ar
Feedback
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

الذهاب إلى القناة على Telegram
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
152 281
المشتركون
-42424 ساعات
-3 1237 أيام
-10 42030 أيام
أرشيف المشاركات
#konferensiya “Zamonaviy ta‘limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ta‘lim tizimini modernizatsiya qilish va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlandi. 💬Konferensiyada Belarus, Mo‘g‘uliston, Slovakiya, Tojikiston, Turkiya, Qozog‘iston va yana bir qator davlatlardan professor-o‘qituvchilar va mahalliy mehmonlar ishtirok etdi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
8👍 6🔥 4
#konferensiya Konferensiyada Yangi O‘zbekiston universiteti kafedra mudiri, professor Dr. Michelle Bedeker "Markaziy Osiyoda STEM ta’limini qayta ko‘rib chiqish" mavzusidagi taqdimoti bilan maʼruza qildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
👍 6 4🔥 4
#konferensiya Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Turkiyaning Istanbul Universiteti professori Shafoattin Deniz "Ijtimoiy fanlarni o‘qitishning dolzarb masalalari" mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
👍 8 5🔥 3
#konferensiya A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Ulug‘bek Tashkenbayev konferensiyadagi nutqida ta‘lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va ilmiy-amaliy tajriba almashinuvini rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
9🔥 5👍 4
#konferensiya 👍Konferensiyaning yalpi majlisida institut rektori Abduvali Ismailov moderatorlik qilib, nutq so‘zladi. 💬U o‘z so‘zida konferensiyaning maqsadi, mohiyati, kutilayotgan natijalar hamda o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish, salohiyatini oshirishda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
9🔥 7👍 3
#konferensiya 👍Konferensiyada Ta‘limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova nutq so‘zlab, bu kabi konferensiyalar taʼlimdagi kompleks vazifalarga ilmiy yondashish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tajribalarni O‘zbekiston taʼlim amaliyotiga joriy qilish imkoniyatini yaratishini taʼkidladi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
👍 9 7🔥 4
#konferensiya ✅Konferensiyaning ochilish tadbirida Maktabgacha va Maktab Ta‘limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev nutq so‘zlab, taʼlim tizimini tubdan isloh etish, sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish hamda pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
9👍 6🔥 3
✅✅ 👍A.Avloniy nomidagi institutda “Zamonaviy ta‘limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
19👍 10🔥 3
✅✅✅✅ 👍A.Avloniy nomidagi institut huzuridagi Ilmiy daraja beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Kafedralar seminarining navbatdagi yig‘ilishlari o‘tkazildi ✅Bunda 13.00.02 – Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha 3-bosqich tayanch doktoranti Dilnavoz Muxammadiyevaning “Fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning innovatsion usullari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi o‘tkazildi. 💬Shuningdek, 13.00.07 – Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha 2-bosqich tayanch doktoranti Qunduz Mo‘minovaning “Umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlimni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” hamda tadqiqotchi Rafikjon Sodiqovning “Raqamli texnologiyalar asosida ta‘lim sifatini boshqarish jarayonini takomillashtirish (umumiy o‘rta ta‘lim maktablari misolida)” mavzularidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muhokamalari ko‘rib chiqildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
👍 9 6🤩 2
✅✅✅✅ 👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida madaniy-ma‘rifiy uchrashuv o‘tkazildi 💬Institutida O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova bilan pedagog-xodimlar hamda "Ta‘lim menejmenti" va "Kattalar ta‘limi" mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura talabalarining uchrashuvi tashkil etildi. 💬Uchrashuvda atoqli maʼrifatparvar, isteʼdodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniy hayoti va faoliyati, jadidchilik harakatidagi o‘rni, zamonaviy ta‘lim tizimi shakllanishiga qo‘shgan beqiyos hissasi to‘g‘risida so‘z yuritildi. ✅Gavhar Zokirova Abdulla Avloniyning shaxsiyati, uning ta‘lim-tarbiya sohasidagi qarashlari va tarixiy xizmatlarini faxr bilan xotiraladi. 🔺Uchrashuvda Abdulla Avloniy tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar bugungi ta‘lim jarayoni uchun ham dolzarb ekanligi qayd etildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
18👍 3🔥 3
👍Nemis tili fani master va mentorlari uchun seminar trening boshlandi 🔄A.Avloniy nomidagi institut tomonidan O‘zbekistondagi Gyote instituti hamkorligida tashkil etilgan treningda hududiy pedagogik mahorat markazlarining nemis tili fani master trenerlari va mentor o‘qituvchilar ishtirok etmoqda. 💬Mashg‘ulotlar Gyote instituti Toshkent filialining yetakchi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. ✅Treningda master va mentor o‘qituvchilar KRK va KRS tadbirlarining o‘tkazilishi yuzasidan refleksiv yondashuv asosida yutuqlar, kamchiliklar va metodik ehtiyojlarni aniqlaydilar. 🔵Shuningdek, seminarda nemis tili fanini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda til ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
