ar
Feedback
JizPI online | rasmiy kanal

JizPI online | rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uztelegram.me/jizpi_onlineinstagram.com/jizpiuzfacebook.com/jizpiuztwitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
8 179
المشتركون
-324 ساعات
-437 أيام
-4330 أيام
أرشيف المشاركات
Transport muhandisligi fakultetida is gazi va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Transport muhandisligi fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Yong‘inlar, is gazidan zararlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish hamda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida muhim profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari Sharifjon Aliboyev va Shohjahon Razzoqovlar ishtirok etdi. Uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Xolbekova ochib, talabalarga soha mutaxassislarini tanishtirdi. Tadbir davomida Sh. Aliboyev is gazi — uglerod oksidining xavfi, uning rangsiz va hidsiz bo‘lgani sababli inson sezmagan holda zaharlanish yuz berishi, shuningdek, shamollatish yaxshi bo‘lmagan xonalar, pechka bilan isitiladigan uylar, hammomlar, garajlar va gaz uskunalari noto‘g‘ri ishlatiladigan joylarda xavf yuqori bo‘lishi haqida atroflicha tushuntirish berdi. Is gazi qonga ta’sir etib, gemoglobinning kislorod tashish qobiliyatini pasaytirishi, natijada organizmda gipoksiya yuzaga kelishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, is gazidan zaharlanish alomatlari — bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘krak qafasida og‘riq, uyquchanlik kabi belgilar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
🔥 3
Talaba-yoshlar ishtirokida Zafarobod tumanidagi jazoni ijro etish manzil-koloniyasiga tashrif tashkil etildi (2-qism)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-sonli Farmoni ijrosi doirasida, bugun 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazining 30-sonli manzil-koloniyasiga Jizzax politexnika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova boshchiligida institut talaba-yoshlari tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — giyohvandlik va narkojinoyatchilikning og‘ir oqibatlarini yoshlar ongiga chuqur singdirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda talaba-yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Tashrif jarayonida talaba-yoshlarmanzil-koloniyasida mahkumlarni jamiyatga qayta moslashtirishga qaratilgan reabilitatsiya hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mahkumlar jinoyat yo‘liga kirib qolish sabablari, giyohvandlikning inson hayotini izdan chiqaruvchi vayronkor ta’siri, pushaymon va og‘ir oqibatlar haqida real hayotiy misollar keltirib o'tildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar, mutasaddi tashkilotlar hamkorligi, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning mas’uliyati haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. S. Eshbekova ushbu tashrifning nafaqat amaliy, balki tarbiyaviy ahamiyati ham nihoyatda yuqori ekanini ta’kidlab, talaba-yoshlarni hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, sog‘lom fikr va mustahkam iroda bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👏 4🔥 3 2👍 1
Talaba-yoshlar ishtirokida Zafarobod tumanidagi jazoni ijro etish manzil-koloniyasiga tashrif tashkil etildi (1-qism) @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 3 2🔥 1👏 1
“Toza qo‘llar — sog‘lom hayot kafolati” shiori ostida tadbir o‘tkazildi
Institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida “Toza qo‘llar — sog‘lom hayot kafolati” shiori ostida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, ayniqsa qo‘llarni muntazam va to‘g‘ri yuvish orqali ko‘plab yuqumli kasalliklarning oldini olish mumkinligi haqida batafsil tushunchalar berildi. Mutaxassislar tomonidan qo‘llar orqali inson tanasiga turli bakteriya va viruslar kirishi, bu esa ichak infeksiyalari, gripp, O‘RVI va boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi. Qo‘llarni sovunlab, kamida 20 soniya davomida yuvish infeksiya tarqalishining oldini olishda eng samarali usullardan biri ekani alohida qayd etildi. Shuningdek, qo‘llarni toza tutish nafaqat shaxsiy salomatlikni, balki atrofdagilarning, jamiyatning sog‘lig‘ini asrashga ham xizmat qilishi tushuntirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 3 1🔥 1
Repost from TgId: 1834426106
Photo unavailableShow in Telegram
❗️❗️❗️❗️❗️ “JAMOAVIY MADHIYA AYTISH” videoroliklar tanlovi! 🔉10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyati bo‘limi tomonidan “JAMOAVIY MADHIYA AYTISH” videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi! 🔗Tanlov sharti: Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jamoaviy tarzda, sifatli video ko‘rinishda ijro etib, videorolik shaklida taqdim etadilar. 🗃Talablar: ◀️Videorolik jamoaviy ijroda bo‘lishi shart ◀️Davlat madhiyasi to‘liq va aniq aytilgan bo‘lishi ◀️Video sifati yaxshi, tasvir va ovoz aniq bo‘lishi ◀️Rolikning davomiyligi: 1 daqiqadan 3 daqiqagacha Videoroliklar qabul qilish muddati: 19.12.2025 19:19 🌐 Videoroliklarni ushbu manzilga yuboring: @RMMM_Jizzax 🎁Tanlov g‘oliblari: 🥇1-o'rin Televizor; 🥈2-o'rin Mini pech; 🥉3-o'rin Termopod bilan taqdirlanadi! #tanlovmadhiya ✈️Telegram 📎Facebook  🟣Instagram
إظهار الكل...
