Бокс | Boks Uz (Boxing)🥊
关闭频道
🥊 BoksUz eng Birinchi Bizda 💪 🗣 Har Kuni Kanalimizda 👇 🌐 Boks Yangiliklari 🔥 🤼♂️ Boks Janglari 🔥 ⚡️ Jonli Efirlar 🔥 💰Reklama bo'yicha - @iuztg Reklama: @Social_Energy_UZ Jadval va narx: tg.segroup.me?uz
显示更多2025 年数字统计

27 448
订阅者
-2524 小时
-2657 天
-1 15230 天
帖子存档
00:16
视频不可用
☄️🇯🇵 Naoya Inoue chempionlik kamarlarini Pikassoga qarshi osonlik bilan himoya qildi
🏆Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue Ar-Riyodda Alen Devid Pikasso ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, super vazn toifasida so‘zsiz jahon chempioni maqomini ishonchli tarzda tasdiqladi.
Yakunda Inoue 12 raund davomida jangni nazorat qildi.
📊 Natija: Inoue yakdil qaror bilan g'alaba qozondi — UD 12 (120–108, 119–109, 117–111)
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
IMG_7580.MP43.20 MB
👍 31❤ 7🔥 1
2 78063
照片不可用
Aleksandr Usikning menejeri Sergey Lapin ukrainalik bokschining ehtimoliy raqibi Agit Kabayel bo'lishi mumkinligini aytdi.
"Usik kim bilan va qachon xohlasa jang qiladi — u bunga loyiq. Albatta, buyruq beruvchi tashkilotlar qoidalari doirasida. Agit Kabayelga qarshi jang — ehtimoliy variantlardan biri, ammo yakuniy qaror bizda qoladi", — dedi Lapin.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
❤ 7👍 3
4 08402
照片不可用
30 yanvar kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
"Lujniki"da o'tajak ushbu IBA.PRO 14 turnirida yaqinda Dubayda o'tgan jahon chempionati g'olibi David Surov (+92), kumush medal sovrindorlari Evgeniy Kool va Edmond Xudoyan ringga ko'tariladi.
David Surov professional ringdagi debyut jangini o'tkazadi. Hozircha uning raqibi aniq emas. Uch karra Rossiya chempioni, Evgeniy Kool (1-0, 1 KO) 6 raundlik yarim o'rta vazn toifasidagi jangda Afrika o'yinlarining ikki karra sovrindori, Afrika-2017 chempioni, Olimpiada-2016 ishtirokchisi namibiyalik Jonas Junius Jonasga qarshi ringga chiqadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu kardda mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz Havasbek Asadullaevga (6-0, 4 KO) sobiq EBP chempioni, professionallar o'rtasida Rossiya chempioni Alan Xugaev (21-0, 10 KO)ga qarshi birinchi o'rta vazn toifasidagi 8 raundlik jangda qarshi ringga chiqadi.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 7❤ 4👎 3
4 58402
照片不可用
Bokschi Terens Krouford Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o'rtasidagi ehtimoliy uchinchi jangni intiqlik bilan kutmoqda.
