ch
Feedback
Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿

Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿

前往频道在 Telegram

Sirdaryo viloyati hokimi Telegram: +998774080105 Facebook: https://fb.com/turdimov Instagram: https://www.instagram.com/e_turdimov Ishonch telefoni: (67) 225-07-78 Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Islom Karimov-60

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
14 582
订阅者
-324 小时
-1007
-20530
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
Meva-sabzavotni ko‘paytirish uchun yaylov, qir va adirlardan samarali foydalanish juda muhimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda sanoatlashgan bog‘, tokzor tashkil qilish, sabzavot, ozuqa ekini yetishtirish uchun adir yerlar qiymatining 1 foizi miqdoridagi narx bilan auksionda sotiladi. Auksion g‘oliblari yerni boshqa odamga qayta ijaraga berishi mumkin bo‘ladi va ijara huquqi bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu imkoniyatlar hisobiga ishbilarmon fermerlarimiz kelgusi yil 100 ming gektar adir yerlarni foydalanishga kiritishiga ishonch bildirildi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 9
照片不可用在 Telegram 中显示
Ishning ko‘zini biladigan dehqonlar intensiv bog‘ yaratib, gektaridan 50 ming dollargacha hosil olmoqda. Bunday bog‘larni keskin ko‘paytirish va yerga munosabatni tubdan o‘zgartirish muhim ekani ta’kidlandi. Bugun respublikada 90 ming gektar eskirgan va kam hosilli bog‘-tokzorlar bor. Eski bog‘lardan olinayotgan hosil gektariga 10 tonnaga ham yetmaydi. Shu bois, yangi bog‘ va tokzorlarni tashkil qilish, eskilarini yangilash bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinadi. Prezidentimiz bog‘dorchilik xo‘jaliklari uchun qator yangiliklarni e’lon qildi. Endilikda Agrosanoatni rivojlantirish jamg‘armasidan intensiv bog‘ tashkil qilish uchun 7 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan 14 foizli kredit beriladi. Tadbirkorlik kompaniyasi tomonidan muzlatkichli ombor uchun kredit foizining asosiy stavkadan oshgan 8 foizgacha qismi qoplanadi. Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sabzavot eksportchilari va bog‘bonlarga qadoqlash xarajatining 50 foizini kompensatsiya qiladi. Bundan tashqari, sertifikatlangan ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi budjetdan to‘lanadi. Meva turiga qarab shpalerlar uchun fermerlarga 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Paxta va g‘allada bo‘lgani kabi meva-sabzavot yo‘nalishidagi fermerlar uchun ham arzonlashgan narxda o‘g‘it va yoqilg‘i xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 10
照片不可用在 Telegram 中显示
Paxtachilikda mexanizatsiyalash darajasini 85 foizga yetkazish uchun kelasi yil yana 800 ta terim mashinasi, 450 ta ko‘p funksiyali seyalka va 3 ming dona plyonka yig‘adigan mashina olib kelinishi belgilandi. Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan paxta yetishtirish uchun fermerlarga har bir gektarga ajratiladigan mablag‘ 1,4 barobar ko‘paytirilib, 17,5 million so‘mga yetkaziladi. Umuman, paxtachilikdagi ishlarni yanada jonlantirish uchun 2026-yilda dehqon va fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga 35 trillion so‘m beriladi. G‘allachilikda ham sho‘r, suvsizlik va issiqqa chidamli yangi navlarni yaratish borasidagi izlanishlar yanada kuchaytirilishi ta’kidlandi. Yaqinda Meksikadagi Jahon makkajo‘xori va g‘allachilik tadqiqotlar markazidan 100 dan ziyod yangi hosildor g‘alla navi olib kelindi. Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Jizzaxdagi g‘allachilik institutlarini modernizatsiya qilishga Jahon banki mablag‘idan 10 million dollar berildi.
