Xushnudbek.uz
前往频道在 Telegram
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz •instagram.com/xushnudbek •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev •x.com/xushnudbeck •tiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama
显示更多2025 年数字统计

629 262
订阅者
-14624 小时
+6 5987 天
-7 21130 天
帖子存档
🇺🇿🇹🇷Samarqand hududiy elektr tarmoqlari Turkiyaning “Aksa elektrik” kompaniyasi boshqaruviga berildi
Ushbu kompaniya loyiha doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
🔹tarmoqni operatsion boshqaruvga olib, investitsiya kiritadi;
🔹tarmoqlarni modernizatsiya qiladi;
🔹yo‘qotishlarni bosqichma-bosqich 2 barobarga kamaytiradi.
Natijada har yili o‘rtacha 20 million dollar tejaladi.
Shunday tajriba asosida 2026-yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027-yilda Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
❗️Qariyb 11 milliard dollarlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushiriladi, yana 21 ta yangi loyiha qurilishiga start beriladi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Xususan:
➖ Hududlarda jami 3 ming 500 megavattli 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro stansiya foydalanishga topshiriladi. Ular to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 15 milliard kilovatt-soat elektr generatsiya bo‘ladi.
Natijada kelgusi yilda “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmi 23 milliard kilovatt-soatga yetkaziladi. Bu orqali O’zbekistonning yillik elektr energiyasi iste’moli to’liq qoplanadi;
➖ “Toza” energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi salkam 7 milliard kub/metrga kamayadi. Atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi;
➖ 1 ming 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ham ishga tushirilmoqda. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi;
➖ Foydalanishga topshirilayotgan 11 ta yirik podstansiya va 420 kilometr yuqori kuchlanishli tarmoqlar tizimning barqaror ishlashiga xizmat qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Konstitutsiya bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari berilmaydi
Joriy yilda 8-dekabr kuni dushanbaga to‘g‘ri keladi. Bu degani 5 kunliklar ketma-ket 3 kun (shanba, yakshanba va dushanba), 6 kunliklar esa 2 kun (yakshanba va dushanba) dam olishadi.
Bayram munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kuni berilmaydi.
❓O‘zi umuman, eng muhim savol: 2026-yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlarining taqvimi oldindan e’lon qilinadimi? 2025-yilga kelib kutilmaganda to‘xtab qolgan 7 yillik xayrli an’ana yana davom etadimi yoki shu bilan endi o‘zbekistonlik mehnatkashlar qo‘shimcha dam olish kunlari taqvimi haqida orzu qilmay qo‘yaversinmi?
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
Nodirbek — London Chess Classic turniri chempioni!
Abdusattorov kecha minimal vazifani uddaladi. U garchi Alirizo Feruzja bilan bahsda ustunlikka ega bo’lsa ham, lekin tavakkal qilib o’tirmadi va durang natija qayd etdi. Bu orqali u muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi.
Tabriklaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
❗️Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi
✅ Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan (boshlang‘ich 1-4-sinflarda 27-dekabr — shanba kunidan) boshlanadi.
Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha (14 kalendar kun) davom etadi.
2026-yil 11-yanvar yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani bois, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
♟ Bugun Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic 2025 turnirida muddatidan oldin g’olibga aylanishi mumkin.
Hamyurtimiz ortda qolgan 7 ta turdan keyin yakka peshqadam bo’lib turibdi va eng yaqin ta’qibchisi Alirizo Feruzjadan naq 2 ochko oldinda. Bugun aynan Alirizo bilan o’ynaydi va durang ham uni chempionga aylantiradi.
Eng qizig’i Nodirbek ushbu turnirda ketma-ket 6 ta g’alabaga erishdi. Jahon kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan so’ng katta reyting ochkolari yo’qotgandi va hozir bitta turnirning o’zida barcha yo’qotilgan ochkolarni qaytarib oldi. Yana bitta g’alaba qozonsa, dunyoning TOP-10 shaxmatchisi qatoriga qaytadi.
O’yinlar Toshkent vaqti bilan 20:50 da boshlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Gulistondagi baxtsiz hodisada vafot etganlarning oilasiga 3 kun muddatda 100 million so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.
Topshiriqqa ko‘ra, Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi direktori boshchiligida 10 nafar malakali shifokorlar brigadasi jabr ko‘rganlarga bepul sifatli tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U 2025-yil 22-yanvarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga jabrlanganlarga zarur barcha tibbiy yordam koʻrsatilishini qatʼiy nazoratga olish boʻyicha topshiriq berdi.
