ch
Feedback
Farg'ona viloyati hokimligi

Farg'ona viloyati hokimligi

前往频道在 Telegram

Farg‘ona viloyati hokimligi kanali Veb-sayt: fergana.uz Facebook: facebook.com/fvhokimligi Instagram: instagram.com/fviloyatihokimligi Youtube: youtube.com/@fvhokimligi Murojaat uchun: t.me/fvhmurojaat_bot

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
38 990
订阅者
-20324 小时
-7267
-2 48630
帖子存档
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Turkiya Respublikasidan tashrif buyurgan bir guruh investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda STM MARBIC kompaniyasi rahbari Muhammet Misrli og‘lu, Lotus Global Gayrimenkul rahbari Ug‘ur Berk Baykal, FY Demir Çelik Makina kompaniyasi rahbari Yuksel Kars hamda boshqa turk ishbilarmonlari ishtirok etdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotlarda O‘zbekistonda, xususan, Farg‘ona viloyatida xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay investitsion muhit alohida ta’kidlandi. — Сегодня ҳоким области Хайрулло Бозоров провёл встречи с группой инвесторов из Турецкой Республики. — Governor Khayrullo Bozorov held meetings today with a group of investors from the Republic of Türkiye. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
8👍 4
3
Joriy yilning 19–21-dekabr kunlari Xitoyning Haikou shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy xalqaro turistik ko‘rgazmasi” (CITM)da Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya ham faol ishtirok etib, muhim kelishuvlarga erishilmoqda. Shuningdek, 22-dekabr kuni Pekin shahrida “Xitoyda O‘zbekiston turizm yili” dasturining yopilish marosimi davomida Farg‘ona viloyati va Pekin shahrining yetakchi ishbilarmonlari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuvlar Farg‘ona viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy, turizm salohiyati hamda savdo-sotiq yo’nalishida import-eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
5👍 3🔥 1
Quva tumanida Turkiyaning “HEYAL HOLDING” kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan umumiy qiymati 350 mln dollarlik maxsus sanoat zonasining qurilishi boshlandi Shu munosabat bilan Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Turkiya Buyuk millat majlisi deputatlari, turk kompaniyalari rahbarlari, investorlar mahalliy tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. — В районе Кува стартовало строительство специальной промышленной зоны стоимостью 350 млн долларов при участии турецкой компании HEYAL HOLDINGConstruction of a $350 million special industrial zone launched in Kuva District with Turkey’s HEYAL HOLDING Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
👍 4 1🔥 1
1
Bugun viloyat hokimligida ijtimoiy soha muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va belgilangan chora-tadbirlarning ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda ta’lim, tibbiyot va boshqa muassasalardagi mavsumga tayyorgarlik holatini tahlil qilib, isitish tizimlari barqaror ishlashi muhim ekanligini, eng avvalo, aholi uchun bu joylarda munosib sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi. — В хокимияте области состоялось совещание, посвящённое состоянию готовности учреждений социальной сферы к осенне-зимнему сезону и исполнению намеченных мероприятий. — A meeting was held at the regional administration to assess the preparedness of social-sector institutions for the autumn–winter season and to review implementation of the planned measures. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
1
00:27
视频不可用在 Telegram 中显示
Milliy akademik drama teatrida O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” hamda “Mening mahallam” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, mazkur tanlovda Oltiariq tumani, “Azimobod” mahallasi “Obod mahalla” nominatsiyasi bo’yicha respublika bosqichida faxrli 1-o‘ringa munosib ko’rildi. Tadbirda mahalla raisi Abdug‘affor Miraminov Prezident sovg‘asi —avtomobil kalitini tantanali qabul qilib oldi. Mazkur tanlov jamiyatda obodonlashtirish madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarni o‘z xonadoni, ko‘chasi va mahallasiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan muhim ijtimoiy tashabbus sifatida o‘z ahamiyatini namoyon etadi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
Ролик Азимобод_2.mp414.60 MB
🔥 6 2👍 2🥰 2
01:12
视频不可用在 Telegram 中显示
#Live ✈️Ayni damda O'zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan tashkil qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” hamda “Mening mahallam” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda. 🔍O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” nominatsiyalari bo‘yicha 1-o‘rin sohiblariga O‘zbekiston Prezidenti sovg‘asi —avtomobil, 2-o‘ringa 50 mln so‘m, 3-o‘ringa esa 30 mln so‘m pul mukofotlari topshirilmoqda. 🔍Maʼlumot uchun, tanlov gʻoliblari kuni kecha Oʻzbekiston mahallalari uyushmasida hakamlar hayʼati tomonidan aniqlangan edi va unda 14 ta hududdan viloyat bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar qatnashgan. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
IMG_3163.MOV26.45 MB
8👍 2
Yangi yil bayrami oldidan viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi. Yarmarkalarda dehqonu bog‘bonlar tomonidan yetishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, 50 dan ortiq turdagi oziq-ovqat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda. Xususan, Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozoridagi yarmarkada ham oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzon narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yildi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
6
2025-yil 19-dekabr kuni Oliy darajada o‘tkazilgan Markaziy Osiyo – Yaponiya (“C5+1”) yetakchilari sammiti doirasida tashkil etilgan O‘zbekiston–Yaponiya biznes forumida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov ishtirok etdi. Yaponiyaning Maydzuru shahri vakillari, “Sadjis”, “Vashin trading”, “Masui” hamda “Nippondo” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashib, o‘zaro savdo-iqtisodiy investitsiya va fan-ta’lim yo‘nalishida hamkorliklarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvlar natijasida “Masui” hamda “Nippondo” kompaniyalari bilan Farg‘ona viloyatida yangi loyihalarni boshlash hamda hududimiz mahsulotlarini eksportga chiqarish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
