IT specialist
前往频道在 Telegram
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939 Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15 Murojaatlar uchun: @itspecuz_comment_bot
显示更多2025 年数字统计

9 692
订阅者
-224 小时
-327 天
-12830 天
帖子存档
Repost from IT specialist
#word
Sonlarni kasrli ko‘rinishda kiritish 🔢
Sonlarni simvollarni qo‘shish/joylashtirish (вставка символов)siz ham kasrli ko‘rinishga keltirish mumkin. Buning uchun:
— 1-qadam
Sizga kerakli raqamlarni oddiy "
/" belgisi orqali kiriting (masalan 22/8)
— 2-qadam
Suratdagi 22'ni belgilang va "CTRL + SHIFT + =" klavishlari birikmasini bosing
— 3-qadam
Maxrajdagi 8'ni belgilang va "CTRL + =" klavishlari birikmasini bosing, tayyor!
Matnni oddiy tarzda kiritishda davom etish uchun o‘ngga qaratilgan strelkali klavishni, 3-qadamda keltirilgan klavishlar birikmasini va Probel klavishini bosing.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Matn bilan ishlash uchun “qaynoq” klavishalar (горячие клавиши) to‘plami
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👏 4👍 2❤ 1
Repost from IT specialist
照片不可用在 Telegram 中显示
#operatsion_tizim
⌨️ Oynani kattalashtirish, ekranning 1/2 yoki 1/4 qismini egallaydigan qilish yoki vazifalar paneliga tushirish
WIN + ⬅️➡️ – oynani ekranning yarmini egallaydigan qilib mos ravishda chap yoki o‘ng tomoniga o‘tkazadi;
WIN + ⬇️ – joriy oynani vazifalar paneliga tushiradi (fonga o‘tkazadi);
Agar oyna ekran chetiga biriktirilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi. Birikmaning takroriy bosilishi oynani butunlay fonga o‘tkazadi.
WIN + ⬆️ – joriy oynani butun ekranga yoyish;
Agar oyna ekran chetiga biriktilgan holda, uning 1/2 qismi (yarmi)ni egallab turgan bo‘lsa, u dastlab 1/4 (chorak) qismini egallaydigan bo‘lib kichrayadi va takroriy bosishda butun ekranni qoplaydi.
🖱 Yaqin orada Sizga sichqonchaning keragi ham bo‘lmay qoladi! 😉
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija❤ 2👍 2🔥 2👏 2
Repost from IT specialist
照片不可用在 Telegram 中显示
#operatsion_tizim
📸 Ekranning bir qismini rasmga olish
⌨️ WIN + SHIFT + S birikmasi
Ko‘pchilik boshqa, an’anaviy usuldan xabardor bo‘lib, Windows 10'da bunday imkoniyat mavjudligidan bexabar bo‘lishi mumkin. Ba’zilar esa bu uchun alohida dasturlardan foydalanib kelishadi.
Ushbu usul bilan esa hech narsani qo‘shimcha tarzda yuklab olish, o‘rnatish va ishga tushirishga hojat bo‘lmaydi, barchasi nihoyatda sodda va oddiy! 😉
📝 Manba: @computer_life
ℹ️ Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism.
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👍 5🔥 3❤ 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim
🔧 Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
Agar fleshkani kompyuterga ulab, unga murojaat etish chog‘ida “Вставьте диск в устройство” xabariga duch kelsangiz, boz ustiga formatlash jarayoni ham muvaffaqiyatsiz yakunlansa, fleshkani axlat qutisiga uloqtirishga shoshilmang.
Ushbu PowerShell buyruqlari fleshkangizni hayotga qaytarishda yordam beradi:
1️⃣. PowerShell'ni vazifalar panelidagi qidiruv satri orqali toping va uni administrator nomidan ishga tushiring (ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, “Запуск от имени администратора” bandini tanlaysiz).
2️⃣.
Get-Disk buyrug‘ini bajarib, fleshkamiz raqamini aniqlaymiz va eslab qolamiz.
3️⃣. Fleshkani tozalash uchun Get-Disk 2 | Clear-Disk -RemoveData buyrug‘ini kiritamiz. Asosiysi, “2”ni sizdagi fleshka raqamiga o‘zgartirishni unutmang❗️
4️⃣. Harakatni tasdiqlash uchun “Y”ni kiritamiz.
5️⃣. New-Partition -DiskNumber 2 -UseMaximumSize | Format-Volume -FileSystem NTFS -NewFileSystemLabel myUSBdisk buyrug‘ini bajaramiz, bu yerda “2” — disk (fleshka) raqami, “myUSBdisk” esa — fleshka uchun berilayotgan yangi nomlanish.
