#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸 instagram.com/hashtaguz 🤪 tiktok.com/@hashtaguz 🎬 youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
显示更多2025 年数字统计

14 750
订阅者
-5724 小时
-377 天
+14130 天
帖子存档
📱 Meta hamkorligida Oakley yangi aqlli ko‘zoynaklarni taqdim etdi — Oakley Meta HSTN
👓 Bu model Oakley HSTN’ning avvaldan mavjud bo‘lgan opavasi asosida yaratilgan, ammo endi aqlli funksiyalar bilan boyitilgan:
• 3K sifatda video yozadigan kamera
• Meta AI asosidagi ovozli yordamchi
• Dujkalarda joylashgan kuchli ochiq dinamika: AI javoblarini eshitish, musiqa yoki podkast tinglash mumkin
• 8 soatlik ishlash vaqti (aralash rejimda), 19 soatgacha kutish holatida
• Qutisi bilan birga 48 soatgacha qo‘shimcha ishlash vaqti
• Tez zaryad: 20 daqiqada — 50%
• Namlikdan himoya: IPX4
😎 Desert 24k Prizm Polar rangidagi cheklangan versiya 11-iyuldan $499 narxda sotuvga chiqadi. Qolgan kolleksiya esa shu yoz oxirida $399 narxda chiqishi kutilmoqda.
➡️ #meta | Birinchi raqamli IT-Blog
IMG_2858.MP44.55 MB
👍 17❤ 10🔥 7😁 1👾 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🥇 NVIDIA RTX 5090 – "Dhahab Edition": oltin bilan qoplangan grafik karta Dubayda namoyish qilindi!
🖥 Bu oddiy RTX 5090 emas. Dubaydagi GITEX Africa 2025 ko‘rgazmasida taqdim etilgan karta 18 karatli 6.5 grammdan iborat haqiqiy oltin bilan bezatilgan bo‘lib, “Dhahab” (arabchada – oltin) deb nomlangan maxsus versiya.
✨ NVIDIA bu modelni o‘zi emas, balki Dubaydagi maxsus butik kompaniya orqali ishlab chiqargan. Dizaynidan tortib, qadoqlanishigacha – hammasi hashamatga yo‘g‘rilgan.
⚙️ Qanday texnik xususiyatlar borligi aytilmagan, ammo ehtimol oddiy RTX 5090 bilan bir xil bo‘ladi. Faqat, ustiga NVIDIA Bosh direktori Jensen Xuangning dastxati ham tushirilgan.
🇦🇪 Bu karta kolleksionerlar va Dubaydagi premium texnologiya ishqibozlari uchun mo‘ljallangan.
🧐 Siz olarmidingiz bunday “oltin kartani”?
➡️ #nvidia | Birinchi raqamli IT-Blog
🗿 23❤ 19👍 10😭 5👾 1
00:33
视频不可用在 Telegram 中显示
🎮 7 Shimoliy Koreyada bo'larmish... 🇰🇵
😂 Hazil, yana kutib yurmanglar))
➡️ #kayfiyat #game| Birinchi raqamli IT-Blog
sGPiwIVmscA.mp48.32 MB
📱📱 X Fold 5 Apple Watch va AirPods bilan ishlay oladigan dunyodagi birinchi Android-smartfon!
ℹ️ Kompaniya rasmiy bayonotlariga ko‘ra, soatlar smartfonga kelayotgan barcha bildirishnomalarni ko‘rsata oladi, shuningdek, vivo Health ilovasidan ma’lumotlarni qabul qiladi.
☁️ Ulashish iCloud hisob qaydi orqali amalga oshiriladi. iCloud Drive, fotosuratlarni sinxronlash va boshqa barcha funksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi e’lon qilingan.
🍏 Ammo bu hammasi emas — qandaydir tarzda Vivo X Fold 5’ni AirPods bilan ham moslashtira olgan: u fazoviy audio, chiroyli ulanish oynasi va iPhone’dan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish, Mac uchun tashqi displey sifatida ishlash funksiyalariga ega.
