A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
الذهاب إلى القناة على Telegram
Facebook https://www.facebook.com/avloniy.uz Website http://avloniy.uz/ YouTube https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA Қайта тайёрлов: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

151 573
المشتركون
-64124 ساعات
-3 4207 أيام
-11 86830 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
O‘tgan hafta imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
Ular 7-sinfdan boshlab o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishi bo‘yicha saralab, 9-sinfni bitirganida texnikumlarga yo‘naltiradi.
Shu bilan birga, 9-sinfni bitirib, texnikumga kirgan yoshlarga maktabga qaytib kelish imkoniyati bor. Endilikda 10-sinfga o‘tib, maktabda o‘qish fikridan qaytgan yoshlar ham ta’limni texnikumda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, bu yil 11-sinfni bitirib, oliygohga kira olmagan 200 ming yoshlar ham texnikumlarda 3-6 oylik qisqa muddatli dasturlar asosida kasbga o‘qitiladi.
“Yangi tashabbuslarimizdan maqsad nima? Har bir bolani kasb-hunar orqali daromadli qilsak, barcha oilalarning ro‘zg‘ori but bo‘ladi, mahallalarda tinchlik hukm suradi”,
– dedi Prezident.
❤ 26👍 7🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Бир йил ичида 100 та техникумда Германия, Швейцария, Хитой, Корея, Британия каби давлатларнинг таълим ташкилотлари билан ҳамкорлик йўлга қўйилиб, уларнинг энг илғор касбий таълим дастурлари жорий қилиниши белгиланди.
Бундан ташқари, касбий кўникмаси бор исталган талабгор ушбу техникумларда хорижий давлатларнинг малакани баҳолаш тизими орқали имтиҳондан ўтиб, халқаро сертификат олиши мумкин бўлади.
Жорий ўқув йилидан Англиянинг “Пирсон” компанияси билан ҳудудлардаги 14 та техникумда “БИТЕК” халқаро дастури бошланди. Бу орқали ёшлар халқаро стандартлар асосида туризм, ахборот технологиялари, тиббиёт, қурилиш, логистика, электротехника, энергетика, машинасозлик, биотехнология, креатив иқтисодиёт каби йўналишларда талаб юқори касбларни эгаллайди.
Келаси йили саноатда қарийб 45 миллиард долларлик 456 та йирик лойиҳа бошланади. “Инвестор – тармоқ – техникум” занжири асосида техникумларда дуал таълим йўлга қўйилади.
Корхоналар билан аниқ лойиҳалари бўлган техникумлар ўртасида замонавий устахоналарни барпо қилиш бўйича танлов ўтказилади. Танлов ғолибларига устахона учун замонавий ускуна ва жиҳозлар, спорт анжомлари олиб берилади.
Facebook|Instagram|X
❤ 20
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
00:45
Video unavailableShow in Telegram
Давлатимиз раҳбари Бўстонлиқ туманидаги замонавий болалар оромгоҳи билан танишди.
—
Глава государства ознакомился с современным детским лагерем в Бостанлыкском районе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Reels_tosh_vil_1_tg_new_3.mp439.39 MB
❤ 7👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak bo‘lsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab ta’limidir”,– dedi Prezident. Hozirda maktablarda 6,5 million o‘quvchi ta’lim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. Shu bois, so‘nggi sakkiz yilda 500 ga yaqin yangi maktablar qurilgani, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 million o‘quvchi o‘rni yaratildi. Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bugun 200 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz xususiy maktablarda o‘qiyapti. Maktab ta’limida yana bir qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirilishi ta’kidlandi. Yangi o‘quv yilidan boshlab maktab davrida o‘quvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy ta’limga yo‘naltirish uchun 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi. O‘qishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida bo‘lgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib o‘tiladi. Bir so‘z bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan bo‘ladi.
❤ 23👍 6🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Ўқитувчи ва мураббийлар куни арафасида соҳа ходимлари билан мулоқот ўтказмоқда. Тадбирга барча ҳудудлардан 40 мингдан зиёд педагоглар уланган.