7👍 4
00:39
视频不可用在 Telegram 中显示
Farg‘ona anorlari dunyoning yirik savdo tarmog‘i “Costco” do‘konlarida sotilmoqda Dunyoning eng yirik savdo tarmoqlaridan bo‘lgan “Costco” kompaniyasining Yaponiyadagi magazinlarida Farg‘onada yetishtirilgan anor mahsulotini sotish boshlandi. Bu jarayonda Quva “Agrostar” MCHJ tomonidan “Vashin trading” kompaniyasi bilan tuzilgan savdo shartnomasi asosida birinchi bosqichda 22 tonna va yil oxirigacha 50 tonnadan ortiq qo‘shimcha anor yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. O‘z navbatida ushbu kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik joriy yilning sentyabr oyida boshlanib, Yaponiyaning yirik savdo tarmog‘iga ilk bor uzum eksport qilingan edi. Hamkorlar 2026-yilda yapon bozoriga gilos, uzum va qovun eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar ustida ishlamoqda. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
IMG_1929.MOV14.06 MB
7🔥 5👏 1
Toshloq tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. “Zarkent ziynati” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda tuman hokimlari, ularning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi rahbarlari, shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar. Seminar davomida Farg‘ona viloyatida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash, xususan, quyosh panellari orqali suv yetkazib beruvchi “Kavsar” sug‘orish tizimi texnologiyalaridan foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
4🎉 2👍 1
Farg‘onada turkiyalik investorlar yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Osman Mesten boshchiligidagi Turkiya Buyuk millat majlisi deputatlari hamda “Heyal Holding” kompaniyasi ta’sischisi Vaxdettin Xeyal rahbarligidagi turk ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi. Unda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. — Хоким Ферганской области Хайрулло Бозоров принял делегацию турецких парламентариев Великого национального собрания Турции во главе с Османом Местеном, а также турецких бизнесменов под руководством основателя компании “Heyal Holding” Вахдеттина Хейала. — The Governor of Fergana Region Khayrullo Bozorov received a delegation of deputies of the Grand National Assembly of Türkiye led by Osman Mesten, as well as a delegation of Turkish businesspeople headed by Vakheddin Heyal, founder of Heyal Holding. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
5👍 5
Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasining Mozandaron viloyati hokimi Maxdiy Rustamiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari viloyatimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida bo‘ldi. Mehmonlar Marg‘ilon shahrida bo‘lib, Eron startap kompaniyalari ishtirokida tashkil etilayotgan Texnopark hamda savdo majmuasini ko‘zdan kechirishdi. Hunarmandlar markazidagi o‘zbek milliy ipak matolari, hunarmandchilik mahsulotlari esa ularga manzur bo‘ldi. Shuningdek, delegatsiya vakillari meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasi, Farg‘ona tumanidagi santexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Ekokerama” korxonasi faoliyatini ham borib ko‘rdilar. Yevropa standartlari asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan korxonada asosiy e’tibor sifatga qaratilgani eronliklar tomonidan e’tirof etildi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
4👍 2
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning neft-gaz sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi "Wuhan Qidakon Environmental Protection Technology Co., Ltd" kompaniya vakillarini qabul qildi. __ Хоким области Хайрулло Бозоров принял представителей китайской компании Wuhan Qidakon Environmental Protection Technology Co., Ltd, работающей в нефтегазовой отрасли. __ Governor Khayrullo Bozorov received representatives of Wuhan Qidakon Environmental Protection Technology Co., Ltd, a Chinese company operating in the oil and gas sector. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
7👍 2
02:11
视频不可用在 Telegram 中显示
Dilafruz Sobirova: - Prezidentimiz ishonch bildirayaptilar, demak, biz Uchinchi Renessansni albatta, quramiz! HARVARD universitetiga to'liq grant, ya'ni 392 000 dollarlik grant bilan integrative biology (integratsiyalashgan biologiya) yo'nalishiga qabul qilingan Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Dilafruz Sobirovaning dil so'zlari. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
GARVARDGA KIRGAN QIZ~1.mp435.54 MB
👍 18🥰 6 3🎉 2
Farg‘ona va Mozandaron: iqtisodiy hamkorlikda yangi sahifa Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona viloyati hamda Eron Islom Respublikasining Mozandaron viloyati o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ikki hudud ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. Forumda ikki xalqning ishbilarmon doira vakillari, tadbirkorlar, savdo-sanoat palatasi hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
4👍 4
Farg‘ona va Mozandaron viloyatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tariladi Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘onaga amaliy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasining Mozandaron viloyati hokimi Maxdiy Rustamiy boshchiligidagi katta delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy ham ishtirok etdi. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Farg‘ona va Mozandaron viloyati o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ijtimoiy-madaniy, qishloq xo‘jaligi, turizm sohalaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. __ Сотрудничество между Ферганской и Мозандаранской областями выходит на новый этап _ Fergana and Mazandaran to elevate cooperation to a new stage Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
显示全部...
6👍 2
3👍 1