Alisher Sadullaev
الذهاب إلى القناة على Telegram
Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
إظهار المزيد2025 عام في الأرقام

143 611
المشتركون
-18424 ساعات
-1 0507 أيام
-3 78430 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️”Yosh kitobxon” tanlovining 2024-2025-yilgi mavsum g‘oliblariga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobillari topshirildi!
Eng quvonarli jihati, g‘oliblarning barchasi qizlar! Bu esa qizlarga berilayotgan e’tibor, ularning bilimga chanqoqligi va kitobga bo‘lgan qiziqishi qanchalik ortganligining belgisi.
Tanishing, g‘oliblar:
• Dilbarxon Haydarova — Toshkent shahar “Bo‘z” mahallasidan 10-14 yosh toifasi g‘olibi. Otasi Bo‘ronov Firuzbek, hisobchi.
• O‘g‘iljayron Xaldurdiyeva — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani “Kaltaminor” mahallasidan 15-19 yosh toifasi g‘olibi. Otasi So‘yunov Abajan, yakka tadbirkor. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.
• Maftuna Ochilova — Xorazm viloyati, “Nurli hayot” mahallasidan 20-30 yosh toifasi g‘olibi. Onasi Ochilova Dildora, nafaqada.
Barchani chin yurakdan tabriklayman! Bu g‘alabalar nafaqat ularning mehnati, balki oiladagi tarbiyaning ham yutug‘i!
@alisher_sadullaev
⚡️ “ZUKKOTEST” 2-to‘plami boshlandi!
Test ishlash jarayonlari boshlanganiga 2 soatdan oshdi. Lekin… hali ham pul mukofoti va premium obunalarga talabgorlar topilganicha yo‘q. Oldinda hali 20 soatdan ortiq vaqt bor. O‘zingizni sinab ko‘ring va eng qiziqarli testlardan zavq oling!
Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
@alisher_sadullaev
👍 551🔥 53❤ 45🏆 27
⚡️Bilimdonlar tayyormisiz?
Bugun 18:00 dan boshlab “ZUKKOTEST” loyihasining ikkinchi bosqichiga start beramiz! 24 soat davomida obunachilarimiz o‘zlarining intellektual bilimlarini sinovdan o‘tkazishi mumkin!
Esingizda bo‘lsa, oldingi safar eng yuqori natija olganlarning barchasiga pul mukofoti va premiumlar sovg‘a qilgan edik. Bu safar testlarni qo‘shimcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha 100% to‘g‘ri bajargan 10 ta ishtirokchiga 1 million so‘mdan pul mukofotlari beriladi. 70%+ natija uchun “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50% chegirmalar taqdim etamiz!
Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz shoshiling, hoziroq @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
G‘oliblarni pul mukofotlari va premium obunalar kutmoqda!
@alisher_sadullaev
👍 708❤ 54🔥 50🏆 29
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda kitob o‘qilmaydi(mi)?
Ko‘pchilik yoshlar kitobga qiziqmaydi, O‘zbekistonda kitobxonlik darajasi past deb hisoblaydi. Bu ma’lumot haqiqatga qanchalik mosligi haqida ko‘p o‘ylayman. Yaqinda Asaxiy Books tomonidan o‘tkazilgan yirik aksiya bu fikrga shubha bilan qarashga asos berdi.
Xalq orasida "Kitobga navbatda turmagan xalq, nonga navbatda turadi" degan ibora bor. Ovqatga yoki kiyimga bo‘lgan navbatni ko‘p ko‘rgan edik, ammo bu safar kitob uchun navbatlarga ham guvoh bo‘ldik.
Aksiya o‘tkazilgan vaqtda Asaxiy do‘konlari odamlar bilan to‘lib-toshganini, kitob uchun bir nechta qatorlik uzun navbatlar paydo bo‘lganini kuzatdik. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aksiya davomida 22 367 kishi Asaxiyga tashrif buyurdi va rekord darajada - 132 700 dona kitob sotib olindi. Yanada quvonarlisi shundaki, xaridorlarning 90–95% qismini aynan yoshlar tashkil etdi.
Bu raqamlar faqat aksiyaning muvaffaqiyatini emas, balki jamiyatda kitobga bo‘lgan qiziqish o‘sib borayotganini ham ko‘rsatadi. Asaxiy Books o‘z loyihalari orqali kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, kitobga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va yoshlarni bilimga ilhomlantirishga harakat qilmoqda. Bu esa nafaqat kitobxonlik, balki fikrlash madaniyatining ham o‘sishiga xizmat qiladi.
