Xushnudbek.uz
前往频道在 Telegram
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz •instagram.com/xushnudbek •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •x.com/xushnudbeck •tiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama
显示更多2025 年数字统计

629 623
订阅者
+1 71124 小时
+6 3807 天
-6 44430 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
#murojaatnoma
❗️145 milliard dollar
Shavkat Mirziyoyev:
E’tibor bering, bundan to‘qqiz yil oldin iqtisodiyotimiz hajmini 100 milliard dollarga yetkazish biz uchun juda katta marra bo‘lib ko‘rinardi. Bu yil tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 milliard dollardan oshdi. Bunday yuksak natijalar xalqimizning, barchamizning qanday ulkan ishlarga qodir ekanimizni yaqqol namoyon etmoqda.👉 @xushnudbek 👈
Murojaatnoma boshlandi
Jonli efir uchun havola:
https://www.youtube.com/watch?v=St1E3kxNz-w
👉 @xushnudbek 👈
HUMO POS-yechimlarni joriy etmoqda
HUMO MBPM 168,2 mlrd so‘m sof foydani taqsimlab, 54,7 mlrd so‘mni davlat budjetiga dividend sifatida yo‘naltirdi.
Kompaniya transformatsiya doirasida O‘zbekiston bozori uchun eksklyuziv Sunmi P3 flagman POS-terminalini sotuvga chiqardi. Qurilma naqdsiz to‘lov, chek chiqarish va shtrix-kod skanerlash imkoniyatlariga ega.
POS-terminalni xarid qilish yoki ijaraga olish mumkin, tizimga ulash 1 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
Bugun Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomani taqdim etadi.
Murojaatnomaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini soat 11:00 dan boshlab:
“O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston” (surdotarjima bilan), “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “O‘zbekiston tarixi”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Milliy”, “Zo‘r TV”, “Renessans TV”;
“Toshkent” va “Dunyo bo‘ylab” (ruscha tarjimasi bilan);
“Yoshlar” va “Uzreport TV” (inglizcha tarjimasi bilan) telekanallarida;
Prezident matbuot xizmatining Telegram, Facebookdagi sahifalari hamda YouTubedagi rasmiy kanalida tomosha qiling.
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
Yangi yil munosabati bilan kanalimizda tanlov (giveaway) tashkil qildim.
Obunachilarimiz orasidan 10 kishiga 6 oylik Telegram Premium hamda uning yoniga har bir g‘olibga "Asaxiy Books yil bestsellerlari — 2025" to‘plami sovg’a qilinadi.
Mazkur to‘plamdan AsaxiyUz internet-do‘koni orqali oxirgi 1 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan naq 20 ta kitob joy olgan. Kitoblar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin (hozir chegirma berilgan).
⏳G’olib nomi 1-yanvar kuni soat 21:00 da ma’lum bo’ladi.
‼️ Tanlovda qatnashish uchun hech narsa qilishingiz shart emas.
Shu kanalga (@xushnudbek) obuna ekanligingiz kifoya. Biror tugmani bosish, qaysidir boshqa kanalga a’zo bo’lish, bu xabarni kimlargadir yuborish shart emas. Shunchaki @xushnudbek kanali obunachilari orasida borligingizning o’zi yetarli. Buning uchun sizga katta rahmat.
Qo‘shimcha ma’lumot: kitoblar to‘plami g‘oliblarning uy manziliga butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.
❗️BU MUHIM: g‘olibni Telegramning o‘zi tasodifiy tanlov yo‘li bilan avtomatik aniqlaydi. Bunga hech kim, na men, na boshqasi aralasha olmaydi. Shunchaki kimning omadi chopsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.👉 @xushnudbek 👈
抽奖奖品10 Telegram 会员订阅 6 月
完成日期
所有频道订阅者 (1):
629.6k
~193.6k
30.74%
00:48
视频不可用在 Telegram 中显示
❌ Andijonda 1-yanvardan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish to’xtatiladi
💳 Elektron to‘lov turlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar yo‘l haqini 2 ming 100 so‘m evaziga quyidagi usullardan biri orqali amalga oshirishlari mumkin:
✅ bank kartalari;
✅ mobil ilovalar,
✅ ATTO transport va virtual kartalari bilan.
💰 Yo‘l haqini naqd pul bilan to‘lash uchun bevosita bekatlar va ularga yaqin hududlarda o‘rnatilgan Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan 3 ming so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish zarur bo‘ladi.
👉 @xushnudbek 👈
IMG_1463.MP416.12 MB
Shavkat Mirziyoyev ertaga, 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnoma yo’llaydi.
👉 @xushnudbek 👈
00:51
视频不可用在 Telegram 中显示
Shaffof qurilish: Endi qurilayotgan obyektlar haqida onlayn ma’lumot olish mumkin
dshk.shaffofqurilish.uz saytiga kirib viloyatni belgilang. Hudud xaritasida 3 xil nuqtalar paydo boʻladi.
