TerDU rasmiy kanali
前往频道在 Telegram
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
显示更多2025 年数字统计

18 920
订阅者
-3324 小时
-2007 天
-58430 天
帖子存档
00:54
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_9506.MP419.72 MB
❤ 3👍 2
06:57
视频不可用在 Telegram 中显示
🎞TerDU talabalariga geomorfologiya va geologiya asoslari fanidan dars o'tgan xorijiy professor bilan suhbat.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_5048.MP4330.49 MB
🟢TerDU talabalari: ishlab chiqarish va biznes sari dadil qadam!
🟢Termiz davlat universiteti hamda “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasining Surxondaryo viloyati filiali tashabbusi bilan talaba-yoshlarda tadbirkorlik tafakkurini shakllantirish, amaliy bilim va biznes ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida biznes va ishlab chiqarish quvvatlariga sayohat uyushtirildi.
🟢Mazkur tashabbus doirasida universitet huzuridagi Karyera markazi mas’ullari hamrohligida Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalari viloyat markazida faoliyat yuritayotgan “GLASS EXPO” MCHJ hamda “Magnate Colors Products” MCHJ kabi zamonaviy korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🟢Talabalar muvaffaqiyatli tadbirkorlarning boy tajribasi va biznes yuritish borasidagi amaliy bilimlaridan bahramand bo‘ldilar. Ushbu suhbatlar yosh kimyogarlar uchun katta ilhom manbai bo‘lib, kelgusida o‘z biznes g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga bo‘lgan qiziqish va intilishni yanada kuchaytirdi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
19:38
视频不可用在 Telegram 中显示
➡️BIR ASAR SHARHI
🟢Turk yozuvchisi Fotih Dumanning "Men" asari haqida so‘z boradi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
145.11 MB
👍 7🔥 7❤ 5👏 2
照片不可用在 Telegram 中显示
📢 Avstriya hukumat stipendiyalari (2026/2027)
🇦🇹 Avstriya Federal Ta’lim, fan va tadqiqotlar vazirligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun xalqaro stipendiya dasturlari e’lon qilindi.
🔹 Quyidagi stipendiya dasturlari O‘zbekistonlik bitiruvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin:
• Ernst Max stipendiyasi (Ernst Mach-Fellowship)
• Frans Verfel stipendiyasi (Franz Werfel-Fellowship)
• Rixard Plashka stipendiyasi (Richard Plaschka-Fellowship)
🎓 Ushbu dasturlar xorijiy talabalar va yosh ilmiy xodimlarning Avstriyada tahsil olishi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishiga mo‘ljallangan.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
👉 www.grants.at
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 7❤ 1
00:28
视频不可用在 Telegram 中显示
🚀 SMM va Sun'iy Intellektni bepul o'rganib, daromadli kasb egasiga aylaning!
📚 “SMM AI Savodxon” dasturi
• Davomiyligi: 1,5 oy
• Darslar - onlayn video ko'rinishida
• Har hafta oflayn masterklasslar va amaliy mashg'ulotlar
• O‘quv yakunida — maxsus sertifikat
✔️ Barchasi 0 dan o'rgatiladi va mutlaqo bepul.
📎 Joylar soni cheklangan.
👇 Ro'yxatdan o'tish uchun "Boshlaymiz" tugmasini bosing.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha video qo‘llanma: https://t.me/smmsavodxon/14
☎️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998885300055
+998975505052
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
main_video.mp43.41 MB
❤ 9👍 4🔥 3👏 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#№70 #Himoya_2025
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Termiz davlat universiteti "Kompyuter va dasturiy injiniring" kafedrasi tayanch doktoranti Jumayev Ramil Chorshanbiyevich Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ekonometrika va statistika" ixtisosligi bo‘yicha “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida suv resurslaridan samarali foydalanish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish” (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusida iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
✨Universitet jamoasi nomidan Ramil Chorshanbiyevichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 22❤ 6👏 2🎉 1
00:58
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_9470.MP420.41 MB
👍 8❤ 3
照片不可用在 Telegram 中显示
⚠️Yevropa universitetlarida BEPUL ta’lim olishni istaysizmi?
