ch
Feedback
Edu.uz

Edu.uz

前往频道在 Telegram

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali gov.uz/edu instagram.com/eduuzofficial facebook.com/eduuzofficial youtube.com/eduuz devonxona@edu.uz Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy Ishonch raqami: 1006

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
130 657
订阅者
-13524 小时
-1 0747
-3 36730
帖子存档
Fuqarolarning shaxsiy va moliyaviy maʼlumotlarini himoya qilish boʻyicha rasmiy ogohlantirish __ Официальное предупреждение о защите персональных и финансовых данных граждан #ogohlik_davr_talabi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
Murojaat Firibgarlik _ UZ~1.mp431.42 MB
Murojaat Firibgarlik _ RU~1.mp430.20 MB
4👍 3🔥 1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi. — В Белом доме состоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #tashrif #AQSH #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
显示全部...
👍 11 3
✅✅✅✅ Namangandagi ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Namangandagi qator ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etiladigan Pedagogik mahorat markazi loyiha taqdimotini ko‘zdan kechirdi.
Hilola Umarova viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan birgalikda 1000 o‘rinli mazkur maskan loyihasini ko‘zdan kechirishdi. To‘raqo‘rg’on tumanidagi agrotexnologiyalar tenikumi hamda Uychi tumanidagi 1-sonli politexnikumi faoliyati ham o‘rganilib, o‘quvchi-yoshlarning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.     Shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti Toʻqimachilik sanoati injineringi fakultetida tashkil etilgan texnoparkida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. ”Sinergiya” raqamli kasblar texnikumiga tashrifda yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, IT-eksport xizmati hamda istiqbolli rejalar bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 12 5😱 1
Oʻzbekistondan ilk bor xalqaro “Take Off Startup” sammitida Turin politexnika universiteti rasmiy hamkor sifatida ishtirok etadi 6-noyabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Take Off Startup” sammitiga bagʻishlangan vebinar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turin politexnika universiteti jamoasi, Yoshlar akademiyasi liderlari, deputatlar, iqtidorli talabalar va startap hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. T3 Startup Center direktori va T3 Vakfi Boshqaruv kengashi raisining oʻrinbosari Irem Bayraktar oʻz chiqishida Turkiyaning mazkur nufuzli xalqaro startap sammitida Turin politexnika universiteti ilk bor rasmiy hamkor sifatida ishtirok etayotganini taʼkidladi.
“Take Off Istanbul Startup” sammiti mintaqadagi eng yirik va nufuzli startap forumi hisoblanadi. Unda dunyo boʻylab eng iqtidorli startaplar bir joyga toʻplanib, oʻz loyihalarini xalqaro investorlar, biznes yetakchilari va texnologik ekspertlarga taqdim etadi. Sammit ishtirokchilari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Ular ilgʻor tajriba va yangi aloqalarga ega boʻlish bilan birga eksklyuziv qoʻllab-quvvatlash (Supports), moliyaviy grantlar va pul mukofotlari (Cash and Grants), $1 millionlik investitsiya jamgʻarmasiga kirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Tadbirga faqat MVP yoki POC bosqichini yakunlagan, rasmiy roʻyxatdan oʻtgan, investitsiya olgan yoki savdo faoliyatini yoʻlga qoʻygan rivojlanish bosqichidagi startaplar taklif etiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
10👍 4🔥 1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi boshlandi Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Vashington shahrida bo‘lib turibdi. Davlatimiz rahbarini AQSH Davlat kotibining o‘rinbosari Kristofer Landau va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHda ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlarimiz bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Bill Xayzenga, Kerol Miller va Sidni Kamlager-Davni qabul qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, AQSH Senatidagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi — senator Stiv Deyns bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. #Mirziyoyev #tashrif #AQSH
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
video_2025-11-06_19-31-15.mp424.74 MB
video_2025-11-06_19-31-23.mp419.26 MB
video_2025-11-06_19-31-31.mp427.51 MB
video_2025-11-06_19-31-40.mp435.69 MB
👍 11 6👏 4
#xalqaro_hamkorlik Oʻzbekiston va Bangladesh vazirlari oliy taʼlimda hamkorlikni muhokama qildi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Bangladesh Respublikasi Taʼlim vaziri Choudxuri Rafiqul Abrar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston va Bangladesh oʻrtasidagi oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Alohida eʼtibor qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy loyihalar, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi imkoniyatlariga qaratildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100058 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 14 12
00:56
视频不可用在 Telegram 中显示
