonuniy holatda foydalanib qelganligi aniqlandi.
Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 1,2 mlrd. so‘m so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlanmoqda
Xorazm viloyatidagi barcha hududlarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida so‘nggi uch yilda qariyb 2 ming kilometr elektr tarmoqlari va 600 ga yaqin transformator punktlarida yangi qurilish va rekonstruksiya ishlari, 5 ming kilometr elektr tarmoqlari va 2 mingdan ortiq transformator puktlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi.
Natijada 200 mingga yaqin xonadon va 4 mingta ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.
👉https://uza.uz/posts/793829
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
MILLIYLIK O‘ZLIGIMIZ TIMSOLI...
"Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ jamoasi ham milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, navbatdagi "Milliy libos – millat ko‘zgusi" chellenjini davom ettirgan holda, bugun ish faoliyatlarini milliy liboslarda olib borishmoqda!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Repost from MINENERGY.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_xabar
Strategik islohot muvozanat va tahlilni talab etadi
Hozirgi vaqtda cheklangan energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan energiya iste’molini qoplash yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, Belorussiya, Xitoy va qator Yevropa davlatlarida energiya iste’molini to‘liq dekarbonizatsiya qilish, “Zero carbon – eco home” tamoyillari asosida uy-joylar qurish va iste’molni to‘liq elektrlashtirish amaliyoti muvaffaqiyatli joriy etilgan. Mazkur yondashuv dunyo mamlakatlarida keng ommalashmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ham energiya iste’moli madaniyatini oshirish, yangi barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarni to‘liq elektrlashtirish, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan ta’minlash, isitish tizimini elektr energiyasiga o‘tkazish hamda tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p xonadonli uylar, yotoqxonalar va gazlashtirilmagan hududlardagi hovlilar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish bo‘yicha hisob-kitoblarga asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Mazkur takliflar loyihasiga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan, markazlashgan isitish tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:
isitish mavsumida — 2000 kVt·soatgacha;
isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt·soatgacha;
elektr energiyasi iste’moli uchun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash nazarda tutilmoqda.
Takliflar idoralararo tartibda kelishilgan.
Hozirda mavjud elektr tarmoqlarining qo‘shimcha yuklamani qabul qilish imkoniyati bo‘yicha texnik audit davom etmoqda. Shuningdek, Energetika vazirligi, IMV, O‘zenergoinspeksiya, HET AJ va HGT AJ tomonidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.
Mazkur islohotlar O‘zbekiston energetika tizimi uchun muhim transformatsiya jarayoni bo‘lib, xalqaro tajribada kuzatilganidek, bunday o‘zgarishlar chuqur tahlil, vaqt va yuqori darajadagi ehtiyotkorlikni talab qiladi. Jarayonning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi tizimning strategik ahamiyatidan kelib chiqadi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan mazkur jarayonning murakkabligi va mas’uliyat darajasini inobatga olmagan holda noxolis talqin qilinmoqda. Takliflarning ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi amaldagi reglamentlarga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.
Hisob-kitoblar va texnik audit yakuniga ko‘ra, umumiy xulosa shakllantiriladi va shundan so‘ng takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlanadi.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov tomonidan mazkur takliflar tegishli davlat organlariga taqdim etilgani, audit jarayonlari davom etayotgani va ishlab chiqilgan mexanizmning kelgusi yilda joriy etilishidan umidvorligi bir necha bor ommaga ma’lum qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamoatchilikdan mazkur jarayonlarga xolisona yondashish, faktlarga asoslangan baho berish hamda rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘raymiz.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
🔴
Deputatlar sohada yanada qulay investitsiya muhitini yaratish, elektr uzatish tarmoqlarini yaxshilash, aholi va tarmoqlarni kuz-qish mavsumida uzluksiz energiya bilan ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda davlat tomonidan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish borasida fikr-mulohazalar bildirdi.
Xalq vakillari tomonidan energiya ta’minotidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, sohaga joriy etilayotgan yangiliklar, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Majlisda Energetika vaziri J. Mirzamahmudovning axboroti yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
—————
Депутаты дали свои предложения и рекомендации, направленные на создание еще более благоприятного инвестиционного климата в отрасли, улучшение электрических сетей, обеспечение бесперебойного энергоснабжения населения и отраслей экономики в осенне-зимний период, а также развитие механизмов государственной поддержки внедрения возобновляемых источников энергии.
