ch
Feedback
TerDU rasmiy kanali

TerDU rasmiy kanali

前往频道在 Telegram

Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
18 920
订阅者
-3324 小时
-2007
-58430
帖子存档
🇺🇿VATANPARVARLIK OYLIGI 🟢O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab 15-dekabrdan 15-yanvargacha vatanparvarlik tadbirlarini o‘tkazish belgilangan. 🟢Kuni-kecha shahrimiz markazida joylashgan “Vatanparvarlar” bog‘ida“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, kelajagimiz posboni” shiori ostida tantanali tadbirlar hamda qator sport musobaqalari tashkil etildi. 🟢Xususan, tosh ko‘tarish va arqon tortish bo‘yicha bellashuvlar tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Ushbu musobaqalarda Termiz davlat universiteti talabalari faol, tashabbuskor va jips jamoa sifatida ishtirok etib, o‘zlarining yuqori sport mahoratini namoyon etdilar. 🟢TerDU talabalari tosh ko‘tarish hamda arqon tortish musobaqalari yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldilar.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
IMG_9579.MP49.20 MB
6👍 5👏 1
07:08
视频不可用在 Telegram 中显示
#OAV_biz_haqimizda 🟢TerDu va umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻrtasidagi hamkorlik markaziy kanal nigohida
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
m.mp488.51 MB
👍 6 3🤔 1
00:52
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
IMG_9578.MP410.24 MB
3
❄️🎄Termizda qor —TerDUda yangi yil shukuhi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
18.71 MB
1.43 MB
72👍 28🔥 9🎉 2
01:44
视频不可用在 Telegram 中显示
⭐️Janda — milliy merosning tirik nafasi 🟢TerDU Milliy libos va san’at fakultetida qadimiy janda matosini to‘qish amaliyoti qayta tiklandi. 🟢Boysunning boy urf-odat va an’analari bilan uyg‘unlashgan ushbu noyob gazlama bugun nafaqat milliy hunarmandchilikni rivojlantirmoqda, balki ustoz–shogird an’analarining bardavomligini ham ta’minlamoqda. 🟢Jandadan yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otib, yangi ish o‘rinlari hamda barqaror daromad manbalarini yaratmoqda. 🟢Shu bilan birga, janda matosi asosida yaratilayotgan milliy liboslar dizayni milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini namoyon etib, o‘zbek madaniyatining betakror ruhini zamon bilan hamnafas tarzda targ‘ib qilmoqda. 🟢TerDU — milliy qadriyatlar va innovatsiyalar chorrahasida!
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
IMG_5191.MP482.35 MB
👍 20 6🔥 5
01:10
视频不可用在 Telegram 中显示
🎄Yangi yil bayrami konsert tomoshalariga marhamat! Bugun, 20-dekabr kuni 18:00 dan boshlab viloyatning asosiy Yangi yil archasi o‘rnatilgan Termiz tumani “Yangi O‘zbekiston” massividagi amfiteatr maydonida O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova hamda vohamizning taniqli san’atkorlari ishtirokida o‘tkaziladigan konsert dasturiga barchani taklif etamiz. Yangi yil bayrami muborak bo‘lsin! Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
显示全部...
77.mp4151.44 MB
👍 16 7👏 2
Repost from Edu.uz
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoyevMarkaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitidagi nutqida Oʻzbekistonda kelgusi yili “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatida taʼlim vazirlarining birinchi yigʻilishini, shuningdek, mintaqadagi yetakchi universitetlar rektorlarining ilk forumini oʻtkazishni taklif etdi.
“Yaponiyaning taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi koʻmagini yuksak baholaymiz. Taʼlim, ilmiy va akademik almashuvlarni bundan buyon ham kengaytiramiz va qoʻllab-quvvatlaymiz. Yoshlar hamjamiyatlari oʻrtasida uzoq muddatli aloqalarni shakllantirish, ularning ijodiy, texnologik va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan Yoshlarni rivojlantirish mintaqaviy tarmoq dasturlarini qabul qilish tarafdorimiz”, dedi Prezident.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 6 2
🟢TerDU o‘qituvchisi xalqaro raqamli arxeologiya dasturida ishtirok etmoqda 🟢Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida 2025-yil 16–25-dekabr kunlari Shimoliy-G‘arbiy universitet hamda YuNESKO huzuridagi Tabiiy va madaniy meros uchun kosmik texnologiyalar xalqaro markazi (HIST) hamkorligida “Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun raqamli arxeologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash seminari – 2025” bo‘lib o‘tmoqda. 🟢Mazkur nufuzli xalqaro ta’lim dasturida Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi Shapulatov Ulugʻbek faol ishtirok etmoqda. Seminar doirasida raqamli arxeologiya sohasiga oid zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berilib, masofadan zondlash, GIS, 3D lazerli skanerlash, fotogrammetriya hamda dron (UAV) texnologiyalarini arxeologik tadqiqotlarda qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda. 🟢Ushbu seminar Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, arxeologik yodgorliklar va madaniy merosni raqamli texnologiyalar asosida o‘rganish, hujjatlashtirish va asrashga xizmat qiladi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
👍 17🔥 2 1👏 1
00:33
视频不可用在 Telegram 中显示
Davlatimiz rahbari "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqotining birinchi sammitida nutq so‘zladi. — Глава нашего государства выступил на первом саммите Диалога «Центральная Азия + Япония». Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
显示全部...
reels_sammit_tg_new.mp461.30 MB
6👍 2🔥 2
00:55
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
