Ta'lim nazorati
前往频道在 Telegram
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
显示更多2025 年数字统计

112 379
订阅者
-35724 小时
-1 6297 天
-6 85030 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari sanalari e'lon qilindi
Biologiya va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil 29-30-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
⚠️ Imtihonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi tartibda 2 smenada tashkil etiladi:
❗️29-noyabr kuni
1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi.
2-smenada soat 13:00 dan 14:30 gacha kiritiladi.
❗️30-noyabr kuni
1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi.
2-smenada soat 13:00 dan 14:00 gacha kiritiladi.
📍Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Biologiya va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2025-yil
5-6-dekabr (juma-shanba) kunlari bo‘lib o‘tadi.
⚠️ Imtihonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida quyidagi tartibda 2 smenada tashkil etiladi:
❗️5-6 dekabr kunlari
1-smenada talabgorlar soat 7:00 dan 8:30 gacha kiritiladi.
2-smenada soat 12:00 dan 13:30 gacha kiritiladi.
📍Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Informatika fani boʻyicha IC3 Digital Literacy Certification sertifikatini bazaga kiritish yo`riqnomasi
IC3 Digital Literacy Certification sertifikatida 3 ta modul boʻyicha har biridan 700 va undan yuqori (700 dan 799 gacha) kiritilgan taqdirda
Sertifikat toifasi: Xalqaro sertifikat
Taʼlim sertifikati turi: IC3 Digital Literacy Certification
Bergan tashkilot: Certiport (Pearson VUE)
Fan nomi: Informatika va axborot texnologiyalari
Sertifikat darajasi: B+
Sertifikat natijasi: 710
Sertifikat natijasi 800 va undan yuqori (800 dan 899 gacha) boʻlsa sertifikat darajasiga A kiritiladi.
Sertifikat natijasi 900 va undan yuqori (900 dan 1000 gacha) boʻlsa sertifikat darajasiga A+ kiritiladi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Talabalarning kontrakt toʻlovlarini toʻlash muddatlariga oʻzgartirishlar kiritildi
📃Adliya vazirligi Taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).
Unga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida oʻqish uchun toʻlov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
🔹toʻlov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
🔹toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.
Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi toʻlov muddatlarini uzaytirishi mumkin.
Kontraktdan tushgan mablagʻlar xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka oʻtashlariga sarflanishi mumkin.
💰Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari oʻz talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1-yilda bir talabaga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam koʻrsatishi mumkin boʻladi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Rasmiy axborot
Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya (Parij, 2019-yil 25-noyabr) haqida:
⚡️Oʻzbekiston “Oliy taʼlim sohasida malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya”ni ratifikatsiya qilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu xabardan keyin mazkur konvensiyaning ahamiyati, mazkur Konvensiya asosida Rossiya, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qirgʻizistondagi oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekiston hududida nostrfikatsiyadan oʻtkazilmasdan amal qilishi haqida savollar kelib tushmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
📍 Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim olganlik to’g’risidagi diplomlarni tan olish Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan xorijiy davlatlarda olingan hujjatlar toifalari belgilangan.
Jumladan, Nizomning 7-bandi oʻninchi xatboshida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar toʻgʻridan toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinishi belgilangan.
📌 Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiya YUNESKO shafeligida ishlab chiqilgan global ahamiyatga ega boʻlgan birinchi shartnoma hisoblanadi. Konvensiyaning 4-moddasida Konvensiyaning aʼzosi boʻlgan ishtirokchi davlat Konvensiyaning aʼzosi boʻlgan boshqa ishtirokchi davlatlarda egallangan va hujjatlar orqali tasdiqlangan malakalarni tan olish majburiyati ko’rsatilgan.
📌 Tan olish jarayoni har bir davlatning oʻz milliy qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshirilib, bunda ishtirokchi davlatlar boshqa davlatlarda egallangan oliy taʼlimga oid malaka (diplom)ni adolatli tarzda tan olishi lozim. Davlatlar taʼlim tizimi (standart) o‘rtasida muhim farqlar mavjud boʻlgandagina tan olish rad etilishi mumkin.