🤷♂️ Taxminlarga ko‘ra, kompaniya bu moslikni Apple’ning rasmiy API’larsiz, cheklovlarni qisman chetlab o‘tish orqali amalga oshirgan. Ammo ehtimol, Apple kelgusidagi yangilanishlar orqali bu “moslikni” bloklashi mumkin.
➡️ #vivo #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
👍 19❤ 5👾 3
照片不可用在 Telegram 中显示
📷 Instagram’da profil joylashuvini (setkani) tahrirlash imkoni paydo bo‘ladi
ℹ️ Yaqin yangilanishlarda foydalanuvchilar postlar tartibini profilda qo‘l bilan o‘zgartira olishadi.
🎵 Shuningdek, Stories’ga “Reaksiya” stikeri qo‘shish va Spotify’dagi treklarni Notes (Izohlar) bo‘limida ulashish funksiyalari ham e’lon qilindi.
➡️ #instagram | Birinchi raqamli IT-Blog
❤ 16👍 5🤬 5🥱 3👾 3
照片不可用在 Telegram 中显示
📡 iOS 26 internet bo‘lmaganda ham ob-havo ko‘rsatadi — sun’iy yo‘ldosh orqali!
🍏 Apple yangi iOS 26 beta-versiyasida qiziqarli funksiya topildi: agar Wi-Fi va mobil tarmoq bo‘lmasa, iPhone ob-havo ma’lumotlarini sun’iy yo‘ldosh orqali qabul qila oladi. Buning uchun faqat telefonni yuqoriga ko‘tarish kifoya — aloqa o‘rnatiladi va prognoz yangilanadi.
⛅️ Bu funksiya hali rasmiy e’lon qilinmagan — WWDC 2025da ham, boshqa joylarda ham tilga olinmadi. Kutilishicha, bu yangilik iOS 26 ning kuzda chiqadigan yakuniy versiyasida paydo bo‘ladi.
📱 Hozircha bu imkoniyat barcha mos modellarda bo‘ladimi yoki faqat iPhone 17 (iPhone 26)da ishlaydimi — noma’lum. Yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.
➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
⚡ 24👾 7👍 6🐳 3🆒 2
👨💻 WWDC 2025 asosiy yangiliklari
🍏 Apple bu safar AI (Sun’iy Intellekt) va dizayn sohasidagi yangilanishlarga urg‘u berdi. Mana eng muhim 10 ta “fishka”:
🫧 Liquid Glass dizayni — iOS 26, macOS Tahoe va watchOS 11’ga shaffof, jonli vizual interfeyslar qo‘shildi.
🗓 Yil bo‘yicha nomlanish — endi barcha OS’lar (iOS, iPadOS, watchOS va h.k.) yil raqamiga qarab nomlanadi (masalan, iOS 26).
🧠 Apple Intelligence — qurilmada ishlovchi (on-device) AI, maxfiylikni saqlagan holda ChatGPT bilan ishlash imkonini beradi.
🌍 Live Translation — real vaqt rejimida tarjima FaceTime va telefon qo‘ng‘iroqlariga integratsiya qilindi.
🏃♂️ Workout Buddy — Apple Watch endi sun’iy intellekt yordamida motivatsiya beradi va mashqlarni shaxsiylashtiradi.
🖼 Visual Intelligence — skrinshot va rasm ichidan matn, obyekt yoki ma’lumotlarni ajratib olish va tahlil qilish mumkin.
🤖 Genmoji & Image Playground — AI yordamida shaxsiy emoji va rasmlar yaratish; ChatGPT bilan integratsiya qilingan.
🔋 Adaptive Power Mode — iPhone’lar endi foydalanishga qarab o‘z-o‘zini optimallashtiradi va batareyani tejaydi.
🎧 AirPods yangi funksiyasi — kamera masofadan boshqarilishi va fon shovqinlarini yanada chuqurroq izolyatsiya qilish.
🥽 Vision Pro & PS Gamepad — Apple Vision Pro endi PSVR2 gamepad’larini qo‘llab-quvvatlaydi, geymerlar uchun yangilik!