4️⃣4️⃣4️⃣ Toshkent talabalari o‘rtasida kibersport musobaqalari bo‘lib o‘tadi 2025-yil 8–9-noyabr kunlari Xalqaro press klub tomonidan bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport musobaqalarining saralash bosqichi o‘tkaziladi. Musobaqaning saralash bahslari Yunusobod tumanidagi “Dark Zone” Game Clubida “CS2GO”, “FIFA25” va “PUBG” yo‘nalishlarida tashkil etiladi. 📍Mo‘ljal: Shifo Nur klinikasi yonida. G‘olib jamoalar 19-noyabr kuni “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan final bosqichida ishtirok etishadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📱 @Shox_ipc
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
z2.mp428.45 MB
5👍 3
#xalqaro_hamkorlik Oʻzbekiston va Gvineya taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Gvineya Respublikasining YUNESKOdegi doimiy vakili Senkoun Silla bilan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbat chogʻida ikki davlat oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Xususan, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash sohasida hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/100029 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
9👍 6
#xalqaro_hamkorlik Toshkent viloyati kasb-hunar taʼlimida Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirmoqda Ayni kunlarda Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Nasiba Kulbekova boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Jilin shahrida xizmat safarida bo‘ldi. Safar doirasida Bekobod politexnikumi va Shimoliy-Sharqiy Elektr Energetikasi Universiteti (NEEPU) o‘rtasida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlik, bilim va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida N. Kulbekova va universitet rektori Cai Guowei hamkorlik memorandumini imzoladilar. Hujjat energetika, qayta tiklanuvchi energiya, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt va akademik mobillik dasturi doirasida talaba hamda professor-o‘qituvchilar almashuvini nazarda tutadi. Mazkur memorandum Toshkent viloyatidagi kasbiy ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish va ilmiy-texnik salohiyatni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 14 6🔥 2
01:23
视频不可用在 Telegram 中显示
#E_TechExpo_2025 – Texnologiyalar olamiga eshik oching! ⏺Yilning eng muhim voqeasi – E-TechExpo-2025 xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazib yubormang!!! 11–13-noyabr kunlari poytaxtimizda 4-xalqaro elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi – E-TechExpo-2025 bo‘lib o‘tadi. 🌐Nima uchun E-TechExpo? Bu nafaqat ko‘rgazma, balki texnologiyalar dunyosi yuragi: 🔹Yetakchi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar; 🔹Innovatsion startaplar va global kompaniyalar; 🔹Investorlar va davlat vakillari — bir maydonda, bir vaqtda! 📆11-12-13-noyabr. 📍“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi, 3-4 pavilon. 🔗Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: bit.ly/ETech_bron_uz ⏰E-TechExpo-2025 — Sizni kutmoqda!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
IMG_9634.MP430.25 MB
10👍 1🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
4️⃣4️⃣4️⃣ 📢 Endi sun’iy intellekt sohasida bepul ta’lim olish - aileaders.uz platformasi orqali amalga oshiriladi! aileaders.uz platformasida sun’iy intellekt bo‘yicha bepul o‘qish uchun TOP kurslar: 1️⃣ Introduction to Generative AI - sun’iy intellekt yordamida yangi ma’lumotlar yaratish; 2️⃣ Google Cloud Fundamentals: Core Infrastructure - bulutli texnologiyalar foydalanish; 3️⃣ Build AI Apps with ChatGPT, DALL·E, and GPT-4 - AI yordamida real ilovalarni yaratish; 4️⃣ Code Yourself: An Introduction to Programming - dasturlash asoslari va kod yozishni o‘rganish; 5️⃣ IoT (Internet of Things) Wireless & Cloud Computing Emerging Technologies - IoT va bulut sohasidagi eng muhim bilimlarni egallash. Ma’lumot uchun, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Coursera platformasidagi 1 500 dan ortiq kurslarni o‘zbek tilida o‘rganish imkoniyati yaratildi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
star reaction 1 12👍 5
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Shvetsiya ta’lim vazirligi davlat kotibi Oskar Voglund Syoderstrуm bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99514 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
16👍 10👏 2
#xalqaro_hamkorlik Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligida kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilindi 5-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning “KfW” taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo departamenti direktori Veronika Garsiya Del Arko hamda mazkur bankning Toshkentdagi Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Petar Georgiyev bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarning ijrosi va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama etildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99834 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
25👍 9👏 2🔥 1
