UzReport.news
前往频道在 Telegram
O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Kirill yozuvida yangiliklar: @uzreportnewsuz Lotin yozuvida yangiliklar: @uzreport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @FUTBOLTV_ADVERTISING
显示更多2025 年数字统计

26 304
订阅者
-1324 小时
-1187 天
-59930 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
Paragvay Prezidenti rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya 11-13-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Paragvay oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida amaliy sheriklikni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 3
照片不可用在 Telegram 中显示
Korrupsiyaviy va iqtisodiy qonunbuzarliklarga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Mutasaddilarga bu borada faqat jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratish, faoliyatni raqamlashtirib, masofaviy nazorat mexanizmlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Profilaktika ishlarini kuchaytirish, moliyaviy va huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunbuzarliklarga imkon beruvchi boʻshliqlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qonunchilik hujjatlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligi taʼkidlandi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/korrupsiyaviy-va-iqtisodiy-qonunbuzarliklarga-qarshi-kurashish-komplayens-nazoratini-takom
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 36❤ 4🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Yevropa Ittifoqi Rossiya gaz importini bosqichma-bosqich to'xtatish mexanizmi bo'yicha kelishib oldi
Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning doimiy vakillari 2027-yil oxiriga qadar Rossiyadan gaz importini bosqichma-bosqich to'xtatishga kelishib oldilar. Qonun kuchga kirishi uchun uni Yevropa Parlamenti tasdiqlashi kerak.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-rossiya-gaz-importini-bosqichma-bosqich-toxtatish-mexanizmi-boyicha-kelis
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
照片不可用在 Telegram 中显示
Toshkent metrosida to‘rtta bekatning yopiq vestibyullari qayta ochiladi
Qayd etilishicha, bekatlar zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼminlangan bo‘lib, bu yo‘lovchi oqimini ravon taqsimlash, bekatlarga kirish-chiqishdagi tirbandliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-metrosida-to-rtta-bekatning-yopiq-vestibyullari-qayta-ochiladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 3❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
FT: Yevropa Ittifoqi Rossiya aktivlarini muddatsiz muzlatish bo'yicha kelishuvga shoshilmoqda
Yevropa Ittifoqi Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga veto qo'yishidan qo'rqadi, chunki bu Rossiya aktivlarining Ukraina uchun "reparatsiya krediti" uchun ishlatilishiga to'sqinlik qiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ft-yevropa-ittifoqi-rossiya-aktivlarini-muddatsiz-muzlatish-boyicha-kelishuvga-shoshilmoqd
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
照片不可用在 Telegram 中显示
Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasining maqomi belgilandi
Nizom Qishloq xo'jaligi sug'urtasi jamg'armasining maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, Jamg'arma faoliyatini boshqarish tartibini belgilaydi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qishloq-xojaligi-sugurtasi-jamgarmasining-maqomi-belgilandi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
❤ 1
00:39
视频不可用在 Telegram 中显示
Jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4,7 mlndan oshdi
2025-yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 mln 725 ming 900 ta avtotransport vositalari ro‘yxatga olingan. Bu haqida Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumot berdi. Ularning asosiy qismini yengil avtomobillar tashkil etadi. 2024-yilning mos davriga nisbatan avtomobillar soni 415 ming 300 taga oshgan.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Jismoniy_shaxslarga_tegishli_avtomobillar_soni_4,7_mlndan_oshdi.mp42.34 MB
❤ 1👎 1😱 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Al-Azhar va O‘zbekiston o‘rtasida yangi ilmiy loyihalar boshlanadi
Misrdagi islom olamining nufuzli ilmiy-diniy markazi — Al-Azhar rahbariyati O‘zbekiston bilan ilmiy va maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yana-da kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Bosh imom shayx Ahmad at-Tayyib O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini taʼkidladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/al-azhar-va-o-zbekiston-o-rtasida-yangi-ilmiy-loyihalar-boshlanadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 38
照片不可用在 Telegram 中显示
Ishning ko‘zini biladigan dehqonlar intensiv bog‘ yaratib, gektaridan 50 ming dollargacha hosil olmoqda. Bunday bog‘larni keskin ko‘paytirish va yerga munosabatni tubdan o‘zgartirish muhim ekani ta’kidlandi.
