A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
前往频道在 Telegram
Facebook https://www.facebook.com/avloniy.uz Website http://avloniy.uz/ YouTube https://www.youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA Қайта тайёрлов: https://t.me/avloniyqaytatayyorlovqabul LMS йўриқнома 👉 @lms_video_bot
显示更多2025 年数字统计

151 573
订阅者
-64124 小时
-3 4207 天
-11 86830 天
帖子存档
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
照片不可用在 Telegram 中显示
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
2015-2017-yillarda poytaxtimizdagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Vazirlik jamoasi Azizbek Turdiyevga maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 38👍 25🔥 2🎉 1
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
01:33
视频不可用在 Telegram 中显示
Касб-ҳунар ва олий таълимдаги айрим масъуллар ҳалигача ислоҳотлар мазмунини тўлиқ тушуниб етмагани қайд этилди.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
SINXRON_2_tg_new2.mp416.91 MB
❤ 16👍 11🔥 4🤩 2
✅✅✅✅
🔺”Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning maqsad va natijalari”
🎙Bugungi master-trenerlar uchun o‘tkazilayotgan treningda ishtirokchilar yuqoridagi kabi dolzarb mavzularda yangi bilim-tajribaga ega bo‘ldilar.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 13👍 4🔥 2
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мактабгача таълим ва мактаб таълими соҳасидаги ислоҳотлар ижроси ҳамда келгусидаги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по обсуждению хода реформ и дальнейших приоритетных задач в сфере дошкольного и школьного образования.
#Mirziyoyev #videoselektor #maktabgachatalim #maktabtalimi
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 13👍 7
照片不可用在 Telegram 中显示
“Бизда 450 минг ўқувчини қабул қила оладиган 598 та техникум бор. Бу ёшлар учун жуда катта ресурс, шароит ва имконият. Лекин бу йил 9-синфни 608 минг ўқувчи битирган бўлса, уларни атиги 182 минг нафари техникумларга боряпти. Бугундан бошлаб бир йил ёшларни касб-ҳунарга ўргатиш йили бўлади”,– деди Президент. Мутасаддилар зиммасига вилоят ва туман ҳокимлари билан биргаликда Президент ва ихтисослашган мактабда орттирилган тажриба асосида жорий йилда 598 та техникумга халқаро стандарт бўйича замонавий касбга ўқитиш муҳитини олиб кириш вазифаси қўйилди. Умуман, вилоят ва туман ҳокимларига келгуси ўқув йилида 9-синф битирувчиларининг камида 50 фоизини, ҳозиргига қўшимча яна 200 минг ўқувчини техникумга қамраб олиш топширилди. Бу ишларни ягона сиёсат асосида олиб бориш учун Касбий таълим агентлиги ташкил қилинади.
❤ 21👍 5🔥 2
照片不可用在 Telegram 中显示
Боғча ва мактаблардаги 10 дан зиёд хизматлар рақамлашгани ҳисобига соҳада коррупция кескин камайди.
Шу билан бирга, мактабларга ўқувчиларни қабул қилиш, боғча тарбияланувчилари давомати ҳалигача рақамли платформага тўлиқ ўтмаган.
Масалан, микроҳудудлар аниқ белгиланмагани учун 144 та тумандаги 8 мингта мактабда ўқувчилар эскича тартибда қабул қилинмоқда, боғчаларда ходимлар табели қоғозда юритиляпти.
Мутасаддиларга йил якунигача 144 та тумандаги мактабларнинг микроҳудудини аниқ белгилаш топширилди. Кейинги ўқув йилигача мактаб ва боғчалардаги барча хизматлар тўлиқ рақамли форматга ўтиши шартлиги қайд этилди.
❤ 24
✅✅✅✅
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilayotgan trening quyidagi mavzularda davom etmoqda:
🔺 O‘quv natijalarini yaxshilashga qaratilgan samarali baholash. Feedback berish madaniyati;
🔺 Loyihaga asoslangan ta’limni tashkil qilish texnologiyalari;
🔺 Shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsad va natijalari;
🔺 O‘quvchilar farovonligi dasturi. Bola xavfsizligi tushunchasi va mezonlari bilan tanishtirish.
🗓 Treninglar 11-sentabrga qadar davom etadi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 13👍 6🔥 1🤩 1
照片不可用在 Telegram 中显示
Йиғилишда жалб қилинаётган инвестицияларга, янги очилаётган корхоналарга яраша муносиб кадр ҳам тайёрланиши лозимлиги қайд этилди.
Ўтган даврда ўқитувчиларнинг ойлигига қўшимча 10 дан зиёд устамалар жорий қилинди.