⏺ko‘k — qurilayotgan,
⏺qizil — qurilishi toʻxtatilgan,
⏺qora — qurilishi bekor qilingan obyektlar hisoblanadi.
🏗Kerakli obyekt tanlanganda uning nomi, manzili va buyurtmachisi paydo boʻladi. "QR pasportni ko‘rish" tugmasi orqali hujjatlar bilan tanishish, shuningdek, obyekt qavati, maydoni, sarflanayotgan mablagʻ haqidagi maʼlumotlarni ham olishingiz mumkin. ❗️Agar qurilayotgan obyekt xaritada aks etmasa u noqonuniy hisoblanadi. Tizimda qurilishga oid elektron hujjatlar jamlangan. Raqamlashtirilmagan hujjatlar tizimda ko‘rinmasligi mumkin.dshk.shaffofqurilish.uz orqali, shuningdek, hududlarning bosh rejalari, seysmik zonalar, buzilishga tushgan obyektlar haqida ham ma’lumot olish imkoniyati yaratilgan. ▪️Quruvchining ishonchliligini 1 daqiqada bilib oling. ▪️Uy xarid qilmoqchimisiz? Avval QR-kod orqali tekshiring! ▪️Obyekt buzilishga tushgan-tushmaganini onlayn aniqlang. 👉 @xushnudbek 👈
Sequence 01_1.mp414.44 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
🗓️ Texnikum o’quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan 10-yanvargacha davom etadi
Ta’til davomida kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida ishlab chiqilgan “Karyerani rivojlantirish” maxsus kursi hamda “SCAFFOLD” metodikasi boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etiladi. Taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida tuzilgan amaliyot shartnomalari monitoringi o'tkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈
01:05
视频不可用在 Telegram 中显示
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan isitish moslamalaridan foydalanishda yong’in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda is gazidan ehtiyot bo’lishni so’ramoqda.
👉 @xushnudbek 👈
mchs final 0003_1.mp43.06 MB
02:16
视频不可用在 Telegram 中显示
❗️DXX: Namanganda “Ko’mir ta’minot” MChJ boshlig’i o’rinbosari 47,5 ming dollar bilan ushlandi
“Ko‘mir ta’minot” MChJ Namangan viloyat filiali boshlig‘i o‘rinbosari tanishlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash hamda omborga keluvchi ko‘mir ortilgan yuk vagonlari sonini ko‘paytirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qilgan.
Joriy yilning 6-dekabr kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 25 ming dollarni filial ishchisi orqali olib, fuqaroni ombor mudiri etib tayinlanishini ta’minlaydi.
Keyinroq esa qolgan 15 ming dollar hamda omborga ko‘mir ortilgan 30 ta vagon yuborgani uchun ulush sifatida 7,5 ming dollar, jami 22 ming 500 dollar berishini talab qilib, o‘zining vositachisi orqali ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
👉 @xushnudbek 👈
Наманган_кўмир.mp413.97 MB
❗️2025-yilda sababsiz to‘xtab qolgan yaxshi an’ana yana tiklandi: o‘zbekistonliklar yil davomidagi barcha qo‘shimcha dam olish kunlarini oldindan biladigan bo‘ldi
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilda nafaqat Yangi yil, balki boshqa bayramlarda ham qo‘shimcha hamda ko‘chirilgan dam olish kunlari oldindan belgilandi.
Unga ko‘ra, 2026-yilda:
🔹 Qo‘shimcha dam olish kunlari:
➖ barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma, 28-may – payshanba, 29-may – juma, 31-avgust – dushanba;
➖ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba, 30-may – shanba, 31-dekabr – payshanba.
🔹 Bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani uchun ko‘chiriladigan dam olish kuni:
8-mart – Xotin-qizlar kuni bayrami 2026-yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21-mart – Navro‘z bayrami hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026-yil 9-mart, 23-mart va 11-may – dushanba kunlariga ko‘chirildi.
🔹 5 kunliklar uchun ko‘chiriladigan dam olish kuni:
Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026-yilda 12-dekabr – shanba kunidan 31-dekabr – payshanba kuniga ko‘chirildi. Ya’ni 5 kunliklar 2026-yil 12-dekabr (shanba) ishga chiqadi, evaziga 31-dekabr (payshanba) dam oladi.
Ma’lumot uchun: yil davomidagi dam olish kunlarini hali yil boshlanmasdan e’lon qilinadigan 7 yillik yaxshi an’ana negadir 2025-yilda to‘xtab qolgani haqida avval ham bir necha marta yozgan edik (1, 2, 3, 4, 5). Xayriyatki, bu an’ana butunlay to‘xtatilmagan ekan, 2026-yilda yana davom ettiriladigan bo‘ldi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️RASMAN: Yangi yilda ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo'ladi
Prezident farmoniga ko'ra, quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
➖ 2025-yilda barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 31-dekabr – chorshanba;
➖ 2026-yilda:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma;
olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba.
