ch
Feedback
Xushnudbek.uz

Xushnudbek.uz

前往频道在 Telegram

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz! O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuzinstagram.com/xushnudbekyoutube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevx.com/xushnudbecktiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
629 100
订阅者
-46724 小时
+6 5897
-7 67630
帖子存档
00:38
视频不可用在 Telegram 中显示
Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda bo'layotgan "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqasining tantanali ochilish marosimida Javohir Sindorovni chempionlik bilan tabrikladi! Manba 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
IMG_9122.MOV13.91 MB
star reaction 5
Javohirning oila a’zolari, do‘stlari va jamoasining quvonchi. Fursatdan foydalanib, biz Javohirning bobosi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindorovni ham chin qalbdan tabriklaymiz. Har birimizga farzandlar va nabiralarimizning mana shunday yutuqlaridan quvonib yurish nasib qilsin. Ma’lumot uchun: 19 yoshli Javohir Sindorov nafaqat tarixga kirdi, balki ushbu musobaqada g‘alaba qozongani evaziga 120 ming AQSh dollari miqdorida mukofotni ham qo‘lga kiritdi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
IMG_1954.MP417.70 MB
star reaction 8
Yana bir faxrlanishga arzirli fakt: 🇺🇿Javohir Sindarov — shu paytgacha FIDE Jahon kubogini yutgan eng yosh chempion bo‘lib tarixga kirdi! Juda va juda ajoyib! Sen bilan faxrlanamiz, Javohir! 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
IMG_1949.MP46.09 MB
star reaction 28
AAAAAAAAAAAAA!!!!! Javohir Sindorov Jahon kubogi g'olibiiiii!!!! 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 80
Shavkat Mirziyoyev bugun Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, "Prezident Olimpiadasi" sport musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Tay-brekning birinchi partiyasida Vey I 30-yurishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Lekin Javohir Sindorov ushbu vaziyatda yutuqqa olib boruvchi yagona yurishni topa olmadi. Yakunda partiya durang bilan tugadi. Hozirgina ikkinchi partiya boshlandi. Javohirga ishonamiz va omad tilaymiz, hali yana imkon bo‘ladi! 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Jahon kubogi finali: Uzchess Pro’da 35 foizli chegirmaga ega boʻling! Bugun hamyurtimiz Javohir Sindarov Xitoyning birinchi raqamli shaxmatchisi Vey Yiga qarshi Jahon Kubogi finalida qatnashadi. Tay-brekning birinchi bahsida durang bo‘ldi, birozdan so‘ng, ikkinchi partiya boshlanadi. Bugungi final haqida eng muhim ma’lumotlar👇 Qayerda tomosha qilamiz? — Uzchess’ning rasmiy YouTube kanali jonli efirida; 🎁 Qanday sovg‘alar bor? Eng faol obunachilar uchun pul yutuqlari: • 1-o‘rin: 1 000 000 so‘m; • 2-o‘rin: 500 000 so‘m; • 3-o‘rin: 300 000 so‘m. Uzchess Pro’ni hozir 35% chegirma bilan olish mumkin. Buning uchun SINDAROV promokodini kiriting. Chegirma 26-noyabr soat 23:59 gacha amal qiladi. Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 51
❗️Shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi Bu bo’yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra, amalda o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari “tartibga solish gilyotinasi” orqali bekor qilinadi. Jumladan: 🔹 tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni “E-aktiv” tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilish; 🔹 ko‘chmas mulkka nisbatan garov huquqini ro‘yxatga olishda davlat xizmati narxini 2 baravarga kamaytirish; 🔹 shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish; 🔹 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini yaratish nazarda tutilgan. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 12
照片不可用在 Telegram 中显示
⚽️ FIFA Jahon chempionati saralashi oldidan savatlarni e’lon qildi Unga ko’ra, 48 ta terma jamoa 4 ta savatga joylashtirildi. Milliy terma jamoamiz 3-savatchadan o’rin oldi. Qoidaga ko’ra, bir savatchadagi jamoalar bitta guruhdan o’rin olmaydi va guruh bosqichida o’zaro to’qnashmaydi. Shuningdek, bir qit’aning ikkita jamoasi ham bitta guruhga joylashmaydi (Yevropa bundan mustasno). Qur’a tashlash marosimi 5-dekabr kuni bo’lib o’tadi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 1
01:22
视频不可用在 Telegram 中显示
2 yil ichida O’zbekistondagi muzliklar 5 metrdan ko’proq eribdi. Birgina joriy yilning o’zida 4 metrga yaqin muzlik erib ketibdi (#) Ekologiya butun insoniyatning eng katta muammosiga aylanmoqda. Tabiatni asramaganlarning holiga voy. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
AQOqGBP2Vo2GQX_KMi2pknimVs7iTUo1LVL3orZA88BYt_EumU81Zyfx3g25xzjHPXAByMnv.mp412.75 MB
star reaction 2
❗️Xorijiy va nodavlat oliygohlar uchun 1 ming 320 ta davlat granti tanlovi uchun qabul qayta ochildi Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o‘rindan vakant qolgan o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazilishi belgilandi. Bunda: ➖25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar; ➖ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 11-dekabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi; ➖test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi. Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin. Eslatma: Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi. Belgilangan miqdordagi to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi.
