JizPI online | rasmiy kanal
الذهاب إلى القناة على Telegram
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

8 182
المشتركون
-1524 ساعات
-487 أيام
-3930 أيام
أرشيف المشاركات
“Milliy merosga oid kitoblarni o‘qish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakultetida “Milliy merosga oid kitoblarni o‘qish” mavzusida marafon bo‘lib o‘tdi. Marafonda fakultet tyutorlari T.Dungalov va A. Mamarohimovaga biriktirilgan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar o‘qigan kitoblari mazmuni, g‘oyaviy ahamiyati hamda milliy merosni anglashdagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. 📊 Ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizim asosida baholandi. 🏆 G‘oliblar: 🥇 I o‘rin — Narzullayev Dilshod, 101-24 TVM; 🥈 II o‘rin — Najimov Sherxon, 103-24 TVM; 🥉 III o‘rin — Ahmedova Dilafruz, 103-25 TVM. Mazkur marafon talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 5🔥 1👏 1
Jizzax politexnika institutida "Kelajak soatlari" rukini ostida ma’rifat darslari davom etmoqda.
Bugungi mashg‘ulot doirasida “Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 4-dekabrdagi 01-15-483-sonli nazorat rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, milliy g‘urur va tarixiy xotiraga hurmat ruhini shakllantirishga qaratildi. Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi harbiylar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi podpolkovnik Rahmonjon Ochilov, Jizzax viloyati Mudofaa ishlar boshqarma faxriylar kengashi raisi podpolkovnik Ravshanbek Jakbarov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbir avvalida yurtimizda vatanparvarlik tarbiyasiga qaratilayotgan islohotlar, yoshlarni har tomonlama yetuk, jasoratli va mas’uliyatli etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek mardlik, fidoyilik, Vatanga sadoqat kabi fazilatlar har bir yoshning hayotiy mezoniga aylanishi lozimligini ta’kidladilar. Tarixiy g‘alabalarimiz, buyuk ajdodlarimizning jasorati, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar misolida “g‘oliblik” tushunchasining mazmun-mohiyati keng yoritildi. Bugungi tinch va osoyishta hayot, mamlakat ravnaqi yo‘lida xizmat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani alohida qayd etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar Vatanga muhabbat, yurt kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etgan holda, bilim va salohiyatlarini mamlakat taraqqiyotiga safarbar etishga chaqirildilar. #kelajak_soati@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4🔥 2
Talabalar ligasi: Kurash boʻyicha bahslar davom etmoqda
Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi sport musobaqalari davom etmoqda. Liga doirasida bugun, 17-dekabr kuni kurash boʻyicha navbatdagi bahslar boʻlib oʻtdi. Musobaqa yakunlangach, yakuniy natijalar boʻyicha maʼlumot beriladi. #sport #Talabalar_ligasi #jarayon@jizpiuz | @jizpi_online
👍 1🔥 1
📚 ARM fondi yana bir yangi o‘quv qo‘llanma bilan boyidi
📚 Jizzax politexnika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Kulmatov Primkul Melikuziyevich tomonidan 1 nomda 6 nusxada “Falsafa” o‘quv qo‘llanmasi institut Axborot-resurs markaziga sovg‘a sifatida taqdim etildi 📚Mazkur o‘quv qo‘llanma taqdimoti talabalar va ARM xodimlari ishtirokida o‘tkazilib, shuningdek, uning elektron shakli ARM elektron bo‘limiga ham topshirildi. Qo‘llanma talaba-yoshlar tomonidan iliq kutib olinib, ta’lim jarayonida muhim manba sifatida e’tirof etildi. 📖 Ilmga qo‘shilgan har bir hissa — kelajakka qo‘yilgan mustahkam poydevor.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 7👎 3❤ 2🔥 1👏 1
Repost from Edu.uz
#dayjest #korrupsiya
Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda
🔵Samarqand davlat pedagogika institutida "Pora" - korrupsiya kushandasi" nomli spektakl namoyish etildi; 🔵Termiz davlat universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida tanlov bo‘lib o‘tdi; 🔵 Namangan davlat universitetida «Yangi O‘zbekiston – korrupsiyasiz kelajak!» mavzusida videoroliklar tanlovi bo‘lib o‘tdi; 🔵O‘zbekiston Milliy universitetida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi; 🔵Urganch davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi; 🔵O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi; 🔵Jizzax davlat pedagogika universitetida “Korrupsiya — taraqqiyot yo‘liga to‘siq” nomli ko‘rik-tanlov o‘tkazildi; 🔵Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi; 🔵Namangan davlat texnika universitetida “Korrupsiya — kelajakka tahdid” mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi; Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari o‘rtasida “Korrupsiya - kelajakka tahdid!” mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi; 🔵Andijon davlat pedagogika institutida “Korrupsiya — xavfsizlikka tahdid” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi; O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialida “Korrupsiya – kelajak kushandasi” mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi; 🔵O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusidagi tanlov o‘tkazildi; 🔵Guliston davlat universitetida "Biz korrupsiyaga qarshimiz" heshtegi ostida chorlov o'tkazildi; 🔵Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida chellenj o‘tkazildi; 🔵Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi eng yaxshi rasmlar tanlovi o‘tkazildi; 🔵Qarshi davlat texnika universitetida "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi; 🔵Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi; 🔵Qo‘qon davlat universitetida “Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton” mavzusiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi; 🔵Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida "Korrupsiya – jamiyat rivojiga to‘siq" davra suhbati oʻtkazildi; 🔵Buxoro davlat texnika universitetida stop korrupsiya chellenji oʻtkazildi; 🔵Qarshi davlat universitetida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi; 🔵Buxoro davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston yoshlari korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi; 🔵Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi; 🔵Jizzax politexnika institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_2342.MP447.63 MB
IMG_2341.MP428.26 MB
IMG_2344.MP423.53 MB
IMG_2340.MP434.11 MB
👍 2❤ 1🔥 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli fuqarolar!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Oliy ta’lim tizimida inklyuziv muhit: nogironligi bor shaxslar uchun imkoniyatlar va mavjud to‘siqlar” mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkaziladi.
Mazkur jamoatchilik eshituvidan ko‘zlangan asosiy maqsad – oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi mavjud holatni tahlil qilish, nogironligi bor shaxslar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan jamoatchilik fikrini tinglash, shuningdek, soha mutaxassislari, manfaatdor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillarining taklif va tavsiyalarini inobatga olishdan iborat.
Eshituv yakunlari bo‘yicha bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar inklyuziv ta’lim siyosatini takomillashtirish hamda amaliy chora-tadbirlarni belgilashda foydalaniladi.
📌 Sana: 22.12.2025
⏰ Vaqt: 11:00
📍 Manzil: Universitet ko‘chasi 7-uy
☎️ Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (55) 520-08-08 (110)
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥 2❤ 1🤝 1
00:53
Video unavailableShow in Telegram
Oksford universiteti professori Mari Sako Jizzax politexnika institutida bo‘ldi
@jizpiuz | @jizpi_online
lv_0_20251216171719 (5).mp415.35 MB
👍 12🔥 5❤ 3👎 2
💠 Xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi tashrif
🏬 Oksford universiteti professori Mari Sako Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon institutimizning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 🔍 Professor Mari Sako zamonaviy laboratoriyalar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, barqaror rivojlanish, muqobil energiya va muhandislik ta’limi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. 🤝 Ushbu tashrif xalqaro tajriba almashish, ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. #XalqaroHamkorlik #OxfordUniversity #Avtomobilsozlik #MuqobilEnergiya #IlmFan #BarqarorRivojlanish➖➖➖ 💠 Визит в рамках международного сотрудничества
