TerDU rasmiy kanali
前往频道在 Telegram
Sayt: www.tersu.uz Facebook: @tersu340 Instagram: @terdu_rasmiy You tube: @Termizdavlatuniversitet Rektor sahifasi: @a_toshqulov Rektorga murojaat: @TerDU_rektor_bot ©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
显示更多2025 年数字统计

18 892
订阅者
-3624 小时
-2067 天
-59530 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
❗️Aziz talabalar, qadrli ota-onalar va muhtaram ustozlar!
🟢Bugun insoniyat oldida turgan eng xavfli global tahdidlardan biri – bu giyohvandlik va unga bog‘liq jinoyatlardir. U nafaqat jamiyatni yemiruvchi illat, balki oila taqdiri, yoshlar kelajagi va millat ma’naviyatiga tahdid soluvchi xatardir. Biz uchun eng asosiy vazifa – har bir insonni ogohlikka chorlash, sog‘lom, ma’rifatli va fidoyi avlodni tarbiyalashdir.
🟢Hurmatli ota-onalar!
Siz farzandlaringiz hayotidagi eng ishonchli tayanch va tarbiyachisiz. Bolalaringizning kayfiyati, do‘stlari, qiziqishlari va kundalik odatlariga befarq bo‘lmang. Ularni eshiting, ular bilan ochiq muloqot qiling, ishonch muhitini yarating. Giyohvandlik haqidagi haqiqiy va to‘g‘ri ma’lumotni farzandlar aynan sizdan olsa – ularni noto‘g‘ri qadamdan, xatarli to‘rlardan asraydi.
Yoshlar taqdiri, avvalo, ota-onalarning diqqati va mas’uliyatiga bog‘liq.
🟢Aziz yoshlar!
Sizlar – bizning orzu-qudratimiz, yurtning ertasi, O‘zbekiston kelajagining egalari. Shuni unutmang: giyohvand moddalar nafaqat sog‘liqni, balki tafakkurni, orzularni, qobiliyatni va kelajakni ham barbod qiladi. Sog‘lom hayot, bilim, sport, ijod va ma’naviyat – siz uchun eng katta kuch manbaidir. Ishonch bilan olg‘a intiling, yuksak maqsadlar qo‘ying, shubhali takliflar va xatarli yo‘llarga hech qachon yo‘l qo‘ymang. Sizning qudratingiz – to‘g‘ri tanlovda.
🟢Qadrli ustozlar!
Giyohvandlikka qarshi kurash – bu faqat huquqni muhofaza qilish organlarining vazifasi emas. Bu barchamizning umumiy burchimiz, umumiy mas’uliyatimiz. Farzandlarimiz sog‘lom ulg‘ayishi, jamiyatimiz ma’nan pok bo‘lishi va yurtimizda osuda hayot davom etishi uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz shart. Hayotiy tajribangiz bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsating, ularga sog‘lom hayotning haqiqiy qadrini tushuntiring. Birgalikda harakat qilsak, giyohvandlikka qarshi kuchli jamoatchilik immunitetini yarata olamiz.
Zero, sog‘lom avlod – yurt taraqqiyotining eng katta kafolatidir!
Abduqodir Toshqulov,
Termiz davlat universiteti rektori
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 38❤ 7🫡 3
Repost from TgId: 1112875525
"Ўзбекистон Республикаси Конституцияси - эркин ва фаровон ҳаёт гарови" шиори остида вилоят прокуратурасида очиқ эшиклар куни ўтказилди.
Унда Термиз Давлат Университети юридик факультети мураббий ва талабалари иштирок этди.
Дастлаб, вилоят прокуратураси раҳбарияти билан талаба ёшлар ўртасида давра суҳбати ўтказилди.
Сўнгра, тадбир иштирокчиларига вилоят прокуратурасида ташкил этилган “Маънавият бурчаги” ҳамда “Сурхондарё вилояти прокуратураси тарихи музейи” фаолияти таништирилиб, вилоят прокуратурасининг тарихий ривожланиш босқичлари, прокуратура фахрийлари ҳамда қатағон қурбони бўлган ходимлар Али Ҳамрабаев, Али Якушкин, Ашраф Баходиров ва Ҳаким Туяқовлар хотирасига оид маълумотлар сўзлаб берилди.
