CHDPU | Rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali. http://fb.com/tvchdpi2017 http://instagram.com/tvchdpu Murojaat uchun: Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
显示更多2025 年数字统计

11 033
订阅者
-1124 小时
-677 天
-13430 天
帖子存档
照片不可用在 Telegram 中显示
#oav_biz_haqimizda
#PR_reyting
👍 «Правда Востока» gazetasining navbatdagi sonida Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori Furqat RAJABOVning «Устойчивый туризм - ключевое направление экономической политики» sarlavhali maqolasi chop etildi.
👉 Maqola bilan tanishing
👇Universitet Axborot xizmati
👏 7🔥 6👍 4🤝 1
Repost from TgId: 1670799740
00:47
视频不可用在 Telegram 中显示
Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt bo‘yicha forumda ishtirok etib, mamlakatimizda "Besh million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasiga start berdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в форуме по искусственному интеллекту и дал старт проекту "Пять миллионов лидеров ИИ" в нашей стране.
Telegram | Instagram | Facebook
video_2025-11-28_15-01-47.mp451.77 MB
❤ 1🥰 1
01:01
视频不可用在 Telegram 中显示
#Konstitutsiya33yil
🎙️ Talabalar da’vogar, javobgar va advokat sifatida Sud majlisida qatnashdi
Sud faoliyati bilan yaqindan tanishish, uning mamlakatdagi qonuniylikni ta’minlashda tutgan o‘rni haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish maqsadida Aniq fanlar fakulteti talabalarining Sudga tashrifi tashkil etildi.
Mazkur tashrifda talabalar Konstitutsiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash borasida zarur bilimlarga ega bo‘ldilar, bu esa kelajakda ularning shaxsiy huquq va erkinliklarini himoya qilishda xizmat qiladi.
👇 Universitet Axborot xizmati
IMG_2460.MP448.50 MB
🔥 5👍 1
03:16
视频不可用在 Telegram 中显示
显示全部...
CHIRCHIQ_SHAHRI_EKOLOGIK_MADANIYAT_BILAN_SOG‘LOM_KELAJAK_SARI_27.mp477.24 MB
🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#Universitetim_gazetasi
#Universitetim_gazetasi
🔔 “Ta’lim ziyosi” gazetasining 11-soni nashrdan chiqdi
♥️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti gazetasining navbatdagi soni Maxsus pedagogika kafedrasi hamkorligida tayyorlandi va “3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga”ga bag‘ishlandi.
➡️ Prezident Shavkat Mirziyoyev:
➖"Dunyo mamlakatlari qatori yurtimizda ham keng nishonlanayotgan mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizdagi 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman".
♥️Inklyuziv ta’lim kishilarini tarbiyalashda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirib kelayotgan Maxsus pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari jamoasining olijanob intilishlarini yuksak qadrlaymiz va chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Universitetimiz gazetasi bilan tanishing 👇 https://yangi.cspu.uz/storage/news_attachments/qaJxBtlKgLZn4CkfN62BGNkNGGAg9ZjRrqzY3Ul6.pdf
👍"Ta’lim ziyosi"ni o'qib chiqib, albatta o'z munosabatingizni bildiring. Unisersitet gazetasining kelgusi soni Sizning fikrlaringiz asosida nashrga tayyorlanadi.👇 Universitet Axborot xizmati
❤ 6🔥 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿“Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvi eʼlon qilindi!
🏛 8-dekabr – “Konstitutsiya kuni” hamda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” kuni munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Huquq bilimdonlari” respublika bilimlar bellashuvini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, nodavlat va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari (bakalavr va magistr) talabalari @talabatanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 🔵1-o‘rin – 6 million so‘m; 🔵2-o‘rin – 5 million so‘m; 🔵3-o‘rin – 4 million so‘m; ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
👍 5❤ 1
Afif (malaziyalik o‘quvchi): Chirchiq universiteti UM (Universiti Malaya) kabi yorqin!
“Internationalisation Of Fully Residential Schools Young Leaders To Uzbekistan” loyihasi doirasida Malayziyadan 40 nafar iqtidorli yoshlar va ularning ustozlari universitetimizga tashrif buyurdi.
➖Start – Akademik litsey
Tashrif akademik litseydan boshlandi. Ingliz tilida o‘tilgan biologiya, kimyo va matematika fanlaridan zamonaviy ochiq darslar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Darslardan so‘ng litsey bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, o‘quvchilar ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishishdi.
