ar
Feedback
JizPI online | rasmiy kanal

JizPI online | rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uztelegram.me/jizpi_onlineinstagram.com/jizpiuzfacebook.com/jizpiuztwitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
8 181
المشتركون
-1524 ساعات
-487 أيام
-3930 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from Edu.uz
Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumi Ayni paytda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha rektorlar forumi” o‘z ishini olib bormoqda. Ushbu nufuzli anjumanda respublika bo‘yicha 200 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, sohaning yetakchi mutaxassislari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Hilola Umarova va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.
– Bugun dunyoning ilg‘or universitetlari taʼlim samaradorligini oshirish, talabalarning o‘quv faoliyatini tahlil qilish, dars jarayonini individuallashtirish, akademik halollikni taʼminlash kabi vazifalarda sunʼiy intellektdan amaliy yordamchi sifatida foydalanmoqda
, – dedi H. Umarova. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov fikriga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston oliy taʼlim tizimi uchun eng ustuvor vazifalardan biri – universitetlarni sunʼiy intellekt sohasida bilim, tajriba va ilmiy izlanishlar markaziga aylantirishdir. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/110553 #live #forum #sunʼiy_intellekt
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
إظهار الكل...
🔥 4👍 2
🇺🇿🇲🇾 Jizzax politexnika institti talabalari INTI International University sahnasida
QS reytingida 509-o‘rinni egallagan INTI universitetida Jizzax politexnika instituti talabalari uchun Student Mobility Programme doirasida sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Sertifikat olgan talabalar:Bakalavr 2-kurs 👨‍🎓 Ismatullaev Asilbek; 👨‍🎓 Valijonov Asliddin.Magistr 2-kurs 👨‍🎓 Abduxolikov Shaxzodjon; 👨‍🎓 Atabekovich Lazizbek. 🌍 Dastur talabalarga xalqaro tajriba, yangi bilimlar va global muhitda amaliyot o‘tash imkonini berdi.
#JizPI #INTI #Mobility #Success ➖➖➖➖➖ 🇺🇿🇲🇾 Студенты Джизакского политехнического института на сцене Международного университета ИНТИ
университете INTI (QS Ranking: 509) состоялась церемония вручения сертификатов студентам Джизакского политехнического института по программе академической мобильности. Награждённые студенты: Бакалавр 2 курс 👨‍🎓 Исматуллаев Асилбек 👨‍🎓 Валижонов АслиддинМагистратура 2 курс 👨‍🎓 Абдухоликов Шахзоджон 👨‍🎓 Атабекович Лазизбек 🌍 Программа дала студентам ценный международный опыт, новые знания и уверенность в глобальной среде.
#ДжизПИ #INTI #Мобильность #Успех ➖➖➖➖➖ 🇺🇿🇲🇾 Students of Jizzakh Polytechnic Institute on the stage of INTI International University
INTI University (QS Ranking: 509) held a certificate awarding ceremony for Jizzakh Polytechnic Institute students participating in the Student Mobility Programme. Awarded Students: 2nd-year Bachelor 👨‍🎓 Ismatullaev Asilbek; 👨‍🎓 Valijonov Asliddin. ➖ 2nd-year Master’s 👨‍🎓 Abdukholikov Shakhzodjon; 👨‍🎓 Atabekovich Lazizbek. 🌍 The programme provided international experience, new skills and exposure to a global academic environment.
