ar
Feedback
POSTDA|Rasmiy kanal

POSTDA|Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Бирлашган таҳририяти хабарлари 🌐 Веб-сайт : www.postda.uz 📨 E:mail: info@postda.uz

إظهار المزيد
2025 عام في الأرقامsnowflakes fon
card fon
24 768
المشتركون
-1024 ساعات
-77 أيام
-7230 أيام
أرشيف المشاركات
Photo unavailableShow in Telegram
QUYI CHIRCHIQDA 4 NAFAR SHAXS QO’LGA OLINDI Quyi Chirchiq tumanida Toshkent viloyati IIBB va hududiy IIB xodimlari tomonidan tumanning Koʻksaroy, “Xoʻjapiskom”, “Doʻstlik”, “Paxtazor”, “Madaniyat” va “Beltepa” mahallasidagi xonadonlarga yashirin ravishda kirib, qiymati 128 mln soʻm boʻlgan jami 45 bosh qoʻylarni oʻgʻirlashda gumonlangan 4 nafar shaxs ushlanib, jinoyat “issiq izidan” fosh etildi. Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. @Postdarasmiy
إظهار الكل...
Гиёҳвандликка қарши кураш Пойтахтимизнинг Мирзо Улуғбек туманидаги 241-мактабда туман ИИБнинг масъул ходимлари иштирокида ўқувчи-ёшлар билан тарбиявий учрашув ташкил этилди. Тадбирда асосий мақсад — ёшлар ўртасида гиёҳвандликка қарши курашиш, уларнинг ҳуқуқий ва маънавий онгини ошириш, зарарли одатлардан ҳимоялашдан иборат бўлди. Учрашув давомида мутахассислар томонидан гиёҳванд моддаларнинг инсон саломатлигига етказадиган жиддий хавф-хатарлари, уларнинг руҳий ва жисмоний барқарорликка салбий таъсири атрофлича ёритилди. Шунингдек, гиёҳвандлик билан боғлиқ ҳуқуқий оқибатлар, қонунбузарликка олиб келувчи омиллар ва улардан сақланиш йўллари мисоллар асосида ёшларга етказиб берилди. Тадбир очиқ мулоқот руҳида ўтди. Ўқувчилар ўзларини қизиқтирган саволларга мутахассислардан батафсил жавоблар олдилар. Бундай учрашувлар ёшларда танлов масъулиятини шакллантириш, уларнинг онгида соғлом турмуш тарзини мустаҳкамлашда муҳим аҳамият касб этади. Гулистон ҚОДИРҚУЛОВА, маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари.
إظهار الكل...
Ҳам саёҳат, ҳам зиёрат Даврлар ўтиб ёш йигитлар шижоатли ходим, малакали устоз ва айни пайтда соҳада кўп меҳнати синган кекса фахрийга айланди. Уларга доим ёш авлод вакиллари томонидан иззат-икром ҳурмат кўрсатилишининг сабаби ҳам шунда. Мамлакатимизда 1-ноябр кунидан 30-ноябр куни қадар “Кексалар учун туризм ойлиги” деб эълон қилингани муносабати билан Навоий вилояти ИИБда узоқ йиллар хизмат қилиб, ҳозирда нафақа гаштини сураётган бир гуруҳ фахрийлар учун қадим Нурота туманига саёҳат ташкил этилди. Фахрийлар саёҳат давомида “Чашма” зиёратгоҳида бўлиб, унинг ташкил этилиш тарихи, авлиёлар шарафига бунёд этилган обидалар билан яқиндан танишдилар. Ўзаро суҳбат қуриб маданий ҳордиқ чиқаришди – табиийки, кайфиятларида кўтарингкилик пайдо бўлди. Бу каби тадбирлар вилоят бўйлаб кенг миқёсда давом эттирилмоқда. Ўз мухбиримиз, Навоий вилояти.
إظهار الكل...
Суякларни мустаҳкамловчи ёнғоқ Бу ёнғоқ тури кешью бўлиб, у асосан пўстлоқсиз сотилади. Негаки пўстлоғи остида терини куйдирувчи заҳарли ёғ мавжуд. Истеъмол учун хавфсиз маҳсулотга айлантириш мақсадида ёнғоқ термик қайта ишлаш жараёнидан ўтказилади. Ушбу экзотик ёнғоқ артерия қон босимини меъёрга солиб, қон айланиш тизими билан боғлиқ касалликлар (атеросклероз, камқонлик, инфаркт, инсульт) ривожланиши хавфини камайтиради. Кешью таянч-ҳаракат тизими фаолияти учун ҳам жуда фойдали бўлиб, суякларни мустаҳкамлайди. Ортиқча вазндан қутулишни истаганлар учун мутахассислар парҳезга кешью ёнғоғи қўшишни тавсия этишади.