6️⃣. Fleshka harfini tayinlash uchun “2”ni disk (fleshka) raqamiga o‘zgartirgan holda – Get-Partition -DiskNumber 2 | Set-Partition -NewDriveLetter F buyrug‘ini bajaramiz.
📝 Manba: @tech_lifehacks
📌 P.S.: Yuqorida keltirilgan harakatlarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bajaring, ayniqsa fleshka raqamini to‘g‘ri kiritish bu yerda muhimdir!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🔥 3👏 3
Repost from TgId: 1423926255
09:00
视频不可用在 Telegram 中显示
#operatsion_tizim
Oddiy “Калькулятор” dasturi yordamida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash 📆🧮
Windows operatsion tizimi tarkibida o‘rnatiladigan “Калькулятор” dasturidan ko‘pchilik foydalanuvchilar asosan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanishadi.
Ushbu dasturda qo‘shimcha tarzda ikki sana oralig‘ini ko‘rsatgan holda, ushbu sanalarning necha yil, oy, hafta va kunga farq qilishini yoki ma’lum bir yil, oy, kunni ko‘rsatgan holda, ma’lum bir sanaga nisbatan kunlar sonini qo‘shish yoki ayirish orqali qanday sanaga mos kelishini aniqlash mumkin. Ushbu video ko‘rsatmamizda shu haqida so‘z yuritiladi. 👆
📄 Asosiy kanalimizdagi matnli postimiz ostidagi Batafsil... havolasi ustiga bosgan holda ushbu jarayon haqida o‘qib ko‘rishingiz ham mumkin.
🎞 @itspecuz_videos
Kalkulyator_dasturi_yordamida_sanalar_o'rtasidagi_farqni_hisoblash.mp417.53 MB
👏 5
Repost from IT specialist
#word
Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi? 🤔
Shunday holatlar bo‘ladiki, Microsoft Office'ning dasturiy paketida standard (qaynoq) klavishlar ishlamaydi.
Ko‘plab foydalanuvchilar hujjatlarini
CTRL+S birikmasi yordamida saqlashga, CTRL+C yordamida obyektlarni nusxalashga va CTRL+V orqali joylashtirishga ko‘nikishgan. Tabiiyki, ushbu kombinatsiyalar ishlamasa, bu ishni ancha sekinlashtiradi.
Buni ikki usul yordamida to‘g‘rilash mumkin. Keltirilayotgan maslahatlar Word'ning 2010 va undan keyingi versiyalariga tegishlidir.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🔥 4❤ 2
Repost from IT specialist
#learn_english_with_software
🇬🇧 Aziz tilshunos do‘stlar, ingliz tili shinavandalari! 🇺🇸
Ingliz tilidan har kuni bir oz vaqt ajratgan holda, bilimingizni oshirib borishingiz uchun foydali dasturlarni bosqichlari bilan Sizlar uchun bo‘lishamiz:
📝 Foydalanuvchi yo‘riqnomasi
1️⃣ Straightforward Macmillan Beginner
2️⃣ Straightforward Macmillan Elementary
3️⃣ Straightforward Macmillan Pre-Intermediate
4️⃣ Straightforward Macmillan Intermediate
5️⃣ Straightforward Macmillan Upper-Intermediate
6️⃣ Straightforward Macmillan Advanced
7️⃣ Basic Grammar in Use, 3rd Edition
Marhamat, dasturlarni yuklab oling, ulardan foydalanish uchun arxivdan chiqarib oling, do‘stlaringizga ulashing va birgalikda mashq qilib boring! 😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🔥 4❤ 3👍 1
Repost from IT specialist
#word
🧾 Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim
Ko‘p satrli jadvallar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu sahifa oxiriga kelib qolgan satrning bir sahifada boshlanib, sig‘magani uchun keyingi sahifaga o‘tib ketishida kuzatiladi.
Ushbu vaziyat esa ko‘pchiligimiz uchun yoqimsiz, albatta, ayniqsa satrning boshi avvalgi sahifada arzimagan joyni egallab, davomi esa keyingi sahifada ko‘p joyni band etganida... Bu holatda satr mazmunini tushunish uchun u sahifadan bu sahifaga o‘tishga to‘g‘ri keladi. 😣
Ushbu muammoning yechimi esa quyidagicha:
1️⃣. Jadvalning kerakli satrlari belgilanadi;
2️⃣. Belgilangan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va ochiluvchi kontekstli menyu ostidagi “Свойства таблицы” bandi tanlanadi;
3️⃣. Menyu bandida keltirilgan nom ostida ochilgan muloqot oynasida “Строка” varaqasiga o‘tiladi;
4️⃣. “Параметры” guruhidagi “разрешить перенос строк на следующую страницу” bandi faolsizlantiriladi;
5️⃣. “OK” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi, tayyor!