📊 Hozirgi kunda 38 ta davlat Global konvensiyaga a'zo hisoblanadi va 10 ga yaqin davlatlar Konvensiyaga aʼzo boʻlish jarayonini olib bormoqda.
⚡️Global konvensiyaga aʼzo (ishtirokchi) davlatlar ro’yxati:
✅ Yevropa mintaqasida (20 ta subyekt) - Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Islandiya, Vengriya, Andorra, Armaniston, Xorvatiya, Estoniya, Litva, Moldova, Ruminiya, Slovakiya, Gruziya, Bosniya va Gersogovina, Muqaddas Prestol, San-Marino, Lyuksemburg;
✅ Amerika mintaqasida (4 ta subyekt) - Kuba, Nikaragua, Ekvador, Urugvay;
✅ Afrika mintaqasida (7 ta subyekt) - Janubiy Afrika Respublikasi, Tunis, Kabo Verde, Jibuti, Kotdivuar, Gvineya, Senegal;
✅ Osiyo mintaqasida (5 ta subyekt) - Yaponiya, Janubiy Koreya, Mugʻuliston, Yaman, Falastin;
✅ Avstraliya va Okeaniya mintaqasida (2 ta subyekt) - Avstraliya, Yangi Zelandiya.
📰 Konvensiyaning 18-moddasiga asosan unga aʼzo boʻlish har bir davlat YUNESKO kotibiyatiga mazkur Konvensiyaga aʼzo boʻlish haqida oʻz hujjatini taqdim etganidan keyin 3 oy oʻtgach amalga oshiriladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunning tasdiqlangani haqidagi yorliqni YUNESKO kotibiyatiga taqdim etgan vaqtdan boshlab 3 oy oʻtgach, Konvensiyaning toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.
🇺🇿 Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari orasida Global konvensiyaga aʼzo boʻlgan ilk davlat boʻladi.
📍Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qayd etish kerakki, Global konvensiya doirasida faqatgina unga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida oliy taʼlimga oid malaka (diplom)larni oʻzaro tan olish mexanizmlari qoʻllaniladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️O‘zbekistonning 6 ta universiteti fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 talik reytingiga kirdi
🖼2025-yil 20-noyabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan “Interdisciplinary Science Rankings 2026” — fanlararo ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingi e’lon qilindi.
Ushbu baholashda 94 mamlakatdan 1 267 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etdi.
📌Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning 34 ta oliy ta’lim tashkiloti reytingga kiritilgan bo‘lib, ularning 6 tasi eng yaxshi 500 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi, qolganlari esa “reporter” – nomzod maqomida qayd etildi. Jumladan:
🏛 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 150-o‘rin;
🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 201–250-o‘rin;
🏛 O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti — 301–350-o‘rinlar;
🏛 Toshkent davlat transport universiteti — 351–400-o‘rin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ChatGPTʼga oʻqituvchilar uchun maxsus servis qoʻshildi
OpenAI kompaniyasi pedagoglar uchun maxsus ishlab chiqilgan «ChatGPT for Teachers» servisini taqdim etdi. Yaratuvchilarning ta’kidlashicha, ushbu to‘plam o‘qituvchilarga dars materiallarini tez va qulay tayyorlash, shuningdek, o‘quvchilarga tegishli ma’lumotlar bilan xavfsiz ishlash imkonini beradi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ChatGPT for Teachers’dan 2027-yil iyunigacha mutlaqo bepul foydalanish mumkin. Undan keyin servis pulliga aylanadimi-yo‘qmi — hozircha aniq ma’lumot berilmagan.
Yangi platforma, avvalo, maktab o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan, oliy ta’lim muassasalari uchun esa alohida — ChatGPT Edu versiyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, Qozog‘iston pedagoglari uchun ChatGPT Edu versiyasidan bepul foydalanish imkoniyati yaratilishi ma’lum qilingan edi.