“Эътибор беринг, бугун ўз устида ишлаган 60 мингдан ортиқ ўқитувчи 10-12 миллион сўм маош оляпти. Бу қачон бўлган?”– деди Президент. Жорий ойдан бошлаб мактаб директорлари, боғча мудиралари ва уларнинг ўринбосарлари ойлиги ҳам 10 миллион сўмдан ошди. Янги баҳолаш тизимига ўтган 1,5 минг мактабнинг 300 таси ижобий натижа кўрсатгани учун бутун жамоаси 40 фоизгача устама олади.
“
Мен халқимизга вақти келиб
ўқитувчиларнинг маошини минг долларга етказамиз деган гапларим мана уч йил ичида ҳақиқатга айланди
”,– деди давлатимиз раҳбари.
❤ 20👍 9🔥 6
照片不可用在 Telegram 中显示
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида таълим соҳасидаги ислоҳотлар ижроси ва келгусидаги вазифаларга бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.
“Иқтисодиёт ривожланиши, юртимиз ва фарзандларимиз келажаги фақат ва фақат таълим ва муаллимга боғлиқ. Сизлар билан иш бошлаган биринчи кундан айтаман: таълим, таълим, таълим, муаллим, муаллим, муаллим”, – деди давлатимиз раҳбари.Ўқитувчига муносиб шароит яратиш, боғча, мактаб қуриш, жиҳозлаш, четдан мутахассис олиб келиш, замонавий дарслик ва ўқув дастурларини жорий қилиш бўйича жуда кўп шароитлар яратилгани ва бу яна давом эттирилиши таъкидланди.
“
Лекин
ҳар бир туман, вилоят ҳокими
, биз фарзандларимизни ишониб топширган
боғча, мактаб, техникум, олийгоҳ раҳбарлари бир ҳақиқатни аниқ билиши зарур
. Одамларимиз яхши яшаши учун
иқтисодиётимиз кучли бўлиши керак!
Бунинг учун
янги товар, янги хизмат, янги технология
керак!
Сифатли таълим тизими орқалигина
буларга эриша оламиз!
Бошқа йўлимиз йўқ!
Шу ҳақиқатни англаб,
ҳар куни ўзини қийнаб ишлаган раҳбарнинг
туманида, боғчаси, мактаби, техникуми, олийгоҳида албатта ўзгариш ва натижа бўлади!
”, – деди Президент.
👍 14❤ 9🔥 5
显示全部...
❤ 15👍 2
✅✅
2025-2026-o‘quv yili uchun 9-11-sentyabr kunlari “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish” soati tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilayotgan trening ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tmoqda.
Birozdan so‘ng tadbirning ochilish qismi boshlanadi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 22👍 8🔥 3
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilmoqda
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.
Bundan asosiy maqsad, pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda bilimli va iqtidorli talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Mazkur stipendiya pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.
Maʼlumot uchun: Abdulla Avloniy stipendiyasi 1 461 028 soʻmni tashkil etadi hamda oddiy stipendiyadan 839 572 soʻmga koʻp. Ayni vaqtda ushbu stipendiyaga yurtimizdagi pedagogika yoʻnalishidagi mavjud 13 ta oliygohning 74 480 nafar oxirgi 2 kurs talabalari nomzod boʻlishlari mumkin.
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
❤ 42👍 9🔥 4
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев таълим тизимини ислоҳ қилиш масалаларига оид тақдимот билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам реформирования системы образования.
#Mirziyoyev #taqdimot #talim #islohot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
❤ 30👍 11🔥 1
00:32
视频不可用在 Telegram 中显示
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun 9-11-sentyabr kunlari “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish” soati tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun trening o‘tkaziladi.
🗣Bunda 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha A.Avloniy nomidagi institut va hududiy pedagogik mahorat markazlaridan master-trenerlar ishtirok etadi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
final.mp442.81 MB
❤ 39👍 7🔥 1🎉 1
照片不可用在 Telegram 中显示
🔺YAXSHI XULQLAR
Yaxshi xulq:
bir qismi o’z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli bo’lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g’ayrat, riyozat, qanoat,shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va afvdur.
Mana bu yozdig’imiz yaxshi xulqlar aql va shar’i sharifga muvofiq. Alloh taolo
ham bandalar qoshida maqbul va mu’tabardur. Emdi bu yaxshi xulqlarni qo’lga olmak uchun ota-ona, muallim ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo’lmak, axloqi buzuq yomon kishilardan qochmak lozimdur.