Шунингдек, жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари билан ишлаш борасида қабулхона фаолияти, прокуратура ходимларининг саф кўриги амалиёти, спорт машғулотлари ўтказиш майдончалари ҳамда "Яшил макон" лойиҳаси доирасида амалга оширилган кўкаламзорлаштириш тадбирлари таништириб ўтилди.
Бу каби маънавий-маърифий тадбирлар тизимли равишда давом эттирилади.
👍 12❤ 4
Repost from Edu.uz
#tanlov #natija
🇺🇿 “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2025-yilgi respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida 27-28-noyabr kunlari “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy ko‘rik-tanlovi final bosqichining yakuniy 2-sharti bo‘lib o‘tdi. Unda saralangan 50 nafar ishtirokchi o‘z taqdimotlarini o‘tkazdilar.
☝️Nomzodlarni baholashda ularning notiqlik mahorati, islohotlar mohiyatini izchil tushuntira olishi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi amaliy ishlari va shaxsiy tashabbuslari, shuningdek, berilgan savollarga to‘g‘ri va asosli javob berishi asosiy mezon bo‘ldi.
Har bir nominatsiya bo‘yicha taqdimotlar yakunlanishi bilanoq Hakamlar hayʼati tomonidan yakuniy natijalar hamda g‘oliblar e‘lon qilindi (g‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan). Final bosqichida qatnashgan barcha ishtirokchilariga Vazirlikning tashakkurnomalari topshirildi.
✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 45, 40 da 35 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_3518.MOV22.94 MB
IMG_3627.MOV23.37 MB
👍 17❤ 6
🏛Termiz davlat universiteti Axborot-resurs markazida yangi kelgan badiiy adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🟢Tadbir davomida talabalarga zamonaviy va klassik adabiyot namunalari, yangi nashr etilgan romanlar hamda adabiy to‘plamlar haqida ma’lumotlar berildi.
🟢Тalabalar sevimli adiblarining asarlari bilan yaqindan tanishishdi, yangi kitoblar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar olishdi. Tadbir yakunida esa har bir talaba o‘z qiziqishiga mos kitobni tanlab, uni mutolaa uchun olib ketidi.
🟢Mazkur taqdimot talabalar orasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning badiiy tafakkurini boyitish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 14❤ 7👏 2
Repost from TgId: 1931522914
照片不可用在 Telegram 中显示
#ilmiy_stajirovka
🟦🟦🟦
1. Tatariston Respublikasining Qozon Federal universiteti;
2. Eron Islom Respublikasining Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari, ta’lim va kengaytirish tashkiloti;
3. Tatariston Respublikasining Innopolis universiteti;
4. Shveytsariyaning Jeneva xalqaro instituti;
5. Rossiya Federatsiyasining “Xalqaro kvant optikasi va kvant texnologiyalari” tashkiloti;
6. Malayziyaning “Sultan Idris” universiteti;
7. AQShning Dallas shahridagi Texas universiteti.
G‘oliblar tanlov shartlariga ko‘ra belgilangan muddatlarda stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.
Hujjatlar 2026-yilning 15-yanvar (shu kuni ham 23:55gacha) sanasiga qadar “internship.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
❗️Boshqa elektron manzil (edo.ijro.uz, exat, Agentlik va Vazirliklarning rasmiy elektron pochta manzillari va xk.) va/yoki Agentlik mas’ul xodimlarining rasmiy elektron pochta manzillari orqali kelib tushgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumot (hujjat)lar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203 32 23 (541) 🌐 Batafsil
Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
👍 7
✅“Baxtli yashash uchun 1001 sabab” — TerDUda ma’naviy–ma’rifiy tong!
TerDU psixolog o‘qituvchilari va talaba-yoshlar tomonidan erta tongdan “Baxtli yashash uchun 1001 sabab” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va psixologik tadbirlar o‘tkazilishi davom etmoqda.