Сўзининг аввалида давлатимиз раҳбари ўз ҳаётини ёш авлодга таълим ва тарбия беришдек дунёдаги энг улуғ ишга бағишлаб келаётган барча муаллим, профессор ва ўқитувчиларни – бир миллионлик педагоглар жамоасини ана шу қутлуғ байрам билан самимий муборакбод этди.
Ўтган ҳафта жонкуяр ўқитувчи ва мураббийлар, таълим ва илм-фан фидойиларининг бир гуруҳини давлатимизнинг юксак мукофотлари билан тақдирлаш ҳақида Президент фармони имзоланди.
Улар орасида соҳа ходимлари билан бир қаторда ўз маблағи ҳисобидан таълим масканлари қурган, таъмирлаган саховатпеша тадбиркорлар, таълимдаги илғор ютуқларни жорий қилишга кўмаклашаётган хорижий ҳамкорларимиз, ҳудудида таълим ривожи учун зарур шароит яратиб бераётган ҳокимлар ҳам бор.
Давлатимиз раҳбари юксак унвон, орден ва медалларни ўз эгаларига топширди.
Facebook|Instagram|X
❤ 19👍 12🔥 4
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманига ташриф буюриб, “Ренессанс” болалар соғломлаштириш оромгоҳида яратилган шароитлар билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев Бостанлыкский район Ташкентской области и ознакомился с условиями, созданными в детском оздоровительном лагере «Ренессанс».
#Mirziyoyev #tanishuv #Toshkentviloyati #oromgoh
❤ 13👍 8🔥 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
04:39
Video unavailableShow in Telegram
إظهار الكل...
TALIM ROLIK_tg.mp478.23 MB
👍 25🔥 6❤ 3
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Photo unavailableShow in Telegram
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг Бўстонлиқ туманига ташриф буюради ҳамда ўқитувчи ва мураббийлар билан мулоқот қилади.
Тадбирда давлатимиз раҳбари таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳига давлат мукофотларини тантанали топширади ҳамда таълим сифатини ошириш, ўқитувчи ва мураббийларни янада қўллаб-қувватлаш масалаларини муҳокама қилади.
Ташриф доирасида туманда амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишиш ҳам режалаштирилган.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бостанлыкский район Ташкентской области и проведет диалог с учителями и наставниками.
В рамках мероприятия глава государства торжественно вручит государственные награды группе особо отличившихся работников системы образования и воспитания, а также обсудит вопросы повышения качества обучения и дальнейшей поддержки учителей.
В ходе поездки планируется также ознакомление с проводимой в районе созидательной работой.
Facebook|Instagram|X
❤ 41🎉 3🔥 1
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
01:06
Video unavailableShow in Telegram
إظهار الكل...
jm.mp46.83 MB
❤ 18👍 2
إظهار الكل...
❤ 16👍 5🔥 3
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
00:56
Video unavailableShow in Telegram
إظهار الكل...
IMG_8388.MP420.50 MB
👍 7❤ 6
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
#Bayramning_birinchi_kuni
Ustozlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida🔴Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan 1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. ➡️Tadbirda maktabgacha, maktab ta’limi muassasalari xodimlari, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni hamda boshqa yuksak davlat mukofotlariga ega pedagoglar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etmoqda. ◀️Bugun respublikamizning turli hududlaridan 250 nafarga yaqin eng fidoyi ustozlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga jamlandi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 21👍 3🎉 1
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
“Maktab chempionlari” loyihasining yangi bosqichiga start berildi
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Britaniya Kengashi hamda NILE (Norvich til ta’limi instituti) hamkorligida olib borilayotgan "Maktab chempionlari" loyihasi doirasidagi o‘quv treninglar boshlandi.
🔵Trening mashg‘ulotlari Buyuk Britaniyaning NILE instituti mutaxassisi Martyn Clarke tomonidan olib borilmoqda.
💬Unda 50 nafar maktab chempionlari va ularning maktab direktorlari hamda 14 nafar milliy konsultantlar ishtirok etmoqda.