IMG_9547.MP420.05 MB
5👍 2🔥 1
🏛Rektor huzurida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🟢Unda soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim mudirlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi. 🟢Yig‘ilish avvalida A.Toshqulov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida bo‘lib o‘tgan “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash va ulardan samarali foydalanish” mavzusidagi rektorlar forumi tafsilotlari va belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berdi. 🟢Shundan so‘ng o‘quv yilining yakuni, qishki ta’tilga tayyorgarlik, talabalar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, giyohvandlikning oldini olish hamda o‘quv jarayonlari samaradorligiga doir masalalar muhokama qilindi. Talabalarni ta’tilga xavfsiz kuzatish, ta’til davrida talabalar bilan uzluksiz aloqani saqlash vazifalari belgilandi. Yangi yil munosabati bilan norasmiy tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslik alohida ta’kidlandi. 🟢Shuningdek, professor-o‘qituvchilarga keyingi semestrga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv kontentlarini platformalarga joylash va videodarslar tayyorlash ishlarini jadallashtirish topshirildi. Ta’til davrida infratuzilma bilan bog‘liq nosozliklarni bartaraf etish, kontrakt qarzdorliklarini kamaytirish, ilmiy va xalqaro hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. 🟢Yig‘ilish yakunida ijro intizomiga alohida e’tibor qaratilib, yangi yil arafasida ezgu amallarni kengaytirish, faxriylarning holidan xabar olish va bayram kayfiyatini ulashish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 29 9🔥 1🤔 1🎉 1
08:06
视频不可用在 Telegram 中显示
🟢Surxon vohasining 4 ming yillik kulolchilik an'analari markaziy kanal nigohida
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
199.59 MB
👍 9 4👏 2
Repost from TgId: 3003635911
#savol_javob ⁉️ Ijodiy ta’til kimlarga va qaysi muddatgacha beriladi? JAVOB: Mehnat faoliyati yoki pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotganlar uchun asosiy ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi: 1️⃣ PhD dissertatsiya yoki darslik/o‘quv qo‘llanma mualliflari — 3 oygacha. 2️⃣ DSc dissertatsiya — 6 oygacha. ❗️ Mualliflar jamoasi a’zolaridan biri yozma ariza asosida ta’til olishi mumkin. Ta’til jamoa a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Ilmiy daraja olishga davogarlarga, shuningdek darsliklarning yoki o‘quv qo‘llanmalarning mualliflariga navbatdagi yillik mehnat ta’tillari ular ijodiy ta’tillardan foydalanganligidan qat’iy nazar beriladi. ⚡️Ijodiy ta’tillar berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 👨‍💻Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_bot ga murojaat qilishingiz mumkin. ✈️ TerDU Registrator ofisi
显示全部...
11👏 5🔥 1
01:55
视频不可用在 Telegram 中显示
🏆Termizda gandbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi Unda Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
显示全部...
IMG_5119.MP490.84 MB
👏 9👍 7 3🎉 1
01:05
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi 🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
IMG_9527.MP423.41 MB
👏 5👍 3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga keldi. “Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. 〰️〰️〰️ Rasmiy tashrif bilan Tokio shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Yaponiyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz qizgʻin kutib oldi. Davlatimiz rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi. Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
显示全部...
video_2025-12-18_19-30-02.mp479.58 MB
video_2025-12-18_19-30-06.mp425.48 MB
👍 9 4
Repost from Edu.uz
02:57
视频不可用在 Telegram 中显示
Yaponiyadagi o‘zbekistonlik talabalar Prezident rasmiy tashrifi arafasida samimiy videoqutlov tayyorladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida ushbu davlatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar samimiy videoqutlov tayyorladilar. Mazkur tashabbus yoshlarimizning Vatanga, davlatimiz rahbariga bo‘lgan hurmati va sadoqati, shuningdek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usining yorqin ifodasidir. Xorijda tahsil olayotgan iqtidorli va tashabbuskor talabalarimizning har bir yutug‘i, har bir tashabbusi O‘zbekiston yoshlarining xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
IMG_2588.MOV15.31 MB
👍 9 4🤔 1
➡️“Bolalar liboslari” tanlovi bo‘lib o‘tdi 🟢2025-yil 18-dekabr kuni Termiz davlat universitetida “Bolalar liboslari” nomli liboslar va eskizlar tanlovi tashkil etildi.
🟢Mazkur tanlov yosh dizaynerlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, bolalar kiyimlari dizaynida zamonaviy va milliy yo‘nalishlarni uyg‘unlashtirish, shuningdek, estetik did va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi. 🟢Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan bolalar uchun mo‘ljallangan kundalik, bayramona va mavsumiy liboslar eskizlari hamda tayyor libos namunalari taqdim etildi. Ishlarda ranglar uyg‘unligi, mato tanlovi, qulaylik, funksionallik va yosh xususiyatlariga moslik mezonlariga alohida e’tibor qaratildi.
🟢Taqdim etilgan ishlar: •dizayn yechimi •ijodiy yondashuv •milliy elementlardan foydalanish darajasi va bajarilish sifati asosida baholandi. 🟢Tadbir yakunida eng yaxshi deb topilgan ishlar e’tirof etilib, g‘olib va faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
显示全部...
👍 8 3🔥 3👏 2