"Bivol va Beterbiev o'rtasidagi trilogiya? Bu juda qiziq. Hisob — 1:1, nima demoqchi ekanimni tushunyapsiz. Ikkala jang ham yaxshi bo'lgan. Uchinchi jang yanada yaxshiroq bo'ladi, chunki ikkalasi ham g'alaba bilan chiqishni istaydi. Bu bir-biri ustidan qozoniladigan g'alaba. Taxmin? Bilmayman, lekin bu ajoyib jang bo'ladi. Ikkalasi ham alo darajadagi jangchilar, juda aqlli. Ikkalasi ham o'z ishini yaxshi qiladi. Kuchlisi g'alaba qozonadi. Qaysi biri yaxshiroq tayyorlansa, o'sha yutadi", — dedi Krouford.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 9❤ 4
4 44200
照片不可用
25 yoshli meksikalik bokschi Alan Devid Pikasso Naoya Inouega qarshi jang oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Inoue kuchli va juda tez ekanini ko'ryapman. Ammo u inson, demak, xato qilishi mumkin. Undan bo'yim baland — bu muhim omil, bu yordam berishi kerak. Bu yil ringda ko'p vaqt o'tkazmadim, atigi bitta jang o'tkazdim. Biroq zalda avvalgidan ham ko'proq vaqt mashq qildim. Juda ko'p tayyorlandim va tayyorman. Men oilam va jamoam uchun jang qilaman. “Uch mushketyor”da aytilganidek: “Bir kishi — barcha uchun”. Bu bir meksikalik bokschi uchun eng katta jang, shuning uchun bu masuliyatni ham his qilyapman. Bu bitta emas, balki beshta kamar bo'ladi — ularning barchasini uyga olib ketaman. Ilgari hech qachon bunday hisni boshdan kechirmaganman, bu alohida bir voqea bo'lishini bilaman", — deya Pikasso so'zlarini keltiradi The Ring nashri.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
❤ 9👍 6👎 1
4 51026
照片不可用
💥Turklar Al ash-Shayx 6-yanvardan 31-yanvargacha boʻlib oʻtadigan The Ring boks oqshomining toʻliq kartasini eʼlon qildi, Nyu-York.
🥊Birinchi Yarim o'rta vazn: Teofimo Lopes – Shakur Stivenson
🥊 Birinchi Yarimo'rta vazn toifasi: Keyshawn Devis - Jemeyn Ortis
🥊 Yarim yengil vazn: Bryus Karrington - Karlos Kastro
🥊O'rta vazn: Karlos Adames - Ostin Uilyams
🥊Super og'ir vazn: Jarrell Miller - Kingsley Ibeh
🥊 Yarim O'rta vazn toifasi: Ziyad Al Mayuf – Kevin Kastilyo
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
❤ 7👍 3
4 50401
照片不可用
⚽ APLda kuchli bellashuv!🔥
🏆 Premier League
📣 Chelsi – Aston Villa 🇬🇧
📆 27-dekabr
💥 Chelsi uyda faol va kombinatsion futbol ko‘rsatadi, ammo Aston Villa bu mavsum kuchli sur’at va agressiv o‘yin bilan ajralib turmoqda. Qiziqarli va tomoshali bahs kutilmoqda!
💰 Ro‘yxatdan o‘tayotganda BOKSUZ promo-kodini kiriting va birinchi depozitda 10 000 000 so‘mgacha bonus oling!
🎯 Stavkangizni 1XBET bilan qiling va g‘alabaga yaqinroq бо‘ling https://bit.ly/3JKAD4L
Chelsi
Aston Villa
📱 1XBET android uchun
4 68800
照片不可用
Ertaga, 27 dekabr kuni Ar-Riyodda katta boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu jang kechasi doirasida ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq chempion Naoya Inoue meksikalik Alan Devid Pikassoga qarshi ringga ko'tariladi.
Bokschilar ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
Unga ko'ra, Inoue tarzida 55,1 kg, Pikasso esa 54,9 kg tosh bosdi.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 10❤ 6🔥 2
5 825136
照片不可用
Amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi jangdan keyin sog'lig'i holati haqida fikr bildirdi.
"Xudo buyuk. Jag'im singan, ammo miyam va umurtqam joyida. Hech qachon bunchalik motivaciyaga ega bo'lmaganman. Butun dunyo bo'ylab barchani Rojdestvo bilan tabriklayman. Buyuklikka intilishdan hech qachon to'xtamang. Agar umuman urinib ko'rmasangiz, 100 foiz mag'lubiyat kafolatlangan", — deb yozdi Pol ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 20❤ 3🔥 2👎 1
5 72613
照片不可用
Butunjahon boks tashkiloti ikkinchi o'rta vazn toifasida chempionlik jangi tasdiqlanganini elon qildi.
Terens Krouforddan vakant qolgan kamar uchun amerikalik Diego Pacheko hamda Buyuk Britaniya vakili Xamza SHiraz ringga chiqishadi.