Ushbu sozlama bilan post ostidagi video ko‘rsatmada batafsil tanishishingiz mumkin👇🏻🎞.
📝 Manba: @office_killer
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
• Word'da jadvallarni birlashtirish
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
• Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
🔥 3❤ 2
Repost from IT specialist
#excel
↔️ Excel hujjatlarida matnni kirilldan lotin yozuviga va lotindan kirill yozuviga o‘girish uchun makros (+ video qo‘llanma)
Istalgan hujjatda keltirilgan matnga qarab, uni ba’zida kirilldan lotinga yoki lotindan kirillga o‘girish zarurati yuzaga kelib turadi.
Ushbu postimizda buni amalga oshirish uchun maxsus makros va undan foydalanish ketma-ketligi borasida to‘xtalib o‘tmoqchimiz:
1️⃣. Kerakli Excel ishchi kitobini ishga tushiring.
2️⃣. Ishchi kitobidagi kerakli listga o‘ting.
3️⃣. Makrosni hujjatga biriktirish uchun xizmat qiluvchi Microsoft Visual Basic for Applications dasturi oynasini ekranga chaqirish uchun bosiladi:
ALT + F11
4️⃣. Ochilgan dasturda File → Import File... → Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas (faylni joylashgan manziliga o‘tib tanlaymiz) → F5 → Ochilgan oynachada Lotin yoki Kirill'ni mos tarzda tanlaymiz → O‘ng tomondagi dastlabki Run tugmasi → Ochilgan oynadagi OK tugmasini bosamiz, tayyor!
📥 Excel dasturiga biriktiriluvchi Kirill_Lotin - Lotin_Kirill_Excel.bas makros faylini yuklab olish.
Yuqorida matnli ko‘rinishda keltirilgan harakatlar ketma-ketligini ushbu post ostidagi video qo‘llanmada amaliy ko‘rishingiz mumkin👇🏻🎞.
📄 Microsoft Word uchun kanalimizda ulashilgan Translit kengaytmasi orqali buni MS Word dasturida Microsoft Basic for Applications dasturi yordamisiz qulay bajarish mumkin, buni ham sinab ko‘ring (sinab ko‘rmagan bo‘lsangiz albatta 😉).
ℹ️ Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👍 5❤ 3
Repost from IT specialist
#powerpoint
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati ⌨️📋
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI
F1 – Dastur ma’lumotnomasi
CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish
CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish
CTRL + C – Slayddan nusxa olish
CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish
CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish
CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish
CTRL + S – Slaydni saqlash
ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash
CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish
CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash
CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish
CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash
CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash
CTRL + K – Giperhavola qo‘shish
CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash
CTRL + W – Hujjatni yopish
CTRL + O – Hujjatni ochish
CTRL + P – Hujjatni chop etish
TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish
CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish
CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish
CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish
CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish
CTRL + F – Izlash
CTRL + H – Izlash va almashtirish
F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash
F12 – … sifatida saqlash
CTRL + F5 – Onlayn taqdimot
MATNNI FORMATLASH
CTRL + B – qalin shrift
CTRL + I – kursiv shrift
CTRL + U – ostiga chizilgan shrift
F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash
CTRL + [ – shriftni kichraytirish
CTRL + ] – shriftni kattalashtirish
CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash
CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish
CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish
CTRL + A – Barchasini belgilash
ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks
ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks
F7 – Imloni tekshirish
CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish
CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish
CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish
SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish
SLAYDLAR NAMOYISHI
F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash
SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash
SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA
N – keyingi slaydga o‘tish
P – oldingi slaydga o‘tish
B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish
CTRL + P – Ruchkani tanlash
CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash
CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🔥 4👏 3❤ 1
Repost from IT specialist
照片不可用在 Telegram 中显示
#operatsion_tizim #security #software
“Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin? 🗑🤔
Agar tasodifan yoki bilvosita o‘chirib yuborilgan ma’lumotlar ustidan hech nima yozilmagan bo‘lsa, ularni osonlik bilan o‘z joyiga qaytarish mumkin. Ushbu maqolada buni Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida qanday amalga oshirish xususida to‘xtalib o‘tamiz.