Shu bilan birga, mutaxassislar ortiqcha ishonch sun’iy intellektga bo‘lgan bog‘liqlikni kuchaytirishi mumkinligidan ogohlantiradi. Ayrim ilmiy ishlarga ko‘ra, AI’dan ko‘p foydalanish insonning tanqidiy va tahliliy fikrlash qobiliyati pasayishiga ham olib kelishi mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
RASMIY MUNOSABAT
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda endilikda Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekiston davlatlari tomonidan berilgan ta’lim toʻgʻrisidagi diplomlari ushbu davlatlar hududida toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinishi haqida tasdiqlanmagan maʼlumotlar eʼlon qilinmoqda.
✅ Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:
📍 Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy davlatlarda berilgan diplomlarni tan olish Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi haqida”gi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan xorijiy davlatlar tomonidan berilgan ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlar toifalari belgilangan.
❌ Taʼkidlash kerakki, yuqorida keltirilgan maʼlumotlar asossiz boʻlib, bugungi kunda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozogʻiston diplomlarini oʻzaro tan olish boʻyicha xalqaro shartnoma mavjud emas. Mazkur davlatlarda xorijiy davlatlar tomonidan berilgan taʼlim olganlik haqidagi diplomlarni tan olish ularning milliy qonunchiligida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Matematika fanidan milliy sertifikat imtihoni
📆 2025-yil 23-noyabr kuni Namangan viloyatida matematika fanidan milliy sertifikat uchun imtihon o’tkazilishi belgilandi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar 5-oktabrdagi imtihon uchun olgan ruxsatnomalari bilan kelishlari mumkin.
🏨 Test sinovi Namangan viloyati Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy manzilida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tadi.
📅 Test sinovi 1 smenada o’tkazilib, talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida ertalab soat 7:30 dan 8:30 gacha kiritiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2025-yil 23-noyabr kuni matematika fanidan Namangan viloyatida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
🏨 Test sinovi Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY Yoshlik ko‘chasi 92-uy manzilida joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosida bo‘lib o‘tadi.
📅 Test sinovi 1 smenada o’tkazilib, talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida ertalab soat 7:30 dan boshlab kiritiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️ Ayrim yoshlarning to‘lov-kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi
📃“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–222-son, 20.11.2025-y.) qabul qilindi.
📌Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;
🔹“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali:
avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun toʻlab beriladi;
🔹 kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi hamda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
🔹 ayni bir shaxs 1-yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan ko‘pi bilan 2-marta foydalanishi mumkin.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
01:22
视频不可用在 Telegram 中显示
⚡️ “Kelajak markazlari” maktab maslahatchilarini tanlov asosida qabul qiladi!
🔹 O’quvchilar bilan ishlash ko’nikmasiga egamisiz?
🔹 Ularni ilhomlantira olasizmi?
🔹 O‘zingiz ham o‘sishni istaysizmi?
Demak, bu imkoniyat — aynan siz uchun!
Maktab maslahatchisi:
• 7-9-sinf o’quvchilarini kasbga yo‘naltiradi;
• Xalqaro oliygohlarga tayyorlashda ko’maklashadi;
• Loyihalar, treninglar va tarmoq to‘garaklarini tashkil etadi.
📩 Quyidagi havola orqali ariza topshirish mumkin: tanlov.uzedu.uz
Quyidagi malaka tavsiflari orqali kimlar “Maktab maslahatchisi” bo‘lib ishlashi mumkinligi haqida bilib olishingiz mumkin: 👉 https://t.me/uztdi/10284
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
IMG_7213.MP463.04 MB
⚡️O‘quvchi sonidan kelib chiqib Maktab maslahatchisi lavozimlari 0,5 stavkadan 1,0 stavkagacha ajratiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 18-noyabrdagi 431-sonli buyrug‘iga asoslanib, o‘quvchi soni bo‘yicha quyidagicha Maktab maslahatchisi lavozimi uchun shtat birliklari ajratiladi:
➖300 nafargacha bo‘lsa — 0,5 birlik
➖301 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1,0 birlik
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
431_сонли_буйруқ_406га_ўзгартириш_киритиш.pdf1.28 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy oldi!
18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.
Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.
Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.
O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:
🟢“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin
🟢Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin
🟢O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin
🟢qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/103292
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
照片不可用在 Telegram 中显示
Xabar berganimizdek, “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025-yil 2-ochiq stipеndiya tanlovini eʼlon qildi.