🏬 Профессор Оксфордского университета Мари Сако посетила Джизакский политехнический институт. В ходе визита гостья подробно ознакомилась с деятельностью Школы автомобильной инженерии и Научно-практического центра по исследованию альтернативных источников энергии. 🔍 Профессор Мари Сако ознакомилась с современными лабораториями, проводимыми научно-исследовательскими работами, инновационными проектами, а также с практическими условиями, созданными для студентов, и высоко оценила деятельность института в сферах устойчивого развития, альтернативной энергетики и инженерного образования. 🤝 Данный визит имеет важное значение для развития международного обмена опытом, укрепления научно-академического сотрудничества и реализации перспективных совместных проектов. #XalqaroHamkorlik #OxfordUniversity #Avtomobilsozlik #MuqobilEnergiya #IlmFan #BarqarorRivojlanish➖➖➖ 💠 Visit within the framework of international cooperation
🏬 Professor Mari Sako of the University of Oxford visited Jizzakh Polytechnic Institute. During the visit, the guest closely familiarized herself with the activities of the School of Automotive Engineering and the Scientific and Practical Center for Alternative Energy Research. 🔍 Professor Mari Sako explored modern laboratories, ongoing research activities, innovative projects, and the practical learning environment provided for students, and highly appreciated the Institute’s work in the fields of sustainable development, alternative energy, and engineering education. 🤝 This visit represents an important step toward strengthening international experience exchange, enhancing academic and scientific cooperation, and developing promising joint projects. #XalqaroHamkorlik #OxfordUniversity #Avtomobilsozlik #MuqobilEnergiya #IlmFan #BarqarorRivojlanish@jizpiuz | @jizpi_online
👍 7❤ 4🔥 2
Jizzax politexnika institutida Turon Fanlar Akademiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilish davomida faol ishlayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilar akademiya a’zoligiga tavsiya etildi. Shuningdek, yakunlanayotgan choraklik sarhisob qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 7❤ 3⚡ 1👎 1🔥 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 17-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
XOJIYEVA GO‘ZAL O‘KTAM QIZI (Qishloq xo'jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 6❤ 1👍 1
📚 Kitob o‘qish marafoni doirasida uchrashuv tashkil etildi
Jizzax politexnika instituti Kibersport fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15–21-dekabr kunlari uchun belgilangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, “Kitob o‘qish marafoni” doirasida milliy merosga oid kitoblarni o‘qish va muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, mustaqil va erkin fikrlaydigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Kitob o‘qish marafoni” loyihasi doirasida o‘tkaziladigan tanlov haqida ma’lumotlar berilib, talabalarga amaliy tavsiyalar taqdim etildi va savol-javoblar o‘tkazildi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 6👍 3
#Yil_sarhisobi
Xotin-qizlarga oid milliy tanlovlarning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
Bugun Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan "Yil ayoli", "Gender tenglik faoli", "Eng namunali mahalla xotin-qizlar faollari" tanlovlarining taqdirlash marosimi hamda madaniy tadbir tashkil etildi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasiga munosib hissa qo'shib, xotin-qizlarni daromad topishiga ko'maklashayotgan 13 nafar otryad rahbarlari hamda pillachilikni rivojlantirishda eng samarali mehnat qilgan 13 nafar pillakorlar ham e'tirof etildi. Jami 54 nafar faol, tashabbuskor va fidoiy xotin-qizlar taqdirlanishdi.Mazkur tadbirda Jizzax politexnika institutining ham bir qator ayol professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari ham taqdirlandilar. Barcha taqdirlanganlarni samimiy tabriklaymiz, kelgusidagi faoliyatlarida ham ulkan yutuqlar va yangi zafarlarga erishishlarini tilaymiz. @jizpiuz | @jizpi_online
❤ 3👍 2🔥 2
Ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi
Jizzax politexnika instituti Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti v.b F.A.Ergasheva tomonidan Xorijiy OTMlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimi 1-bosqich MM-1-25 Mexanika muhandisligi JizPI & SZUT guruhida "Megacities. Prepositions. Directions" mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Darsda Xitoyning Sujou universiteti oʻqituvchilari Cong Jinliang, Hou Hai Nong hamda Jizzax politexnika instituti professor-oʻqituvchilari X.Mustafaqulova, N.Sharipova va A.Ortiqovlar ishtirok etishdi. Ochiq dars mashgʻuloti qiziqarli tarzda oʻtkazildi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 8👍 5🔥 3
Transport fakulteti talaba-yoshlari favqulodda vaziyatlar bo‘yicha profilaktik tadbirda ishtirok etdi
Jizzax politexnika instituti Transport fakulteti talaba-yoshlarining Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashrifi tashkil etildi. Tashrif doirasida “Yong‘inlar, is gazidan zararlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida profilaktik-targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari Sharifjon Aliboyev va Shohjahon Razzoqovlar ishtirok etib, is gazining xavfi, zaharlanish alomatlari, yong‘in va portlashlarning kelib chiqish sabablari hamda ularning oldini olish choralari yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar. Shuningdek, kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, gaz va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Uchrashuv yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Mazkur tadbir yoshlar orasida xavfsizlik madaniyatini oshirish va favqulodda vaziyatlarga nisbatan hushyorlikni kuchaytirishga xizmat qildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4🔥 3❤ 1
“Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” shiori ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakultetida “Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” shiori ostida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Xaydarova Feruza, Abduvaxobova Dildora hamda Ziyayeva Maxbuba so‘zga chiqib, jadidlarning ilmiy-ma’naviy merosi, istiqlol qadriyatlarini anglash va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdagi beqiyos o‘rni, shuningdek, jadidlar g‘oyalarining bugungi davlatchilik taraqqiyotidagi ahamiyatini ta’kidladilar. Shundan so‘ng talabalar jadidlarimizning durdona asarlari va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan insholarini taqdim etdilar. Tadbir yakunida jadidlar merosining kelajak avlod tarbiyasidagi o‘rni yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar bildirildi. Tanlov g‘oliblari: 🥇 1-o‘rin — Shukurov Sardorbek G‘ulom o‘g‘li (201-25 QM); 🥈 2-o‘rin — Buriboyev Shoxruzi Suxrob o‘g‘li (201-25 QM); 🥉 3-o‘rin — To‘g‘onova Maftuna Jamolitdin qizi (201-25 QM).@jizpiuz | @jizpi_online
👍 8❤ 1🔥 1🏆 1
Talabalar ligasi: Kurash boʻyicha bahslar davom etmoqda
Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi sport musobaqalari davom etmoqda. Liga doirasida bugun, 16-dekabr kuni kurash boʻyicha navbatdagi bahslar boʻlib oʻtdi. Musobaqa yakunlangach, yakuniy natijalar boʻyicha maʼlumot beriladi. #sport #Talabalar_ligasi #jarayon@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3🔥 2❤ 1
07:31
Video unavailableShow in Telegram
Axborot-resurs markazi yana bir kitob bilan boyidi
Jizzax politexnika instituti «Fizika» kafedrasi professori Ro‘ziboyev Safarboy tomonidan 1 nomda 5 nusxada “Nomlari muhrlangan Saroyliklar” kitobi Axborot-resurs markaziga sovg‘a qilindi hamda talabalar va xodimlar ishtirokida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimot davomida muallif o‘z umr yo‘li va mehnat faoliyati haqida so‘z yuritib, ishtirokchilar bilan fikr va taklif-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, muallif tomonidan shu vaqtga qadar fizika faniga oid 8 nomdagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar ham ARM fondiga taqdim etilgani ta’kidlandi.@jizpiuz | @jizpi_online
64.51 MB
👍 10❤ 6🔥 4👏 2
📚 Energetika muhandisligi fakultetida insholar tanlovi o‘tkazildi