👉🏻 Batafsil...
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qayta tiklash mavzusiga oid maqolalar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz roʻyxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👏 5
Repost from IT specialist
#word #powerpoint
⬆️⬇️ So‘zlardagi harflar registrini o‘zgartirish
Aytaylik, biror hujjat ustida berilib ishlayotgan mahalingiz, matnni klaviaturadan ko‘z uzmay kiritish bosqichidasiz, ushbu jarayonda monitorga bir-bir qarab qo‘yasiz, bunda yoqimsiz holatlardan biri esa
Caps Lock klavishining bexosdan bosilib ketilishi oqibatida katta harflarning kichik, kichik harflarning esa katta ko‘rinishda yoki barcha harflarning butunlay katta ko‘rinishda kiritilishidadir.
Agar bunday vaziyatlarda ilgari barcha harflarni qayta kiritib ovora bo‘lib yurgan bo‘lsangiz, buning oson yechimi bor. Shunchaki bundan keyin kerakli harf/so‘z/jumlalarni belgilang va SHIFT + F3 klavishlari birikmasini ketma-ketlikda bosib, harflar registrini o‘zgartirish orqali ishingizni osonlashtiring.
📌 P.S.: Maslahatimiz, klaviaturaga qaramasdan matn kiritish ko‘nikmasini shakllantiring, shunda ko‘zingiz doim monitor ekraniga qaratilgan bo‘lib, xato-kamchiliklarni darrov anglaysiz.
Bunday ko‘nikmani shakllantirishda sizga Соло на клавиатуре va shunga o‘xshash boshqa klaviatura trenajyorlari yordamga keladi, bo‘sh vaqtingizdan unumli foydalaning!
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Onlayn klaviatura trenajyorlari
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Punto Switcher dasturi
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Unutilgan “Scroll Lock” klavishi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan
postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👏 4❤ 2
Repost from IT specialist
#smartfon #maslahat
💦📱 Smartfonga suvga tushganida nima qilmaslik lozim?
Suvdan himoyalanganlik har qanday gadjet uchun muhim xususiyatdir va afsuski bu asosan flagman va qimmat modellar uchun ko‘zda tutilgan. Qurilmamiz taqdir taqozosi bilan suvga sho‘ng‘iganida buni eslab kuyinamiz, ammo nailoj, “So‘nggi pushaymon – o‘zingga dushman” deb bejizga aytishmaydi. Ushbu postimizda gadjetimiz suvga tushganida nima qilmaslik xususida so‘z yuritamiz.
1️⃣. Vahima qilmang
Gadjet suvda bo‘lishga ulgurgan payti, Google'ga “Smartfonga suv kirganida nima qilish kerak” savolini yuborish uchun vaqt va imkon bo‘lmasligi mumkin. Ko‘pchilik bunday holatlarda nima qilish borasida eshitgan narsalarini eslashga urinadi va vahima bilan vaziyatning yanada chigallashuviga olib keladi.
2️⃣. Smartfonni silkitmang
Ho‘l gadjet qo‘liga tushgani zahoti, ko‘pchilikning qiladigan dastlabki ishi — bu suvni haydashga urinib telefonni silkitishdir. Bunda qurilma qanchalik yaxshi silkitilsa, shuncha yaxshi degan xayol ham bo‘ladi. Biroq afsuski, aynan shu xato gadjet umrinining butkul qirqilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki bu tarzda faqat qurilma sirtida qolgan suvdan xalos bo‘lish mumkin. Smartfon suvdan olinishi bilan, uni ehtiyotkorlik bilan, ortiqcha harakatlarsiz quruq salfetka, qog‘ozli sochiq yoki quruq mato bilan artish lozim.
3️⃣. Barcha tugmalarini bosmang
Agar telefon suvga tushib, o‘chishga ulgurmagan bo‘lsa, undagi bosish mumkin bo‘lgan yagona tugma — bu quvvat tugmasidir. Smartfonlarning alohida xususiyatlarini ham unutmaslik lozim, chunki har bir qurilma turlicha o‘chiriladi. Masalan, ba’zilarida quvvat tugmasining uzoq bosib turilishi o‘chirish uchun emas, qayta yuklash uchun xizmat qilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, suv yetib borishga ulgurgan mikrosxemalarga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
4️⃣. Smartfonni ishga tushirmang
Ba’zi smartfonlar suvga tushgani zahoti o‘chadi, bunday vaziyatda bu foydalidir, chunki quvvat ta’minoti to‘xtab, suv qisqa tutashuvga olib kelmaydi, mikrosxemalar zararlanmaydi. Shuning uchun, agar suvdan ishlamayotgan telefonni olsangiz, uni ishga tushirishga urinmang.