#JizPI #INTI #Mobility #Achievement @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 7🔥 5 2🏆 2
ARMga yangi o‘quv qo‘llanmalar taqdim etildi
Jizzax politexnika instituti “Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi professori v.b. B.I. Matniyazov tomonidan institut Axborot-resurs markaziga yangi o‘quv qo‘llanmalar sovg‘a qilindi. “Mineral bog‘lovchilarni ishlab chiqarish korxonasini loyihalash” nomli o‘quv qo‘llanma 10 nusxada, shuningdek Matniyazov B.I., Botirov B.F. va Botirova N.Sh. muallifligidagi “Проектирование предприятий по производству строительной kеramiki” nomli o‘quv qo‘llanma 10 nusxada ARM fondiga topshirildi. Mazkur qo‘llanmalar yuzasidan talabalar va xodimlar ishtirokida taqdimot o‘tkazilib, ularning elektron shakli ARM elektron bazasiga joylashtirildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 10🔥 5👏 1
🎭 QVZ — quvnoqlik, zukkolik va ijobiy kayfiyat maydoni (2-qism)
Jizzax politexnika institutining Madaniyat saroyida talaba-yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘lgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi “Quvnoqlar va zukkolar” assotsiatsiyasining 2025-yil 8-avgustdagi 24-sonli xati hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi 4/61-24-2068-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Tanlovda institutning barcha fakultetlaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etib, sahnada o‘zlarining ijodkorligi, topqirligi, sahna madaniyati va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Tadbir yoshlar o‘rtasida ijobiy raqobat muhitini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kulgi orqali muhim ijtimoiy mavzularni yoritishga xizmat qildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, bo‘lim xodimlari, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda ko‘plab talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Hakamlar hay’ati tarkibida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi vakili Sh.Soatmurodov, Jizzax politexnika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi E.Shavqiyev hamda “Talabalar teatr studiyasi” rahbari A.Hamraqulov ishtirok etib, jamoalarning chiqishlarini xolisona baholab bordilar. Tanlov “Yangi O‘zbekiston talabalari” tanishuv sharti, biatlon hamda “Bizda kamchilik yo‘q” musiqiy shartlari asosida bo‘lib o‘tdi. Har bir shart jamoalarning ijodiy yondashuvi, hozirjavobligi va sahnadagi erkinligini ochib berib, tomoshabinlarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 🏆 Ko‘rik-tanlovning yakuniy natijasiga ko‘ra: 🥇 I o‘rin — Kibersport fakultetining “Kiber yulduzlari” jamoasi; 🥈 II o‘rin — Transport muhandisligi fakultetining “Quvnoq jo‘jalar” jamoasi; 🥉 III o‘rin — Qurilish muhandisligi fakultetining “Diplomat” jamoasi. Ushbu ko‘rik-tanlov talaba-yoshlarning sahna madaniyatini rivojlantirish, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda institutda quvnoq va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz, g‘olib jamoalarni esa chin dildan tabriklaymiz.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
5👍 4🔥 4👎 1
🎭 QVZ — quvnoqlik, zukkolik va ijobiy kayfiyat maydoni (1-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
7👍 3🔥 3
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 13-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: Bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar yo‘q 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
19.61 MB
6🎉 5👍 3😁 1🤝 1
02:16
Video unavailableShow in Telegram
Giyohvandlik – kelajakka tahdid Nima qilmoq kerak? Qanday qilib bu tahdidlarga qarshi turishimiz mumkin? @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
IT++.mp412.11 MB
🔥 5 2
“Termiziylar — avlodimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Kibersport fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9–13-dekabr kunlariga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi doirasida “Termiziylar — avlodimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi B. Rashidova, Kibersport fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S. Omonov, guruh tyutori B. Turobov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan B. Rashidova Imom Termiziyning yoshlik yillari, ilmga bo‘lgan cheksiz qiziqishi, kuchli xotirasi va noyob qobiliyati haqida so‘z yuritib, uning diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini chuqur o‘rgangani hamda ilm izlab ko‘plab sharq mamlakatlariga safar qilganini ta’kidladi. Shuningdek, Imom Termiziy asarlarining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, rostgo‘ylik, halollik, bag‘rikenglik va kamtarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni alohida qayd etildi. Uchrashuv davomida talabalar Imom Termiziy merosining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr almashib, mavzu yuzasidan savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 3 1🔥 1
Kitobxonlik — ma’naviyat va milliy merosga eltuvchi yo‘l