Malumot uchun, Pacheko faoliyati davomida 25 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Xamza SHiraz hisobida esa 22 ta g'alaba va 1 ta durang mavjud.
Ushbu vazn toifasida faoliyat olib boruvchi hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev WBO reytingida o'n birinchi o'rinda qayd etilgan.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
❤ 14👍 8🔥 1
5 73110
照片不可用
Poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasi professional boks bo'yicha All Stars Entertainment turniriga mezbonlik qiladi.
Oqshomning asosiy jangida hamyurtimiz Timur Nikulin Qozog'iston vakili Erkebulan Toktar bilan to'qnash keladi.
Bundan tashqari, turnir doirasida Aloxon Abdullaev, Abbosxon Yo'ldoshev, Navbahor Hamidova kabi taniqli charm qo'lqop ustalarimiz chiqish qilishadi.
Turnir soat 18:00 da start oladi. Asosiy kard janglarining esa 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
❤ 5👍 3
5 460177
照片不可用
Superog'ir vaznda IBF, WBA, WBO, IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'zining bugungi optimal sport formasini namoyish etdi.
"Men 260 funt (117 kg)ga qaytdim. Kimdir buni suniy intellekt deb aytadi", - deya suratga izoh qoldirgan Joshua.36 yoshli britaniyalik professional boksda 2013 yildan beri jang o'tkazib kelmoqda. Uning hisobida 29 ta g'alaba bor, shundan 26 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Mag'lubiyatlari 4 ta. Entoni 2012 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni hisoblanadi. Joshua oxirgi jangida Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgan edi. 👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👏 13👍 9❤ 4🔥 1
5 36656
💥Ar-Riyodda Naoya Inoue va Alen Picasso ishtirokidagi yakuniy matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 13❤ 4🔥 1
5 75810
照片不可用
⚽ APLda qizg‘in to‘qnashuv! 🔥
🏆 Premier League
📣 Manchester United – Newcastle 🇬🇧
📆 26-dekabr
💥 Manchester United uyda energiyali va tezkor o‘ynaydi, Newcastle esa kuchli pressing va xavfli hujumlar bilan javob beradi. Tomoshali va shiddatli bahs kutilmoqda!
💰 Ro‘yxatdan o‘tayotganda BOKSUZ promo-kodini kiriting va birinchi depozitda 10 000 000 so‘mgacha bonus oling!
🎯 Stavkangizni 1XBET bilan qiling va g‘alabaga yaqinroq bo‘ling https://bit.ly/3JKAD4L
❤ 3🤬 2
Manchester United
Newcastle
📱 1XBET android uchun
5 43500
照片不可用
Professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev meksikalik boks yulduzi Saul "Kanelo" Alvares bilan jang qilmoqchi.
U Instagramdagi sahifasida Kaneloga murojaat qildi.
"Ketma-ket uchta eliminator jangida qatnashdim. Krouford o'yindan chiqdi. Kanelo, men kamar xohlayman. Doimo tayyorman, bahonalar o'tmaydi. Qani ketdik", - deya xabar yozdi Bektemir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 61❤ 15🔥 10😁 6👎 5🤯 1
5 8331428
Sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Aleksandr Usik yaqin orada WBC chempionlik kamaridan voz kechishini aytdi.