👍 3🔥 3🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, uning tuzilmaviy tashkilotlari va quyi tuzilmalarida genderga oid audit yuzasidan tashkil etilgan so‘rovnoma 👉 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdiAr0hHeu1NNuNRRbxnM_q1HZAAMbOl-zH4gX_8jYz1qnXLA/viewform?usp=header Hurmatli talabalar, so‘rovnomada faol qatnashib, oʻz fikringizni bildiring. @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
🤝 2 1👍 1🔥 1
#chellenj Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan chellenj doirasida tyutorlar hamda talaba-yoshlar tomonidan videoroliklar tayyorlandi.
Videoroliklar: 🔹Bobomurod Inatov; 🔹Umida Usarova; 🔹Umida Xolmurodova; 🔹Dildora Jovliyeva; 🔹Aziza Mamarahimova; 🔹Bosimbek Turobov hamda talabalari tomonidan tayyorlandi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
30.67 MB
10.48 MB
16.63 MB
8.43 MB
15.26 MB
4.41 MB
👏 3 2👍 2🔥 1
01:21
Video unavailableShow in Telegram
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! 🎂 Bugun, 10-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar: ACHILOV JUMABOY TOJIBOYEVICH (Texnik foydalanish va xo'jalik bo'limi xodimi) XUDAYBERDIYEV ZOKIR BOZORBOYEVICH (Umumtexnika fanlari kafedrasi oʻqituvchisi) MUZAFFAROV ABDUSAID ULUG‘BEK O‘G‘LI (O'quv-uslubiy boshqarma xodimi) 💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz! @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
19.61 MB
🎉 5 2👍 1
Giyohvandlikka qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi N.Abduraxmonov, bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda boshqa xodimlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Prezidentimizning 2025-yil 8-noyabr sanasidagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207 farmoni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Farmonda belgilangan vazifalar va ularning ijrosini institut miqyosida sifatli ta’minlash choralari haqida so‘z yuritildi. Yoshlarimizni bu kabi illatlardan asrash yo‘llari muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
3👍 2🔥 1
📚 Kibersport fakultetida “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida institut profilaktika inspektori I. Bo‘riyev so‘zga chiqib, bugungi globallashuv davrida separatizm, radikalizm, millatchilik kabi g‘oyalar milliy qadriyatlarimiz va jamiyat tinchligiga tahdid solayotganini ta’kidladi. U bu kabi salbiy oqimlarga qarshi faqat ma’rifat, bilim va ong orqali kurashish zarurligini alohida qayd etdi. “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish” nima? Jaholat – bilim yetishmasligi, noto‘g‘ri tasavvurlar, asossiz eʼtiqodlar va zararli g‘oyalarga ergashish oqibatida yuzaga keladi. Maʼrifat esa – ilm, tafakkur, tarbiya va ongli qaror qabul qilishga asoslangan dunyoqarashdir. Shu bois jaholatga qarshi kurashning eng to‘g‘ri yo‘li — maʼrifat, taʼlim, o‘qish va fikrni kengaytirishdir.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 1🔥 1
02:08
Video unavailableShow in Telegram
#chellenj 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan JizPI tyutori A.Abdiyev hamda talabalari tomonidan tayyorlandi.   @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
13.71 MB
👍 6🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔥Yong‘in, chaqnash va is gazidan zaharlanishning oldin olish bo‘yicha muhim tavsiyalar @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 3🔥 1
"Yoshlar orasida axborot iste’mol madaniyatini shakllantirish" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Kibersport fakultetida “Yoshlar orasida axborot iste’mol madaniyatini shakllantirish” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S. Omonov, guruh tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida axborotni to‘g‘ri va tanqidiy tahlil qilish, ishonchli manbalarni ajrata olish, raqamli madaniyat qoidalariga rioya etish, internet xavfsizligi hamda feyk xabarlardan himoyalanish masalalari bo'yicha tushunchalar berildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 2🔥 1
Giyohvandlik va psixotrop moddalar xavfi bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
Jizzax politexnika instituti Transport muhandisligi fakultetida giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Jizzax shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi vakillari mayor Sh. Karimova va leytenant S. Shakirova ishtirok etdi. Mutaxassislar yoshlar o‘rtasida uchrayotgan salbiy holatlar, huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari haqida fikr yuritib, giyohvandlikning zararli ta’siri, internet orqali tarqalayotgan noqonuniy moddalarning xavfi, ularga aldanish oqibatlari va javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Tergovchilar real voqealar asosida talabalarni ogohlantirib, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, psixotrop moddalarning tarqalish manbalari va ularga qarshi kurash mexanizmlarini tushuntirdilar. Shu bilan birga, tungi vaqtlarda ko‘chalarda yurmaslik, ijarada yashovchi talabalar uchun xavfsizlik qoidalari, diniy mazmundagi noqonuniy materiallar tarqatilishidan ehtiyot bo‘lish kabi muhim tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida talabalar o‘z savollariga javob oldi va giyohvandlikning oldini olishda oila, ta’lim muassasasi va jamiyatning roli alohida ta’kidlandi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 1🔥 1
Sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri yashash ramzi mavzusida tadbir o'tkazildi
Jizzax politexnika instituti hamshirasi Nurmatova Nafosat tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida “Sog‘lom turmush tarzi — to‘g‘ri yashash ramzi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda sog‘liq inson uchun eng katta boylik ekani, zamonaviy hayotda jismoniy faollikning kamayishi va noto‘g‘ri ovqatlanishning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi. Tadbir davomida sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar, ruhiy barqarorlik, gigiyena qoidalariga amal qilish hamda zararli odatlardan voz kechish sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi ekani ta’kidlandi. Tez tayyor ovqatlar, gazli ichimliklar va zararli odatlarning organizmga yetkazadigan salbiy ta’siri haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
2👍 1🔥 1
📚 ARM fondi yana bir muhim darslik bilan boyidi
📚 Jizzax politexnika instituti «O‘zbek va xorijiy tillar» kafedrasi dotsenti Ziyayeva Maxbuba tomonidan 1 nomli 3 nusxada “Rus tili” nomli darslik ARM ga sovg‘a sifatida topshirildi. 💻 Shuningdek, ko‘plab elektron adabiyotlar ham ARMning elektron bo‘limiga topshirilib, talabalarning mustaqil ta'lim jarayoni uchun yanada keng imkoniyat yaratildi. 🎓 Mazkur manbalar talabalarning ilmiy izlanishlari va ta’lim jarayonida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 3 2
Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Mening O‘zbekistonim” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
🟡 Qurilish muhandisligi fakulteti Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi professor-o‘qituvchilari boshchiligida talabalarning badiiy tafakkuri, Konstitutsiyaga bo‘lgan muhabbati va milliy qadriyatlarga hurmatini namoyon etishga qaratilgan rasmlar tanlovi o‘tkazildi. 🎨 Ushbu tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad — talaba-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ijodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va san’at orqali shaxsiy pozitsiyalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. 🏆 Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlangan g‘oliblar: 🥇 1-o‘rin — Qo‘shnazarova Muxlisa (721-25 guruh); 🥈 2-o‘rin — Temirova Sabina (721-25 guruh); 🥉 3-o‘rin — Qudratullayeva Ra’no (721-25 guruh); 🥉 3-o‘rin — Xudoyberdiyev Diyor (722-25 guruh).
@jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
5🔥 4👍 3
#reyting #GreenMetric ✅ UI GreenMetric 2025: Jizzax politexnika instituti dunyoning TOP-500 taligida 5-dekabr kuni Tayvanda 2025-yilgi UI GreenMetric reytingining rasmiy natijalari eʼlon qilindi. Dunyoning eng nufuzli “yashil" universitetlar reytingidan oʻrin olgan taʼlim maskanlari orasida Oʻzbekiston oliygohlari ham munosib natijalar bilan qayd etildi. Joriy yilda 105 davlatdan 1 745 ta universitet baholangan ushbu reytingda Oʻzbekistonning 79 ta oliy taʼlim muassasasi ishtirok etdi. Jizzax politexnika instituti bu yil Dunyoning eng nufuzli “yashil" universitetlar reytingidan TOP-500 talik roʻyxatdan joy olib 394-oʻrinni qayd etdi va Oʻzbekiston oliygohlari orasida 5-oʻrinni egalladi. Bundan tashqari Oʻzbekiston oliygohlarining 38 tasi dunyoning TOP-1000 taligidan joy olgani soʻnggi yillarda yurtimizda barqaror rivojlanish va “yashil kampus” tamoyillarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorini koʻrsatadi. @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
👍 10 3🔥 2🎉 2🤩 1
01:55
Video unavailableShow in Telegram
Giyohvandlik moddalarini tarqatgan talabalar qoʻlga olindi @jizpiuz | @jizpi_online
إظهار الكل...
20.mp416.99 MB
🔥 3
Repost from TgId: 1931522914
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_tanlov “O‘zbekiston-Eron” xalqaro qo‘shma tanlovida ishtirok eting! Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi:
-Qishloq xo‘jaligi fanlari; -Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi; -Yer to‘g‘risidag fanlar; -Texnika fanlari; -Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar.
🔜Tanlovga bajarish muddatlari 3 yilgacha bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi. Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 3-fevraliga qadar (shu kuni ham 23:59 ga qadar) faqat elektron shaklda qabul qilinadi. ❗️Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqichda ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar loyiha rahbarlarining Davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasidagi (loyiha.ilmiy.uz) shaxsiy kabinetlarida taqdim etib boriladi. 📞 Bog‘lanish uchun: +99871 203-32-23 (219, 425, 246). 🌐 Batafsil
Bizni kuzating
Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
إظهار الكل...
👍 2🔥 2🤝 1