❓Ochiq stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha nomzodlar qanday hujjatlar topshiradi?
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓O‘qituvchi menejerlik sertifikatiga ega bo‘lsa, unga qo‘shimcha 50% ustama to‘lanadimi?
📃Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qaroriga ko‘ra, maktab direktori lavozimiga nomzodlar kamida bakalavr darajasiga hamda maktab direktorları uchun belgilangan malaka talablariga javob bergan taqdirda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etiladigan menejerlik kursida o‘qishi mumkin.
Bunda, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
❗️Aytaylik, ta’lim muassasasida ishlayotgan o‘qituvchi menejerlik sertifikatini qo‘lga kiritdi, bunda u faqatgina maktab direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi, ammo qo‘shimcha ustama ololmaydi.
Shuningdek, ushbu nizomning 2-b bandida faqatgina menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarga (maktab direktorlariga 50 foiz, direktor o‘rinbosarlariga 30 foiz) qo‘shimcha ustama to‘lab berilishi nazarda tutilgan.
Ya’ni, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar maktab direktorligiga o‘tkazilgan tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, maktab direktori sifatida ish faoliyatini boshlaganidan keyin ish haqiga 50 foiz ustama to‘lash boshlanadi.
Demak, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga mazkur ustamalar to‘lab berilmaydi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
02:07
视频不可用在 Telegram 中显示
🏆 IRN Republic Mathematics and English Olympiad 2025-2026 🇺🇿🏆
IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasida Davlat va Nodavlat Maktablarining 1-11-sinf o'quvchilari ishtirok etishadi. Olimpiada bilimli, izlanuvchan, intiluvchan o'quvchilarni munosib rag'batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda va shu bilan birgalikda o'quvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
1-11-sinf o'quvchilari:
🟡 Olimpiadada Matematika, Ingliz tili fanlaridan ishtirok etib, o'z bilimlarini sinash
🟡 Bepul tayyorgarlik materiallari orqali Olimpiadaga tayyorlanish
🟡 Saralash va Final bosqichlariga tayyorgarlik davomida matematika va ingliz tili fanlaridan o'z bilimlarini oshirish
🟡 Oltin 🥇, Kumush 🥈, Bronza 🥉 Medallari va Xalqaro Sertifikatlarni qo'lga kiritish
🟡 Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida Xalqaro Universitet darslari va sayohat ekskursiyasiga 100% Bepul yo'llanmani qo'lga kiritish
🟡 Xalqaro miqyosda Professorlardan Matematika va Ingliz tili fanlaridan Master klass darslarini olish
🟡 Kompyuter, Telefon qimmatbaho sovrinlariga ega bo'lish
🟡 OLIY SOVRIN 2 ta "COBALT" Avtomobillarini qo'lga kiritish imkoniyatiga egalar
IRN Respublika Matematika va Ingliz tili Olimpiadasi Saralash bosqichi 20-25-Dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston hududlarida bo'lib o'tadi. Final bosqichi barcha Respublika Finalistlari uchun Toshkent shahrida Yanvar oyida tashkil etiladi
Saralash bosqichiga Registratsiya 2025-yil 5-Dekabr soat 22:00 gacha davom etadi
Tayyorgarlik uchun materiallar 📚: @IRN_Olympiads_Materials
Ro'yxatdan o'tish: @IRN_Coordinator_Main
+998900995722
+998901170702
+998909806555
@IRN_Olympiads
IMG_4633.MOV46.14 MB
Kasbiy ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyasi bo‘yicha yangi indikatorlar e'lon qilindi
Muhokamalar portalida "Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida"gi buyruq loyihasi e’lon qilindi.
Loyihasiga ko‘ra:
a) indikatorlar “muvofiq” yoki “muvofiq emas” deb baholanadi;
b) mezonning indikatorlar boʻyicha baholanishi quyidagi tartibda aniqlanadi:
60 foiz va undan ortiq indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq”;
50 foizdan 59 foizgacha indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “qisman muvofiq”;
49 foiz va undan kam indikatorlar “muvofiq” deb baholansa – mezon “muvofiq emas” deb baholanadi;
d) mezonlar tarkibidagi majburiy indikatorlardan biri “muvofiq emas” deb topilsa, umumiy natijadan qatʼi nazar, ushbu mezon “muvofiq emas” deb baholanadi.