Jizzax politexnika institutining “Sanoat texnologiyalari” fakultetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 4-tashabbusi doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Kitob o‘qish marafoni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar milliy merosga oid kitoblarni mutolaa qilib, ular yuzasidan fikr almashdilar hamda mazmunli muhokamalar olib borildi. Ushbu marafon yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, keyingi mutolaa uchun Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini o‘qish tavsiya etildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
🔥 5
Transport muhandisligi fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
Transport muhandisligi fakulteti tyutori Mamarohimova Azizaga biriktirilgan guruh talaba-yoshlari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbirni tyutor Mamarohimova Aziza ochib berib, yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan islohotlar, institutda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli ko‘rik-tanlovlar hamda kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Intellektual o‘yinda “Renesans”, “Alpomish”, “Everest”, “Yoshlar”, “Zukkolar”, “Liderlar” va “Bilimdonlar” jamoalari o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Qiziqarli va murosasiz bahslar yakunida I-o‘rin “Everest” jamoasiga, II-o‘rin “Renesans” jamoasiga, III-o‘rin esa “Alpomish” jamoasiga nasib etdi. Mazkur tadbir talaba-yoshlarning bilim saviyasini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
2🔥 2👎 1
“Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Uchinchi sonli talabalar turar joyida Transport muhandisligi fakulteti tyutorlari tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirni fakultet tyutori T. Dungalov ochib berib, ommaviy madaniyat tushunchasi, uning yoshlar ongiga ta’siri hamda undan kelib chiqadigan salbiy holatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shundan so‘ng fakultet tyutori A. Mamarohimova so‘zga chiqib, o‘zbek milliy urf-odatlari va qadriyatlarining ahamiyati, ularni asrab-avaylash va yoshlar hayotida mustahkamlash zarurligi haqida fikrlarini bildirdi. Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ullar tomonidan berilgan javoblar asosida muhim xulosalar chiqardilar. Tadbir qizg‘in muhokamalar, samimiy muloqot va foydali fikrlar bilan boy bo‘ldi
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
🔥 4 2👎 1
Jizzax politexnika instituti “Qurilish muhandisligi” fakultetida “Termiziylar avlodimiz” shiori ostida insholar tanlovi o'tkazildi.
Tadbirda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Abduvaxobova Dildora, Xaydarova Feruza hamda Ziyayeva Maxbuba so‘zga chiqib, Termiziy allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib etish yoshlar ongida bag‘rikenglik, tinchliksevarlik va birodarlik g‘oyalarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Shundan so‘ng talabalar Termiziy allomalarning durdona asarlari va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan insholarini taqdim etdilar. Tadbir yakunida yoshlar yurtimiz boy tarixi va allomalarimizdan bizgacha yetib kelgan bebaho ma’naviy merosning kelajak avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. 🏆 Tanlov g‘oliblari: 🥇 1-o‘rin — Rahmatullayeva Gulsevar Sherzod qizi (221-25 YM) 🥈 2-o‘rin — Xakimov Yunusbek Umrqul o‘g‘li (222-25 YM) 🥉 3-o‘rin — Berdiqulov Rustam Olim o‘g‘li (221-25 YM)
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 5🔥 3
#milliylik 🇺🇿 Bugun JizPIda milliy liboslar kuni ⭐️ Jizzax politexnika institutida har haftada bir kun milliy liboslar kuni sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu kunda institut xotin-qizlarining milliy kiyimda bo‘lishi go‘zal an’anaga aylanib bormoqda.
🇺🇿 Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi hisoblanadi. Milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga husn, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Qolaversa, bu liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
6.61 MB
6🔥 5👍 4😁 3
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 12-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: UMIROV ILHOMJON ISKANDAR O‘G‘LI (Transport vositalari muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi) 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
19.61 MB
🎉 11 3👍 1
Jizzax politexnika institutida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi (2-qism) 📹 Batafsil videolavhada @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
19.49 MB
👍 5 3🔥 2👏 2
Jizzax politexnika institutida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi (1-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 4🔥 2 1
#sport ⚽️Talabalarimizdan navbatdagi g‘alaba 💬 Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlari ishtirokidagi Birinchi liga doirasidagi navbatdagi uchrashuv yuqori sur’atlarda o‘tdi. Maydondagi ustunlik va jamoaviy o‘yin natijasida POLITEXNIK jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi.
POLITEXNIK 7–1 YOSHLAR T.J.