Demak, quyidagi kunlarda rasman dam olish bo'ladi:
✅ 31-dekabr (chorshanba);
✅ 1-yanvar (payshanba);
✅ 2-yanvar (juma);
✅ 3-yanvar (shanba);
✅ 4-yanvar (yakshanba).
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
Aqqulov Abdulaziz O‘rolboyevich Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
U bunga qadar O‘zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi edi.
***
Shadiyev Umid Rustamovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Turizm qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi.
👉 @xushnudbek 👈
2026-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖ zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga va zo‘ravonlikka guvoh bo‘lgan bolalarga ular tegishli protsessual xatti-harakatlarga jalb etilgan vaqtdan e’tiboran davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi;
➖ bolalarga nisbatan ularning qonuniy vakillari yoki boshqa qarindoshlari tomonidan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha ishni sudga qadar yuritish va sud muhokamasi jarayonlaridagi barcha protsessual harakatlarni amalga oshirishda vasiylik va homiylik organi vakili majburiy tartibda ishtirok etadi;
➖ zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning dastlabki ko‘rsatuvlari majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi;
➖ mulkchilik shaklidan qat’i nazar ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish tashkilotlari xodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq aniqlangan faktlar haqida xabar bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekistonda professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Bu Prezidentning "2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmonida belgilandi.
2026-yil 1-fevraldan boshlab:
➖ zo‘ravonlik natijasida oilasidan olingan va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bunda:
1) professional tutingan oilani tashkil etishga nomzodlar zo‘ravonlikdan jabrlangan va o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalardagi zo‘ravonlik natijasida olingan ruhiy jarohatning salbiy ta’sirini kamaytirish, xulq-atvoridagi og‘ishishlarni yoki oila a’zolari, tengdoshlari bilan munosabatlaridagi buzilishlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-reabilitatsiya dasturlari asosida o‘qitiladi;
2) zo‘ravonlik natijasida oilasidan olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar professional tutingan oilaga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va mazkur oilalar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida joylashtiriladi;
3) professional tutingan oilaga har bir joylashtirilgan bolani parvarishlash uchun har oyda Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida (2 mln 542 ming so‘m) mablag‘ to‘lab boriladi;
4) professional tutingan oilaga joylashtirilgan har bir bolaning yashash xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining yashash xarajatlari uchun belgilangan miqdorlarda mablag‘ ajratiladi;
➖ dastlab Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026-yil yakuniga qadar respublikaning boshqa hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida kichik hajmli ijtimoiy ko‘mak markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
✈️ Uzbekistan Airways ham qo’shimcha parvozlarni yo’lga qo’yadi
Aviakompaniya bayram kunlari Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Termiz va Namanganga qo‘shimcha parvozlar yo’lga qo’yilayotganini ma’lum qildi:
🔹 HY015/016 Toshkent – Nukus – Toshkent: 28-31-dekabr va 4, 9, 11-yanvar kunlari;
🔹 HY011/012 Toshkent – Nukus – Toshkent: 3, 10-yanvar;
🔹 HY023/024 Toshkent – Buxoro – Toshkent: 28-31- dekabr va 3, 4, 9, 10, 11-yanvar kunlari;
🔹 HY059/060 Toshkent – Urganch – Toshkent: 28-31-dekabr va 3, 4, 9, 10, 11-yanvar kunlari;
🔹 HY092/091 Namangan – Toshkent – Namangan: 9-yanvar;
🔹 HY069/070 Toshkent – Termiz – Toshkent: 30-dekabr va 10-yanvar.
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
🚆Qishki ta’til munosabati bilan 26-dekabrdan 12-yanvargacha qo’shimcha poyezd qatnovlari yo’lga qo’yiladi
🔹 ”Toshkent – Samarqand – Toshkent” yo‘nalishida:
26-31-dekabr hamda 4-yanvar kunlari “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun 14 ta qo‘shimcha reys;
🔹 “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishida:
26-31-dekabr kunlari “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun 4 ta reys;
🔹 “Toshkent – Xiva – Toshkent” yo‘nalishida:
12-yanvarga qadar 12 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
🔹 Shuningdek, "Toshkent – Xiva – Toshkent", "Toshkent – Shovot – Toshkent", "Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent", "Toshkent – Termiz – Toshkent" va "Toshkent – Buxoro – Toshkent" (Sharq poyezdi) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 12-yanvarga qadar har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagon ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
🇺🇿🇦🇿Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi.
👉 @xushnudbek 👈