Baxtsiz hodisa oqibatida qurbon boʻlganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirib, ularga moddiy yordam koʻrsatish zarurligini qayd etdi.
Masʼullar oldiga sodir boʻlgan voqeaning sabablarini puxta oʻrganish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kelgusida bunday holatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi ustidan nazorat ishlarini kuchaytirish vazifasi qoʻyildi.
👉 @xushnudbek 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
📚 Jamoangiz bilan birgalikda kitob oʻqishga nima deysiz?
Mutolaa Korporativ — jamoaviy kitob o’qish platformasi. Bu tizim orqali siz o’z biznesingiz yoki tashkilotingizda xodimlar hamda o‘quvchilaringizning kitob mutolaa qilishini tizimlashtirishingiz, nazorat qilishingiz va rag‘batlantirishingiz mumkin.Hozirda Korporativ’dan Markaziy bank, Oliy sud, Najot ta’lim, Jahon School, Cambridge LC kabi tashkilotlar va ularning 5000 dan ziyod xodimlari foydalanib kelmoqda.
Platforma haqida batafsil ma’lumotga ega boʻlish uchun ushbu havola orqali videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.Mutolaa Korporativ bilan hamkorlik qilishni istasangiz, Mutolaa Korporativ bot orqali roʻyxatdan oʻting. Bu yerda siz uchun jozibador taklifimiz bor! Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama. 👉 @xushnudbek 👈
01:09
视频不可用在 Telegram 中显示
Ikki kun oldin Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlab, 29 nafar odam jarohat olgan edi. Bugun Prezidentimiz Sirdaryoga tashrifi doirasida shifoxonaga kelib, ulardan xabar oldi, yaqinlari bilan suhbatlashdi.
👉 @xushnudbek 👈
Bolnitsiya_tg.mp475.09 MB
📝 Yana 66 ta xorijiy atamaning o’zbekcha muqobilini muomalaga kiritish taklif etilmoqda
Hozircha ushbu muqobil atamalar shunchaki taklif maqomida bo’lib, mutaxassislar hamda keng jamoatchilikdan fikrlar olish uchun e’lon qilinmoqda.
Fikrlaringizni mana bu yerda qoldirishingiz mumkin:
👉 FIKR QOLDIRISH
Taklif etilayotgan atamalardan ayrimlari:
Anomal >>> Noodatiy;
Blokcheyn >>> Zanjirblok;
Bonus >>> Siylama;
Breket >>> Tishsim;
Brend >>> Xosnom;
Vebinar >>> Vebmashg’ulot;
Dayjest >>> Qisqa xabarlar;
Dedlayn >>> So’ngmuddat;
Dekoratsiya >>> Sahnabezak;
Kopirayting >>> Tijoriy matn yozish;
Kriptovalyuta >>> Kriptopul;
Layfhak >>> Sarayechim;
Mikser >>> Qorgich;
Penaplast >>> Po’kak;
Penablok >>> Po’kak g’isht;
Penya >>> Kechikma puli;
Rakovina >>> Chanoq;
Rasprodaja >>> Arzonsotuv;
Reels >>> Qisqa lavha;
Suflyor >>> Shivirchi;
Transkript >>> Bahonoma;
Frilanser >>> Erkin ishchi;
Heshteg >>> Kalitso’z;
Hostel >>> Qo’noqxona;
Emoji >>> Imo.
👉 @xushnudbek 👈
xorijiy atamalarning o'zbekcha muqobillari.doc2.10 KB
照片不可用在 Telegram 中显示
🎓 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida qo‘shma ta’lim dasturlari uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda
TDTU 2025/2026- o‘quv yili uchun 2+2 formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlariga to‘lov-shartnoma asosida qabul qilinayotganini ma’lum qildi.
Abituriyentlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishni 2 yil TDTUda, keyingi 2 yil hamkor universitetlarda davom ettirishlari mumkin:
Belarus milliy texnika (2+2) universitetining: — Biotibbiyot muhandisligi; — Metrologiya va standartlashtirish yoʻnalishlarida. Belarus davlat texnologiyalar universitetining: — Axborot tizimlari va texnologiyalari; — Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yoʻnalishlarida. Moskva energetika instituti (MEI)ning: — Energetika muhandisligi yoʻnalishida. Masofaviy (3+2): — Iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil olish mumkin.📌 Hujjat topshirish uchun sop.tdtu.uz orqali online yoki 88 730-49-94 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin. ❓ Savollar uchun: @tdtusop Telefon: 71 207-54-00 88 730-49-94 Reklama
Bugun Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari sanoat korxonalari faoliyati va mahallalardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilab beradi.
