ar
Feedback
Yoshlar.edu.uz

Yoshlar.edu.uz

الذهاب إلى القناة على Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Instagram: instagram.com/yoshlar.edu.uz 🔸YouTube: youtube.com/@yoshlareduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
120 888
المشتركون
-1 06624 ساعات
-7 0647 أيام
+15 67830 أيام
أرشيف المشاركات
00:30
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi 🎯 Yolg‘on lototronlarga ishonmang! 💰 So‘nggi paytlarda “siz yutdingiz”, “sovg‘a yutib oldingiz” kabi xabarlar orqali fuqarolarni aldash holatlari ko‘paymoqda. Bunday “lototronlar” aslida firibgarlikdir! 🚫 Hech qachon notanish sahifalar yoki havolalar orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmang, kartangiz raqamini yubormang va SMS-kodlarni bermang. ✅ Haqiqiy tanlov va lotereyalar faqat rasmiy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladi. Ishonch hosil qilmaguncha hech narsa yubormang!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
Lototron_UZ.mp440.38 MB
👍 6 4
✅ Viktorina ❓16-noyabr – YUNESKO tomonidan qanday kun sifatida e’tirof etilgan?Anonymous voting
  • Xalqaro fan kuni
  • Jahon tinchlik kuni
  • YUNESKO tashkil etilgan kun
  • Xalqaro yoshlar kuni
0 votes
18🤔 9😁 8👍 3🎉 2
02:09
Video unavailableShow in Telegram
🌿 Tabiatni asrash – bu burch, mas’uliyat va insoniylik ifodasidir! ➡️Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining Ekovolontyor yoshlari tomonidan Urgut City hududida “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz!” shiori ostida obodonlashtirish tadbiri o‘tkazildi. 🎥 Videorolik SamDU Urgut filiali jamoasi tomonidan tayyorlandi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
IMG_5861.MP425.03 MB
🔥 32 13👏 12💯 5🤩 3
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 🎤 Ilmni sev, u seni abadiy yuksaltiradi. 🪶 Ibn Sino
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
32🔥 10💯 3👍 1🤩 1
⏳⏳⏳⏳ Bugun 15-noyabr, haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon chiqindini qayta ishlash kuni. 🇰🇿Qozog‘iston – Buxgalterlar kuni. 🇱🇰Shri-Lanka – Daraxt ekish kuni. 🇯🇵Yaponiya – Bolalar kuni. #muhim_voqealar 🔹1887 – Karl Gessner o‘zi ixtiro qilgan ruxli batareya uchun patent oldi. 🔹1896 – Toshkentda "Mehnatsevarlar uyi" ochildi. 🔹1906 – Qo‘qon shahrida Turkiston o‘lkasidagi birinchi fond birjasi - Qo‘qon birja qo‘mitasi ochildi. 🔹1955 – Sankt-Peterburgda metropoliten ishga tushdi. 🔹2003 – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etildi #tavalludlar 🔹1887 – Marianna Mur – amerikalik modernist shoira. 🔹1915 – Konstantin Simonov – rus yozuvchisi va jamoat arbobi 🔹1961 – Nasiba Abdullayeva – o‘zbek xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti 🔹1973 – Muhammadqodir Abdullayev – bokschi, Olimpiada va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
🔥 5 2
🗣“Til bilimdonlari” respublika tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi 🏛 Bugun Toshkent davlat texnika universitetda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan, 102 mingdan ortiq talaba-yoshlarni qamrab olishga erishgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovining final bosqichi tashkil etildi. Unda o‘z hududlarida 1-,2-,3-o‘rinlarni egallagan 48 nafar ishtirokchilar 2 shart: test va insho yozish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Yakuniy natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar tanlov g‘oliblari deb topildi:
🔹1-o‘rin: Ra’no Abduxamidova – ToshDO‘TAU talabasi; 🔹2-o‘rin: Shaxnoza Yusupova – O‘zMPU talabasi; 🔹3-o‘rin: A’loxon Hasanova – CHDPDU talabasi; 🔹4-o‘rin: Muxlisa Pardayeva – QarDU talabasi; 🔹5-o‘rin: Shahzoda Sog‘inboyeva – NamDU talabasi.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va mos ravishda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m, 3-o‘rin 5 million so‘m, 4-o‘rin 3 million so‘m va 5-o‘rin 2 million so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlanadi. ☝️Tanlov nizomiga muvofiq, final bosqichida ishtirok etgan barcha ishtirokchilar vazirlik tomonidan elektron sertifikat hamda o‘zi tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasi tomonidan hududiy bosqichdagi natijasi uchun pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Barcha g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalarni samimiy muborakbod etamiz.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
zb(HD).mp414.41 MB
14👏 10👍 5🔥 2
00:25