Представители народа также внесли свои рекомендации по устранению существующих проблем в энергоснабжении, модернизации инфраструктуры, внедрению в сферу инноваций и совершенствованию процессов обслуживания населения.
По итогам заседания принято соответствующее решение по информации министра энергетики Ж. Мирзамахмудова.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
🔴
Qayd etilganidek, respublika bo‘yicha 279 ta avariyaviy brigadalar tashkil etilib, ular uchun 224 ta avtotransport, 279 ta maxsus texnika biriktirilgan. Shuningdek, 3 591,4 km. quvurlarning ichki sirti tozalandi, 91 ta kompressor stansiyasidagi gaz haydash agregatlari ta’mirlandi.
Bundan tashqari, iste’molchilarning gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 553,1 km. tarmoqlar, 971 ta gaz taqsimlash punkti mukammal ta’mirlandi, 50 195 ta gaz taqsimlash punktlari texnik taftishdan o‘tkazildi.
—————
Отмечалось, по республике сформировано 279 аварийных бригад, которым выделено 224 автотранспорта и 279 единиц специальной техники. Также очищена внутренняя поверхность 3 591,4 км трубопроводов, проведен ремонт газоперекачивающих агрегатов на 91 компрессорной станции.
В целях улучшения газоснабжения потребителей капитально отремонтировано 553,1 км газовых сетей и 971 газораспределительный пункт, проведена техническая проверка 50 195 газораспределительных пунктов.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
🔴
Joriy yil yanvar-noyabr oylari davomida yoqilg‘i energetika tarmog‘ida jami 8,8 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalar, shundan elektr energetikasi bo‘yicha 6,3 mlrd. dollar, yashil energiya loyihalari bo‘yicha 4,7 mlrd. dollar, neft-gaz sohasi bo‘yicha 2,5 mlrd. dollar o‘zlashtirilgan.
Shu bilan birga, 2025-yilda umumiy qiymati 40,5 mlrd. dollarlik 58 ta yirik loyiha ishga tushirilishi belgilangan. Ulardan jami quvvati 1 413 MVt bo‘lgan 5 ta quyosh elektr stansiyasi, quvvati 752 MVt bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi, quvvati 168 MVt bo‘lgan 6 ta gidroelektr stansiyasi, quvvati 1167,3 MVt bo‘lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi, quvvati 1245 MVt bo‘lgan 10 ta energiya saqlash qurilmasi ishga tushirildi.Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlarda jami 787 km magistral, 29,5 ming km taqsimlovchi tarmoqlar, 9 ta magistral podstansiyadagi transformator, 10 270 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Shu jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha jami 863,1 km. taqsimlovchi tarmoqlar, 1 ta magistral podstansiyadagi transformator, 670 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, 7,5 ming km. elektr tarmoqlari, 1 748 ta transformator punkti rekonstruksiya va modernizatsiya qilindi. ————— За январь–ноябрь текущего года в топливно-энергетической отраслью освоено 8,8 млрд долларов иностранных инвестиций, из них 6,3 млрд долларов — по электроэнергетике, 4,7 млрд долларов — по проектам «зеленой» энергетики, 2,5 млрд долларов — по нефтега зовой отрасли.
Подчеркнуто, что в 2025 году планируется запуск 58 крупных проектов общей стоимостью 40,5 млрд долларов. Среди них — 5 солнечных электростанций общей мощностью 1 413 МВт, 4 ветровые электростанции мощностью 752 МВт, 6 гидроэлектростанций — 168 МВт, 3 тепловые электростанции — 1167,3 МВт, а также 10 объектов по накоплению энергии мощностью 1245 МВт.В рамках подготовки к осенне-зимнему сезону в регионах капитально отремонтировано 787 км магистральных и 29,5 тыс км распределительных сетей, трансформаторы на 9 магистральных подстанциях, а также 10 270 трансформаторных пунктов. В частности, по городу Ташкенту капитально отремонтировано 863,1 км распределительных сетей, трансформатор на одной магистральной подстанции и 670 трансформаторных пунктов. Кроме того, реконструировано и модернизировано 7,5 тыс км электрических сетей и 1 748 трансформаторных пунктов. Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz
Repost from MINENERGY.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
🔴
🚨 Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda jadal sur’atlarda o‘sib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib chiqib, energetika tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi va 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirildi.
🚨 Natijada elektr ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi. E’tiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyosh va shamol, 400 megavattli gidroelektr stansiyalar ishga tushirildi.
