ar
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

الذهاب إلى القناة على Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
100 755
المشتركون
-8624 ساعات
-3647 أيام
+60930 أيام
أرشيف المشاركات
📌📌📌📌📌📌 O‘ZBEKISTONDAGI QUYOSH VA SHAMOL ELEKTR STANSIYALARI 10 MLRD KVT·SOAT ELEKTR ENERGIYA ISHLAB CHIQARDI 8-dekabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10 mlrd kVt·soatga yetdi. Prezidentimiz 5-dekabr kuni “Barqaror energetika – Yangi O‘zbekistonning kelajak sari ishonchli qadami” anjumanidagi nutqida iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash jarayonini zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalari asosida amalga oshirish asosiy vazifalardan biri ekanligini alohida ta’kidlagan edilar. Bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab turibdi. “Yashil” energiya hisobidan: – 2,7 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi; – Atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4,4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi. Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 8-dekabr soat 17:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari 16 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 6,6 mln xonadonning bir yillik isteʼmolini tashkil qiladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
00:15
Video unavailableShow in Telegram
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi  barcha vatandoshlarimizni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yillik bayrami bilan samiymiy muborakbod etadi. Qomusimizning qutlug‘ bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin! Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin! 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
14.96 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Batafsil 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
02:14
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 TUNGI PROFILAKTIK TADBIRLAR CHORTOQ TUMANIDA DAVOM ETMOQDA Hududlarda elektr energiyasi yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida “HET BILLING” dasturi orqali iste’molchilar faoliyati doimiy tahlil qilinmoqda. Tahlillar asosida shubhali iste’molchilar aniqlanib, joylarda elektrdan foydalanish tartibi bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tungi reyd tadbirlarining navbatdagisida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy Chortoq tumani xodimlari ish tashkil etdilar. Tadbir davomida noqonuniy ulanish holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda elektron qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirildi. Shuningdek, besamar yoritish chiroqlaridan foydalanish, yirik isteʼmolchilarda ortiqcha sarf va tejamkorlik masalalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
43.65 MB
02:53
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 ELEKTR ENERGIYASI TEKIN EMAS! UNING HAQQINI TO'LASH KERAK “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi hamda Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi tomonidan Andijon shahrida elektr energiyasi bo‘yicha qarzdor iste’molchilarning qarzdorligini undirish yuzasidan navbatdagi amaliy tadbirlar o‘tkazildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
27.92 MB
📌📌📌📌📌📌 YANGI O‘ZBEKISTONNING BARQAROR ENERGETIKASI — KELAJAK SARI QUVVATLI QADAM Kuni kecha Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida O‘zbekiston tumanida barpo etilgan quvvati 300 MVtli yirik elektr energiyasini saqlash tizimi ham ishga tushirildi. Mazkur tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov, xorijiy kompaniya va jamoatchilik vakillari O‘zbekiston tumanidagi ishga tushirilgan korxonadan videokonferensiya orqali ishtirok etdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
02:00
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev: Energetika tarmog‘ida ishga tushirilayotgan barcha loyihalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, kelajak avlodlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
42.83 MB
01:27
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 #24_soatlik_navbatchilik “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning barcha tuman hamda shahar elektr ta'minot korxonalari xodimlari  iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida ish olib bormoqda. Hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda nosozliklarning oldini olish va ularni operativ bartaraf etish uchun 890 nafar muhandis-texnik xodimlardan iborat 185 ta tezkor avariya brigadalari shakllantirilgan. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
7.94 MB
📌📌📌📌📌📌 "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali xodimlariga xalqaro sertifikat topshirildi Avval xabar berganimizdek, "Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filialining bir guruh xodimlari Rossiya Federatsiyasining ishlab chiqarish korxonasi o‘quv bo‘limida 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy o‘quv kursida ishtirok etishdi. Ayni paytda о‘quv kurslari yakuniga yetib, mutaxassislarga 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat ko‘rsatish sohasida xalqaro sertifikat topshirildi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur yо‘nalishda xodimlarga ehtiyoj yuqori ekanligi sababli, bu masalada katta mablag‘ evaziga xorijiy mutaxassislarni jalb etib kelinayotgan edi. Mazkur sertifikat asosida endilikda xodimlarimiz 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini muftalash va xizmat ko‘rsatish sohasida yurtimiz va xorijiy mamlakatlarda xizmat ko‘rsatishlari mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “Biz bugun ishga tushirayotgan barcha loyihalar iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, kelajak avlodlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bunday jadal harakatlarimiz va tashabbuslarimiz bilan biz yangicha modeldagi zamonaviy energetika tizimini, albatta, to‘liq barpo etamiz. Mazkur loyihalarda faol ishtirok etayotgan energetika sohasi vakillariga, barcha ishchilar, muhandislar va xorijlik hamkorlarimizga yana bir bor samimiy minnatdorchilik bildiraman”, – dedi davlatimiz