ar
Feedback
Samarqand davlat universiteti

Samarqand davlat universiteti

الذهاب إلى القناة على Telegram
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
11 987
المشتركون
-1124 ساعات
-627 أيام
-31130 أيام
أرشيف المشاركات
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari Urgut misolida imkoniyatlarni tahlil qilib, vazirlar va hokimlar oldiga keyingi yil uchun aniq vazifalar qo‘ydi. Urgutda barcha imkoniyatlarni safarbar qilib, kelasi yil kambag‘allik va ishsizlikni 2 foizdan tushirishi kerakligi ta’kidlandi. Urgutda 1,5 mingta sanoat korxonasi bo‘lsada, ayrimlari faoliyat ko‘rsatmayapti, ishlayotganlari ham mavjud quvvatidan to‘liq foydalanmayapti. Mutasaddilarga “Urgut” iqtisodiy zonasiga kiruvchi 14 ta tuman hokimi bilan ishni to‘g‘ri tashkil qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini 20-30 foizga qisqartirish topshirildi. Masalan, yangi temir yo‘l liniyasi hisobiga Urgut va Toyloqdagi 1 ming 200 ta sanoat korxonasining tashish xarajatlari arzonlashib, tannarx 6-8 foizga qisqaradi. Agar temir yo‘l bo‘ylab 3 ta zamonaviy logistika markazi qurilsa, Urgut, Toyloq, Jomboy, Bulung‘ur va Samarqand tumanidagi 2 mingga yaqin sanoat korxonalarining tashish xarajatlari yana 10-15 foizga arzonlashishi ko‘rsatib o‘tildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
4👍 3
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi.
Biz yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, iqtisodiyotni barqaror o‘stirish orqali aholi farovonligini oshirish bo‘yicha katta-katta marra va rejalarni olayapmiz. Bu ishlarni tashkil qilish uchun viloyatga zamonaviy fikrlaydigan, muammolarni tizimli tahlil qilib, innovatsion yechim bera olishga salohiyatli rahbar kerak”,
– dedi davlatimiz rahbari. Prezidentimiz Samarqand viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Adiz Boboyev nomzodini tavsiya etdi. Viloyat faollarining nomzod haqidagi fikrlari tinglangach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Adiz Boboyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Prezidentimiz yangi hokimga u ish o‘rni yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya va eksportni ko‘paytirish, tannarxni kamaytirish va energiya tejamkorlikni oshirish bo‘yicha Samarqandni namunali hududga aylantirishi shartligini ko‘rsatib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 8 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Yana bir yangilik – Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shib beriladi. Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetadi. Shu bois, aholisi va daromadi kundan kunga o‘sib borayotgan Samarqand shahrida zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan talabni ta’minlash uchun 3 ta yirik massiv tanlab olindi. Jumladan, “Shirin” massivida 180 ming, “Temiryo‘l orti” hududida 100 ming, “Qorasuv-2” massivida 30 ming aholi uchun 700 dan ortiq zamonaviy ko‘p qavatli uylar barpo etiladi. Bu yerlarda maktab, bog‘cha, oliygoh va shifoxona, zamonaviy biznes va savdo markazi, mehmonxona va restoran, ko‘ngilochar maskanlar ham quriladi. Samarqand shahridagi 49 ta viloyat tashkiloti kelasi yil “Shirin” massiviga ko‘chadi. Shu yil oxirigacha bu massivni shahar markazi bilan bog‘lovchi “Qoradaryo” ustidan o‘tgan 577 metrli ko‘prik ishga tushiriladi. Ispaniyalik investorlar bilan xususiy sheriklik asosida ushbu 3 ta massivning kanalizatsiya tizimi yangilanadi. Shaharda yuk transporti harakatini kamaytirish maqsadida Oqdaryo, Toyloq va Samarqand tumanidan o‘tuvchi magistral yo‘l bo‘yida 4 ta logistika markazi barpo etiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
🤩 4
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Urgut tumani markazidagi 24 ta mahallada 100 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Bu – ba’zi bir shaharlar aholisidan ko‘p. Hududdagi aholi uy-joy, kanalizatsiya, ichimlik suvi, maktab, bog‘cha, shifoxona, biznes infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar yechimini anchadan beri kutayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shuning uchun Prezidentimiz Urgut markaziga “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini olib kirib, yurtimizdagi eng zamonaviy va ko‘rkam shaharlardan biriga aylantirish bo‘yicha alohida qarorni imzoladi. Tumanning “Quyi Kamangaron” mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududdan 90 gektar qo‘shimcha joy ajratib, zamonaviy urbanistika asosida 100 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy eko-shahar barpo etilishi e’lon qilindi. Yangi shaharda yo‘l, suv, kanalizatsiya, elektr, maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, tadbirkorlik loyihalari uchun 50 million dollar ajratiladi. Yangi shaharning 3 gektar maydonida tumanning 35 ta tashkiloti uchun yagona ma’muriy markaz qurib beriladi. Ularning bo‘shagan binolari esa biznes uchun xususiy sektorga taklif qilinadi. Prezidentimiz yirik sanoat korxonalarining o‘z ishchilari uchun korporativ buyurtma asosida bunday uylarni sotib olish bo‘yicha tashabbuslarini ma’qulladi. Keyingi yildan bunday korxonalarni rag‘batlantiradigan mexanizmlar joriy qilinadi va butun respublikaga tatbiq etiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand aholisi 4 million 300 mingdan oshdi, yiliga o‘rtacha 100-110 ming nafarga ko‘payib borayapti.