Tadbir jarayonida talabalar bilan:
🟢hayotga ijobiy qarash,
🟢psixologik farovonlikni mustahkamlash,
🟢baxtni anglash va uni qadrlash, 🟢ruhiy muvozanatni saqlash kabi mavzularda qiziqarli suhbatlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Bunday psixologik uchrashuvlar talabalarning kayfiyati va o‘zini anglash jarayoniga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 14❤ 4🎉 1
00:53
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_9138.MP410.43 MB
👍 5🎉 1
03:16
视频不可用在 Telegram 中显示
📹O‘zbek adabiyotining sermahsul vakili, inson ruhiyati va hayot manzaralarini o‘ziga xos samimiyat bilan tasvirlagan atoqli yozuvchi Erkin Aʼzamning 75 yilligiga bag‘ishlangan viloyat tadbiridan lavha.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
IMG_4421.MP4156.03 MB
👍 7❤ 5🔥 1🎉 1
🏛TerDU Media studiyasida amaliy mashg‘ulot!
🟢Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining professor-o‘qituvchisi Musamedov Sunnatulla Termiz davlat universitetining Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto) yo‘nalishi talabalari uchun “Raqamli fotografiya” fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.
🟢Mashg‘ulot TerDU Media studiyasida tashkil etilib, talabalar nazariy bilimlarini real sharoitda sinab ko‘rish, professional yoritish, kadr qurish, rakurs tanlash hamda zamonaviy foto uskunalar bilan ishlash ko‘nikmalarini boyitishdi.
🟢TerDU talabalari uchun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar sifatli ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 14👍 7🔥 1🎉 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🟦🟦🟦🟦🟦
➡️3-dekabr — "Xalqaro nogironlar kuni"ga bag‘ishlangan sport musobaqalari
🟢Termiz davlat universitetida 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan shaxmat-shashka, tosh ko‘tarish va dzyudo sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.
🗓Sana: 2-3-dekabr
⏰Vaqt: 10:00
📍 Joy: Kurash sport majmuasi
🟢Musobaqalarda barcha istak bildirgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 91 587 62 61
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 9👏 4👍 1🔥 1🎉 1
✅Oʻzbekistonning eng iqtidorli tadqiqotchilari Balikesir universitetida!
🟢Oʻzbekiston Innovatsiya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda g‘olib boʻlgan professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar Turkiyaning Balikesir universitetida ilmiy faoliyatlarini boshladilar.
🟢Eʼtiborli tomoni yosh olimlar orasida Termiz davlat universiteti doktoranti Aziza Xolboyeva ham bor.
🟢Balikesir universiteti mehmonlarni samimiy qabul qilib, Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi ilmiy va innovatsion hamkorlikning tobora mustahkamlanayotganini taʼkidladi.
🟢Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar, bir oy davomida Balikesir universitetida turli ilmiy va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etishadi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 19❤ 7🎉 2👏 1
照片不可用在 Telegram 中显示
1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
1988 yildan beri ushbu sana dunyo hamjamiyatini OIV/OITS muammosiga e’tibor qaratishga xizmat qilib keladi. Maqsad — xastalik haqida xabardorlikni oshirish, uni erta aniqlashga undash hamda OIV bilan yashovchi insonlarga nisbatan stigmani kamaytirishdir.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, OIV bilan yashovchilarning katta qismi o‘z holatidan bexabar. Kech tashxis esa kasallikning yuqish xavfini oshiradi va davolash samaradorligini pasaytiradi. Shu bois, erta tekshiruvdan o‘tish va profilaktikaga jiddiy qarash bugun juda muhim.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 6👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🟦🟦🟦🟦🟦
✅Termiz davlat universitetida o‘tgan hafta davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar dayjesti
🟢Ilmiy daraja olishning an’anaviy yo‘li — dissertatsiya yozish, himoya qilish, savol-javoblar…
🟢"Munavvar kun" dasturi mehmoni bo'lgan TerDU professor-o'qituvchilari o'z ilmiy ishlari va loyihalari to'g'risida ma'lumot berishdi
🟢Surxondaryo viloyatida Yoshlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi kurashga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi
🟢 Rektor talabalar turar joylarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini o‘rganib chiqdi.