➖Tabiiy fanlar fakulteti – ilm va innovatsiya maskani
Malayziyalik yoshlarning keyingi manzili Tabiiy fanlar fakulteti bo'lib, laboratoriyalar, issiqxonalar va fakultet muzeyidagi noyob namunalarni ko‘zdan kechirishdi. Ular O‘zbekistonning tabiiy boyliklari, ilmiy izlanishlar va talabalarning amaliy ishlari bilan yaqindan tanishib, ko‘plab savollariga javob olishdi.
➖“Galleriya” – san’at va ilhom makoni
San’atshunoslik fakulteti qoshidagi “Galleriya” esa Malayziyalik mehmonlar uchun kutilmagan kashfiyot bo‘ldi. Talabalarimiz chizgan suratlar, yasalgan haykallar va liboslar ularda katta hayrat va qoyil qolish hissini uyg‘otdi.
➖ Turizm fakulteti – sertifikatlar va yangi kelishuvlar
Tashrif Turizm fakultetida davom etdi. Samimiy tushlikdan so‘ng faollar zalida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati va Lingvistika va ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi jamoasi ishtirok etib, malayziyalik o‘qituvchi va o‘quvchilarga sertifikatlar topshirdilar.
O'z navbatida, Malayziya tomoni ham Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilariga hurmat va minnatdorchilik ifoda etdi.
✅ Uchrashuv yakunida: 🩷 ikki tomonlama barqaror xalqaro hamkorlik, 🩷talaba va o‘qituvchilar almashinuvi, 🩷qo‘shma ta’lim va madaniy loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Bu tashrif Chirchiq davlat pedagogika universitetining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan dalolat bo‘lib, yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 👇Universitet Axborot xizmati
🔥 21❤ 14🤝 5⚡ 3👍 2🥰 2😱 1😍 1🌚 1🏆 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🌐🔥Bugun Chirchiq davlat pedagogika universiteti HAQIQIY XALQARO TA'LIM SAHNASIGA aylandi! 🔥🌐
🇲🇾 Malayziyadan tashrif buyurgan 40 nafar iqtidorli yoshlar va va ularning hamrohlari CHDPUda bo‘lib, ingliz tilidagi ochiq darslar, zamonaviy laboratoriyalar va ijodiy galereyalar bilan tanishdi.
👩💻 Samimiy uchrashuv, tantanali sertifikatlar va eng asosiysi — xalqaro hamkorlik, almashinuv va yangi imkoniyatlar!
⭐️CHDPU — dunyoga ochilayotgan universitet⭐️ Barchasi birozdan keyin 👇
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
👍 15❤ 8🔥 2⚡ 1👎 1🥰 1👏 1🤩 1🥱 1
03:17
视频不可用在 Telegram 中显示
显示全部...
CHIRCHIQ_SHAHRI_ZO‘RAVONLIKKA_QARSHI_FAOL_16_KUN_26_11_2025.mp432.54 MB
❤ 4👍 1🤗 1
27:57
视频不可用在 Telegram 中显示
#oav_biz_haqimizda
“Zavqli kun” tonggi ko‘ngilochar dasturida Biologiya kafedrasi dotsenti Xolida Ro‘zimova mehmon bo‘ldi. CHDPU olimasi suhbat chog‘ida ekologik madaniyat, ekologik tarbiya va ekologik xavfsizlik, ekologik barqarorlikni taʼminlash mavzularida fikr almashdi.
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
TG_ZAVQLI_KUN_26_11_2025.mp4638.91 MB
👍 13❤ 4
#EkoForum
🌱 Ekologiya masalalari CHDPU yoshlari nigohida
Chirchiq davlat pedagogika universitetida ekologik muammolarni hal qilishda yoshlarning rolini belgilash hamda ularning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashdagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga bag‘ishlangan Yoshlar ekologik forumi o‘tkazildi.
Taʼkidlash lozim, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi koʻmagida tashkil etilgan mazkur tadbir Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon doirasida tashkil etildi.
Unda yoshlarning iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish, eko-odatlarni shakllantirish va ekologik hayot tarzini keng targ'ib qilish, universitet-partiya yoshlar ekologik harakatini integratsiya qilish koʻzda tutilgan.
Tadbir ishtirokchisi boʻlgan universitet yoshlari, partiya a’zolari, ekofaollar yoshlarning ekoxabardorligini oshirish, eko-startap va eko-innovatsiyalarni rivojlantirish, yonilgʻida yuradigan mashinalar katalizatorlarini yaxshilash evaziga zararli gazlarni kamaytirish hamda ekologik muammolarga mashhur insonlar yordamida Toshkent viloyati yoshlarining eʼtiborini qaratish kabi takliflarni ilgari surishdi.
Tadbir doirasida shuningdek, ekofaollar ishtirokida seminarlar, eko-zakovatlar, sport musobaqalari oʻtkazilib, Universitetning eko strategiyasi hamda “Yoʻl xaritasi” boʻyicha muhokamalar tashkil etildi.