Ijodiy yondashuv va innovatsion fikrlash butun jamiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi va uni uyg‘otishi mumkinligini Asaxiy isbotladi. Loyihaning tashabbuskorligi va kitobxonlik rivojiga qo‘shayotgan hissasidan juda xursandmiz. Asaxiyga chuqur minnatdorlik bildiramiz va bunday loyihalar ommalashishishi uchun doim ko‘makchi bo‘lamiz.
@alisher_sadullaev
👍 1 021❤ 178🔥 123🏆 60
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, hurmatli yoshlar!
Barchamizga Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, yoshlarimiz azmu-shijoatli bo'lsin.
🇺🇿Prezidentimizning PF-61-sonli farmoni asosida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ro‘yxati:
1. Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!
2. TOP100 OTM PhD bitiruvchilari uchun 10 yilga foizsiz uy-joy ssudasi ajratiladi (806 mln so‘mgacha).
3. Kreativ park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari joriy qilinadi (ijtimoiy va daromad solig‘i 50%gacha kamayadi).
4. C1 sertifikatiga ega yoshlar chekka hududda til markazi ochsa, foizsiz ssuda oladi (120 mln so‘mgacha, 3 yil muddatga).
5. “Yorqin iste’dod” loyihasi orqali mahallalardagi faol yoshlar xorijda o‘qitiladi, xarajatlar to‘liq qoplanadi (300 mlrd so‘m ajratiladi).
6. “El-yurt umidi” stipendiatlari tanlovsiz davlat ishiga qabul qilinadi va kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
7. Kreativ industriya parklari va ularning hududiy filiallari tashkil etiladi, biznes maktablar ochiladi.
8. Harbiy OTM namunali kursantlari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” stipendiyasi joriy etiladi.
9. Muhandislik olimpiadalari g‘oliblari mos OTMlarga grant asosida qabul qilinadi.
10. Milliy mediakontent va shoular uchun Yoshlar agentligi 100 mln so‘mgacha grant ajratadi.
11. Ekologik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mli “Yashil tashabbuslar jamg‘armasi” tashkil etiladi.
12. Yoshlar agentligi binolari ijara daromadlari to‘liq rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
13. Toshkentda Robototexnika markazi tashkil etiladi (2025-yil).
14. Toshkentda Yoshlar teatr studiyasi ochiladi (2025-yil).
15. Samarqandda “Take Off” startap sammiti o‘tkaziladi (2026-yil, “Texnofest” doirasida).
@alisher_sadullaev
⚡️Prezidentimiz yoshlar uchun juda ko'plab imkoniyatlar taqdim etadigan PF–61 farmonni imzoladilar.
Tez orada batafsil 🔥
⚡️Yaqinda “bo‘lajak tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazsak” deb shu yerda yozgan edim. Post izohlarida 700 dan ortiq izohlar yozilgan va bu juda quvonarli holat, ammo ko‘tarilgan ko‘plab masalalarda juda oddiy hisob-kitoblar ham aytilmagan. Menimcha, yoshlarni tadbirkor bo‘lishlarida eng muhim omil har doim ham mablag‘ yoki pul emas, aksincha bilim. Chunki tadbirkorlik — jamiyatdagi ehtiyoj yoki muammoni aniqlab, unga samarali hamda kreativ yechim bera olishda.
Shu fikrlar hayolimdan o‘tar ekan, o‘zbek yoshlari hatto global bozorlardagi ehtiyojlarni ham aniqlay olayotgani, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotlar yaratayotganlari meni juda quvontirdi. Misol uchun, AQShda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan va $750 000 investitsiya olgan DataTruck startapi asoschisi Shohruh Rahmanov bilan Davron Parmonov suhbatiga ko‘zim tushdi.
Fikrlash, muammoni aniqlay olish hamda global bozorga chiqish uchun bu intervyuni albatta ko‘rishingizni, shuningdek tadbirkor do‘stlaringizga ham ulashishingizni so‘rab qolaman. Bizga nafaqat mahalliy bozor, global bozorga ham chiqa oladigan tadbirkorlar avlodi kerak.
👉 Marhamat, to‘liq intervyuni ko‘rib, o‘z fikrlaringiz bilan albatta bo‘lishing!
Bilimdon yoshlarimiz uchun navbatdagi yangilikni e’lon qilmoqchiman!