“Bu hammasi emas! Endi o‘z mablag‘i hisobidan g‘alla yetishtirgan fermerlarga paxtadagi kabi hosilining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 8
照片不可用在 Telegram 中显示
Yaxshi agronom – yuqori hosil kafolati. Shu bois, Agrar universitetning 180 nafar talabasi dual ta’lim asosida ilg‘or klaster va fermerlarda ishlab, amaliyot o‘taydi. Agronomlik sirlarini o‘rgatgan fermer va klasterga har bir talaba uchun 5 million so‘mdan pul, talabaga esa 1,5 million so‘m stipendiya to‘lanadi. Yetarli tajriba va ko‘nikma orttirgan yosh agronomlar qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 167 ta tumanda kafolatlangan ishga yuboriladi. Ular fermerlar faoliyatiga yangiliklarni olib kirib, sifatli urug‘ va nav, zamonaviy agrotexnologiya yordamida hosildorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga ko‘maklashadi. Bu ishlarni sifatli tashkil qilishi uchun ushbu yosh agronomlarga 2 ming dollardan oylik to‘lanadi. Ana shunda agronomlik yoshlar o‘rtasida eng jozibador kasblardan biriga aylanishi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 9
照片不可用在 Telegram 中显示
“Mirzacho‘l” klasteri cho‘l sharoitida bu yil paxtadan gektariga 50-55 sentnerdan hosil oldi, unga biriktirilgan 27 nafar fermer esa hosildorlikni 85 sentnergacha olib chiqdi. Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzacho‘lda innovatsion qishloq xo‘jaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda cho‘l sharoitida paxta yetishtirish bo‘yicha o‘qitiladi. Mazkur maktabda o‘qib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qo‘shimcha 10 ball beriladi. Shu bilan birga, ilg‘or fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli bo‘ladigan tizim qilinadi. Ustoz fermerlar o‘z tajribasini shogird fermerga o‘rgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga ko‘maklashsa, 5 million so‘m mukofot oladi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 12
照片不可用在 Telegram 中显示
Mahalliy yangi paxta navlarini yaratish ishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, ilmiy markazlarda 56 ta mahalliy navni xorijiy navlar bilan seleksiya qilish asosida paxta urug‘chiligi rivojlantiriladi. Genomika va Paxtachilik ilmiy institutlariga fitotron va issiqxona qurib beriladi. Paxta yetishtirish uchun birja orqali mineral o‘g‘it va yoqilg‘ini 10-15 foiz arzon narxda yetkazib berish amaliyoti kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Endilikda paxta va g‘alla yo‘nalishidagi fermerlarning alohida reytingi yuritiladi. Bunda kamida 10 yildan ortiq ishlayotgan, kredit, lizing va soliqdan muddati o‘tgan qarzi bo‘lmagan fermerlarga reytingiga qarab Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan berilayotgan imtiyozli kredit stavkalari yanada pasaytiriladi. Ya’ni reytingning yuqori pog‘onasida turgan fermerlarga kredit stavkasi paxta uchun 8 foiz, g‘alla uchun 10 foiz qilib belgilanadi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 10
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezidentimiz so‘zining davomida kelgusi yil uchun soha oldida turgan eng muhim vazifalarni belgilab berdi.
“Yaqinda Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda fermerlar va dehqonlar bilan uchrashib, bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishib, juda mamnun bo‘ldim. Ulardagi shijoatni ko‘rib, keyingi yil paxtada 4,5 million, g‘allada 10 million tonnalik xirmonni bemalol uddalash mumkinligiga yana bir bor ishonch hosil qildim”,
– dedi davlatimiz rahbari. Yangi agrotexnologiya yordamida 76-sxema bo‘yicha paxta yetishtirishni kelgusi yilda ommalashtirib, 891 ming gektarda to‘liq shu sxema bo‘yicha paxta yetishtiriladi. Ko‘sak qurti, gerbitsid, sho‘r va suvsizlikka chidamli xorijiy navlar ekiladigan maydonlar 2 karra ko‘paytirilib, 500 ming gektarga olib chiqiladi. “Shinjon tajribasi” asosida 300 ming gektarga chigit ekiladi. Buning uchun dalalarda tomchilab sug‘orish texnologiyasini joriy etishga 2 trillion 600 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratiladi. O‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan fermerlarga hosilning 10 foizigacha qismini subsidiyalashga 250 milliard so‘m beriladi. Bunda paxta yetishtirish uchun kredit limitini yarmidan foydalangan fermerlarga ham hosilning 5 foizigacha subsidiya ajratiladi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 9
照片不可用在 Telegram 中显示
“Albatta, bunday ulkan natijalar ortida dehqon va fermerlarimiz, klasterlar, umuman, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi har bir insonning mehnati, jasorati, fidoyiligi turibdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ularning zahmati, mard va olijanob fazilatlari har qancha e’tirof va e’tiborga munosib. Shuning uchun ham bugun Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni arafasida sizlar bilan ko‘rishib, suhbatlashib, davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlashga qaror qildim”,