☑️ Xulosa: Bu safar Apple katta inqilobdan ko‘ra, mavjud tizimlarni kuchaytirishga e’tibor qaratdi. Sun’iy intellekt imkoniyatlari real hayotda ish beradi – lekin Siri hali to‘liq yangilanmagan.
👩💻 Sizga qaysi funksiya yoqdi? Izohlarda kutamiz!
Post ancha kech chiqqani uchun uzr. Vaqt bo'lmadi...
➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
IMG_0970.mp429.50 MB
🆒 14❤ 10🔥 7👾 5✍ 3
👨💻 Apple Park’ga WWDC25 uchun kelayotgan mehmonlar quyidagi sovg‘alarni olishmoqda — bu Apple’dan brendlangan sovg‘alar: suv uchun idish, sumka (shoppper) va iMessage stikerlari uslubidagi pinlar.
➡️ #apple | Birinchi raqamli IT-Blog
🤮 46❤ 14👍 10👾 4👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
👨💻 Bugun WWDC 2025!
🔥 Yangi operatsion tizimlar, yangi funksiyalar va ehtimol, yangi qurilmalar namoyish etiladi!
🍏 Agar AirPods Pro 3 yoki iOS 19'ni kutayotgan bo‘lsangiz, 👍 bosing.
📱 Tadbir Apple’ning YouTube kanalida efirga uzatiladi.
👍 69👎 22😁 5❤ 4🤮 4
照片不可用在 Telegram 中显示
🌙 #Hashtag’chilarim, ulugʻ ayyom - Qurbon hayiti muborak!
🐑 Keltirilayotgan qurbonliklar dargohida qabul boʻlsin.
✈️ Eng yaxshi tilaklar va albatta, eng yangi gadjetlarni tilab qolaman.
😎 Hurmat bilan, JM!
👍 43❤🔥 10🔥 7🗿 5👾 2
00:09
视频不可用在 Telegram 中显示
✈️ Telegram katta yangilanish chiqardi — eng ajablanarlisi, barcha yangi funksiyalar mutlaqo bepul!
🎙 Ovozli xabarlarni qirqish — yozuvni pauzaga qo‘yib, kerakli joylarini qirqib yuborish mumkin.
🖼 HD sifatida rasm yuborish — galereyadan rasm tanlagach, pastki qismda “HD” tugmasini bosasiz.
📩 Kanallarga shaxsiy xabar yuborish — administratorlar bu funksiyani bepul yoki pullik qilishni tanlay oladi.
📊 So‘rovnoma variantlari ko‘paydi — endi 10 emas, 12 ta javob varianti qo‘shish mumkin.
💬 Guruhlar uchun yangi ko‘rinish — mavzuli guruhlarda kompakt ko‘rinish paydo bo‘ldi.
➡️ #telegram | Birinchi raqamli IT-Blog
33.mp46.18 KB
00:17
视频不可用在 Telegram 中显示
📱📱 X Fold 5 dunyodagi eng yengil bukiluvchi smartfon bo‘ladi
ℹ️ Kompaniya chiqarilgan video orqali yangi model — X Fold 5 — avvalgi X Fold 3 modelidan ham yengilroq bo‘lishini tasdiqladi. Mish-mishlarga ko‘ra, uning og‘irligi atigi 209 gramm bo‘ladi.
💧 Vivo shuningdek, bu model uch darajali himoyaga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi bukiluvchi telefon bo‘lishini aytdi — IP66, IP68, IP69 sertifikatlari bilan.
