JizPI online | rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
显示更多2025 年数字统计

8 181
订阅者
-1524 小时
-487 天
-3930 天
帖子存档
#yangi_yil #shukuh #kayfiyat
JizPIda yangi yil shukuhi (4-qism)
Kibersport fakulteti tomonidan Yangi yilga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Jizzax politexnika institutida “Men orzu qilgan Yangi yil” shiori ostida yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Kibersport fakulteti tomonidan yuqori kayfiyatda tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar, institut xodimlari hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. Bayramona uchrashuv barcha uchun iliq muhit va samimiy taassurotlar bilan yodda qoldi. Tadbir davomida bayramga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari, ijodiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Sahna chiqishlarida talabalarning ijodkorligi, tashabbuskorligi va jamoaviy hamjihatligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Shuningdek, yakunlanayotgan yilda yuqori natijalarga erishgan hamda ko‘p yillar davomida talaba-yoshlarga o‘z bilim va tajribasini ayamasdan berib kelayotgan professor-o‘qituvchilar, fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar va faol talaba-yoshlar alohida e’tirof etildi. Ularning mehnati va yutuqlari e’tibor markazida bo‘lib, bu kelgusi yil uchun yanada katta motivatsiya bo‘ldi. Tadbirning eng qiziqarli jihatlaridan biri — bayram davomida tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar va interaktiv bellashuvlar bo‘lib, ular ishtirokchilarga quvonch ulashdi, bayram shukuhini yanada oshirdi. Tadbir yakunida yangi yil tilaklari yangrab, barchaga ezgu niyatlar bildirildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4🎉 4🔥 2❤ 1
#yangi_yil #shukuh #kayfiyat
JizPIda yangi yil shukuhi (3-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 5👍 2
#yangi_yil #shukuh #kayfiyat
JizPIda yangi yil shukuhi (2-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3⚡ 2🔥 1
#yangi_yil #shukuh #kayfiyat
JizPIda yangi yil shukuhi (1-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3🎉 2🔥 1
🇺🇿🇨🇳Xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘lida muhim tashrif
Xitoy Xalq Respublikasining Suzhou Texnologiyalar Universiteti professor-o‘qituvchilari Jizzax politexnika instituti qoshidagi Muqobil energiya manbalarini tadqiq etish ilmiy-amaliy markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar markazda olib borilayotgan muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, amaliy ishlanmalar va tajriba loyihalari, shuningdek, zamonaviy laboratoriya uskunalari hamda ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda muqobil energiya sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.➖➖➖➖➖ 🇺🇿🇨🇳 Важный визит на пути международного научного сотрудничества
Профессорско-преподавательский состав Сучжоуского технологического университета Китайской Народной Республики посетил Научно-практический центр по исследованию альтернативных источников энергии при Джизакском политехническом институте. В ходе визита гости подробно ознакомились с научными исследованиями в области альтернативных и возобновляемых источников энергии, практическими разработками и экспериментальными проектами, а также с современным лабораторным оборудованием и передовыми технологиями. Данный визит является важной основой для дальнейшего развития научного сотрудничества, обмена опытом и реализации совместных научных исследований и инновационных проектов в сфере альтернативной энергетики.➖➖➖➖➖ 🇺🇿🇨🇳 An important visit on the path of international scientific cooperation
Professors from Suzhou University of Technology of the People’s Republic of China paid a visit to the Scientific and Practical Center for Research on Alternative Energy Sources under Jizzakh Polytechnic Institute. During the visit, the guests became closely acquainted with the scientific research being conducted at the center in the field of alternative and renewable energy sources, practical developments and pilot projects, as well as modern laboratory equipment and advanced technologies. This visit serves as an important foundation for further strengthening scientific cooperation, exchanging experience, and implementing joint scientific research and innovative projects in the field of alternative energy.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3🔥 3👎 2👏 1
"Vatanparvarlik — yuksak burch va mas’uliyat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi 70-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tayyorgarlik dasturiga muvofiq, Jizzax politexnika institutida "Vatanparvarlik — yuksak burch va mas’uliyat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Jismoniy tarbiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Jizzax viloyat bo‘limi xodimi, Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni va sovrindori, ju-jitsu bo‘yicha jahon chempioni Islom Jo‘raboyev hamda Qurilish muhandisligi fakulteti 4-bosqich talabasi, Osiyo chempioni E’zoza Shukurullayeva talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar. Uchrashuv davomida sportchilar o‘zlarining yutuqlari, mehnat va qat’iyat orqali erishilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘zlab, yoshlarga kuchli motivatsiya berdilar. Tadbir talabalarda Vatanga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi va yuksak maqsadlar sari intilishni yanada mustahkamladi.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 4👍 2🔥 2🥰 1
01:29
视频不可用在 Telegram 中显示
✨ Tungi JizPI — bayram shukuhi
💡 Jizzax politexnika instituti 2026-yilni kutib olishga tayyor. Bezatilgan archalar, rango-rang chiroqlarga burkangan daraxtlar, institut hududining o‘zgacha bezatilgani — xodimlarga, talaba-yoshlarga hamda shahrimiz aholisiga bayramona kayfiyat ulashmoqda.