🎓 ERASMUS+ dasturi aynan siz uchun!
🟢Xorijiy oliygohlarda ta’lim olish, tajriba orttirish va Yevropa bo'ylab sayohat qilish imkoniyatini beruvchi Erasmus+ xalqaro akademik mobillik dasturi bo‘yicha maxsus seminar-trening tashkil etilmoqda.
⚡️Seminar barcha bakalavriat talabalari uchun.
❓Erasmus+ nima?
Bu — Yevropa Ittifoqining nufuzli ta’lim dasturi bo‘lib, u orqali talabalar:
Yevropa oliy ta’lim muassasalarida
➡️1 semestr yoki 1 yil bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🟢Erasmus+ ICM (International Credit Mobility) doirasida siz nimalarga ega bo‘lasiz?
🤔Kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi
💵Oylik stipendiya ajratiladi
✈️ Safar va yashash xarajatlari uchun moliyaviy yordam
🎓 O‘qilgan fan kreditlari tan olinadi
✔️Seminar-treningda quyidagi muhim savollarga javob olasiz:
🟢Erasmus+ va ICM dasturlari nima?
🟢 Qanday hujjatlar talab etiladi?
🟢 Tanlov jarayoni qanday bo‘ladi?
🟢Amaliy tavsiyalar
📍 Manzil: Axborot texnologiyalari fakulteti 105-xona
⏰ Vaqti: 18 dekabr, 11:00
📞Murojaat uchun: @cloudbeep
⏳Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
📢 Do‘stlaringizga ham ulashing — Erasmus+ hayotingizni o‘zgartirishi mumkin!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 10👏 3❤ 2🔥 1
🏛TerDU olimasi — “Ilm yulduzlari” respublika sahnasida!
🟢Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi,
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Turopova Nigora kuni-kecha Toshkent shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan “Ilm yulduzlari” respublika intellektual ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida munosib ishtirok etdi.
🟢Tanlov yakuniga ko‘ra, Turopova Nigora sertifikat bilan taqdirlandi.
🟢Mazkur nufuzli tanlov mamlakatimizda ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan iste’dodli va fidoyi olimalarning ilmiy salohiyatini namoyon etishga, ularning innovatsion g‘oya va tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 38👍 25👏 3🎉 2🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#talaba_fikri | #soʻrovnoma
Hurmatli talabalar!
Yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirish va korrupsiyaga nisbatan huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida talabalarning universitetda korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish ishlaridan qoniqish darajasi va munosabatini aniqlash bo‘yicha sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazilayotganligini ma’lum qilamiz va unda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
🔗 So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
Talabalar uchun so‘rovnoma havolasi
🔎 So‘rovnoma anonim tashkil etilib, uning natijalari tahlil qilinadi va natijalari yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 6❤ 1
🏛Termizda gandbol bayrami davom etmoqda!
🟢Bir necha kundan buyon Termiz shahri gandbol sport turi bo‘yicha yoshlar va qizlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ikkitadan jamoa ishtirok etmoqda.
🟢Quvonarlisi, TerDU talabalari asosida shakllangan Surxondaryo viloyati jamoasi musobaqani juda muvaffaqiyatli boshladi. Jamoamiz hozirga qadar o‘tkazilgan ikki uchrashuvda:
➡️Nukus jamoasini 23:17,
➡️ROPSTTM jamoasini esa 31:29 hisobida mag‘lub etib, o‘zining yuqori sport mahoratini namoyish etdi.
⏰Bugun soat 15:30 da Surxondaryo jamoasi Samarqand viloyati vakillariga qarshi maydonga tushadi.