rahbari nutqining yakunida. Marosimda hamkor mamlakatlar energetika vazirlari va kompaniyalar rahbarlari so‘zga chiqdi. O‘zbekiston Prezidenti ramziy dastakni bosib, 42 ta energetika obyektini ishga tushirdi va 21 ta yangi loyiha qurilishini boshlab berdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “Yaqinda Braziliyada o‘tgan COP-30 iqlim konferensiyasida biz o‘z tashabbusimiz bilan Parij bitimi doirasida muhim majburiyatni zimmamizga oldik. Ya’ni 2035-yilgacha zararli gazlar emissiyasini 50 foizga qisqartirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik”, – dedi Prezidentimiz. Bu borada Jahon banki bilan dunyoda ilk innovatsion “ICRAFT” loyihasi boshlandi. Uning doirasida O‘zbekiston tomonidan kamaytirilgan 23 million tonna issiqxona gazi hisobga olindi. Xalqaro darajada uglerod birliklari savdosini amalga oshirishga kirishildi. Shu yilning o‘zida 17 ta yirik sanoat korxonasi “yashil” energiya bo‘yicha xalqaro sertifikatlar tizimiga o‘tdi. Kelgusi ikki yilda bunday korxonalarning soni 100 taga yetkaziladi. Prezidentimiz qo‘shni davlatlar bilan yagona energetika bozorini yaratish bo‘yicha sheriklik mustahkamlanganini qayd etdi. “Mintaqamizning gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanib, birgalikda boshqarish maqsadida kelgusi yili Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan “Qambar-ota GES-1” loyihasini moliyalashtirishga kirishamiz. Shu o‘rinda Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo‘yicha “yashil yo‘lak” loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilayotgan Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbariyatining qat’iy sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etmoqchiman”, – dedi Prezidentimiz. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilishi ta’kidlandi. Yangi yilda Xitoy tajribasi asosida 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107 megavattli quyosh stansiyalari o‘rnatiladi. Mazkur ijtimoiy loyiha keng joriy etilib, 30 mingta kambag‘al oilaga “yashil” energiya kirib boradi. Ular o‘z ehtiyojidan ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topadi. Tadbirkorlar ham suv resurslaridan unumli foydalanib, joriy yil 40 megavattli kichik va mikro GESlar qurishdi. Natijada 120 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va ular qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ldi. Keyingi yilda 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etiladi. Ushbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektr ta’minoti tubdan yaxshilanadi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “Biz elektr energiyasi generatsiyasi yo‘nalishidagi islohotlarimiz natijasida sohaga xorijiy sarmoyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etishda katta tajriba orttirdik. Joriy yildan nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillarini qo‘llashni boshladik”, – dedi Prezidentimiz. Xususan, Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boshqaruvga berish bo‘yicha Turkiyaning “Aksa elektrik” kompaniyasi bilan kelishuvga erishilgani ma’lum qilindi. Ushbu kompaniya loyiha doirasida tarmoqni operatsion boshqaruvga olib, investitsiya kiritadi, tarmoqlarni modernizatsiya qiladi, yo‘qotishlarni bosqichma-bosqich 2 barobarga kamaytiradi. Natijada har yili o‘rtacha 20 million dollar tejaladi. Shunday tajriba asosida kelgusi yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027-yilda Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etiladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 “Albatta, biz erishgan natijalarimiz bilan to‘xtab qolmaymiz. Kelgusi 5 yilda 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar hisobidan minglab sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirib, yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratamiz”, – dedi Prezidentimiz. Aholiga qulay shart-sharoit yaratish uchun “Yangi O‘zbekiston” massivlari va boshqa hududlarda 800 mingdan ortiq xonadonli, energiya tejamkor ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi. IT, sun’iy intellekt va “buyumlar interneti” kabi yangi yo‘nalishlardagi kompaniyalarga jozibador muhit yaratish uchun zamonaviy super kompyuter klasteri va data-markazlar soni ko‘paytiriladi. Ayni paytda Saudiyaning “Data-volt” kompaniyasi 3 milliard dollarlik investitsiya hisobiga 500 megavattli data-markaz qurish bo‘yicha ishlarni boshlagan. Bunday keng ko‘lamli ishlar elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojni kamida 1,5 barobarga oshiradi. Shu bois, davlatimiz rahbari yaqin kelajakdagi rejalarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz

📌📌📌📌📌📌 Prezidentimiz energetika sohasida erishilayotgan katta yutuq va marralarda salohiyatli investorlar va ishonchli sheriklarimizning beqiyos hissasi borligini qayd etdi. Davlatimiz rahbari yurtimizga katta sarmoya kiritayotgan va eng ilg‘or texnologiyalarni olib kelayotgan hamkor mamlakatlarga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Saudiyaning “ACWA Power”, Turkiyaning “AKSA”, “Cengiz Enerji”, Amirliklarning “Masdar”, Xitoyning “China Energy”, “Datang”, “Sinoma”, “Poly”, “CNTIC”, “Eagle Rise”, Fransiyaning “EDF”, “Voltalia”, “Total Energies”, Germaniyaning “Siemens Energy” va Qatarning “Nebras” kompaniyalariga, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya institutlari vakillariga chuqur tashakkur izhor etildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
03:49
Video unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan keng sharoitlar tufayli Yangi O‘zbekiston energetikasida chinakam inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...
video_2025-12-05_12-35-14.mp4119.42 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌📌📌📌📌📌 Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tantanali marosim boshlanadi. Unda yangi energetika quvvatlari ishga tushiriladi hamda navbatdagilarining qurilishi boshlanadi. Shuningdek, tadbir doirasida davlatimiz rahbari Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Xitoy delegatsiyalarini qabul qiladi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
إظهار الكل...