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi .apk fayllar haqida – ehtiyot bo‘ling! 📱 .apk – Android ilovalari o‘rnatish uchun ishlatiladigan fayl formati. Noma’lum manbalardan yuklangan .apk fayllar zararli dastur, virus yoki ma’lumotlarni o‘g‘irlovchi ilova bo‘lishi mumkin. 🚫 Nima qilmaslik kerak? ➡️Noma’lum sayt va telegram-kanallardan .apk yuklab olib, o‘rnatmang. ➡️Begona manbadan kelgan .apk faylni ochmang yoki ruxsatlarni tasdiqlamang. ✅ Nima qilish kerak? ➡️Faqat rasmiy do‘konlardan yuklang: Google Play yoki ishlab chiqaruvchining rasmiy sayti. ➡️Agar .apk kerak bo‘lsa – uning ishonchliligini tekshiring: foydalanuvchi sharhlari, ruxsatlar va manba. ➡️Telefoningizni antivirus bilan himoyalang va imkon bo‘lsa, noma’lum manbalar ruxsatini o‘chirib qo‘ying. 🔒 Xavfsizlik birinchi o‘rinda – ehtiyot bo‘ling va atrofdagilarni ogohlantiring!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
Boy_UZ.mp433.45 MB
7👍 1
✅ Viktorina ❓“Deepfake” texnologiyasi xavfli bo‘lishining sababi nimada?Anonymous voting
  • U real odamlarning yuzini va ovozini sun’iy yo‘l bilan soxtalashtirib, noto‘g‘ri axborot tarqatadi
  • U faqat video sifatini pasaytiradi
  • U internet tezligini sekinlashtiradi
  • U faqat kinoda ishlatiladi
0 votes
👍 18🎉 8😎 6 3🏆 2
01:34
Video unavailableShow in Telegram
🚫 Giyohvandlik – bu tanlov emas, bu tuzoq. ✔️ Giyohvand moddalar bir lahzalik “yengillik”ni va’da qilgandek tuyuladi, ammo aslida ular sizning sog‘lig‘ingizni, orzu-umidlaringizni, oilangizni va kelajagingizni barbod qiladi. 👥 Ushbu videorolik Urganch davlat universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
IMG_1964.MOV34.01 MB
6🔥 4👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 🎤 Axloqsiz ilm – xavfli quroldir. 🪶 Albert Eynshteyn
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
17🔥 8
⏳⏳⏳⏳ Bugun 14-noyabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Butunjahon diabetga qarshi kurash kuni. 🌏Xalqaro yetimlar kuni. 🌏Xalqaro logopedlar kuni. 🇮🇷Eron – Kitoblar kuni. 🇷🇺Rossiya – Sotsiologlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1888 – Parijda Paster instituti ochildi. 🔹1889 – jurnalist Nelly Bly Jyul Vern qahramoni bilan musobaqalashib, dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi. 🔹1922 – BBC radiostansiyasi eshittirishlari efirga uzatila boshladi. 🔹1960 – OPEK – neftni eksport qiluvchi davlatlar tashkilotiga asos solindi. 🔹1994 – Parij va London o‘rtasida La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunnel orqali harakat ochildi. #tavalludlar 🔹1765 – Robert Fulton – amerikalik ixtirochi, birinchi bug‘li kema yaratuvchisi. 🔹1840 – Klod Mone – fransuz rassomi, impressionizm asoschilaridan biri. 🔹1889 – Javoharlal Neru – hind siyosatchisi, Hindistonning birinchi Bosh vaziri. 🔹1891 – Frederik Banting – Kanada fiziologi, insulinni kashf qilgan, Nobel mukofoti sovrindori.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
14👍 1
01:54
Video unavailableShow in Telegram
#xulosa_sizdan Oila bu inson uchun eng yaqin, eng iliq, eng ishonchli maskan.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
IMG_5964.MP422.62 MB
5🔥 4👍 1💯 1
إظهار الكل...
IMG_6361.MP413.59 MB
Профсоюз.mp453.80 MB
1112.mp463.29 MB
7
👧 “Islohotlar bilimdoni – 2025” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi hujjatlari saralanmoqda! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan oliy taʼlim muassasalari pedagog xodimlari va talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Hakamlar hayʼati tomonidan tanlovning oliygoh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan 200 ga yaqin ishtirokchilarning hujjatlari o‘rganilib, tegishli tartibda baholanmoqdi. 📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlari eng yuqori ballga ega bo‘lgan ishtirokchilar Hakamlar hayʼati aʼzolari oldida sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan innovatsion takliflar, ilg‘or tajribalar xususida o‘z taqdimotlarini o‘tkazadilar. Finalning 1-shart bo‘yicha yuqori ball to‘plab, 2-shartga yo‘llanma olib, taqdimot qiladigan ishtirokchilar ro‘yxati tez orada @yoshlareduuz kanali orqali e’lon qilinadi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
6👍 4
00:33
Video unavailableShow in Telegram
#kibermadaniyat_oyligi 🏦 Soxta bank xodimlariga ishonmang! 📞 So‘nggi paytlarda firibgarlar “bank xodimi” sifatida qo‘ng‘iroq qilib, sizning karta ma’lumotlaringizni yoki SMS-kodlarni so‘rash hollari ko‘paymoqda. 🚫 Eslab qoling... ➡️Bank xodimlari hech qachon telefon orqali karta raqami, PIN-kod, CVV, SMS-kod yoki parolni so‘ramaydi. ➡️“Karta bloklanadi”, “Hisobingizdan pul yechiladi” kabi gaplar – bu firibgarlik! ➡️Bunday qo‘ng‘iroqlarga ishonmang va darhol qo‘ying. ✅ Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar: ➡️Faqat bankning rasmiy raqamlari orqali bog‘laning. ➡️Shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga bermang. ➡️Shubhali qo‘ng‘iroqlar haqida bankingizga yoki 102 raqamiga xabar bering. 🔒 Moliyaviy xavfsizlik – sizning qo‘lingizda!