📷 JizPI Matbuot xizmati institutdagi tungi muhitni o‘z kamerasi obyektiviga muhrladi.
Fotogalereya: ➡️ https://t.me/jizpi_online/51067
@jizpiuz | @jizpi_online
lv_0_20251222230429.mp418.94 MB
❤ 5🔥 3🎉 3👍 1
01:21
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 23-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
BOBOMURATOVA SANOBAR YUNUSOVNA (Kimyo kafedrasi o‘qituvchisi)
AZAMATOVA GULMIRA BAYIRBEKOVNA (Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi)
MAMIROVA ZOXIDA FURQAT QIZI (Qurilish muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 4❤ 2
#live
🎄 Tungi JizPI — bayram shukuhi (3-qism) ✨
💡 Jizzax politexnika instituti 2026-yilni kutib olishga tayyor. Bezatilgan archalar, rango-rang chiroqlarga burkangan daraxtlar, institut hududining o‘zgacha bezatilgani — xodimlarga, talaba-yoshlarga hamda shahrimiz aholisiga bayramona kayfiyat ulashmoqda.
📷 JizPI Matbuot xizmati institutdagi tungi muhitni o‘z kamerasi obyektiviga muhrladi.
@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 13👍 7🔥 3🎉 3👎 2
📚 “Ogohlikni men qanday his etaman?” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari o‘rtasida “Ogohlikni men qanday his etaman?” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar ongida ogohlik, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda ularning ijodiy va mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Talabalar insholarida ogohlik va loqaydlik tushunchalarining jamiyat hayotidagi o‘rni, tinchlik va barqarorlikni asrashdagi ahamiyati chuqur yoritildi. 🏆 Tanlov g‘oliblari: 🥇 1-o‘rin — 202-25 guruhi talabasi Mamarajabova Kamola; 🥈 2-o‘rin — 721-25 guruhi talabasi Toshmurodov Otabek; 🥉 3-o‘rin — 722-25 guruhi talabasi Narziqulov Anvar.@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 7❤ 1
Repost from Edu.uz
#dayjest #yangi_yil_bayrami_shukuhi
🎄Oliy ta’lim muassasalarida yangi yil bayrami shukuhi!
❄️Toshkent davlat agrar universiteti; ❄️O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; ❄️Termiz davlat universiteti; ❄️Namangan davlat pedagogika instituti; ❄️Andijon davlat pedagogika instituti; ❄️Farg‘ona davlat texnika universiteti; ❄️Urganch davlat pedagogika instituti; ❄️Iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ❄️Guliston davlat pedagogika instituti; ❄️Jizzax politexnika instituti; ❄️Toshkent axborot texnologiyalari universiteti; ❄️Urganch davlat universiteti; ❄️Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti; ❄️Termiz davlat pedagogika instituti; ❄️Andijon davlat chet tillari instituti; ❄️Olmaliq davlat texnika instituti; ❄️Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti; ❄️Guliston davlat universiteti; ❄️O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali; ❄️Namangan davlat texnika universiteti; ❄️Andijon davlat universiteti; ❄️O‘zbekiston Milliy universiteti; ❄️Samarqand davlat universiteti Urgut filiali; ❄️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti; ❄️Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
IMG_2400.MP416.34 MB
IMG_2402.MP419.87 MB
IMG_2404.MP433.92 MB
IMG_2403.MP419.46 MB
👍 4❤ 1
Energetiklar kuni munosabati bilan soha mutaxassislari hamda talaba-yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
22-dekabr — yurtimizda energetika sohasi vakillarining mehnatini e’tirof etish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va mas’uliyatli faoliyatini qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Energiya ta’minotining uzluksizligi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda resurslardan oqilona foydalanish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassislar mehnati har doim alohida e’tiborga loyiqdir. Mazkur sana munosabati bilan Jizzax politexnika instituti Energetika muhandisligi fakultetida Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan bayramona uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali xodimlari, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq muloqot va samimiy suhbat ruhida o‘tdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan mehmonlar talaba-yoshlarni kasb