Bugun respublikada 90 ming gektar eskirgan va kam hosilli bog‘-tokzorlar bor. Eski bog‘lardan olinayotgan hosil gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi. Shu bois, yangi bog‘ va tokzorlarni tashkil qilish, eskilarini yangilash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinadi.
Prezidentimiz bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun qator yangiliklarni e’lon qildi.
Endilikda Agrosanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 7 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit beriladi. Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan muzlatkichli ombor uchun kredit foizining asosiy stavkadan oshgan 8 foizgacha qismi qoplanadi. Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sabzavot eksportchilari va bog‘bonlarga qadoqlash xarajatining 50 foizini kompensatsiya qiladi.
Bundan tashqari, sertifikatlangan ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi budjetdan to‘lanadi. Meva turiga qarab shpalerlar uchun fermerlarga 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
Paxta va g‘allada bo‘lgani kabi meva-sabzavot yo‘nalishidagi fermerlar uchun ham arzonlashgan narxda o‘g‘it va yoqilg‘i xarid qilish imkoniyati yaratiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 54🔥 30❤ 20
照片不可用在 Telegram 中显示
Paxtachilikda mexanizatsiyalash darajasini 85 foizga yetkazish uchun kelasi yil yana 800 ta terim mashinasi, 450 ta ko‘p funksiyali seyalka va 3 ming dona plyonka yig‘adigan mashina olib kelinishi belgilandi.
Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan paxta yetishtirish uchun fermerlarga har bir gektarga ajratiladigan mablag‘ 1,4 barobar ko‘paytirilib, 17,5 million so‘mga yetkaziladi.
Umuman, paxtachilikdagi ishlarni yanada jonlantirish uchun 2026-yilda dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga 35 trillion so‘m beriladi.
G‘allachilikda ham sho‘r, suvsizlik va issiqqa chidamli yangi navlarni yaratish borasidagi izlanishlar yanada kuchaytirilishi ta’kidlandi.
Yaqinda Meksikadagi Jahon makkajo‘xori va g‘allachilik tadqiqotlar markazidan 100 dan ziyod yangi hosildor g‘alla navi olib kelindi. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Jizzaxdagi g‘allachilik institutlarini modernizatsiya qilishga Jahon banki mablag‘idan 10 million dollar berildi.
“Bu hammasi emas! Endi o‘z mablag‘i hisobidan g‘alla yetishtirgan fermerlarga paxtadagi kabi hosilining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi”,– dedi Prezidentimiz. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 21🔥 21❤ 19
照片不可用在 Telegram 中显示
Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati.
Shu bois, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi.
Agronomlik sirlarini o‘rgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million so‘mdan pul, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi.
Yetarli tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi.
Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urug‘ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi.
Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar o‘rtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 41
照片不可用在 Telegram 中显示
“Mirzacho‘l” klasteri cho‘l sharoitida bu yil paxtadan gektariga 50-55 sentnerdan hosil oldi, unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha olib chiqdi.
Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzacho‘lda innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi. Mazkur maktabda o‘qib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha 10 ball beriladi.
Shu bilan birga, ilg‘or fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli bo‘ladigan tizim qilinadi.
Ustoz fermerlar o‘z tajribasini shogird fermerga o‘rgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga ko‘maklashsa, 5 million so‘m mukofot oladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 39❤ 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Mahalliy yangi paxta navlarini yaratish ishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Xususan, ilmiy markazlarda 56 ta mahalliy navni xorijiy navlar bilan seleksiya qilish asosida paxta urug‘chiligi rivojlantiriladi. Genomika va Paxtachilik ilmiy institutlariga fitotron va issiqxona qurib beriladi.
Paxta yetishtirish uchun birja orqali mineral o‘g‘it va yoqilg‘ini 10-15 foiz arzon narxda yetkazib berish amaliyoti kelgusi yilda ham davom ettiriladi.
Endilikda paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarning alohida reytingi yuritiladi.
