ch
Feedback
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

前往频道在 Telegram

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

显示更多
2025 年数字统计snowflakes fon
card fon
100 704
订阅者
+1124 小时
-3827
+62730
帖子存档
02:01
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Xususan, hududda mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2411,3 km elektr tarmog‘i hamda 730 ta transformator mukammal ta’mirdan chiqarildi hamda tasdiqlangan rejaga muvofiq 0,4 -10 kV kuchlanishli 4528 km elekt tarmoqlari hamda 1500 dan ortiq transformatorlar joriy ta’mirlandi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
3.mp419.24 MB
📌📌📌📌📌📌 Ohangaron tumanida “Yashil makon” bog‘i barpo etilmoqda Kecha, 8-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari xodimlari tomonidan Ohangaron–Olmaliq avtomobil yo‘lining 2,5 kilometr qismida 2000 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Loyiha doirasida mazkur hududda jami 3000 tup ko‘chat ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada “Yashil makon” bog‘i tashkil etiladi. Energetika vazirligi tizimida respublika hududlari bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
Repost from MINENERGY.UZ
00:42
视频不可用在 Telegram 中显示
Hurmatli iste’molchilar!Elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq savol, murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallariga murojaat qilishingiz mumkin: 📞Elektr ta’minoti bo‘yicha: 1154 📞Gaz ta’minoti bo‘yicha: 1104 va 104 Ushbu qisqa raqamlar 24/7 rejimida faoliyat yuritadi va sizning murojaatlaringizga javob beradi. Shuningdek, quyidagi Telegram’ manzillar orqali ham murojaat yo‘llashingiz mumkin: ⚡️Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha:🔵@hududgaz_murojaat_bot 👨‍👩‍👧‍👦Elektr ta’minoti bo‘yicha:🔵@HET_admin ————— Уважаемые потребители!Если у вас есть вопросы, обращения или предложения, связанные с электро- и газоснабжением, вы можете обратиться по следующим каналам связи: 📞По электроснабжению: 1154 📞По газоснабжению: 1104 и 104 Эти короткие номера работают круглосуточно и принимают ваши обращения. Вы также можете подать заявку по следующим Telegram-адресам: ⚡️По обеспечению природным и сжиженным газом:🔵@hududgaz_murojaat_bot 👨‍👩‍👧‍👦По электроснабжению:🔵@HET_admin Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz
显示全部...
13.78 MB
照片不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 AQSH Prezidenti Donald Tramp "Truth Social" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida quyidagi postni yozib qoldirdi: "Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuvni e’lon qilishdan mamnunman. Yaqin uch yil ichida O‘zbekiston Amerikaning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, energetika va kimyo, axborot texnologiyalari va boshqa muhim tarmoqlariga qariyb 35 milliard dollar, kelgusi o‘n yilda esa 100 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritadi va xaridlarni amalga oshiradi. Men O‘zbekistonning yuksak hurmatli Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildiraman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi uzoq muddatli va samarali munosabatlarni intizorlik bilan kutamiz!". 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
04:48
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 ISTE’MOLCHILARNI BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI BILAN TA’MINLASH MAQSADIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RILDI 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1404,5 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 504 dona transformator punktlarida mukammal ta’mirlash, shuningdek, 1886,7 kilometr elektr uzatish tarmoqlari hamda 1031 dona transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi. Shu bilan birga, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan 60 ta avariya-bartaraf etish xizmati brigadasi tarkibidagi 392 nafar muhandis va texnik xodimlar maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlandi. 30 ta maxsus va 76 ta yengil avtotransport vositasi to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, kuz-qish mavsumida uzluksiz va barqaror ishlashi uchun shay holatga keltirildi. Elektr energiyasi ta’minotida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini zudlik bilan bartaraf etish maqsadida yetarli miqdorda zaxira materiallar shakllantirildi. Natijada, Xorazm viloyati aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarni elektr energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlashga xizmat qiluvchi infratuzilma to‘liq tayyor holatga keltirildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK.mp447.10 MB
02:25
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan  aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida  “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
144.mp418.40 MB
00:38
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Prezident Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
31.53 MB
📌📌📌📌📌📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan muzokara o‘tkazdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
📌📌📌📌📌📌 “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ TOMONIDAN PRESS-TUR TASHKIL ETILDI Bugun, 6-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Elektr energiya sotishni avtomatlashtirish markazi” filialida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist hamda blogerlar uchun Jamiyat rahbariyati va mas’ullari ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi. Ishtirokchilar dastlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni yanada takomillashtirish, iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish borasida keyingi yillarda Jamiyat tomonidan olib borilayotgan say-harakatlar va iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan tanishtirildi. Press-tur davomida mutaxassislar tomonidan ASKUE orqali iste’molning sutkalik, oylik va yillik nazorat yuritilishi, Jamiyatning 1154 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Batafsil 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