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
Bank_UZ.mp441.34 MB
7👍 1
✅ Viktorina ❓“Kibermadaniyat” tushunchasi qaysi zamonaviy jarayon bilan bevosita bog‘liq?Anonymous voting
  • San’at asarlarining qadimiy turlari bilan
  • Yangi diniy harakatlar paydo bo‘lishi bilan
  • Raqamli texnologiyalar va internet tarmoqlarining hayotga kirib kelishi bilan
  • Milliy kiyim an’analarining yo‘qolishi bilan
0 votes
18🔥 6🎉 4👏 3🤩 2
00:36
Video unavailableShow in Telegram
🚫 Giyohvandlik – hayotni yemiruvchi illat! 🌱 Sog‘lom hayot baxtli kelajak garovi. Giyohvandlik esa insonning nafaqat sog‘lig‘ini, balki orzularini, oilasini va kelajagini barbod etadi. 🎓 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, zararli odatlarga qarshi kurash va yoshlar ongida mas’uliyat hissini mustahkamlash yo‘lida faol tashabbuslar bilan chiqishmoqda.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
IMG_1769.MP428.07 MB
5🥰 5👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#kun_hikmati 🎤 Ilm – qalbni tiriltiradi. 🪶 Imom G‘azzoliy
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
16 8💯 4👍 3🥰 2
⏳⏳⏳⏳ Bugun 13-noyabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni. 🌏Butunjahon mehribonlik kuni. 🇦🇷Argentina – Buvijonlar kuni. 🇪🇨Ekvador – Ta’lim kuni. 🇵🇦Panama – Jurnalistlar kuni. #muhim_voqealar 🔹1805 – Venalik qassob Iogann Laneri sosiskani ixtiro qildi. 🔹1851 – London va Parij o‘rtasida telegraf aloqasi ishlay boshladi. 🔹1872 – Lev Tolstoyning “Alifbo”si birinchi bor nashr etildi. 🔹1927 – Nyu Yorkda Gudzon tunneli ochildi. 🔹1940 – Willis Motor Co. birinchi “Jip”ni sinovdan o‘tkazdi. #tavalludlar 🔹1850 – Robert Stivenson – shotland yozuvchisi va shoiri. 🔹1912 – Usmon Nosir – mashhur o‘zbek shoiri. 🔹1938 – Vera Pak – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. 🔹1976 – Albina Axatova – rossiyalik biatlonchi, Olimpiya chempioni, 4 karra jahon chempioni.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
10🔥 3👏 2👍 1
🟦🟦🟦 👧 OTMlarning tashabbuslari “Adiblar xiyoboni”da 🔵Yurtimizda yoshlarning ma’naviy olamini boyitish va adabiyot hamda san’atga mehrini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari tomonidan “Adiblar xiyoboni”da ma’naviy-ma’rifiy tashrif va tadbirlar tashkil etilmoqda.
🔵 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari “Adiblar xiyoboni”ga ma’naviy sayohat uyushtirdilar. 🔵 Termiz davlat muhandislik va agroteхnologiyalar universiteti hududidagi “Adiblar xiyoboni”ga daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 🔵 Buxoro davlat universiteti rahbar-xodimlari hamda talaba-yoshlari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar. 🔵 Milliy estrada sanʼati instituti talabalari tyutor D. Joʻrayev va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi I. Joʻrayev rahbarligida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. 🔵 Andijon davlat texnika institutining bir guruh talaba-yoshlari ushbu go‘zal maskanda bo‘lib qaytdilar. 🔵 O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan “Adiblar xiyoboni”da taniqli ijodkorlar ishtirokida milliy adabiyotimizga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 🔵 Buxoro davlat texnika universiteti talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar. 🔵 Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “Adiblar xiyoboni”dagi shoir haykali poyida tadbir uyushtirildi. 🔵 O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tyutori S. Dusanov tashabbusi bilan talabalar “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar. 🔵 Alfraganus universiteti talaba yoshlari darsdan so‘ng bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurdilar.
😄 “Adiblar xiyoboni”ga uyushtirilayotgan tashriflar yoshlar uchun nafaqat hordiq, balki ma’naviy kamolot manbai bo‘lib, ular orqali talabalar milliy adabiyot, buyuk adiblar merosi va ijodiy qadriyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
إظهار الكل...
10😁 1🎉 1