"Men WBC yo'nalishi bo'yicha Okoli va Itauma o'rtasida saralash jangi tasdiqlanganini ko'rdim, ammo vaqtinchalik chempion — Agit. Demak, ular Usikni yo unvonni himoya qilishga, yoki undan voz kechishga majbur qilishlari kerak. SHaxsan men Usik WBC yo'nalishi bo'yicha kim bilandir jang qiladi, deb o'ylamayman, chunki bu pul tomondan manosiz. Bu janglarda pul yo'q. Unga Agit bilan jang uchun pul to'lashadimi? Lourens Okoli bilan jang uchun pul berishadimi? Yo'q. Agar sen Tayson Fyuri bilan jang qilib, katta pul olgan bo'lsang, shunchaki boshqa birov bilan jang qilmaysan. SHu sababli Usik bu ismlardan biriga qarshi unvonni himoya qilishini tasavvur qilolmayman. SHuning uchun u Uaylder yoki ommabop, muxlislarga ega bo'lgan jangchi bilan to'qnash kelmoqchi. SHu bois men Usik WBC kamaridan ham voz kechadi, deb o'ylayman — xuddi WBO kamari bilan qilganidek. Aleksandr WBC unvonidan voz kechishi kerak. Agit jahon chempioni bo'ladi va keyin Okoli — Itauma jangi g'olibi bilan unvonni himoya qiladi. Men Usik va Kabayel o'rtasida jang bo'lishini umuman tasavvur qilmayapman. Buning hech qanday tijoriy manosi yo'q. Boks — bu biznes, unutmang. Bu erga hamma pul ishlash uchun keladi va ketadi. SHuning uchun ham eng qiyin janglar — eng katta pullar uchun bo'ladi. Usik hozirgi darajasida eng katta janglarni, eng katta gonorarlarni xohlaydi. Agit esa har kim uchun og'ir raqib", — deya Fyurining so'zlarini Ready to Fight portali keltiradi.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
❤ 8🤔 2
5 94700
照片不可用
Qozog'istonda IBA Jahon chempionatining g'olib va sovrindor bokschilari yaxshigina mukofot bilan siylandi
Malum bo'lishicha, Jahon chempioni Orazbek Asilqulov Ostona hokimiyatidan 2 million tenge, bronza medali sohibi Temirtas Jusupov esa 1 million tenge miqdorida mukofot puli olgan.
Jahon chempionatining yana bir g'olibi Saken Bibosinovga CHimkentdagi o'zi tahsil olgan Markaziy Osiyo innovatsiya universitetida 2 million tenge pul mukofoti hamda ot sovg'a qilingan.
JCHning yana bir oltin medali sohibi Abilayxan Jusupov o'zi tug'ilib o'sgan Abay shahridan kvartira bilan taqdirlangan.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 14❤ 8🔥 1
5 76312
照片不可用
Sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev va WBC chempioni Devid Benavides o'zaro jang o'tkazishga og'zaki rozilik berdi.
"Men Benavides bilan jang qilmoqchiman", — dedi Beterbiev.
"Men ham sen bilan jang qilmoqchiman, do'stim", — deb yozdi Benavides ijtimoiy tarmoqlarda.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 23❤ 7🔥 5
5 72404
照片不可用
Rossiyalik bokschi Vsevolod SHumkov o'zbekistonlik Olimpiada va Jahon chempioni Abdumalik Xalokovga murojaat yo'lladi.
"Barcha boks muxlislariga, ayniqsa O'zbekistondagilarga murojaat qilmoqchiman. Men o'zbek xalqiga juda hurmat bilan qarayman, chunki u erda meni qo'llab-quvvatlaydigan ko'plab muxlislarim va do'stlarim bor. Menga Xalokov bilan revansh jangi taklif qilinganida, ikkilanmasdan rozi bo'ldim. Hatto raqibimning vatani - Toshkentda ham chempionligimni himoya qilishga tayyorman. Har qanday sharoitda, har qanday joyda - men chiroyli va ajoyib boksni namoyish etishga tayyorman, hech kim g'alabamga shubha qilmasin. Afsuski, siyosiy sabablarga ko'ra, bizning jamoamiz Xalokov oltin medalni qo'lga kiritgan Olimpiadada qatnashmadi. Hozir esa Jahon chempionatida jamoamiz ishtirok etganida natija butunlay boshqacha bo'lishini isbotladik. Abdumalik, kel, chiroyli boks namoyish etaylik. Javobingni kutaman", deb aytib o'tgan Vsevolod.👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
👍 41❤ 6👎 5😁 3🔥 1
5 679611
00:34
视频不可用
💥💪 Naoya Inouening Jang haftaligi diqqat markazida.
👉 Бокс | Boks Uz (Boxing) 🥊
IMG_7170.MP46.64 MB
👍 21🔥 4❤ 2
5 59571
