ch
Feedback
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

前往频道在 Telegram
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
95 958
订阅者
-324 小时
+2887
+9430
帖子存档
#uchrashuv Yashirin iqtisodiyotni oldini olishda yangi bosqichga qadam qoʻyilmoqda Buxoroda Soliq qoʻmitasi tashabbusi bilan «Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish samaradorligini oshirish – bosh maqsadimiz» shiori ostida tadbirkorlar oʻrtasida amaliy seminar tashkil etildi. 600 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda soliq qoʻmitasi va viloyat soliq boshqarmasi masʼullari ishtirokchilarga soliq qonunchiligidagi muhim yangiliklarni, tushuntirib oʻtdilar. 👉 PF-246-son 10.12.2025-y. Xususan, 2026-yil 1-yanvardan barcha savdo va xizmat koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslar tomonidan banklarda generatsiya qilingan yagona QR-kod orqali elektron toʻlovlarni qabul qilish yoʻlga qoʻyilishi hamda 2026-yil 1-iyuldan yagona QR-kodli toʻlov tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilish majburiy etib belgilanishi aytib oʻtildi. Seminar ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda videokonferensiya orqali viloyatning barcha shahar va tumanlaridan ham tadbirkorlar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olish imkoniga ega boʻldilar. Tadbir jarayonida joriy yilda viloyatda eng koʻp naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirgan, eng koʻp soliq toʻlagan, eng koʻp fiskal chek taqdim etgan, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga hissa qoʻshgan eng faol va intizomli tadbirkorlarning bir guruhiga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
02:19
视频不可用在 Telegram 中显示
#uchrashuv Navoiyda soliq toʻlovchilar uchun seminar oʻtkazildi Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 246-son Farmoni mazmun-mohiyatini soliq toʻlovchilarga batafsil tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi. Tadbir davomida mutaxassislar farmonda belgilangan asosiy yoʻnalishlar, soliq qonunchiligidagi yangiliklar hamda ularning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega boʻldi. Mazkur seminar soliq toʻlovchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, shaffof va barqaror biznes muhitini rivojlantirishga xizmat qildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
IMG_2576.MOV51.12 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma Texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik ham yangi bosqichga olib chiqiladi. Xususan, “dual ta’lim” asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi. Tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi. Korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma Soliq, bojxona, sanepidemnazorat, standart, karantin, qurilish nazorati inspeksiyasi, yong‘in xavfsizligi kabi 17 turdagi tekshiruvlarda yonkameradan foydalanish majburiy bo‘ladi. “Soya”dagi iqtisodiyotdan ixtiyoriy ravishda shaffoflikka chiqmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar buxgalteriya, statistika, soliq hisobotlarini yuritish bo‘yicha bepul o‘qitiladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma Innovatsiya asosida yuqori texnologik mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar rag‘batlantiriladi. Korxona mutaxassislarining ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalaridan olgan daromadi soliqdan ozod qilinadi. Ana shunday islohotlar orqali kelgusi besh yilda sanoatda mehnat unumdorligi 30 ming dollarga yetkaziladi, 1 ming dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratishga ketadigan energiya sarfi 1,5 barobar kamaytiriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat davom ettirilib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m resurs beriladi. Shundan 43 trillion so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma 2026-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablag‘ning yarmi tumanlar budjetiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, daromadlarning prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismining 50 foizi, ekin yerlarini ijaraga berish va bozorlardan tushumlar ham to‘liq tuman budjetiga beriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga Murojaatnomasi bo'lib o'tmoqda. Anjumanda Prezidentimiz 2026-yilni yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilishni taklif qildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
01:48
视频不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma 🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi yo'llanadi. Soat 11:00 dan boshlab MTRK telekanallari orqali jonli reportajlar efirga uzatiladi. Bu voqea nafaqat davlat boshqaruvi tizimidagi, balki har bir fuqaro hayotidagi muhim palla hisoblanadi. Murojaatnomada mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlari belgilab beriladi hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlar yangi bosqichga ko‘tariladi. Shuningdek, onlayn tarzda Prezidentning rasmiy veb-sayti (president.uz), Facebook, Instagram, YouTube va Twitter (X) sahifalari orqali kuzatib borish mumkin. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
MUROJAATNOMA.mp44.79 MB
01:26
视频不可用在 Telegram 中显示
#uchrashuv Samarqandda tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar tushuntirildi Soliq qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da o‘tkazilgan seminarda Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi 246-son Farmoni mazmun-mohiyati soliq to‘lovchilarga batafsil yetkazildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
roliksef.mp49.80 MB
02:28
视频不可用在 Telegram 中显示
#yangi_yil_pochtasi Xorazmlik bolajonlar Soliq qoʻmitasi Raisining Yangi yil sovgʻalari bilan taqdirlanishdi Soliq qoʻmitasi Raisi tashabbusi bilan tashkil qilingan "Raisga Yangi yil maktubi" loyihasida xorazmlik yoshlar ham faol ishtirok etishdi. Loyihada Xorazm viloyati soliq xizmati organlarida mehnat qilayotgan xodimlarning 17 nafar farzandlari ishtirok etdilar.