Кешью таркибида А, В2, В1 каби витаминлари, рух, фосфор, кальций, темир моддалари мавжуд бўлиб, ушбу фойдали элементлар тўплами ёрдамида у антибактериал ва антисептик хусусиятларга эга бўлади. Кешью иммун тизимини мустаҳкамлаб, қондаги холестерин миқдорини меъёрга солади, шунингдек юрак-қон томир фаолиятини яхшилайди.
Гулчеҳра АЗИМОВА тайёрлади. 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Fidoyilik va insoniylik tuyg‘ulari uyg‘un Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokor va hamshiralari 40 mingga yaqin ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, ularning oila a’zolari va faxriylarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar. Salomatlik posbonlari faoliyatida mas’uliyat va mehr, kasbiy fidoyilik va insoniylik tuyg‘ulari uyg‘un. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni Ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi Har yili 25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kunidan boshlab 10 dekabr – Inson huquqlari kuniga qadar dunyo bo‘ylab «Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» global kampaniyasi o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus doirasida joriy yil BMT tomonidan kampaniya «Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» mavzusida tashkil etilmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu global tashabbus an’anaviy ravishda qo‘llab-quvvatlanib, mamlakat miqyosida turli yo‘nalishlardagi tadbirlar va muloqotlar orqali keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkaziladi. Batafsil 👉 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
«SABRGA SUYANIB YASHAYDI ULAR» Paxtachi tumani IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan Nilufar Mamadisayeva ichki ishlar organlarida qariyb 10 yil mobaynida xizmat qilib kelmoqda.U oilalarda uchraydigan zo‘ravonlikka qarshi kurashib, ayollar huquqlarini himoya qilishga, qizlarning kasb-hunar egallashi uchun zarur shart-sharoitlar yarati­lishi borasida doimo jon kuydiradi. Oilalar tinchligini ta’minlash, xotin-qizlar murojaatlarini o‘rganib chiqish va muammosini hal etish, ajrimlarning oldini olish uchun jonhalak. Батафсил ўқинг👉 👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi. FARMONGA MUVOFIQ, TOSHKENT SHAHRIDA EKOLOGIK VAZIYATNI YAXSHILASH YUZASIDAN KECHIKTIRIB BO‘LMAYDIGAN CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH BO‘YICHA MAXSUS KOMISSIYA TUZILDI. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi FarmoniУказ Президента Республики Узбекистан "О мерах по повышению эффективности и открытости деятельности органов судейского сообщества, а также дальнейшему усилению гарантий судебной независимости" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
إظهار الكل...
03:37
Video unavailableShow in Telegram
#Lirik_chekinish Islom olamining qadrin qasri bu ✍️ Mahmud Toir, O‘zbekiston xalq shoiri 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...
2.mp458.03 MB
ТАЛАБАЛАР ИШТИРОКИДА Тошкент педиатрия тиббиёт институтида ИИВ Академияси ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги билан ҳамкорликда “Гиёҳвандлик моддалари, психотроп дори воситаларининг ноқонуний муомаласи ва диний экстремистик оқим ғоялари таъсирига тушиб қолиш ҳолатларининг олдини олиш” мавзусида профилактик тадбир ўтказилди. Тадбирда кун тартибидаги мавзу юзасидан амалга оширилаётган ишлар, шунингдек, гиёҳвандлик моддалари, психотроп дори воситаларининг ноқонуний муомаласининг ҳуқуқий оқибатлари ҳақида атрофлича сўз юритилди. Ёшларни ватанпарварлик, миллий ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш, ўсиб келаётган авлодни терроризм, диний экстремизм ғояларидан ҳимоя қилиш, бу йўналишда ички ишлар органлари томонидан ҳамкорликда олиб борилаётган ишларга алоҳида тўхталинди. Ўз мухбиримиз. 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
TADBIRLARDA PNEVMATIK QUROL ANIQLANDI “Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik” profilaktik tadbiri viloyat miqyosida jadallik bilan o‘tkazilmoqda. Olingan tezkor ma’lumotlar asosida Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan “Do‘stlik” mahallasi T.Farog‘iy ko‘chasida yashovchi, 1953-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.I.ning yashash manzili tekshirildi. Tekshiruv jarayonida fuqaroning yashash xonadoni yotoqxonasida hech qanday hujjatlarsiz saqlab kelinayotgan 1 dona “NORICA” rusumli pnevmatik qurol chiqdi. Shuningdek, Kogon tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida “Niyozi Xoji” mahallasida yashovchi Q. I.ning xonadonida ham 1 dona “IJ-38” rusumli pnevmatik qurol borligi aniqlanib, ushbu qurol ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. O‘z muxbirimiz. Buxoro viloyati. 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”: talabalar orasida keng qamrovli targ‘ibot Xorazm viloyati IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Urganch davlat universitetida talabalarga qaratilgan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi – yoshlar orasida kiberjinoyatlarning oldini olish, raqamli makonda ongli va xavfsiz faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish. Uchrashuv davomida mutaxassislar kiberxavfsizlikning asosiy qoidalari, firibgarlikning zamonaviy usullari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internetda mas’uliyatli xatti-harakatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, talabalar bilan real misollar asosida tahliliy suhbatlar olib borilib, kiberjinoyatlarning oqibatlari atroflicha muhokama qilindi. Nilufar Jabborova, Xorazm viloyati.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” Mirzo Ulug‘bek tumanida 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tuman IIOFMB tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda IIOFMB rahbariyati, imom-xatib, Oila va xotin-qizlar bo‘limi vakillari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, MFY xotin-qizlar faollari hamda namunaviy oilalar ishtirok etdi. Yakunda mahallalarda namunaviy deb topilgan oilalar hamda ayollar bilan ishlashda faollik ko‘rsatgan xotin-qizlar faollari IIOFMB boshlig‘i tomonidan taqdirlandi. O‘z muxbirimiz. Toshkent shahri. 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...