🟢Boysun tumanida turizm, maktab va turar joylar qurilishi o‘rganildi
🟢TerDUda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — ustuvor vazifamiz!
🟢TerDUda “Ochiq eshiklar kuni” – Aksilkorrupsiya haftaligi
🟢O‘zbek filologiyasi fakultetida Erkin A’zam ijodiga bag‘ishlangan kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi
🟢TerDU rektori huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
🟢“Islohotlar bilimdoni” respublika tanlovida tyutorimiz 1-o‘rin!
🟢Termizda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zamning 75-yillik yubileyi nishonlandi
🟢Erkin A’zamning 75 yilligi munosabati bilan taniqli adabiyot va san’at namoyandalari TerDU kampusida bo‘lishdi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤ 10👍 1
00:58
视频不可用在 Telegram 中显示
#kun_tarixi
🗓 Sana tarixi bilan bogʻliq ayrim voqealar 60 soniyada…
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
10.66 MB
👍 7❤ 2👏 2
Repost from TgId: 1112875525
Сурхондарё вилояти прокуратураси ходимлари томонидан жойларда аҳолининг турли қатламлари билан, шу жумладан ёш авлод вакиллари билан мунтазам учрашувлар ўтказиб келинмоқда.
Хусусан, "Ўзбекистон Республикаси Конституцияси - эркин ва фаровон ҳаёт гарови" шиори остида вилоят прокуратурасида очиқ эшиклар куни ўтказилди.
Унда Термиз Давлат Университети Хорижий филология факультети мураббий, талабалари ва оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этди.
Дастлаб, тадбир иштирокчиларига вилоят прокуратурасида ташкил этилган “Маънавият бурчаги” ҳамда “Сурхондарё вилояти прокуратураси тарихи музейи” фаолияти таништирилиб, вилоят прокуратурасининг тарихий ривожланиш босқичлари, прокуратура фахрийлари ҳамда қатағон қурбони бўлган ходимлар Али Ҳамрабаев, Али Якушкин, Ашраф Баходиров ва Ҳаким Туяқовлар хотирасига оид маълумотлар сўзлаб берилди.
Шунингдек, прокуратура ходимларининг саф кўриги амалиёти, спорт машғулотлари ўтказиш майдончалари ҳамда "Яшил макон" лойиҳаси доирасида амалга оширилган кўкаламзорлаштириш тадбирлари таништириб ўтилди.
Бу каби маънавий-маърифий тадбирлар тизимли равишда давом эттирилади.
👏 11❤ 8🔥 3🫡 3👍 1
01:28
视频不可用在 Telegram 中显示
🏛“Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik!”
🟢Termiz davlat universiteti talabalari tomonidan 25-noyabr sanasidan 10-dekabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Raqamli haftalik” doirasida ushbu videorolik tayyorlandi.
✨Keling, birgalikda raqamli zo‘ravonlikka chek qo‘yamiz!
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
video_2025-11-29_15-19-18.mp49.82 MB
❤ 8👍 8🔥 6👏 2🎉 1🫡 1
🟦🟦🟦🟦🟦
🟢Bugun O‘zbek filologiyasi fakultetida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Olim Toshboyev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢Tadbirda fakultet professor - o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Talabalar jurnalistga uning ijodkorlik va jurnalistlik faoliyatiga doir savollar bilan murojaat etishdi.
🟢Ayniqsa, “Kishan”, “Abadiy zamondosh” kabi asarlari yuzasidan qilingan suhbatlar barchaning e’tiborini tortdi. Ijodiy uchrashuv taassurotlarga boy bo‘lib, yig‘ilganlarga ma’naviy ozuqa bera oldi.
Bizni kuzatingTelegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍 15❤ 5👏 1🎉 1