—————
🚨 Отмечено, в последние годы, исходя из потребностей стремительно растущей экономики и населения страны, в энергетической системе осуществляются широкомасштабные реформы. В частности, за последние годы в отрасль привлечено 35 млрд долларов иностранных инвестиций и введено в эксплуатацию 9 тыс мегаватт новых мощностей.
🚨 В результате объем производства электроэнергии увеличился с 60 млрд киловатт-часов в 2017 году до 85 млрд киловатт-часов в текущем году. Примечательно, что мощность запущенных солнечных и ветровых электростанций составляет около 5 тыс мегаватт, а гидроэлектростанций — 400 мегаватт.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
📌📌📌📌📌📌
SAMARQAND VILOYATIDA 7,1 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Samarqand hududiy filiali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bо‘limi) hamda Payariq tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Xususan, tumanda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “Namuna” MFY hududida joylashgan “O‘.R.Q” korxonasi tekshirilganda elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi fosh etildi.
Natijada davlat manfaatlariga 7,1 mlrd. so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi hamda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
NAQDSIZ HISOB-KITOBLAR OMMALASHTIRILADI
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:
– elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar;
– transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
Turkiy davlatlar tashkiloti Energetika vazirlarining V yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 10-dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Energetika vazirlarining navbatdagi — V yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon Respublikalari Energetika vazirlari, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Vengriya va Shimoliy Kipr Tashqi ishlar vazirlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Uchrashuvda do‘st va qardosh turkiy davlatlar rahbarlarining tashabbuslari bilan barcha sohalar qatori yoqilg‘i-energetika tarmog‘i rivoji yo‘lida ham hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotgani alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda energetika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mintaqa energetika xavfsizligini ta’minlash va barqaror energiya manbalarini joriy etishdagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, “yashil” energetika loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tarmoqlar integratsiyasi hamda yangi investitsiya loyihalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Turkiy davlatlar tashkiloti Energetika vazirlarining navbatdagi — VI yig‘ilishini 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib oldilar.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
NAMANGANDA TUNGI NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Elektr energiyasidan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida “HET BILLING” dasturi orqali iste’molchilar faoliyati muntazam ravishda monitoring qilinmoqda. Dastur tahlillari asosida shubhali ko‘rsatkichlarga ega iste’molchilar ro‘yxati shakllantirilib, joylarda tartibga rioya etilishi bo‘yicha kechki tekshiruvlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi tungi profilaktik tadbir “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Chortoq tumani xodimlari tomonidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida bir qator noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi va amaldagi tartib bo‘yicha elektron dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, energiyani samarasiz iste’mol qilayotgan yoritish vositalari, katta quvvat sarfi yuqori bo‘lgan obyektlarda tejamkorlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
ANDIJONDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISHNI OLDINI OLISH BO’YICHA KECHKI REYDLAR KUCHAYTIRILDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida elektr energiyasidan yo‘qotishlarni kamaytirish hamda noqonuniy ulanishlarning oldini olish maqsadida rejalashtirilgan va doimiy ravishda kechki reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar aholining va ulgurji iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanish tartibini o‘rganish, energiya resurslarining tejalishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishga qaratilgan.
Ayni paytda filialning mutaxassis xodimlari tomonidan viloyat bo‘ylab barcha iste’molchilarni qamrab olgan tungi nazorat reydlari amalga oshirilmoqda. Ushbu reydlarda elektr hisoblagichlarning texnik holati, ulanish nuqtalarining qonuniyligi, energiya iste’moli hajmining to‘g‘ri qayd etilayotganligi hamda energiya tejamkorligi talablari bajarilishi chuqur o‘rganilmoqda.
Tadbirlar natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali aholidan va iste’molchilardan elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etish, energiyani tejash va noqonuniy ulanishlarga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab qoladi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Repost from MINENERGY.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
#rasmiy_xabar
“...17:00 dan boshlab svet o‘chishni boshlaydi” mazmunidagi xabarlar yolg‘on
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘ZBEKISTON BO‘YLAB KO‘PLAB JOYLARDA SOAT 17:00 dan 21:00 gacha svet o‘chadi” sarlavhali xabarlar tarqatilmoqda.
Ushbu xabarlar mutlaqo noto‘g‘ri mazmunda bo‘lib, ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan odamlarni o‘ziga jalb qilish maqsadida shu tartibda yozilgan.