MADANIY TADBIR Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Yoshlar markazi”da “Oʻzbekiston davlat satira teatri” aktyorlari ishtirokida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda viloyatda xizmat qilayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va ularning oila aʼzolari, shuningdek, mahalla faollari ishtirok etdi. Tadbirda soʻz ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mirzabek Xolmedovning ishtiroki ham barchaga alohida zavq ulashdi. Mazkur madaniy uchrashuv ishtirokchilar uchun hordiq, koʻtarinki kayfiyat va ijobiy ruhiy muhit yaratishga xizmat qiladi. @Postdarasmiy
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
#JUMBOQ Bir kuni oqshomda u Kamamber pishlog'ini tatib ko'radi va qorong'u xonasida pishloqning ajobtovor ta'midan huzur qilib soatiga qaraydi hamda vaqtning ajoyib tarzda o'tyotganligidan ilhomlanib mashhur shoh asarini yaratgan ekan. Gap kim haqida ketyapti va uni o‘sha mashhur asarining nomi nima? Ushbu savolga Rushana, Azamat Axmatov, Mansur kabi o'quvchilarimiz to'g'ri javob berishdi. Ofarin! Bilimdonlarga omad tilab qolamiz. Javob : Bu mashhur rassom Salvador Dali. Shoh asar esa "Oqayotgan soatlar"
إظهار الكل...
Вакилларимиз – ғолиб “Динамо” ЖТСЖ Қашқадарё вилояти кенгаши режасига асосан, Қарши олимпия ва паралимпия спорт турлари тайёрлаш марказида волейбол мусобақаси ўтказилди. Вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимлари ўртасидаги мазкур мусобақада барча жамоалар ғолиблик учун жиддий кураш олиб борди. Якунда эса, ғолиблик вилоят ИИБ жамоасига насиб этди. Кейинги ўринларни вилоят ФВБ ва 37837-ҳарбий қисм жамоалари қўлга киритди. Ғолиблар диплом ва эсдалик совғалари билан тақдирланди. Ўз мухбиримиз. Қашқадарё вилояти. 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi: xavfsizlik sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish sari muhim qadam ▶️ Batafsil ——— Ўзбекистон Ички ишлар вазирлиги делегациясининг Хитой Халқ Республикасига расмий ташрифи: хавфсизлик соҳасида ҳамкорликни чуқурлаштириш сари муҳим қадам ▶️ Батафсил ——— Официальный визит делегации Министерства внутренних дел Узбекистана в Китайскую Народную Республику: важный шаг на пути к углублению сотрудничества в сфере безопасности ▶️ Подробно ——— The official visit of the delegation of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan to the People's Republic of China: A significant step towards deepening security cooperation ▶️ Read more Телеграм канал
إظهار الكل...
Халқаро ҳамкорлик Криминология тадқиқот институтида Хитой Халқ Республикасининг етакчи олий таълим муассасаларидан бири – Цинхуа университетининг Хефей жамоат хавфсизлиги институти делегацияси билан учрашув бўлиб ўтди. Тадбир доирасида томонлар криминологик тадқиқотлар йўналишлари, жиноятчиликнинг олдини олиш бўйича илмий-амалий ёндашувлар, кадрлар малака алмашинуви ва қўшма лойиҳалар, замонавий ахборот технологиялари ва сунъий интеллект асосида хавфсизликни таъминлаш тизимлари каби масалаларни муҳокама қилдилар. Учрашув якунида ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада кенгайтириш бўйича келишувларга эришилди. 👉 @postdarasmiy
إظهار الكل...