Bugungi yig‘ilishni Urgutda o‘tkazayotganim bejiz emas. Respublika tumanlari ichida aholisi eng ko‘p Urgutda 600 mingdan ortiq odam istiqomat qilayapti. Urgut tumani uzoq yillardan beri viloyat qishloq xo‘jaligida yetakchi. Adir va toshloq yerda Urgut erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilganimiz, 860 million dollarlik 74 ta loyiha ishga tushgani natijasida Urgut sanoatlashgan hududga aylandi”,
- dedi davlatimiz rahbari. Sanoat rivojlanishi savdo va servisga ham katta turtki berdi. Hozir Urgut viloyat sanoatida 3-o‘rinda, servisda esa 4-o‘rinda. Bugun Urgutda yana bir tarixiy voqea – 55 kilometr temir yo‘l liniyasini ishga tushirildi. Ushbu tarmoqni elektrlashtirish ishlari kelasi yil to‘liq yakuniga yetkaziladi. Bu – avvalo aholiga yanada qulay sharoit yaratish bilan birga, sanoat, qishloq xo‘jaligi va servisda yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 5
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz viloyatda erishilgan natijalar va ishga solinmagan imkoniyatlarni qayd etdi. O‘tgan sakkiz yilda viloyatga 12 milliard dollar investitsiya kiritildi, 600 ming doimiy ish o‘rni yaratildi, tadbirkorlar 2 karra ko‘paydi. Ishlab chiqarish korxonalari soni 1,5 barobar, sanoat hajmi 1,7 barobar o‘sdi. Yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar soni 81 taga yetdi. 55 ta davlatdan xorijiy investorlar ish boshladi, chet el ishtirokidagi korxonalar soni 700 taga yaqinlashdi. Xizmatlar yiliga o‘rtacha 15 foizdan o‘sayapti, bu yil servis hajmi 75 trillion so‘mga yetadi. Shuningdek, 2024 yil va bu yilning 10 oyida 15 million kvadrat metrli uy-joy va tijorat obyektlari barpo etildi. Samarqandlik quruvchilar respublika bo‘yicha yiliga 4,5 million kvadrat metrli bino-inshootlar qurayapti. Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 2016 yilda 23 trillion so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 120 trillion so‘mga yetadi. Odamlar viloyatda amalga oshirilgan ishlar hisobiga oilasida katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini aytayapti. Masalan, o‘tgan davrda 2 trillion so‘mlik 3 ming 200 kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi.
Bir so‘z bilan aytganda, Samarqandni aholi va tadbirkorlar uchun ham, turistlar va investorlar uchun ham jozibador hududga aylantira oldik”,
- dedi Prezidentimiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 4 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Imom Buxoriy maqbarasi hududi 45 gektargacha kengaytirilib, 10 ming kishilik masjid, innovatsion muzey barpo etildi, atrofida o‘nlab mehmonxona va mehmon uylari qurilmoqda. Agar Indoneziya, Malayziyadan ilg‘or turistik kompaniyalar olib kelinib, mehmonxonalar boshqaruvga berilib, o‘zaro manfaaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilsa, turistlar oqimi yanada keskin ko‘payishi ta’kidlandi. Bugun viloyat nafaqat turizmdagi, balki sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatishdagi ulkan salohiyati bilan investor va tadbirkorlar uchun chinakam jozibador maskanga aylanib bormoqda.