⚙️ Ma’lum xususiyatlari:
- Ichki ekran: 8,03" AMOLED, 2K, 120 Hz
- Tashqi ekran: 6,53" OLED, FHD+, 120 Hz
- Chipset: Snapdragon 8 Gen 3
- Kameralar: 50 MP asosiy + 50 MP ultra keng + 50 MP telefoto + 32 MP selfi
- Himoya: IP66 / IP68 / IP69
- Batareya: 6000 mA·soat, 90 W tezkor, 30 W simsiz zaryadlash
➡️ #vivo | Birinchi raqamli IT-Blog
IMG_1497.MP43.97 MB
😱 15👍 12👾 5❤ 4👎 1
👧 Technovation Girls Uzbekistan 2025 xalqaro tanlovi doirasida O‘zbekistonlik qizlar 88 ta ijtimoiy mobil ilova yaratdi
🇺🇿 Technovation Girls Uzbekistan 2025 xalqaro tanlovi doirasida mamlakatimizning 8 ta hududidan o‘quvchi qizlar jamiyat uchun muhim muammolarni hal etishga qaratilgan 88 ta mobil ilovani ishlab chiqishdi — ular orasida xavfsizlik, inklyuziya, ekologiya va kiberxavfsizlik mavzulari qamrab olingan.
Ko‘plab loyihalarda sun’iy intellekt texnologiyalari qo‘llanilgan. Tanlovda 1500 nafardan ortiq qizlar ishtirok etdi.
ℹ️ Dastur Tech4Impact tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yandex Uzbekistan ko‘magida amalga oshirilmoqda.
✈️ Eng yaxshi jamoalar O‘zbekiston sharafini xalqaro bosqichda himoya qiladi.
❤ 6🤮 5❤🔥 4👎 1👾 1
照片不可用在 Telegram 中显示
💍 Samsung Galaxy Ring 2 aqlli uzugini ishlab chiqishga kirishdi
📱 Galaxy Club nashrining xabariga ko‘ra, kompaniya hozirda ushbu gadjetni yaratishning ilk bosqichida.
ℹ️ Yoyilgan patentlarga asoslanib aytilishicha, Galaxy Ring 2 quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin:
- egiluvchan korpus tuzilmasi,
- tana harorati va atrof-muhit haroratini o‘lchovchi sensorlar,
- akselerometr va giroskop (harakat va orientatsiyani aniqlovchi sensorlar),
- yupqaroq korpus va yanada kuchliroq akkumulyator.
📅 Ammo ushbu qurilmaning tez orada sotuvga chiqishini kutmang. Eng erta chiqish sanasi sifatida 2026-yil, Galaxy S26 smartfonlari bilan birgalikda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.
⚡ 19❤ 5👾 2
照片不可用在 Telegram 中显示
🎯 CALL CENTER EGA BO‘LMOQCHIMISIZ? INDICATOR BILAN OSON!
🚨 Super yangilik faqat “INDICATOR ” brendida!
Agar siz kompyuter xarid qilsangiz, biz sizga to‘liq tayyor call centr yechimini bepul taqdim etamiz!
🎁 Bonuslar ro‘yxati:
✅ CRM tizimini o‘rnatib beramiz – mijozlaringizni tartib bilan boshqarasiz
✅ "Telefoniya" ni ham sozlab beramiz – mijoz qo‘ng‘iroqlari endi avtomatik tizimda
✅ Internetga ulaymiz va sozlaymiz – har bir kompyuter 100% ishlashga tayyor holatda
✅ Ishga tayyor call center – sizga faqat ish boshlash qoladi!
⸻
📦 Bu to‘plam bilan siz nafaqat vaqtni, daromadni ham tejaysiz!
📲 Buyurtma uchun yozing:
@Psjbest
📍 Cheklangan aksiya – hoziroq joy band qiling!
❤ 3⚡ 2👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
📱 Insayder bo‘lajak Galaxy Z Fold7'ning texnik xususiyatlari bilan o‘rtoqlashdi
✅ Chipset: Qualcomm Snapdragon 8 Elite for Galaxy
✅ Ichki ekran: 8,2 dyuym, 120 Hz
✅ Tashqi ekran: 6,5 dyuym, Full HD+, 120 Hz
✅ Yupqaroq romkalar
✅ Asosiy kamera: 200 MP
✅ Batareya: 4400 mA·soat
✅ Operativ xotira: 12 GB
✅ Doimiy xotira: 256 GB / 512 GB / 1 TB
✅ Qalinligi ochilgan holatda: 3,9 mm
✅ Tizim: One UI 8 (Android 16 asosida)
ℹ️ Samsung’ning navbatdagi bukiluvchi flagmani eng kuchli texnologiyalar bilan jihozlanayotgani ko‘rinmoqda.