5️⃣. Elektr tarmog‘iga ulamang
Ba’zi “suzishga ulgurgan” qurilmalar, ularni astoydil ishga tushirishga urinsangiz ham yoqilmaydi va ba’zilarning hayoliga gadjetni quvvatlash kabi “ajoyib” g‘oya kelib qoladi. Smartfon suv bilan aloqaga kirishgan ondan boshlab, keyingi bir necha kun davomida uni elektr tarmog‘iga ulash haqida umuman gap bo‘lishi mumkin emas. Bu nafaqat telefon ichkarisida, balki nam qurilma ulangan tarmoqda ham qisqa tutashuvlarga sabab bo‘lishi mumkin.
6️⃣. Smartfonni puflamang
Smartfon razyomlari ikki tomonlama ochiq emas va uning ichi tomon yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shunday ekan, razyomga qaratib puflaganingizda, suvning yanada ichkariga kirishiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz. Smartfon tirqishlaridan namlikni ajratish uchun qog‘ozli salfetkaning kichik parchasini qo‘llagan ma’qul, u suvni o‘ziga shimish orqali yordam beradi.
7️⃣. Smartfonni fen bilan, mikroto‘lqinli pechda, isitish batareyalarida quritmang
Agarda Google'ga “Smartfonga suv kirganida nima qilish kerak” so‘rovi yuborilsa, olish mumkin bo‘lgan dastlabki tavsiyalar: uni guruch to‘ldirilgan idishga solish va fen bilan quritish bo‘ladi. Guruch varianti ustidaku hali o‘ylab ko‘rish mumkin, biroq fen varianti — mutlaqo tavsiya etilmaydi. Bu mikroto‘lqinli pech, duxovka va isitish batareyalariga ham taalluqli.
8️⃣. Ho‘l smartfon ekranini pastga qaratib qo‘ymang
Mutaxassislar suvda bo‘lishga ulgurgan smartfon ekranini pastga qaratib qo‘ymaslikni tavsiya etishadi. Bu ekran ostiga suv to‘planishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek ba’zilar suvda bo‘lgan smartfonni vertikal holatda ushlash lozimligini ta’kidlashadi.
📝 Manba: @smartphonesecrets
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Suvga cho‘kkan smartfonni qanday qutqarish mumkin?
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija
👍 9
Repost from IT specialist
#word
Word'da Ikkitalik probellarni tezkor almashtirish ♻️
Ko‘plab foydalanuvchilar MS Word'dagi matnni tahrirlash vaqtida so‘zlar orasida probellarni bir emas balki ko‘plab miqdorlarda qo‘llaydilar. Ushbu tarzda ular hujjatni chop etish oldidan tekislaydilar va formatlashni o‘zlariga qulay bo‘lgan ko‘rinishga olib keladilar.
Ushbu yondashuvning natijasida esa bu matn bilan keyinchalik ishlashi lozim bo‘lgan foydalanuvchilarga ish ortadi, boisi matnlar orasidagi probellar shrift hajmi o‘zgartirilgan taqdirda yaqqol sezilib qoladi va ularni o‘chirib chiqishga to‘g‘ri keladi.
💡 Yaxshi xabar esa shundaki, bunday qaytarilishlarni birma-bir qo‘lda to‘g‘rilab o‘tirishga hojat yo‘q. Buning o‘rniga matn bo‘ylab izlash va almashtirish (Поиск и замена) funksiyasidan foydalanish mumkin.
Kerakli hujjatni dasturda ochib,
CTRL + H klavishlari birikmasi yordamida Найти и заменить muloqot oynasini chaqiring. Больше tugmasi ustiga bosing va Подстановочные знаки bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnating.
Найти maydonida 1 dona probel va {2;}'ni kiriting, Заменить на maydoniga esa 1 dona probelni kiritib, Заменить все tugmasi ustiga bosing.
ℹ️ Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👏 6👍 2
Repost from IT specialist
#excel
Ustunlar o‘rnini almashtiramiz (2-usul) 🧾
👉🏻 1-usul
Excel'da ustunlarning o‘rnini shuningdek qaynoq klavishlar yordamida almashtirish mumkin:
— 1-qadam
Sarlavhasi ustiga bosish orqali ma’lumotlar keltirilgan ustunni butunlay belgilaymiz va ustunni "kesib olish" uchun
CTRL + X klavishlari birikmasini bosamiz.