👉 @xushnudbek 👈
02:05
视频不可用在 Telegram 中显示
❗️Toshkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo’lgan jinoiy guruh fosh etildi
IIV va DXX tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida dastlab 32 yoshli shaxs boshqaruvidagi “Cobalt”dan 83 gramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi topildi, tezkor tadbir davom ettirilib, Yunusobod tumanida 3 nafar 18 yoshli shaxs ushlandi.
Ularning qo’lidagi sumkadan 730 dona qadoqlangan “mefedron”, ijara asosida yashagan uylaridan esa 354 dona bo’lakka o’ralgan “Alfa PVP” va 500 gramm “mefedron” aniqlandi.
Shuningdek, ushbu jinoiy guruhning asosiy ombor mudiri ham qo’lga olindi. U va ayolining yashash manzilida 4 kg 200 gr “Alfa PVP” hamda 9 kg “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari topildi.
Tezkor tadbirlar davomida jami 17 kg va bir marotabalik 85 ming dozaga teng sintetik giyohvandlik vositasining tarqatilishi to’xtatib qolindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo’llanildi.
👉 @xushnudbek 👈
IMG_0908.MP424.69 MB
Hokimga yengilgina chora ko’rilgani mayli, o’z yo’liga, ammo hech qanday sud qarorisiz tadbirkorlar va fuqarolarning mulkiga zarar yetkazilganlik holati nima bo’ladi? Bu bo’yicha ish ochilishi kerak emasmi? Zararni kim qoplab beradi?
Axir gap bu yerda o’ta prinsipial masala, ya’ni erta-indin biz bayramini keng nishonlaydigan Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilgan mulk daxlsizligi haqida ketmoqda-ku.
Yoki bularning barchasi bitta uzr bilan unutiladigan gina-qudratlarmi?
👉 @xushnudbek 👈
00:52
视频不可用在 Telegram 中显示
❗️Tandirlarga qarshi “urush” ochgan Shahrixon tumani hokimiga hayfsan berildi
Shahrixon tumanida ekologik reydlar davomida umumiy ovqatlanish obyektlaridagi tandirlar buzib tashlanayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Andijon viloyati hokimligining xabar berishicha, ushbu holat zudlik bilan o‘rganilib, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi sifatida hayfsan berildi.
Bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borilgan.
👉 @xushnudbek 👈
video_2025-12-03_18-38-39.mp49.03 MB
Repost from Saida Mirziyoyeva
01:11
视频不可用在 Telegram 中显示
Toshkent | 02.12.2025
—
Tашкент | 02.12.2025
IMG_8679.MP456.64 MB
Poytaxtda transport sohasini rivojlantirish va tirbandliklarni kamaytirish boʻyicha taqdimot boʻlib oʻtdi
Taqdimotda Toshkent shahrida yagona yoʻl harakatini tashkil etish markazini yaratish taklif qilindi.
Markaz transport va piyodalar oqimlarini tahlil qilish va modellashtirish, intellektual transport tizimini joriy etish hamda boshqarish, transport master-rejasi va karkasini, shu jumladan, yuk tashishlar hamda shahar parking maydonlarini tashkil qilish, elektr quvvatlash infratuzilmasini rivojlantirish, individual harakatlanish vositalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish kabi vazifalar bilan shugʻullanadi.
Markaz intellektual transport tizimining operatori hisoblanadi. Mazkur platforma kameralar, datchiklar, GPS vositalari orqali yigʻilgan maʼlumotlarni, xususan, sunʼiy intellektdan foydalangan holda tahlil qilib, tirbandliklar statistikasini yuritish va ularni bashorat qilish, marshrutlarni optimallashtirish, svetofor fazalarini adaptiv tarzda oʻzgartirish, yoʻl-transport hodisalari roʻy bergan paytda favqulodda xizmatlarni chaqirish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.
Tizimning joriy qilinishi natijasida yoʻllarda transport harakatining oʻrtacha vaqti va favqulodda xizmatlarning YTH joyiga yetib kelish vaqti qisqarishi, asosiy yoʻllardagi tirbandliklar hamda yoʻl-transport hodisalari kamayishi kutilmoqda.
Prezidentimiz takliflarni maʼqullab, pilot loyihani joriy yilning oʻzidayoq ishga tushirib, kelgusi yillarda uni kengaytirish, 2030-yilga qadar uni hududlar bilan integratsiya qilishni topshirdi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️Shavkat Mirziyoyevning topshirig’i bilan, Gulistondagi portlash bo’yicha bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.
👉 @xushnudbek 👈