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 4👍 1👎 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🗣🗣🗣🗣
👍 Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2025-yilning 23-dekabrida “Raqamli va global makonda yoshlar ma’naviyati: xavflar, imkoniyatlar va istiqboldagi yondashuvlar” mavzusida ilmiy-amaliy onlayn anjuman o‘tkaziladi.
Ilmiy-amaliy anjumanda professor-o‘qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorant, magistr, talabalar, psixologlar, sotsiologlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishlari mumkin.Anjumanning axborot xati bilan tanishing! 👍👍 @tvchdpi2017
❤ 4🔥 2⚡ 1👍 1🥰 1
02:30
视频不可用在 Telegram 中显示
#videoTime🥺
Izohlarsiz! Без комментарий! No comment!
😮 Videograf — Farid Ro'zimurodov
👍👍 @tvchdpi2017
👍👍 @tvchdpi2017
vxvxvxxvx.MOV115.39 MB
❤ 26😍 7🔥 5⚡ 2👏 2🤩 2👌 2🏆 2👎 1🥰 1
Repost from TgId: 1348554505
照片不可用在 Telegram 中显示
Ertaga "Ipak yo‘lida turizm" 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ochiladi!
Markaziy Osiyodagi eng katta turizm tadbiriga qo'shiling!
📝 Ro‘yxatdan o‘tish
🗓 27-noyabr soat 11:00
📍 CAEx - Asosiy sahna
—
Tomorrow, the anniversary 30th Tashkent International Tourism Fair “Tourism on the Silk Road” will open!
Join the largest tourism event in the Central Asia!
📝 Registration
🗓 November 27, at 11:00
📍 CAEx - Main stage
—
Уже завтра откроется юбилейная 30-я Ташкентская международная туристическая ярмарка!
Присоединяйтесь к крупнейшему событию туризма в Центральной Азии!
📝 Регистрация
🗓 27 ноября в 11:00
📍 CAEx - Главная сцена
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
❤ 7
00:38
视频不可用在 Telegram 中显示
«Prezident Olimpiadasi» sport musobaqasining tantanali ochilish marosimida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalari ham qatnashmoqdalar.
👇Universitet Axborot xizmati
4.72 MB
❤ 9🤩 7🤝 3👍 2👌 2
04:10
视频不可用在 Telegram 中显示
#oav_biz_haqimizda
💡 Talabalarning eng yaqin hamkori – sun’iy intellekt nimalar “qilyapti?
Universitetimizda o‘tkazilgan konferensiya sun’iy intellektdan akademik izlanishlarda foydalanish yuzasidan jiddiy munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu haqida universitet yoshlari fikr bildirdilar 🎤
🏚 CHDPU: Web-sayt | Instagram | Facebook |YouTube
CHIRCHIQ_SHAHRI_TA’LIMDA_RAQAMLI_TRANSFORMATSIYALAR_25_11_2025.mp440.12 MB
👍 2❤ 1👏 1🤝 1
14:34
视频不可用在 Telegram 中显示
#oav_biz_haqimizda
FM.103.1 — «O‘ZBEKISTON» radiokanali «Millat va ma’naviyat» dasturida: O‘zbek adabiyotshunosligi kadedrasi professori, folklorshunos olima Tojixon Sobitova intervyusi
🚀 CHDPU rasmiy telegram kanali: @tvchdpi2017
Тожихон Собитова.MOV45.42 MB
❤ 5👍 1🔥 1🤝 1
照片不可用在 Telegram 中显示
#iftixor
CHDPU talabasining kitobi xorijda chop etildi
«Amaliy psixologiya» ta’lim yo‘nalishi talabasi Mamlakat ABDAKIMOVAning kitobi xorijiy "Lulu.com" nashriyoti tomonidan chop etildi.
Hozirda kitoblar Lulu.com onlayn do‘konlarida sotuvga qo‘yildi. Sotilgan kitoblardan yig‘ilgan mablag‘ning bir qismi muallifga gonorar sifatida to‘lab boriladi.
🔗 Batafsil saytda...
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 15🔥 9👏 3🏆 2⚡ 1🥰 1🤩 1😍 1😘 1
🔥🔥🔥 #EkoForum
🌱 "Tabiat uchun birlashaylik!” shiori ostida Yoshlar Ekoforumi o'z ishini boshladi.
___
🌱 Молодежный экологический форум "Табиат учун бирлашайлик!" начал свою работу.
👇Universitet Axborot xizmati
❤ 8🔥 3👍 1🥰 1
显示全部...
❤ 8🔥 1