➡️ #samsung | Birinchi raqamli IT-Blog
👾 12⚡ 11👍 6❤ 5😱 1
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?
🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊
👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
📞 71-200-05-95
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
👾 9👍 4☃ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🍏 iPhone 27 va iOS 26 — keyingi yildayoq chiqishi mumkin!
😰 Internetda yangi mish-mishlar paydo bo‘ldi: Apple mahsulotlari, ayniqsa operatsion tizimlari nomlash tizimini to‘liq o‘zgartirmoqchi. Odatiy iOS 18 o‘rniga bu kuzda iOS 26 chiqadi — raqam yil bilan mos tushishi uchun. Agar bu rost bo‘lsa, iPhone liniyasi ham nomlash bo‘yicha katta o‘zgarishga uchrashi mumkin.
🤷♂️ Bu mish-mishlarni tahlilchilar ham qo‘llab-quvvatlamoqda: Min-Chi Kuo va Ueyn Ma yaqinda Apple yangi modellar bo‘yicha reja xaritasini qayta ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilishgan. 2025-yildayoq “oddiy” iPhone yo‘qolib, relizlar bahor va kuzga bo‘linishi mumkin:
— Bahorda: iPhone 27 va yengillashtirilgan iPhone 27e
— Kuzda to‘rt model: iPhone Air 27, iPhone Pro 27, iPhone Pro Max 27 va bukiladigan iPhone Fold 27
ℹ️ Apple bu orqali foydalanuvchilarga mahsulotlarini tushunishni soddalashtirmoqchi. Ammo, bu qanchalik "yeb ketadi?" Axir hozirning o‘zida ham ko‘pchilik "Nega iPhone 16 iOS 18da ishlaydi?" degan savolni tushunmaydi. Endi yana Air 27 va Fold 27 chiqsa, bu tartib butunlay chalkashib ketmaydimi?
⚠️ Bu hozircha faqat insayderlar prognozi. Ammo agar Apple bu yo‘lni tanlasa, bu 2007-yilda birinchi iPhone chiqqanidan beri eng yirik nomlash tizimi o‘zgarishi bo‘ladi.
🤣 45❤ 14🤯 5👾 4🤔 3
照片不可用在 Telegram 中显示
📱📱 nihoyat o‘zining smartfon ishlab chiqarishini to‘xtatdi.
🇯🇵 Yaponiya nashri SumahoDigest xabariga ko‘ra, Sony rasmiy saytida endilikda kompaniya o‘z zavodlarida ishlab chiqaradigan mahsulotlar ro‘yxatidan “smartfonlar” bo‘limini butunlay olib tashlangan.
⚠️ Ammo bu Sony bozorni tark etmoqda degani emas. Shunchaki, endi barcha Xperia modellari (shu jumladan flagmanlar ham) uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadi. Bu kompaniyalar ilgari o‘rta narx toifasidagi Sony smartfonlarini ishlab chiqargan edi.
🎨 Sony esa endi faqat qurilmalar dizayni va texnik tavsifi uchun javobgar bo‘ladi.
➡️ #sony | Birinchi raqamli IT-Blog
⚡ 29😨 17🔥 4❤ 3👾 2
照片不可用在 Telegram 中显示
🍏 iPhone 16 dunyodagi eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘ldi
📊 Counterpoint Research tahliliy agentligi 2025-yilning birinchi choragida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi.
ℹ️ Birinchi o‘rinni iPhone 16 egallagan, undan keyingi o‘rinlarda esa Pro Max va Pro modellar joylashgan.
📱 Ro‘yxatdagi yagona Android flagman — Galaxy S25 Ultra bo‘ldi.
🤷♂️ Qolgan barcha Android-smartfonlar asosan $100 atrofidagi byudjet modellari bo‘lib, ular umumiy bozorning 20% qismini egallagan.
➡️ #smartfon | Birinchi raqamli IT-Blog