✨Jamoamizga navbatdagi bahsda ham omad tilaymiz! G‘alabalar davomli bo‘lsin!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👏 9❤ 7👍 6
26:28
视频不可用在 Telegram 中显示
#OAV_biz_haqimizda
🟢TerDU o'qituvchilari "Munavvar kun" dasturi mehmoni bo'lishdi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
MUNAVVAR KUN 12 12 2025 YIL 6.mp4402.74 MB
👍 9
照片不可用在 Telegram 中显示
#№69 #Himoya_2025
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
🟢Termiz davlat universiteti "Algebra va geometriya" kafedrasi o’qituvchisi Safarov Toʻlqin Nazarovich Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika)" ixtisosligi bo‘yicha “Geometriya asoslari” fanini oʻqitishni zamonaviy bilimlarni qoʻllash yoʻli bilan takomillashtirishi” mavzusida pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
✨Universitet jamoasi nomidan Toʻlqin Nazarovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 39❤ 10🎉 7🔥 5
00:59
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
10.77 MB
👍 6❤ 1
🟦🟦🟦🟦
✅“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining Surxondaryo viloyati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi
➡️Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivalining 2026-yilgi hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati bosqichida ishtirok etgan jamoalar orasida Termiz davlat universiteti talabalar teatr jamoasi 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijalar:
🥇1-o‘rin – Termiz davlat universiteti
🥈2-o‘rin – Termiz davlat pedagogika instituti
🥉3-o‘rin – Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
🟢Mazkur bosqichda oliy ta’lim muassasalarining teatr jamoalari mintaqaviy bosqich yo‘llanmasi uchun bellashdilar.
➡️TerDU jamoasini erishilgan g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda omad tilaymiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 21🔥 10👏 9🎉 6
Repost from TgId: 3003635911
照片不可用在 Telegram 中显示
#soʻrovnoma #tanlov #eng_yaxshi_menejer
🧷 🟦🟦🟦 🟦🟦
👤 "Eng faol va namunali menejer" (fakultetlar kesimida).
❗️ Hurmatli professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar!
🏛 Termiz davlat universitetining Registrator ofisida faoliyat olib borayotgan, kundalik mehnati, yuksak muomala madaniyati, tezkorligi va fidoyiligi bilan talabalar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelayotgan xodimlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida “Eng faol va namunali menejer” nominatsiyasi bo'yicha munosib nomzodlarni aniqlashga qaratilgan so'rovnomada onlayn ovoz berish jarayoni boshlandi!
💠 Siz ham o‘z ovozingiz bilan munosib nomzodni qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin.
⚠️Ovoz berish jarayoni 2025-yil 15-dekabr kuni soat 16:00 dan boshlanib, 2025-yil 31-dekabr kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
🎁 Tanlov g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan diplom va qimmat baho esdalik sovg‘alari bilan tantanali tarzda taqdirlanadi!
✔️ OVOZ BERISH
✈️ TerDU Registrator ofisi
❤ 9🔥 4👍 2🎉 2🫡 1
✅TerDU tadqiqotchisi xalqaro ilmiy konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi
🟢2025-yilning 9–12-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida A.V. Topchiyev nomidagi Neft-kimyo sintezi institutida “Fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🟢Mazkur nufuzli anjumanda Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti tayanch doktoranti Saidov Dilmurod muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
🟢Konferensiya doirasida MDH mamlakatlari bilan hamkorlik asosida membranalar va membrana texnologiyalari sohasidagi dolzarb ilmiy yo‘nalishlar, zamonaviy yondashuvlar hamda “Atrof-muhit xavfsizligi va energiya samaradorligini ta’minlash uchun gaz va suyuqliklarni tozalash tizimlari” mavzusidagi yirik va muhim ilmiy loyihalar muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida o‘zbekistonlik konferensiya qatnashchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Ushbu uchrashuv yosh tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirish, ilg‘or ilmiy ishlanmalar bilan tanishish hamda ekologiya va energiya samaradorligi yo‘nalishlarida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 13👏 4🔥 3❤ 2
23:13
视频不可用在 Telegram 中显示
INSON QADRI.
"Qatag'on qurbonlari-millat fidoiylari"
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
INSON_QADRI_DURDONA_QATAG'ON_QURBONLARI_JADIDLAR_06_12_2025_YIL.mp4338.40 MB
❤ 10👍 6👏 1