✅Seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad maktablarni uzluksiz kasbiy rivojlanish makoniga aylantirish, maktab direktorlarining UKR borasidagi xabardorligini oshirish hamda maktab chempionlari orqali umumta'lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz kasbiy rivojlanish mohiyatini yetkazishdan iborat.
🔺O‘quv trening davomida milliy konsultantlar va maktab chempionlarining loyihadagi rollari va vazifalari yetkaziladi hamda seminar so‘ngida maktabning “Uzluksiz kasbiy rivojlanish harakat rejalari” ishlab chiqiladi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 42👍 7🔥 5
✅✅✅✅
👍“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilgan treningning yakunlash tadbiri tashkil etildi
💬 Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etib, mazkur tashabbusning ahamiyati, amalga osirilgan ishlar tahlili hamda istiqboldagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
U kasbiy rivojlanish jarayonining o‘qituvchilar malakasini oshirishda, zamonaviy ta’lim uslublarini keng joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
✅ Shuningdek, tadbir yakunida treninglarda qatnashgan 264 nafar master-trenerlarga sertifikatlar topshirildi.
🔵Tadbirda fidoyi pedagog va master-trenerlar “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandilar.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 36👍 25🔥 8🤩 3
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍 39❤ 22
✨✨✨✨
👍A.Avloniy nomidagi institut masʼuli Mohistara Muhammadyunusova O‘zbekistondan vakil sifatida Angliyaning Cambridge Universitetida o‘tkazilayotgan "Cambridge International Study Programme" dasturida ishtirok etmoqda.
💬Tadbir avvalida xalqaro ekspertlar Jane Mann, Sarah Hughes, Nancy Sneddon, Irenka Suto va Tom Benton kabi mutaxassislar bilan birgalikda baholashning kelajagi, o‘quv dasturlari, sun‘iy intellekt sharoitida adolatlilik hamda o‘quvchi profillari kabi dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.
💬8–12-sentyabr kunlari tashkil etilgan dasturning navbatdagi sessiyalarida baholashdagi innovatsiyalar, raqamli vositalar, iqlim ta‘limi va inklyuzivlik masalalari muhokama qilinadi.
✅"Cambridge International Study Programme" dasturi xalqaro tajriba almashish, ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish va O‘zbekistondagi ta‘lim sifatini yana-da oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 27👍 9🔥 4🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
🧾Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra:
➖ 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab — pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
✔️Ushbu stipendiya — pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan hamda akademik o‘zlashtirishda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etgan bilimli va iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
✔️Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi pedagogika yo‘nalishidagi har bir oliy ta’lim muassasasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga belgilangan talablar asosida tayinlanadi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 28👍 7🔥 4
✅✅✅✅
👍Master-trenerlar uchun treninglar davom etmoqda
✅“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilayotgan treningni ikkinchi kuni amaliy mashg‘ulotlar bilan davom etmoqda.
💬Ishtirokchilar darslarni yanada samarali rejalashtirish, o‘quvchilarning ta‘lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, ularning fikrlarini tinglab, faol o‘qitish kabi ko‘nikmalar doirasida tajriba almashmoqdalar.
💬Trening jarayonida xalqaro tajribaga asoslangan konstruktiv dars tahlili, baholash natijalariga tayangan holda ta‘lim jarayonini takomillashtirish va sun‘iy intellekt imkoniyatlarini ta‘limga tatbiq etish strategiyalari bo‘yicha bilim-ko‘nikmalar berilmoqda.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 30👍 11🔥 2
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Radjabov Sardor Baxtiyorovich — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sardor Radjabov 2008-2012-yillarda “Uzdunrobita” MCHJ, “Expert va marketing markazi” MCHJ, “Real consult servise” MCHJda turli vazifalarda, 2012-2015 -yillarda Toshkent shahar hokimligida yetakchi mutaxassis, 2015-2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida bosh ekspert, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2023-yillarda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari, 2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi Sardor Radjabovga ta’lim sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍 21❤ 15