— 2-qadam
"Kesib olingan" ustunni joylashtirish uchun kerakli ustunni tanlaymiz (bunda joylashtirilayotgan ustun belgilangan ustunning chap tomoniga joylashishi hisobga olinadi).
— 3-qadam
Ustun ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Вставить вырезанные ячейки bandini tanlaymiz (rasmda ko‘rsatilgan).
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Satr va ustunlarni qotirib qo‘yish (закрепление строк и столбцов)
• Satrlar va ustunlarning sarlavhalarini har bir sahifada chop etish (Печать сквозных строк и столбцов)
• Foydalanuvchi Excel dasturining 17 milliarddan ko‘proq katagini to‘lg‘azib chiqdi
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🔥 3❤ 2
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security
⤴️ O‘chirilgan fayllarni tiklash
Agar tasodifan qandaydir kerakli fayllar o‘chirib yuborilgan bo‘lsa, xafa bo‘lishdan boshqa hech narsa kutilmasligi tayin. Misol uchun, fleshkadan o‘chirishda fayllar Корзина'ga borib tushmaydi, balki darhol o‘chiriladi. Biroq fleshka uchun Корзина'ni sozlashning usuli mavjud.
O‘chirilgan fayllarni tiklash uchun Microsoft'ning Windows File Recovery dasturidan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Dasturni Microsoft Store yoki microsoft.com saytidan yuklab olish imkoniyati mavjud.
Dasturni o‘rnatgandan so‘ng fayllarni tiklash uchun papka yarating. Ushbu papka fayllar tiklanayotgan diskdan boshqa diskda joylashgani maqsadga muvofiq.
Ilova konsol oynasi bilan ishlaganligi bois, Командная строка ishga tushirilishi lozim (
WIN + R → cmd → ENTER). Ochilgan konsol oynasida winfr G: D:\recover buyrug‘ini ishga tushiring – bu yerda G - fayllar tiklanayotgan disk harfi, D:\recover esa - tiklangan fayllarni saqlash uchun oldinroq yaratilgan katalog (papka) manzili.
support.microsoft.com sayti orqali yordamchi dasturning imkoniyatlari haqida batafsilroq tanishish mumkin.
📝 Manba: @pcTeapot
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qattiq diskdagi o‘chirilgan fayllarni qanday qayta tiklash mumkin?
• “Корзина”dan o‘chirilgan fayllarni qanday tiklash mumkin?
• Windows 10 sozlamalarini qayta tiklash va uni eng dastlabki (zavod tomonidan o‘rnatilgan) holatiga qaytarish
• Windows 10 sozlamalarini buyruq satri yordamida qayta tiklash
• Windows 10’da parolni qayta tiklash (сброс пароля)
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Windows 10'da video drayverini qayta ishga tushirish (перезапуск)
• Kompyuterning ishga tushishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
• MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• CyberShredder kompyuter dasturi
• DiskDigger mobil ilovasi
• Microsoft Office dasturlarida saqlamasdan yopilgan hujjatlarni tiklash
• Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
• Gmail akkauntini o‘chirish yoki qayta tiklash
• “Facebook”dagi akkauntni o‘chirish
• “iPhone”da ikonkalarning standart joylashuvini qayta tiklash mumkinmi?
• Android’ni ishlab chiqaruvchi sozlamalariga qaytarish (Hard Reset)
• Android'ni zavod tomonidan o‘rnatilgan sozlamalarga xavfsiz qaytarish
• Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
• Google Chrome'da yopilgan varaqa (вкладка)larni tiklash
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija👏 7❤ 1👍 1
Repost from IT specialist
#operatsion_tizim #security
🗑 Fleshkadan o‘chirilgan fayllarni Корзина'ga yuborish
Barchamizga ma’lumki, fleshkadan biror fayl yoki papka o‘chirilsa, u Корзина'ga yuborilmay, tiklash imkonisiz o‘chiriladi. Biz buni to‘g‘rilashimiz va ishchi stolimizdagi Корзина'ni USB saqlash qurilmalari uchun moslashtirishimiz mumkin.
Buning uchun
WIN + R'ni bosing va ochilgan Выполнить oynasiga regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER'ni bosish orqali Редактор реестра oynasini ekranga chaqiring. Ochilgan oynadagi chapki panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting:
Компьютер\HKEY_CURRENT_USER\SOFTWARE\Microsoft\Windows\CurrentVersion\Policies\Explorer.