8
Photo unavailableShow in Telegram
✨✨✨✨ 👍A.Avloniy nomidagi institutda 2025-yil 12-dekabr kuni “Zamonaviy ta‘limning dolzarb muammolari, yechimlari va rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. ✅Tadbir ta‘lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish masalalariga bag‘ishlanadi. ✅Konferensiyada: 💬Turkiyaning Istanbul universiteti professori Shafoattin Deniz 💬Yangi O‘zbekiston universiteti kafedra mudiri, professor Dr. Mishel Bedeker 💬Qozog‘iston Xalqlar Do‘stligi universiteti kafedra mudiri, psixologiya fanlari nomzodi, professor Madina Maxmudovna 💬TESL bo‘yicha dotsent va Markaziy Osiyo universiteti "Ingliz tilini o‘qitish" kafedrasi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nakhid Shakhib 💬Niderlandiyaning Amsterdam universiteti professori Babak Rezvani 💬Slovakiya Respublikasi Iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor Kultan Yaroslav 💬Mo‘g‘iliston Ta‘lim vazirligi huzuridagi Milliy ta‘lim tadqiqot instituti vakili Zulmira Jaubay va boshqa mahalliy va xalqaro mehmonlar ishtirok etadi. 🔵Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 6 ta sho‘bada olib boriladi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
16👍 10🎉 1
✅✅ 💬Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining anjumanlar zalida "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans - taraqgiyot konsepti" asarining taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
28🔥 4🎉 3
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi xalqimizning tarixiy xotirasi, milliy g‘ururi va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir. U xalqimizni birlik va hamjihatlik ruhida ulug' maqsadlar sari yetaklaydi. Madhiya yurt taqdiriga daxldorlik, mas’uliyat va fidoyilik tuyg‘ularini tarbiyalab, mustaqilligimiz g‘oyalarini ifoda etadi. A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti jamoasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin. Davlat madhiyamiz doimo  mustaqilligimiz timsoli bo‘lib, barhayot yangrasin. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
30👍 8🔥 7
jpg
إظهار الكل...
✅✅✅✅ 👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ✅Seminarda 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha tadqiqotchi Rahmonova Gulhayo Saidjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan Elektron ta’lim platformalari muhitida malaka oshirish sifatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish"; ✅13.00.07 – Ta’limda menejment yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan Mexmonov Ismat Toshpo‘latovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan Maktab ta’limi va ishlab chiqarish integratsiyasini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish mavzularidagi dissertatsiyalari muhokamasi o‘tkazildi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
39👍 5🔥 3
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar! 🇺🇿Sizni, Siz orqali oilangizni va jamoangizni 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yillik shodiyonasi bilan samimiy muborakbod etamiz! ✅Xonadoningizga tinchlik, osoyishtalik, baxt, omad va baraka tilaymiz. 🌸Yurtimiz kelajagi, ravnaqi yo’lidagi mas'uliyatli va sharafli bo'lgan ustozlik faoliyatingizda ilmiy va ijodiy barkamollik tilaymiz! Hurmat bilan, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti jamoasi
إظهار الكل...
8-dekabr.mp429.64 MB
53👍 18🎉 8🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
33👍 14🎉 4
Repost from TgId: 1297184524
#Xorazm Bugun Xorazmdamiz. Viloyatdagi bir qancha ta’lim muassasalarida bo‘ldik. Dastlab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Urganch shahrida yaqinda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdik. Keyingi manzillarimiz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali, Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Xiva shahridagi Prezident maktabi, viloyatdagi professional ta’lim muassasalari, maktablar, talabalar turar joylari bo‘ldi. O‘rganishlarimiz davomida ta’lim sifati, muassasalardagi infratuzilma, talaba va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik. Mas’ullar, pedagog va talabalar jamoasi bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kelgusi rejalar bo‘yicha gaplashib oldik. Viloyatlar bo‘ylab o‘rganishlarimiz davom etadi. @hilola_umarova
إظهار الكل...
42🔥 4👍 3
✅ISHONCH fondi ko‘magida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNESCO hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida AKT va sun’iy intellekt bo‘yicha pedagoglar malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarining navbatdagi bosqichi yakunlandi. 💬Seminarda A.Avloniy nomidagi institut hamda Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazlaridan 20 nafar master-trenerlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt imkoniyatlari hamda ularni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha bilim-ko‘nikmaga ega bo‘ldilar. 📍Keyingi bosqichda AKT va sun’iy intellekt bo‘yicha seminar Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tkazilishi belgilangan. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube🌐Instagram
إظهار الكل...
19👍 7🔥 4