Bunda kamida 10 yildan ortiq ishlayotgan, kredit, lizing va soliqdan muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan fermerlarga reytingiga qarab Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan berilayotgan imtiyozli kredit stavkalari yanada pasaytiriladi. Ya’ni reytingning yuqori pog‘onasida turgan fermerlarga kredit stavkasi paxta uchun 8 foiz, g‘alla uchun 10 foiz qilib belgilanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 31
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezidentimiz so‘zining davomida kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
“Yaqinda Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda fermerlar va dehqonlar bilan uchrashib, bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishib, juda mamnun bo‘ldim. Ulardagi shijoatni ko‘rib, keyingi yil paxtada 4,5 million, g‘allada 10 million tonnalik xirmonni bemalol uddalash mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qildim”,– dedi davlatimiz rahbari. Yangi agrotexnologiya yordamida 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirishni kelgusi yilda ommalashtirib, 891 ming gektarda to‘liq shu sxema bo‘yicha paxta yetishtiriladi. Ko‘sak qurti, gerbitsid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 karra ko‘paytirilib, 500 ming gektarga olib chiqiladi. “Shinjon tajribasi” asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi. Buning uchun dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etishga 2 trillion 600 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizigacha qismini subsidiyalashga 250 milliard so‘m beriladi. Bunda paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmidan foydalangan fermerlarga ham hosilning 5 foizigacha subsidiya ajratiladi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 37❤ 3
照片不可用在 Telegram 中显示
“Albatta, bunday ulkan natijalar ortida dehqon va fermerlarimiz, klasterlar, umuman, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi har bir insonning mehnati, jasorati, fidoyiligi turibdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ularning zahmati, mard va olijanob fazilatlari har qancha e’tirof va e’tiborga munosib. Shuning uchun ham bugun Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni arafasida sizlar bilan ko‘rishib, suhbatlashib, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlashga qaror qildim”,– dedi Prezidentimiz. Mukofotlanganlar orasida paxtadan 80-90 sentner, g‘alladan 115 sentnergacha hosil olgan, dalasiga suv tejovchi texnologiyalar va nasoslariga quyosh panelini keng joriy qilgan fermer va klasterlar, meva-sabzavot, chorva, parranda, baliq, asalarichilikda intensiv usullarni qo‘llab, oziq-ovqat xavfsizligi va eksportga katta hissa qo‘shayotgan dehqon, chorvador va eksportchilar bor. Suv tanqis sharoitda kanallarni betonlash, suvning hisobini joyiga qo‘yib, adolatli taqsimlayotgan irrigatsiya-melioratsiya xodimlari va mexanizatorlar, qishloq va suv xo‘jaligiga ilm-fanning yangi yutuqlarini olib kirayotgan, urug‘chilik, naslchilik va agrotexnologiya bo‘yicha innovatsiyalar yaratayotgan olimlar ham yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Paxta, g‘alla va bog‘dorchilikda keskin o‘zgarish qila olgan Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyati hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, Quva, Baliqchi, Do‘stlik, Quyi Chirchiq va Nukus tumani hokimlari ham bor. Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 50🔥 20
照片不可用在 Telegram 中显示
So‘nggi yillarda bog‘ va tokzorlarni yangilashga qattiq kirishilgani, intensiv sabzavotchilik rivojlantirilayotgani ham samarasini bermoqda.
Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi.
Joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgani bu fikrlarning tasdig‘idir.
Eng muhimi, shularning hisobidan ichki bozorda narxlarni barqaror ushlab turish bilan birga qishloq xo‘jaligi to‘qimachilikdan keyingi eng ko‘p valyuta olib kelayotgan sohaga aylandi.
Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshadi.
Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilosda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 57🔥 19❤ 15
照片不可用在 Telegram 中显示
Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiya olib kirilgani, yuqori unumdor xorijiy navlar ekilgani hisobiga mirishkor dehqon va fermerlarimiz tomonidan 875 ming gektar yerda 4 million tonnaga yaqin xirmon yaratildi. Ilk bor paxtada o‘rtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi.
Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan o‘tib, paxtachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratdi.
G‘allakorlarimiz ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8 million 400 ming tonna xirmon yaratdi, o‘rtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor.
Sholikorlarimizning mehnati ham alohida e’tirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi.
Suv masalasi dolzarb bo‘lgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining o‘zida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini ko‘chat usulida ekkani uchun 350 million kub metr suv tejaldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 40
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda.
So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
“Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
👍 39❤ 3