📌📌📌📌📌📌 MINGBULOQDA ELEKTR TA’MINOTI XODIMLARIGA YANGI MAXSUS KIYIMLAR TOPSHIRILDI! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan Mingbuloq tumanida faoliyat yuritayotgan elektromonter va texnik xodimlarga yangi, zamonaviy hamda qulay maxsus kiyim-boshlar topshirildi. Bu yilgi maxsus kiyimlar boshqaruv raisi tashabbusi bilan yangicha uslubda tanlab olingan bo‘lib, ular xodimlarning ish jarayonida xavfsizligi va qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi kiyimlarda o‘z faoliyatini boshlagan poplik elektr ta’minoti xodimlari tumandagi elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli faoliyatini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bilan birga, bu tashabbus ko‘z-qish mavsumini betalofot o‘tkazish, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
02:00
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 EHTIYOJMAND OILALARGA 1 MLN SO‘M MIQDORIDA BIR MARTALIK MODDIY YORDAM BERILISHI BOSHLANDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi. Mazkur tashabbus orqali davlatimiz tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, isitish mavsumi oldidan ularga yengillik yaratish maqsad qilingan. Eslatib o‘tamiz, moddiy yordam olish uchun arizalar 1-oktyabrgacha qabul qilingan bo‘lib, ular “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan. Moddiy yordamni to’lash uchun jami 1,2 trln soʻm mablagʻ moliyalashtirildi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
Флаер тг (video-converter.com).mp420.52 MB
07:40
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 HUDUDLARDA ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan  aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida  “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
2.mp4136.31 MB
📌📌📌📌📌📌 QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA “SAF KO‘RIGI” O‘TKAZILDI O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘i raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Andijon viloyati hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan 4-noyabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali Markaziy avtoturargoxida Andijon shahar Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari mas’ul xizmatlarining “Saf ko‘rigi” o‘tkazildi. Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Andijon shahar hokimligi rahbariyati ishtirok etdi. Ko‘rik davomida mas’ul xizmatlarning kuch-vositalari, maxsus texnikalari, shaxsiy tarkibi va moddiy-texnik zaxiralari mavsumga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali energetika xizmati tomonidan 40 nafardan ortiq xodim va 15 dan ziyod maxsus texnika ishtirok etdi. Mazkur “Saf ko‘rigi” yakunida filialning tayyorgarlik darajasi “TAYYOR” deb baholandi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
02:25
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 JIZZAX VILOYATIDA 2025-2026-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
14.mp418.40 MB
📌📌📌📌📌📌 AQSH prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etish uchun Vashingtonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyevni AQSH davlat kotibining о‘rinbosari Kristofer Landau kutib oldi. Shundan sо‘ng davlat rahbari AQShda ishlayotgan va ta’lim olayotgan vatandoshlar bilan koʻrishdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
video_2025-11-05_09-36-41.mp44.00 MB
video_2025-11-05_09-36-46.mp42.23 MB
📌📌📌📌📌📌 Ijtimoiy tarmoqlarda "Ayni damda “Izza” mavzesidagi elektroset stolbasi yonmoqda" mazmunda xabar tarqaldi. Maʼlum boʻlishicha, Uchtepa tumanining ayrim qismlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 10 kV yuqori kuchlanishli "Tulpor" fiderining Izza mavzesidan oʻtuvchi qismining temir-beton tayanch ustuni izolyatori kuchli yomgʻir natijasida chaqnagan. Ayni paytda tuman elektr tarmoqlari korxonasining tezkor brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
26:09
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 Studiya 24 | Energetika sohasida barqarorlik: amaliy ishlar va erishilgan natijalar 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
15.00.Студия....mp4269.70 MB
📌📌📌📌📌📌 Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 noyabrdagi 598-sonli “Toshkent shahar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 110/35/10 kV “Qorasu” podstansiyasida keng kо‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida mavjud 16 MVA va 25 MVA quvvatga ega bо‘lgan kuch transformatorlari о‘rniga har biri 63 MVA quvvatli yangi, zamonaviy kuch transformatorlari о‘rnatilib, podstansiyaning barcha elektr qurilmalari va boshqaruv tizimlari yangilanmoqda. Ushbu ishlar natijasida podstansiyada 85 MVA qо‘shimcha quvvat yaratiladi hamda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining 11 250 aholi va ulgurji iste’molchilarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yanada yaxshilanadi. Ish jarayonidan lavhalarda podstansiyada olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, yangi kuch transformatorlarini о‘rnatish hamda zamonaviy elektr uskunalarini joriy etish jarayonlari aks etgan. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
1080p_2.mp447.53 MB
📌📌📌📌📌📌 NOQONUNIY ULANISHLARGA QARSHI KURASH KUCHAYTIRILDI Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan aholiga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish, tizimda yo‘qotishlarni kamaytirish va iste’molchilar intizomini mustahkamlash maqsadida keng ko‘lamli reyd tadbirlari olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘limi boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshirilmoqda. Reydlar davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotgan ayrim aholi hamda yuridik iste’molchilar aniqlanib, ularga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi — elektr energiyasidan foydalanishda qonuniylikni ta’minlash, iste’molchilar o‘rtasida adolatli hisob-kitobni yo‘lga qo‘yish va elektr tarmoqlarining barqaror faoliyatini davom ettirishdan iboratdir. Reyd tadbirlari Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
05:47
视频不可用在 Telegram 中显示
📌📌📌📌📌📌 AHOLIGA ELEKTR ENERGIYASI UZLUKLIZ YETKAZIB BERILMOQDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan  aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda. Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida  “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishish mumkin. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
显示全部...
lv_0_20251103155048.mp471.94 MB