bayrami hamda kirib kelayotgan 2026-yil bilan tabriklab, ularga kelgusidagi o‘qish va kasbiy faoliyatida katta zafarlar tiladilar. Shuningdek, energetika sohasidagi amaliy ish jarayonlari, zamonaviy mutaxassisga qo‘yilayotgan talablar, ishlab chiqarishda xavfsizlik masalalari hamda talabalarning bugundan egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni real mehnat muhitiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida uchrashuvda ishtirok etgan mehmonlarga energetika sohasi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, yoshlar bilan bo‘lishgan boy tajribasi hamda institut bilan olib borilayotgan samarali hamkorlik aloqalariga yuksak hurmat ramzi sifatida esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 4🔥 3❤ 2
📚 “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Jizzax politexnika instituti Axborot resurs markazida Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari ishtirokida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 741-25 Kadastr, 731-25 Shahar qurilishi va loyihalash, 201-24 hamda 210-25 Qurilish muhandisligi guruh talabalari qatnashib, o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra: 🥇 Ixtiyorov Islomxon (741-25 Kadastr) — 1-o‘rin, 🥈 Narzullayeva Shohista (741-25 Kadastr) — 2-o‘rin, 🥉 Umurzoqova Zarina (731-25 Shahar qurilishi va loyihalash) — 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur tadbir talabalarda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, ilmiy va badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.@jizpiuz | @jizpi_online
👏 5👍 4👎 2🔥 2
📚 ARM fondi yana bir ilmiy manba bilan boyidi
Jizzax politexnika instituti «Jismoniy tarbiya» kafedrasi v.v.b. dotsenti Azimova Sitora tomonidan 1 nomda 4 nusxada “Talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini eksplitsit rivojlantirishning pedagogik ahamiyati” nomli monografiya Axborot-resurs markaziga sovg‘a sifatida taqdim etildi. Mazkur monografiya taqdimoti ARMda tashkil etilib, unda institut talabalari hamda xodimlari ishtirok etdilar. Taqdimot davomida asarning mazmun-mohiyati, unda yoritilgan pedagogik yondashuvlar va talaba-yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, monografiyaning elektron shakli ARMning elektron bo‘limiga ham topshirildi, bu esa undan kengroq foydalanish imkonini yaratadi. Ushbu ilmiy nashr talabalar tomonidan iliq kutib olindi.@jizpiuz | @jizpi_online
01:21
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 22-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
HOSHIMOVA NARGIZA RAFIJANOVNA (Texnik foydalanish va xo'jalik bo‘limi xodimasi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
❤ 7🔥 3🎉 3😢 1🤝 1
01:01
视频不可用在 Telegram 中显示
Yana odimlaydi soat millari,
Hayot sabogʻini eslatar goʻyo.
Yillar toʻldiradi umr daftarin,
Bu yolgʻon emas yoki roʻyo...
@jizpiuz | @jizpi_online
IMG_6321.MP422.44 MB
👍 9❤ 4🔥 4
Vazirlik ishchi guruhi Jizzax politexnika institutida bo‘ldi (2-qism)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’ati majlisining 2025-yil 12-sentabrdagi 3-sonli Bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim tashkilotlarida yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va sport sog‘lomlashtirish, har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahliliy-tanqidiy o‘rganish maqsadida tuzilgan ishchi guruhi Jizzax politexnika institutida bo‘ldi. Tashrif avvalida ishchi guruh vakillari institutimizning Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy laboratoriyalar va amaliy loyihalar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalarning ijrosini o‘rganish maqsadida tuzilgan savolnoma asosida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar suhbatdan o‘tkazildi. Suhbat jarayoni yakunlangach, ishchi guruh vakillari mas’ullar hamrohligida talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, talaba-yoshlarning hayot tarzi bilan yaqindan tanishdilar.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3🔥 3❤ 2⚡ 1
Vazirlik ishchi guruhi Jizzax politexnika institutida bo‘ldi (1-qism)
@jizpiuz | @jizpi_online
👍 3🔥 3⚡ 2