– dedi Prezidentimiz. Mukofotlanganlar orasida paxtadan 80-90 sentner, g‘alladan 115 sentnergacha hosil olgan, dalasiga suv tejovchi texnologiyalar va nasoslariga quyosh panelini keng joriy qilgan fermer va klasterlar, meva-sabzavot, chorva, parranda, baliq, asalarichilikda intensiv usullarni qo‘llab, oziq-ovqat xavfsizligi va eksportga katta hissa qo‘shayotgan dehqon, chorvador va eksportchilar bor. Suv tanqis sharoitda kanallarni betonlash, suvning hisobini joyiga qo‘yib, adolatli taqsimlayotgan irrigatsiya-melioratsiya xodimlari va mexanizatorlar, qishloq va suv xo‘jaligiga ilm-fanning yangi yutuqlarini olib kirayotgan, urug‘chilik, naslchilik va agrotexnologiya bo‘yicha innovatsiyalar yaratayotgan olimlar ham yuksak mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Paxta, g‘alla va bog‘dorchilikda keskin o‘zgarish qila olgan Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyati hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari, Quva, Baliqchi, Do‘stlik, Quyi Chirchiq va Nukus tumani hokimlari ham bor. Davlatimiz rahbari yuksak unvon, orden va medallarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 9
00:48
视频不可用在 Telegram 中显示
1500 МВт қувватли Сирдарё ИЭС (ACWA Power) газ турбинасида ротор носозлиги туфайли, Япониянинг "Mitsubishi" компаниясидан 114 тонналик янги ротор олиб келинди. Ўрнатиш ва созлаш ишлари тахминан бир ой давом этади. Ротор ўрнатилгунга қадар истеъмол юқори бўлган пайтларда (17:00-21:00) айрим ҳудудларда электр таъминотида қисқа узилишлар бўлиши мумкин. Каналга қўшилиш 👈 Facebook | Instagram | Медиабанк
显示全部...
IMG_2990.mp45.00 MB
👍 12
照片不可用在 Telegram 中显示
So‘nggi yillarda bog‘ va tokzorlarni yangilashga qattiq kirishilgani, intensiv sabzavotchilik rivojlantirilayotgani ham samarasini bermoqda. Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi. Joriy yilda 3,4 million tonna meva, 2 million tonna uzum, 19,5 million tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 million tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgani bu fikrlarning tasdig‘idir. Eng muhimi, shularning hisobidan ichki bozorda narxlarni barqaror ushlab turish bilan birga qishloq xo‘jaligi to‘qimachilikdan keyingi eng ko‘p valyuta olib kelayotgan sohaga aylandi. Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37 foizga o‘sib, 3 milliard dollarga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor 3,2 milliard dollardan oshadi. Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilosda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 7
照片不可用在 Telegram 中显示
Paxtachilikda ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiya olib kirilgani, yuqori unumdor xorijiy navlar ekilgani hisobiga mirishkor dehqon va fermerlarimiz tomonidan 875 ming gektar yerda 4 million tonnaga yaqin xirmon yaratildi. Ilk bor paxtada o‘rtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi. Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan o‘tib, paxtachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratdi. G‘allakorlarimiz ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8 million 400 ming tonna xirmon yaratdi, o‘rtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor. Sholikorlarimizning mehnati ham alohida e’tirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1 million 340 ming tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi. Suv masalasi dolzarb bo‘lgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining o‘zida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini ko‘chat usulida ekkani uchun 350 million kub metr suv tejaldi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 9
照片不可用在 Telegram 中显示
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazmoqda. So‘zining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-ne’mat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bog‘bon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga o‘zining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
Sizlarning nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”,
– dedi davlatimiz rahbari. Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil bo‘lgani ta’kidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xo‘jaligida katta marralarga erishildi. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 7
照片不可用在 Telegram 中显示
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida qishloq xo‘jaligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda ulardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Yig‘ilishda sohadagi islohotlar natijadorligi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokama qilinadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев проведет в резиденции "Куксарой" встречу с работниками сельского хозяйства и вручит им государственные награды. На совещании будут обсуждены результаты реформ в сфере и приоритетные задачи на следующий год. Facebook|Instagram|X
显示全部...