Jizzax politexnika institutining “Energetika muhandisligi” fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Jadidlar, milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda fakultet rahbariyati, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi vakillari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’rifatparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi. Tanlov natijalari: 🥇 I o‘rin — 421-25 M va S guruhi talabasi Muxammatova Sayyora; 🥈 II o‘rin — 403-25 EnM guruhi talabasi Ravshanov Sarvar; 🥉 III o‘rin — 441-23 E guruhi talabasi Abdukarimov Islom. Mazkur tanlov jadidlar merosini chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlar va istiqlol g‘oyalarini yoshlar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etdi.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 3❤ 2👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ “Eng yaxshi tyutor” tanlovi o‘tkaziladi
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrugʻiga asosan 2025-yil 19-dekabr kuni Jizzax politexnika instituti tyutorlari oʻrtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovining institut bosqichi o‘tkaziladi. ✅Tanlov quyidagi uch nominatsiyada o‘tkaziladi: ➡️ a) “Eng faol targ‘ibotchi tyutor” – ushbu nominatsiyada tyutorning oliy ta’lim tashkilotida talaba-yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, yuqori ma’naviyat va madaniyat, zamonaviy bilim va kasb-hunarni puxta egallashga intilishni shakllantirish borasidagi targ‘ibotchilik faoliyati hamda bu yo‘nalishda erishgan natijalari kompleks tarzda baholanadi. Baholash jarayonida tyutorning tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishi, targ‘ibot faoliyatidagi namunaviy ishlari, tashabbuskorligi, tashkilotchilik qobiliyati, shuningdek uning tashabbusi bilan amalga oshirilgan tadbirlarning mazmun-mohiyati va erishilgan yutuqlari inobatga olinadi. ➡️ b) “Eng faol kitobxon tyutor” – ushbu nominatsiyada Ishchi komissiya tomonidan vazifa sifatida berilgan asarlar bo‘yicha tyutorning kitobxonlik madaniyati va savodxonligi, mutolaa bo‘yicha shakllangan ko‘nikmalari, o‘zbek adabiyoti hamda jadidchilik harakati namoyandalari haqidagi bilim va mulohazalari savol-javob va test orqali baholanadi. ➡️ c) “Eng faol tashabbuskor tyutor” – bu nominatsiyada tyutorning ishga bo‘lgan mas’uliyati, tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari, tyutorning shaxsiy tashabbusi bilan ilgari surilgan takliflarning amaliyotga tatbiq etilganligi, hamkasblaridan ajralib turuvchi o‘ziga xos jihatlari va boshqa muhim ko‘rsatkichlar ham baholanadi. Murojaat uchun: ➡️ Fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari; ➡️ Institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova. 📘 Tanlov haqida to‘liqroq ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga kiring va nizom bilan tanishing: https://t.me/jizpionline/231900@jizpiuz | @jizpi_online
👍 5🔥 3❤ 1✍ 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🔊 DIQQAT TANLOV!!!
Bakalavriat yoki magistraturani tamomlayapsizmi? Bitiruv malakaviy ishingiz yoki dissertatsiyangiz ijtimoiy himoya mavzusidami? Tadqiqotingiz amaliyotda qo‘llanib, eʼtirof etilishi va munosib taqdirlanishini istaysizmi? Unda bu tanlov siz uchun!
Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarida bakalvriat va magistratura bosqichlarining 2025–2026-o‘quv yili bitruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich ➖ taqdim etilgan bitiruv malakaviy ishlar (BMI) va dissertatsiyalar orasidan tanlov mezonlari asosida taqdimot uchun 10 tadan ishni tanlab olinadi hamda taqdimot qilinishi uchun keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
2-bosqich ➖ tavsiya qilingan ishtirokchilar taqdimot qiladi. Ularning taqdimotlari tanlov mezonlariga ko‘ra baholanadi. Ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha bakalavr va magistrlar orasidan 3 nafardan g‘olib aniqlanadi.
Tadqiqot ishi ijtimoiy himoya doirasida bo‘lishi va quyidagi👉 mavzularni qamrab olishi zarur.
Quyidagi hujjatlar 1-iyulgacha info@socialpolicylab.uz elektron manziliga yuborilishi lozim:
1. Talabalik guvohnomasi yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
2. Toʻliq tadqiqot (BMI, dissertatsiya) qoʻlyozmasi;
3. Tadqiqot (BMI, dissertatsiya) annotatsiyasi.
🧮 Gʻoliblar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
🎖 Batafsil maʼlumot 👉 bu yerda
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥 3❤ 1👍 1