Bolajonlar yil davomida oʻzining qoʻlga kiritgan yutuq va muvaffaqiyatlari, ota-onasining kasbini qanday tushunishi va tasavvur qilishi haqida yozgan hikoyalari, chizgan rasmlari, kichik qoʻl mehnati buyumlari bilan oʻz isteʼdodlarini namoyon etdilar. Shu munosabat bilan, har bir maktub egalariga Soliq qoʻmitasi raisining javob xati hamda Yangi yil sovgʻalari yetkazildi.
Bolajonlar tabrik va sovgʻalardan bagʻoyatda mamnun boʻlib tashakkurlar aytdilar hamda kelajakda Vatan ravnaqi uchun xizmat qiladigan insonlar boʻlib ulgʻayishga vaʼda berdilar. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
25.12.2025 Raisga maktub.mp493.45 MB
02:25
视频不可用在 Telegram 中显示
#индивидуальный_предприниматель #самозанятость В Узбекистане запускается новый правовой режим для индивидуальных предпринимателей и самозанятых – с единой цифровой экосистемой, автоматическим начислением налогов и прозрачными расчетами. Регистрация бизнеса, налоги, платежи и чеки – все в одном цифровом пространстве. ПП-247 от 12.08.2025г. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
infografika ru.mp442.66 MB
02:46
视频不可用在 Telegram 中显示
#YTT #ozini_ozi_band_qilish Oʻzbekistonda yagona raqamli ekotizim, soliqlarni avtomatik hisoblash hamda shaffof hisob-kitoblar asosida yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun yangi huquqiy rejim joriy etilmoqda. Biznesni roʻyxatdan oʻtkazish, soliqlar, toʻlovlar va cheklar – barchasi yagona raqamli makonda amalga oshiriladi. 👉 PQ-247-son, 12.08.2025-yil. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
显示全部...
infografika uz.mp449.09 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
#rasmiy_munosabat Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "qonun hujjatlari oʻrniga ogʻzaki qoʻngʻiroqlar biznes muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganligi" haqida tarqalgan xabar yuzasidan Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi. Prezidentimizning 2025-yil 12-avgustdagi 247-son qaroriga muvofiq, 2030-yil 31-dekabrga qadar toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun davlat va moliyaviy onlayn xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi maxsus huquqiy rejimni joriy etish maʼqullandi. Ushbu maxsus rejimda jismoniy shaxslar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni, shu jumladan pul oʻtkazmalarini amalga oshirish koʻzda tutilgan boʻlib, bu ularni huquqiy tartibga solish va yagona qoʻllash tartibini taʼminlaydi. YATT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2026-yil 1-yanvardan boshlab tovar aylanma hajmidan 1 foizli stavkada soliq toʻlaydi. Shuningdek, raqamli platformadan roʻyxatdan oʻtish orqali soliq hisobotlari (hisob-kitoblar) avtomatik shakllantiriladi, raqamli platforma orqali ochilgan elektron hamyon bank hisob raqamiga tenglashtiriladi. Soliq qoʻmitasi tomonidan mazkur qaror mazmuni hamda platformaning qulayliklari toʻgʻrisida 208 ta tuman markazlarida, bozorlar va savdo komplekslarida seminar, uchrashuvlar tashkil etilib, batafsil tushuntirishlar berilmoqda. Shu bilan birga, YATT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar elektron toʻlovlarni qabul qilish uchun maxsus QR kodga ega boʻlishi, bu talab savdo qoidalarining majburiy sharti hisoblanishi toʻgʻrisida eslatib oʻtilmoqda. Natijada, joriy yilning 25-dekabr holatiga 550,4 ming nafar (215,7 mingta YATT va 334,6 mingta oʻzini oʻzi bandlar) YATT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar raqamli platformadan roʻyxatdan oʻtdi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari, yaʼni ishlar va xizmatlar roʻyxati 112 tadan 72 taga qisqartirildi. Oʻzgarishlarning asosiy qismi YATT faoliyatiga xos boʻlgan 40 ta yoʻnalishga toʻgʻri keladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...
#uchrashuv Navoiy viloyatida soliq toʻlovchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi Bugun Navoiy shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 246-son Farmoni mazmun-mohiyatini soliq toʻlovchilarga batafsil tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi. Soliq qoʻmitasi hamda viloyat soliq xizmati organlari mutaxassislari tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi muhim yangiliklar, ularning amaliyotda qoʻllanilishi hamda biznes faoliyatiga ijobiy taʼsiri xususida atroflicha va sodda tarzda tushuntirishlar berdi. Ochiq muloqotda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri mutaxassislarga murojaat qilib, amaliy misollar orqali batafsil javoblar oldi. Hududlarda oʻtkazilayotgan seminarlar farmonda belgilangan asosiy yoʻnalishlar: naqdsiz hisob-kitoblarni keng joriy etish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda shaffof biznes muhitini yaratish kabi muhim jihatlarni soliq toʻlovchilarga yetkazishga xizmat qiladi. Bu kabi targʻibot tadbirlari Soliq qoʻmitasi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads
显示全部...