Bizim shariati islomiyada «axloqi hasana» – yaxshi xulqlar ila xulqlanmak, har narsaga ibrat ko’z ila boqub, xulqini tuzatmak vojibdur.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam: «Islomiyatda buzuqlik yo’qdur, buzuqlikni ustiga oluv ham yo’qdur. Islomiyatda eng mu’tabar kishilar yaxshi xulq egalaridur», – demishlar.
ABDULLA AVLONIY TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ
❤ 40👍 10🔥 8
👍A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔺Yig‘ilish avvalida institutning “Taʼlimda menejment" kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, v.b. dotsenti Ilhom Siradjevga dotsent ilmiy unvoni attestati topshirildi.
✅Kengash yig‘ilishida kun tartibidagi quyidagi dolzarb masalalar:
💬Qayta tayyorlov kurslarining 41 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha yangidan ishlab chiqilgan o‘quv-reja va dasturlarini tasdiqlashga tavsiya etish;
💬2025-yil 4-chorakda qabul qilingan mustaqil izlanuvchilarning suhbat natijalarini tasdiqlash;
💬Jalinga video studiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish;
💬"Xalqaro baholash dasturlarida matematik savodxonlik" nomli o‘quv qo‘llanmasini nashrga tavsiya etish kabi dolzarb masalar ko‘rib chiqildi.
💬Kengash so‘ngida masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 37👍 9🔥 2🤩 1
✅✅✅✅
Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari va Sudyalar Oliy kengashi raisi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘ldi
✅Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari — Hilola Umarova va Nodira Hakimova, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov A.Avloniy yodgorlik muzeyini ko‘zdan kechirishdi.
➖ Shuningdek, Axborot-resurs markazida bo‘lib, kutubxona va ta‘lim fidoyilari burchagi bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv doirasida mas‘ullar tomonidan Menejerlik o‘quv kurlari bo‘yicha taqdimot qilindi. Shuningdek, pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma‘lumot berildi.
💬
Tashrif davomida institutda tashkil etilgan Jalinga video studiyasi,
STEAM markazi faoliyati,
jumladan, Robototexnika, Virtual tur, Aviasimulyatsiya, Gumanoid robot va A.Avloniy galogrammasi bo‘yicha ham taqdimot qilindi.🌐Shu bilan birga, institut hududida tashkil etilgan bolalar kontentini rivojlantirish markazi va mehmonxonada yaratilgan sharoitlarni ham o‘rganib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishishdi. Tadbir so‘nggida, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida ta’lim jarayonida pedagogik mahoratni oshirib borish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish masalasida kelishib olindi. 👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍 💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📱Telegram | 📒Facebook 📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 72👍 21🔥 3🎉 3🤩 3
👍100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi
✅Institutda sentyabr oyida 18 ta yo‘nalish bo‘yicha 22 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi.
✔️Jami 627 nafar o‘qituvchi-pedagoglar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilindi:
💬Umumiy o‘rta taʼlim maktabi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari;
💬O‘zbek tili va adabiyoti (Ona tili va adabiyoti);
💬Rus tili va adabiyoti (rus sinflarda);
💬ingliz tili;
💬davlat (o‘zbek) tili;
💬boshlang‘ich taʼlim (o‘zbek sinflarda);
💬kimyo;
💬biologiya;
💬matematika;
💬informatika va axborot texnologiyalari;
💬tarix;
💬davlat va huquq asoslari;
💬musiqa madaniyati;
💬iqtisodiy bilim asoslari;
💬tasviriy sanʼat va chizmachilik;
💬texnologiya;
💬iqtisodiy bilim asoslari.
✔️Shuningdek, alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar uchun maktab va maktab-internatlar tarbiyachilari yo‘nalishida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 67👍 20🔥 3
✅✅✅✅
👍Sentyabr oyi uchun umumtaʼlim maktablarining amaldagi direktorlari hamda direktor lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslari boshlandi.
✅Tinglovchilar 1 oy mobaynida boshqaruvga doir 11 ta modul asosida zamonaviy bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 29👍 10🔥 8
👍Institut rahbariyati 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
✅Bugun 3-sentyabr sanasidan institutda 18 ta yo‘nalish bo‘yicha 22 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi.
💬O‘quv mashg‘ulotlari avvalida institut rahbariyati tinglovchilar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
🧾Unda pedagoglarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori asosida joriy etilgan malaka oshirish kursi tartibi haqida batafsil ma‘lumot berildi.
✔️Shuningdek, kurslarning asosiy maqsad va vazifalari, o‘quv-reja va dasturlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
💬Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob tarzida ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
👍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram
❤ 41👍 8🔥 1🤩 1