✅✅✅✅ Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Andijon viloyatida ta’lim tizimi va ishlab chiqarish integratsiyasini o‘rganmoqda Dastavval Hilola Umarova Asaka tumanidagi “Xitoy sanoat zonasi”da tashkil etilgan korxonalarda dual ta’lim olayotgan amaliyotchi-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Shuningdek, tumandagi Transport va mashinasozlik texnikumida joriy etilgan “Pearson” Xalqaro ta’lim dasturi asosida kasb va mutaxassisliklar o‘qitilishi amaliyotini ko‘zdan kechirdi va o‘quvchi-yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi. Texnikum binosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish aksiyasida ham ishtirok etdi. Shu kuni Hilola Umarova tumandagi “UzAuto Motors” AJga qarashli zavodlarda amaliyot o’tayogan o’quvchilar bilan uchrashib, ularning fikr va muhozalariga quloq tutdi. Bundan tashqari, Bobur shahridagi zamonaviy qad rostlagan 1-umumta’lim maktabida tuman shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda tizimda amalga oshirayotgan islohotlar va yangiliklar xususida so‘z yuritildi. Mas’ullarning hisobotlari tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng, Hilola Umarova Bobur shahrida yangi qurilayotgan “Pedagogik mahorat markazi” binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
25👍 7👏 2
#xizmat_safari #Samarqand 2025-yil 5-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Pastdarg‘om tumanidagi 4-son politexnikumi hamda Jamoat salomatligi texnikumi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida vazirning birinchi o‘rinbosari o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirdi. S. Rajabov rahbarlarning hisobotlarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berdi. Bundan tashqari, energiya ta’minoti, isitish tizimlari va muqobil quvvat manbalaridan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
15👍 4😁 1
#xalqaro_hamkorlik Gretsiya universitetlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Samarqand shahrida YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Gretsiya oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Nikolaos Papaioannou bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi bevosita hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning ikki mamlakatda tashkil etiladigan xalqaro konferensiya, simpozium, seminar va davra suhbatlarida faol ishtirokini ta’minlash istiqbollari ko‘rib chiqildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99605 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 12 9👏 1
01:13
视频不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi butunjahon sammitidagi nutqidan:
Barcha uchun ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijtimoiy muammolarga samarali yechim topish mumkin.
#Mirziyoyev #sammit #Qatar #Ijtimoiyrivojlanish
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
4.mp45.35 MB
🔥 6 4👍 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy oldi 4-noyabr kuni nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan eʼlon qilingan Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingi — QS Asia University Rankings 2026 roʻyxatidan Oʻzbekistonning 22 ta oliy taʼlim tashkiloti joy oldi. Shulardan 8 tasi oʻz oʻrnini oʻtgan yilgi natijalarga nisbatan yaxshilagan. Ushbu natija mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yoʻlidagi saʼy-harakatlarning amaliy samarasidir. Ma’lumot uchun, mazkur reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitetlar baholangan. Ulardan 557 tasi ilk bor roʻyxatga kiritilgan. Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifat ko‘rsatkichlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi. QS Asia University Rankings 2026’da Oʻzbekiston OTMlari natijalari: 👉https://gov.uz/oz/edu/news/view/99595 #OliyTaʼlim #QSRanking #AsiaUniversityRankings #UzbekistanUniversities #HigherEducation
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
12👏 8😁 4🎉 2🤔 1
00:46
视频不可用在 Telegram 中显示
O‘zbekiston — global ta’lim hamjamiyati a’zosi Samarqandda YUNESKOning "Oliy ta’lim sohasida malakalarni tan olish to‘g‘risidagi global konvensiya"sini O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilishga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu muhim hujjat mamlakatning jahon ta’lim maydonidagi nufuzini oshirib, milliy diplom va malakalarning xalqaro tan olinishini ta’minlaydi. Konvensiya orqali yurtimizda ta’lim olgan yoshlar dunyodagi nufuzli universitetlarda tahsilni davom etish imkoniga ega boʻladi, olim va muhandislar, o‘qituvchi va tadqiqotchilar uchun xalqaro ilmiy hamkorlik eshiklari ochiladi. Shuningdek, O‘zbekiston universitetlari xorijiy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar, ilmiy loyihalar va akademik almashinuvlarni keng yo‘lga qo‘yishadi. Bu qadam milliy ta’lim tizimini global standartlarga yaqinlashtirib, inson kapitali rivojiga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
rolik mb.mp47.37 MB
13😁 1🤔 1
#xalqaro_hamkorlik Xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston va Qatar oliy ta’lim hamkorligi muhokama qilindi Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tadbirlari doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ngirotboy Sharipov Qatar davlatining Ta’lim va oliy ta’lim vaziri Lolva bint Roshid Al-Xater bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokara chog‘ida ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, Qatar talabalarining O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlarida ilg‘or tajriba almashish muhimligi qayd etildi. Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99406 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
显示全部...
👍 20 7🤔 3👏 1🎉 1