👍 12
00:29
视频不可用在 Telegram 中显示
🎞 Qishloq xo‘jaligi fidoyilari e’tirof etildi ——— 🎞 Труженики сельского хозяйства удостоены признания
显示全部...
IMG_4582.MOV22.60 MB
👍 19🔥 4👏 2
03:07
视频不可用在 Telegram 中显示
🎼 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun! O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi 1992-yil 10-dekabr kuni qabul qilingan bo‘lib, u davlat suverenitetining eng ulug‘ ramzlaridan biri sanaladi. Qonun bilan mustahkamlangan ushbu muqaddas timsolga hurmat bilan yondashish har bir yurtdoshimizning burchi va mas’uliyatidir. Madhiya – yuraklarda Vatanga muhabbat, sadoqat va g‘ururni uyg‘otuvchi qudratli ifoda. Unda xalqimizning boy tarixi, bugungi bunyodkorlik ishlari va porloq kelajakka ishonchi mujassam. Davlat madhiyasi milliy g‘ururimiz, ezgu orzu-intilishlarimiz hamda xalqimizning mustahkam birlik va birdamligini tarannum etadi. Madhiyamiz ozod xalqning ulug‘ ovozi sifatida tinchlik, totuvlik va taraqqiyot ramzi bo‘lib, yurtimizning buguni va kelajagi haqida butun dunyoga jar solishda davom etaversin!
显示全部...
madhiya.mp417.64 MB
👍 21🔥 2
01:17
视频不可用在 Telegram 中显示
🎞 В Хавастском районе сменился хоким
显示全部...
Xovos sesya Tayor rus30.mp427.96 MB
👍 11🔥 1
01:01
视频不可用在 Telegram 中显示
🎞 Xovos tumanida hokim almashdi
显示全部...
Xovos Sesya Tayor Uzb30.mp430.57 MB
👍 24
Prezident Shavkat Mirziyoyev paxtachilik va gʻallachilikni moliyalashtirishni samarali tashkil etish hamda agrar sohada subsidiyalar ajratishning yangi tizimi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией об эффективной организации финансирования хлопководства и зерноводства, а также новой системе субсидирования аграрной отрасли. #Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #moliyalashtirish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
显示全部...
👍 15🔥 2👏 1
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
显示全部...
👍 11
В Хавастском районе сменился хоким В Хавастском районе прошла внеочередная сессия районного Кенгаша народных депутатов, проведённая в аналитико-критическом ключе. В её работе принял участие хоким области Эркинжон Турдимов. В своём выступлении глава региона резко раскритиковал существующее в районе отставание и низкие темпы работы по ряду ключевых направлений. Он отметил недостаточный уровень инициативности, ответственности и требовательности со стороны первого руководителя района в вопросах сокращения бедности, повышения занятости населения, разработки и практической реализации инвестиционных проектов, а также увеличения объёмов экспорта. Депутаты районного Кенгаша также высказали мнения относительно неиспользованных возможностей и перспектив дальнейшего социально-экономического развития района. В ходе сессии был рассмотрен организационный вопрос. Хоким района Юлдашев Улугбек Хасанович, занимавший данную должность до настоящего времени, освобождён от занимаемого поста. Решением депутатов на должность хокима Хавастского района утверждена кандидатура Юлдашева Комуса Мировича, ранее возглавлявшего территориальное управление Сырдарьинской области Комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей. Для справки: Комус Юлдашев родился в 1983 году в городе Ширине Сырдарьинской области. В 2004 году окончил Ташкентский институт текстильной и лёгкой промышленности.
显示全部...