👦Mavsumni ishonchli tarzda davom ettirayotgan jamoamiz navbatdagi uchrashuvda ham o‘z ustunligini namoyish etdi. @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
🔥 6👍 4👏 1
#sport #Rektor_kubogi Rektor kubogi: Kurash sport musobaqasi natijalari ma'lum bo'ldi Jizzax politexnika instituti Jismoniy tarbiya kafedrasi hamda “JizPI” sport klubi hamkorligida 8-dekabr – Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Rektor kubogi” sport musobaqalarining kurash turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi. Musobaqa yuqori ruh, murosasiz bahslar va jismoniy tayyorgarlik namoyishi bilan davom etdi.
60 kg yigitlar: 1-o‘rin – Mirzayev J. (722-24, Qurilish muhandisligi); 2-o‘rin – Bo‘riboyev Sh. (201-25, Qurilish muhandisligi); 3-o‘rin – Rahmanberdiyev S. (102-23, Transport muhandisligi). 66 kg yigitlar: 1-o‘rin – Bahodirov S. (131-24, Transport muhandisligi); 2-o‘rin – Qamarov H. (Sanoat texnologiyalari); 3-o‘rin – Davirov M. (Transport muhandisligi); 3-o‘rin – Karimov S. (131-24, Transport muhandisligi). 73 kg yigitlar: 1-o‘rin – Safarov R. (551-24, Kibersport); 2-o‘rin – Ashurov A. (501-23, Transport muhandisligi); 3-o‘rin – Sohibov S. (111-23, Qurilish muhandisligi); 3-o‘rin – Abduraimov S. (301-23, Sanoat texnologiyalari). 81 kg yigitlar: 1-o‘rin – Tohirov S. (Kibersport); 2-o‘rin – Serjantov O. (131-25, Transport muhandisligi); 3-o‘rin – Iskandarov U. (551-24, Kibersport). 90 kg yigitlar: 1-o‘rin – Usmonov N. (551-25, Kibersport); 2-o‘rin – Akirabov K. (722-24, Qurilish muhandisligi). 48 kg qizlar: 1-o‘rin – Inamqulova L. (121-25, Transport muhandisligi). 52 kg qizlar: 1-o‘rin – Yo‘ldoshova R. (332-25, Sanoat texnologiyalari). 57 kg qizlar: 1-o‘rin – Muhammadiyeva S. (341-25, Sanoat texnologiyalari); 2-o‘rin – Abdulllayeva R. (551-25, Kibersport). 63 kg qizlar: 1-o‘rin – Abdumutalibova X. (701-25, Transport muhandisligi); 2-o‘rin – Tormosheva S. (103-25, Transport muhandisligi). +63 kg qizlar: 1-o‘rin – Normurodova K. (103-25, Transport muhandisligi); 2-o‘rin – Xasanova M. (101-25, Transport muhandisligi). 3-o‘rin – Abdurozzoqova M. (421-25, Elektr energetika muhandisligi).
Rektor kubogi doirasidagi sport bellashuvlari davom etmoqda. @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
4🔥 3👍 1
#sport #Talabalar_ligasi 🏓 Jizzax politexnika institutida badminton musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 4🔥 3 1
Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmonining 1-ilovasi 29.3-bandida mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish vazifasi belgilangan. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-dekabr kuni Jizzax politexnika institutiga biriktirilgan Sharof Rashidov tumanidagi “Toqchilik” mahallasida mahalla faollari ishtirokida uyushmagan yoshlar o‘rtasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida giyohvandlikning inson hayoti, salomatligi, oilaviy munosabatlar va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan jiddiy zararli oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga mazkur illatning oldini olish, yoshlar ongida ogohlik va mas’uliyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash borasida olib borilayotgan davlat siyosati, milliy strategiyalar, zamonaviy texnologiyalar yordamida narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham fikr yuritildi. Yoshlar giyohvand moddalarni internet orqali tarqatish xavfi va yoshlarni jalb etish usullari borasidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Sog‘lom fikr – sog‘lom hayot!” tamoyili asosida yashash, giyohvandlikka qarshi kurashda faol bo‘lish, atrofdagilar orasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish tavsiya etildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
🔥 4👍 2 1