Esingizda bo’lsa, “ZUKKOTEST” loyihasiga start bergan edik. Ko’plab takliflarga binoan loyihaning 2-bosqichini o’tkazmoqchimiz.
Test sinovlari 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ungacha @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, quyidagi darsliklarni o‘rganishni boshlang! Eslatib o‘tamiz, test savollari aynan ushbu darsliklar asosida tuziladi!
1. “Mutolaa” ilovasidan Jadidlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasidan zamonaviy kasblar;
4. “Uzchess” loyihasining Debyut darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari
Shartlar o’sha-o’sha!
• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt va 1 ball.
⚡️Mukofotlar:
TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;
TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;
70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50 foiz chegirma;
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting @kitobxontestbot
👍 1 115❤ 119🔥 64🏆 57
Rahmat, yigitlar!
Men bugungi o'yindan keyin Jahon Chempionatiga chiqishimizga ishonchim juda ortdi!
99%, Xudo xohlasa!
00:30
Video unavailableShow in Telegram
Prezidentimiz ishtirokidagi iftorlikda futbolchilarimiz g‘alabasi uchun ham duo qilindi.
Yigitlarimizga 2-taymda ham omad tilaymiz, tarixiy g‘alabaga juda yaqinmiz!
@alisher_sadullaev
IMG_0216.MP42.64 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bosqichida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O’yin 25-mart Toshkent vaqti bilan 21:00 da Tehron shahrida “Ozodiy” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.
✊Omad yigitlar, biz sizga ishonamiz!
@alisher_sadullaev
Photo unavailableShow in Telegram
Oila — bu qalbning eng samimiy maskani.
Qiz farzandlar esa shu maskanning gulidir. Ularning chehrasidagi tabassum butun uyni yoritadi, qalbidagi mehr esa yuraklarni iliq qiladi.
Har bir ota-ona uchun qiz farzand — Yaratganning eng nozik in'omi. Ularning orzulariga qanot bo‘lib, har bir kichik yutug‘idan ilhom topish — bu dunyodagi eng go‘zal baxtdir.
Qizlarimizga mehr beraylik, ularga ishonaylik va ularga shunday tarbiya beraylikki, kelajakda ulardan butun millat faxrlansin.
Obunachilarimiz orasida tadbirkor yoki tadbikorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan yoshlar bormi?
Sizlar bilan yangi imkoniyatlar yuzasidan muloqot qilmoqchimiz. Bizda ham Sizlar uchun yaxshi imkoniyatlar bor. Muloqotimiz tufayli minglab yangi ishchi o'rinlari yaratilsa ham ajab emas.
Izohlarda savollarga batafsil yozib, javob bering, shaxsan o'zim har bir izohga javob berib boraman.
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz yurtdoshlar, qadrli yoshlar!
Barchangizni bahorning go‘zal tuyg‘ulari ila yo‘g‘rilgan, ezgulik va yangilanish timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Navro‘z – nafaqat tabiatning uyg‘onish fasli, balki mehr-oqibat, bag‘rikenglik va birdamlik ayyomidir. Ushbu qutlug‘ kunlarda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xalqimizga farovonlik va to‘kin-sochinlik tilayman.
Barchangizga bayram muborak bo‘lsin!
@alisher_sadullaev
O'yin haqida nima deysizlar?
Lekin yutdik, 16 ochko. O'zi vaziyat qanday Jahon Chempionatiga chiqa olamizmi? Imkoniyatlar yaxshimikan?
👍 1 233🏆 170🔥 130❤ 81
Photo unavailableShow in Telegram
Shu ikki o'g'lonni Prezidentimiz yonlarida ko'rganimdan juda xursandman. Qanday chiroyli va faxrli lahza 🇺🇿
02:22
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Eng yaxshi muhandislik g‘oyalari egalarini 9 ta elektromobil va super mukofotlar kutmoqda!
Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, innovatsion g‘oya va loyihalaringiz orqali elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olishingiz mumkin!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qildi.
Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 toifa ishtirokchilar — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.
1-o‘rin sohiblariga 9 ta elektromobil;
2-o‘rin uchun Xorijiy davlatlarda malaka oshirish;
3-o‘rin uchun pul mukofoti beriladi.
Tanlov aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi. Arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi. Nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
✊Barchaga omad tilayman!
@alisher_sadullaev
tg.mp412.02 MB