Baholash 6 ta yirik yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
➖Tashkiliy-boshqaruv faoliyati
➖Ta’lim sifatini ta’minlash tizimi
➖O‘quvchilar faoliyati
➖O‘quv jarayonini tashkil etish
➖Inson resurslari
➖O‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash
Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘nlab aniq indikatorlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda strategik reja, moddiy-texnik baza, pedagoglar malakasi, baholash jarayonlari, axborot tizimlari, amaliyot tashkil etilishi, bitiruvchilar bandligi, to‘garaklar, psixologik xizmatlar va boshqa masalalar chuqur qamrab olingan.
👉 Muhokamada ishtirok etish
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️“Alifbe – bilim sari ochilgan birinchi eshigim” shiori ostida o‘tkaziladigan Alifbe bayrami ssenariysi
Ssenariy tarkibidan quyidagi chiqishlar o‘rin olgan:
➖ kirish qismi va boshlovchilar nutqi; ➖ bolalar chiqishlari, she’rlar, qo‘shiqlar; ➖ “Harflar dunyosi” sahna ko‘rinishi; ➖ interfaol o‘yinlar va viktorinalar; ➖ yakuniy qo‘shiq va taqdirlash marosimi.Ssenariyning har bir qismi amaliy, qulay va 1-sinf o‘qituvchilarining real dars jarayoniga to‘liq moslab ishlab chiqilgan. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Alifbe bayrami.pdf5.04 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
❓Vazir jamgʻarmasidan toʻlanadigan ustamalarga kimlar nomzod boʻla oladi va berilish tartibi qanday?
📃Hukumatning 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga ko’ra, nomzodlar quyidagicha tanlanadi: — taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan, belgilangan kvota doirasida pedagog kadrlar attestatsiyasining birinchi bosqichi — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash natijalariga koʻra umumiy ballning kamida 80 foizini qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachilari.
Vazirlik har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika boʻyicha cheklangan yillik sonini har yili 20-yanvarga qadar belgilaydi;
🔎Ishchi guruh tomonidan ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarni saralab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1-bosqichda — kvota belgilangan yildan avvalgi yilning yanvar — iyun va sentyabr — dekabr oylarida bo'lib o'tgan attestatsiyadan oʻtkazishning birinchi bosqichi natijalari har yili 1-martga qadar tahlil qilinadi va nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi.
2-bosqichda — 1-bosqich yakunlangandan soʻng 60 ish kuni ichida tanlab olingan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash jarayonlari videoyozuvga olinadi.
➡️Saralash natijalariga koʻra Jamgʻarma hisobidan har oylik ustama olishga tavsiya etilgan umumtaʼlim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlariga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilariga 2 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;
❗️Nizomning 10-bandiga muvofiq pedagog xodimlarga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan imtiyoz sifatida berilgan maksimal ball inobatga olinmaydi.
📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
照片不可用在 Telegram 中显示
⚡️Endi attestatsiya savollarining mutaxassislik fanidan yoki kasbiy standartlardan ekanligini aniqlash mumkin
🖼 Xabaringiz bor, Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari 21-oktyabrdan boshlab davom etmoqda.
Endi pedagoglar malaka (test) sinovlarining birinchi bosqichida berilgan 40 ta savolning qay biri mutaxassislik fanidan va qay biri kasbiy standartlardan ekanligini alohida-alohida tahlil qilishlari mumkin.
🔎To'rtburchak shakllar – mutaxassislik fanidan berilgan savollar; 🔎Aylana shakllar – kasbiy standartlardan berilgan savollar.Buning uchun pedagoglar shaxsiy kabinetdan malaka sinov natija ballari koʻrsatilgan joydagi “Batafsil” tugmachasini bosishlari kerak boʻladi. 🖊 @PedagogEduBot orqali pedagoglar uchun attestatsiya oldidan bepul diagnostik testlarni ishlab, pul yutug'iga ega bo'lishingiz mumkin. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