Endi Samarqand – ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, investitsiya, eksport, umuman barcha sohada metodik viloyat bo‘lishi kerak. Buning uchun tuman hokimlari o‘zini hududini xususiyatidan kelib chiqib, bor shtatlarini tahlil qilib, samarasizini qisqartirib, xorijdan zamonaviy menejerlar, mutaxassislar olib kelib, yangicha ishlashga o‘tishi zarur”,
- dedi davlatimiz rahbari. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 7
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zida ko‘p ming yillik tarix va qadriyatlarni mujassam etgan, zamonaviy me’morchilik an’analari asosida kundan-kunga chiroy ochib borayotgan bu ulug‘ zamin dunyo sivilizatsiyasida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlab bormoqda”,
- dedi Prezidentimiz. Xususan, “Boqiy shahar” majmuasi barpo etilgani, 40 dan ziyod muqaddas ziyoratgohlar obod bo‘lgani, “Samarqand” xalqaro aeroporti yangidan qurilgani, o‘nlab xalqaro brend mehmonxonalar ish boshlagani viloyat turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi. Samarqand so‘nggi yillarda siyosiy, iqtisodiy, turizm va biznes markaziga, ko‘plab yirik xalqaro tadbirlar, forum va anjumanlar uchun muloqot maydoniga aylandi. Shu yilni o‘zida bu yerda 40 dan ortiq nufuzli xalqaro anjuman tashkil etilgani, ayniqsa, yaqinda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi o‘tkazilgani chindan ham ulkan voqea bo‘ldi. Umuman, turizm va unga turdosh sohalarga 1 milliard dollar investitsiya kiritilgani uchun viloyatga sayyohlar oqimi 2016 yilgidan 7 karra o‘sdi, turizm xizmatlari eksporti 600 million dollarga yetdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
7👍 1
Repost from TgId: 2289308285
00:31
Video unavailableShow in Telegram
Urgut tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy texnika ishlab chiqaruvchi yirik korxona bilan tanishdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
9.71 MB
👍 11 1
Repost from TgId: 2289308285
Davlatimiz rahbari Urgut tumanidagi “Ferre Group” korxonasining maishiy texnika ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Shu yerda investitsiya loyihalari, Samarqand viloyatidagi yetakchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar taqdimot qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 7 1
Repost from TgId: 2289308285
00:30
Video unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari yangi temir yo‘l orqali Urgutga keldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
reels_vokzal_tg_new_2.mp432.69 MB
👍 8
Repost from TgId: 2289308285
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari jamoatchilik vakillari bilan birga poyezdda Urgutga bordi hamda tuman faollari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 12
Repost from TgId: 2289308285
00:28
Video unavailableShow in Telegram
Mamlakatimiz Birinchi Prezidentining xotirasi yod etildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
32.18 MB
8👍 4
Repost from TgId: 2289308285
Davlatimiz rahbari Hazrati Hizr majmuasida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
7👍 2
🇮🇹 🇺🇿Magistrlarimiz Italiyada! 🎓 Boloniya Universiteti (Top-100) Erasmus+ Qishloq xo‘jaligi loyihasi Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutining 2 nafar magistranti — Nozima Latifova va Madina Ergasheva, institut doktoranti Abdumalik Shukurov hozirda Italiyaniing dunyodagi eng qadimiy va nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Bolonya universitetida tahsil olib, meva-sabzavotchilik va o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishlarida zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ular Erasmus+ loyihasi doirasida qishloq xo‘jaligi, agroinnovatsiyalar va barqaror rivojlanish bo‘yicha bilim va tajribalarini oshirib, xalqaro ilmiy muhitda faol ishtirok etmoqdalar. 🌱Bu muvaffaqiyat — mamlakatimiz yoshlarining keng imkoniyatlar eshigini ochadigan yana bir muhim natija! Tadqiqotchilarimizga ilmiy izlanishlari va kelgusi faoliyatlarida ulkan omad tilaymiz! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👏 8 6🔥 2
Repost from TgId: 2289308285
Prezidentimiz Oqdaryo tumanidagi Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
8👍 1
Repost from TgId: 2289308285
00:34
Video unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
reels_buxoriy_tg_new_2.mp433.17 MB
5👍 1
Repost from TgId: 2289308285
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 11 5
Repost from TgId: 2289308285
Samarqand davlat universitetining Biokimyo instituti fundamental tibbiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ta’lim dasturiga muvofiq “Dorivor va shifobaxsh o‘simliklar” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdilar. Talabalar mintaqamizda keng tarqalgan dorivor o‘simliklarni ta’riflab, ulardan tayyorlangan shifobaxsh choy hamda boshqa damlamalarni tadbir ishtirokchilariga taqdim etdilar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 2🔥 2 1
Repost from TgId: 2289308285
Photo unavailableShow in Telegram
Samarqand davlat universiteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi, PhD Ma’rufat Qodirovaning “Ahmad A’zamning adabiy mahorati” nomli monografiyasi nashr etildi… Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐  Samarqandim.uz |Telegram | 🌐 Instagram |Facebook | 📹 You tube
إظهار الكل...
👍 5 4