Zaruriyat tug‘ilganda, ayrim hududlarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilishi mumkinligi haqida rasmiy xabar berilishini ma’lum qilganmiz.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq egalaridan tasdiqlanmagan va noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tamiz.
—————
#официальное_сообщение
Сообщения о том, что “с 17:00 начнутся отключения света”, — ложные
В социальных сетях распространяются сообщения под заголовком: «ПО ВСЕМУ УЗБЕКИСТАНУ ВО МНОГИХ МЕСТАХ С 17:00 ДО 21:00 БУДУТ ОТКЛЮЧАТЬ СВЕТ».
Эта информация абсолютно недостоверна и распространяется владельцами страниц в социальных сетях исключительно с целью привлечения внимания.
Мы ранее сообщали, что при необходимости в отдельных регионах возможны кратковременные перебои в электроснабжении, о которых будет сообщено официально заранее.
В этой связи просим администраторов социальных сетей не распространять неподтверждённую и недостоверную информацию.
Напоминаем, что за подобные действия предусмотрена ответственность в соответствии с действующим законодательством.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
02:44
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
🇺🇿 10-DEKABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.
Barchangizga ushbu qutlug‘ sana muborak bo‘lsin. Madhiyamiz jahon uzra baralla yangrab, yurtimizni dunyoga tarannum etaversin!
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
gimn tg.mp441.93 MB
Repost from MINENERGY.UZ
00:48
Video unavailableShow in Telegram
Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatli IES uchun Yaponiyadan yangi rotor olib kelindi
Avval xabar berganimizdek, Sirdaryo viloyatida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi foydalanishga topshirilgan.
Ushbu elektr stansiyasining 2-sonli gaz turbinasida rotor nosozligi kuzatilgan. Stansiya ishini tezkor tiklash maqsadida, investor hamda ishlab chiqaruvchining kafolatli shartnomaviy majburiyatlariga asosan Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasida yangi rotor qisqa muddatda tayyorlanib, maxsus reys bilan 8 dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi.
Og‘irligi 114 tonna bo‘lgan qurilma aeroportdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr stansiyasi maydoniga yetkazildi.
Barcha jarayonlar tegishli vazirlik va idoralar, investor, pudratchi va texnologik hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirildi. Yangi rotorni o‘rnatish va sinov-sozlash ishlari taxminan bir oy vaqt talab qiladi.
Bu quvvatlarni qoplash maqsadida qo‘shimcha zaxiradagi va yangi ishga tushirilyotgan bloklardan foydalanilyapti.
Hozirgi kunda havo bulutli (kam quyoshli) bo‘layotganligi va kunlar qisqaligi hisobidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish kamaygan. Shu sababli, ishlab chiqarish va iste’mol balansini tartibga solish, ularning muvozanatini saqlash maqsadida ayrim hududlarning elektr ta’minotida asosan iste’mol ortgan pallalarda (17:00-21:00 lar oralig‘ida) qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Agar bunga zarurat tug‘ilsa, iste’molchilar oldindan xabardor qilinadi. Bunday choralar elektr ta’minoti barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Yangi rotor gaz turbinasiga o‘rnatilgach, stansiyaning ishlab chiqarish quvvati tiklanadi va elektr ta’minotida vaqtincha ko‘rilayotgan choralarlarning oldi olinadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
IMG_2990.MP417.56 MB
06:45
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
ELEKTR ENERGIYASI BO‘YICHA QARZDORLIKLARNI UNDIRISH CHORALARI KUCHAYTIRILMOQDA
Andijon viloyatida elektr energiyasidan foydalanib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan iste’molchilar bo‘yicha debitor qarzdorliklarni kamaytirish yuzasidan qat’iy nazorat tartibi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Andijon tumanida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida bir nechta to‘lovni bajarmagan aholi va yuridik iste’molchilar elektr tarmog‘idan ajratilib, yetkazib berish to‘xtatildi.
Shuningdek, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etmagan iste’molchilar bo‘yicha sudlarga da’vo arizalari kiritilib, majburiy tartibda undirish choralari ko‘rilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Qrzdorlik REYD2025.mp474.93 MB
01:35
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavsumni betalofat о‘tkazish maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda.
Bu borada Ishtixon tumanida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida Samarqand telekanalining “Kun xabarlari” axborot dasturining lavhasida tanishish mumkin.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
video_2025-12-09_12-06-28.mp49.99 MB