Agar Explorer bo‘limi mavjud bo‘lmasa, uni dastlab yarating. So‘ngra ushbu bo‘lim tarkibida (o‘ng tomondagi panelda) RecycleBinDrives nomli 32-bitli DWORD parametrini yarating. Parametr uchun o‘n oltilik sanoq tizimida ffffffff qiymatini tayinlang. ShK'ni qayta yuklang.
Fleshka kompyuterga ulanganida, unda, aslida Корзина hisoblanuvchi ko‘rinmaydigan $RECYCLE.BIN papkasi yaratiladi, Fleshkadan fayllar o‘chirilganida, ular ishchi stolidagi Корзина'ga joylashtiriladi.
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash
• Windows 10'da tashqi saqlash qurilmalaridan foydalanishni cheklash
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• Windows 10/11'ning standart vositalari orqali to‘g‘rilashning iloji bo‘lmagan USB fleshkalarni sozlash
• Windows’ni o‘rnatmasdan turib fleshkadan ishga tushirish
• Mustaqil ravishda Windows 10 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish — rasmiy usul
• Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?
• “Файл слишком велик для конечной файловой системы” xabarining chiqishi boisi va uni bartaraf etish
• Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
• Microsoft Windows operatsion tizimini kompyuterimizga o‘rnatish uchun UltraISO dasturi yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Ventoy dasturi
• Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• MSDaRT (Microsoft Diagnostic and Recovery Toolset) kompyuter dasturi
• USB-saqlash qurilmasining ishini tezlashtiramiz
• Xotira kartasidagi o‘chirilgan fayllarni qayta tiklash
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturiga oid tavsiyalar
• Android smartfoniga periferik qurilmalar qanday ulanadi?
• USB-fleshkani kompyuterdan qanday chiqarib olish kerak?
• Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!
• Leonardo da Vinchidan fleshka
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• Windows 10'da qidiruv indeksatsiyasini qanday o‘chirib qo‘yish mumkin?
• Dastlabki kurs talabalariga maslahatlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🔥 5👍 1
Repost from IT specialist
🖥 Kanalimizdagi #operatsion_tizim heshtegi ostida Windows 11'ga oid nashr etilgan maqolalar ro’yxati bilan tanishing (6):
• Bluetooth qurilmalarining zaryadi darajasi
• Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish
• Windows 10'da torrentlar va “keraksiz” dasturiy ta’minotlarni bloklashni bekor qilish
• Buyruq satri orqali yuklanuvchi fleshkani yaratamiz
• SSD va HDD xotiralar bir-biridan qanday farq qiladi?
• Photoshop'ning ishlashini tezlashtirish
• Klaviaturadan sichqoncha sifatida foydalanamiz
• Windows'ning vazifalar panelidagi oynalar prevyusini kattalashtiramiz
• Windows 10'da Wi-Fi'ni routersiz tarqatish
• Noutbukning sensorli paneli uchun 10 ta ishora
• Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
• Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz
• Windows reyestriga oid qiyosiy hazil
• Windows 10'da ovoz balandligi tekislashuvini faollashtirish
• Qurilmalarga kompyuterni uyqu rejimidan chiqarishni taqiqlash
• Windows 10 interfeysini soddalashtirish orqali uning ishlashini tezlashtirish
• Klaviaturadan kiritish tili (раскладка клавиатуры)ni qo‘shish yoki olib tashlash
• Ixtiyoriy hajmdagi fayl yaratish
• Windows 7/8/8.1'lardagi odatiy rasmlarni tomosha qilish vositasini Windows 10/11'ga qaytaramiz
• Ekran ortida g‘oyib bo‘lgan oynani ko‘rinadigan joyga olib chiqamiz
• Windows 10'da Internet tezligini oshiramiz
• Windows
(WIN) klavishi bilan bog‘liq foydali kombinatsiyalar to‘plami: 1-qism | 2-qism
• Windows va operativ xotira yetishmovchiligi muammosi (IT-hazil)
• WIN + X orqali chaqiriluvchi menyudagi Buyruq satri (Командная строка)
• Vazifalar paneliga tizim indikatorlarini qo‘shish
• Kompyuter sichqonchasining brauzer ilovasidagi funksiyalari
• Windows'da sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish
• Windows'da dasturlarning ishga tushirilish tarixini olish
• Windows 10 “Корзина”si uchun kreativ rasmchalarni sozlaymiz
• Windows 10'da virtual xotira (файл подкачки)ni boshqa diskka o‘tkazish
• Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash
• Kompyuterda uyqu rejimidan chiqishda so‘raluvchi parolni o‘chirib qo‘yish
• Windows 10'da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tavsiyalar
• Raqobatlashish rejimini taqdim etuvchi klaviatura trenajyori (TypeRacer)
• Tarmoq parametrlarini qayta tiklash
• Windows'da “Максимальная производительность” rejimini faollashtirish
• Microsoft Internet Explorer'ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
• Windows 10 kalkulyatori ishlamay qolsa nima qilish mumkin?