Abituriyentlarning o‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra to‘plagan ballari ketma-ketlik tartibiga qat’iy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 15-dekabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 5
Uch oy muddatda poytaxtning 4 ta yo‘nalishida (sharq, g‘arb, shimol va janub qismlarida) kamida 3 tadan sun’iy ko‘l va suv havzalarini tashkil etiladi; Ikki hafta muddatda Toshkent shahri hududidagi favvoralar sonini kamida 2 baravarga ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 6
00:58
视频不可用在 Telegram 中显示
❗Farg‘onada ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan hokim o‘rinbosari ishdan olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov Bosh prokuror nazoratida Bugun, 25-noyabr kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Saidali Xizirov tumanning “Nayman” mahallasidan o‘tgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlar noqonuniy kesilishini to‘xtatish uchun borgan ekologiya inspektoriga kuch ishlatib, uni voqea joyidan olib ketgan. Shundan so‘ng, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilib, hokim o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. Shuningdek, u va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
IMG_1750.MP411.12 MB
star reaction 2
照片不可用在 Telegram 中显示
♟Afsuski, hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev Jahon kubogida 4-o‘rinni egalladi. U ikkala bahsda ham Andrey Yesipenkodan mag‘lub bo‘ldi va Nomzodlar turniri uchun yo‘llanmani qo‘ldan chiqardi. Albatta, marraga bir qadam qolganda mag‘lub bo‘lish juda alamli, lekin shunday bo‘lsa-da, Nodirbek butun turnir davomida zo‘r o‘yin ko‘rsatdi, raqiblarini ishonch bilan mag‘lub etdi, shaxmat olamida o‘z o‘rniga ega ekanligini isbotladi. Barchasi uchun rahmat, Nodirbek! Javohir Sindorov esa finalda ikkala o‘yinda ham durang qayd etdi. Endi g‘olib ertaga tay-brekda aniqlanadi. Javohirga omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Boboyev Adiz Muzaffarovich Samarqand viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bunga qadar u Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi edi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 2
“Samarqand – Urgut” yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi shu yil yakuniga qadar yakunlanadi Umumiy uzunligi 55 kilometr bo’lgan loyihada ikkita vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasida ikkita yuk stansiyasi hamda bir qator ko‘priklar barpo etildi. E’tiborlisi, mazkur liniyani kelgusida to‘liq elektrlashtirish rejalashtirilgan. Yangi yo‘nalish ikki juft shaharlararo poyezd va to‘qqiz juft yuk poyezdi qatnovini ta’minlash imkoniyatiga ega. Poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi orqali yiliga 359 ming yo‘lovchi va 8,2 million tonna yuk tashish imkoni yaratiladi. Yo‘nalish Samarqand shahri, Jomboy, Pastdarg‘om, Toyloq va Urgut tumanlari aholisi uchun xizmat qiladi. Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik vakillari bilan birga mazkur yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdda Urgutga bordi.  👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
IMG_1925.MP45.80 MB
Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida joylashgan Mahdumi A’zam majmuasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishuv jarayonidan fotoreportaj. Manba 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
Isoqulov Sardor Dadajonovich Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar Parkent tumani hokimi edi. *** Umarov Farhod Baqoyevich Buxoro viloyati G’ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar “G’ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori edi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
照片不可用在 Telegram 中显示
O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich Guliston shahar hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari edi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 2
照片不可用在 Telegram 中显示
☪️ O’zbekistondagi barcha masjidlarda yomg’ir so’rab, istisqo namozi o’qiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan 28-noyabr kuni juma namozidan keyin yurtimizdagi barcha masjidlarda yomg‘ir so‘rab, jamoat bilan ikki rakat istisqo namozi o‘qiladi. Shuningdek: ➖ viloyatlar, tuman-shaharlar markaziy masjidlari va ziyoratgohlarda jonliqlar so‘yilib, yordamga muhtoj oilalar, yetim-yesirlar, beva-bechoralar, miskinlar, boquvchisini yo‘qotgan keksalarga tarqatiladi; ➖ O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari ustoz va talabalari tomonidan Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asari 28-noyabr kuni juma namoziga qadar xatmi kutub qilinadi; ➖ Makka va Madinada umra ziyoratida bo‘lib turgan ellikboshi imom-domlalarimizga esa Harami sharifda o‘z guruhlari ishtirokida istisqo namozini o‘qishlari tavsiya etildi. 👉 @xushnudbek 👈
显示全部...
star reaction 40