• Klaviaturadagi yorqinlikni boshqarish klavishlari ishlamasa nima qilish lozim?
• Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish
• Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?
• Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish
• Fayl joriy fayl tizimi uchun juda katta bo‘lsa nima qilish kerak?
• “Yangi avlod Windows”i qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi
• Windows 11 chiqishiga ishora: “Microsoft” ramziy post qoldirdi
• Microsoft Windows 11'ni taqdim etdi
• Windows 11 Compatibility Checker dasturi
• Windows 10'dan Windows 11'ga yangilanish
• Kompyuterga o‘rnatilgan Windows 11 yangilanishini bekor qilish
• “Mos kelmaydigan” kompyuterda Windows 11'ga yangilanish (1-usul)
• Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• “Mos kelmaydigan” ShK'da Windows 11'ga yangilanish (3-usul)
• Windows 11'ning ishlashini tezlashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma nashr qilindi
• Windows 11'da “Пуск” tugmasini chap tomonga ko‘chirish
• Microsoft eski shaxsiy kompyuterlarga Windows 11'ni o‘rnatishga ruxsat beradi
• Rufus dasturi yordamida Windows 11 bilan yuklanuvchi fleshkani yaratish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
📌 P.S.: Kanalga Windows 11 bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ushbu ro‘yxatning 1-qismi | 2-qismi | 3-qismi | 4-qismi | 5-qism.
💡Kanalga ulashilgan maqolalar bilan tanishing, tavsiyalarni amalda qo‘llab ko‘ring va do‘stlaringizni ham jalb eting! 😉
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🤩 5👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🚀 Startapingiz bor-u, uni dunyoga namoyish etishga imkon topa olmayapsizmi?
President Tech Award’ning yangi mavsumi boshlandi — umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollar!
Qaysi yo‘nalishlar qamrab olinadi?
➡️Sun’iy intellekt;
➡️Ijtimoiy yoʻnalishlarda raqamli texnologiyalar;
➡️Micro-SaaS va AdTech;
➡️Kompyuter va mobil o‘yinlar;
➡️Fintech va tadbirkorlik yechimlari;
➡️Maxsus: Hakatоn formatidagi loyihalar.
🏆 Mukofotlar:
• 1-o‘rin — $100 000;
• 2-o‘rin — $50 000;
• 3-o‘rin — $30 000;
• Maxsus toifa — $100 000.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting
📢 Tanlov shartlari va to‘liq jadval tez orada e’lon qilinadi.
Bu siz kutgan imkoniyat bo‘lishi mumkin!
Reklama
@itspecuz | Mundarija
❤ 2👍 2🔥 1
Repost from IT specialist
照片不可用在 Telegram 中显示
#learn_english_with_software #smartfon #android
🌐📱Chet tillarini qulay shaklda o‘zlashtirish uchun eng zo‘r ilova — Duolingo’ni qarshi oling. Android 5.1+.
Super-versiya (ilovaning ushbu yangilangan versiyani o‘rnatish oldidan qurilmangizdagi oldinroq o‘rnatilgan versiyasini o‘chirishga to‘g‘ri kelishi mumkin).
📎 Duolingo Max v6.31.4 ilovasini yuklab olish.
❗️Erishilgan yutuqlaringiz doimiy saqlanib borishi uchun, imkon qadar ilovaga faol tarzda foydalanib kelayotgan Google yoki Facebook'dagi akkauntingizga ulab olish tavsiya etiladi, shunda ilovani qaysi qurilmada qo‘llashingizdan qat’i nazar, natijalaringiz saqlanib/yangilanib boraveradi! 😉
📌 P.S.: Kompyuterda Straighforward Macmillan hamda Basic Grammar in Use dasturlaridan, smartfonda esa qo‘shimcha ravishda Drops va Memrise mobil ilovalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
ℹ️ Tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija🔥 6
