JizPI online | rasmiy kanal
前往频道在 Telegram
Jizzax politexnika instituti rasmiy kanali • www.jizpi.uz • telegram.me/jizpi_online • instagram.com/jizpiuz • facebook.com/jizpiuz • twitter.com/jizpiuz • Barcha rasmiy manbalarimiz: @jizpiuz • Guruh: @jizpionline • Murojaaat uchun:
显示更多2025 年数字统计

8 181
订阅者
-1524 小时
-487 天
-3930 天
帖子存档
Repost from TgId: 1168837757
照片不可用在 Telegram 中显示
📣 E’LON! “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ekologik startaplar tanlovi!
“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida o‘tkazilayotgan startap loyihalar tanlovida ishtirok eting!
🗓 Arizalar qabul qilish muddati:
9-dekabr – 25-dekabr, 2025-yil (soat 23:59 gacha)
🎯 Tanlovning maqsadi:
Yoshlarning ekologiya sohasidagi innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish.
📌 Startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar:
Faqat ekologiya yo‘nalishida bo‘lishi;
Ilmiy yangilik yoki innovatsion elementga ega bo‘lishi;
Amalga oshirish mexanizmi, muddati va natijalari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi;
So‘ralgan mablag‘ BHMning 3000 barobarigacha bo‘lishi mumkin;
Loyihalar 12 oydan oshmagan muddatda amalga oshirilishi lozim;
Hujjatlar haqqoniy, plagiatsiz va to‘liq bo‘lishi shart.
📥 Arizalar qabul qilish manzili:
🌐 startup.ilmiy.uz
Batafsil ma’lumot uchun:
https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/108976
Telegram: t.me/djizakinnovation
❤ 4👍 2
01:21
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 16-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
MUSTAFAKULOVA XULKAR AXMEDOVNA (O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi)
NAZAROV FURKAT DAMINOVICH (Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi)
TUROPOVA DURDONA SOBIR QIZI (Rektorat bo‘limi xodimasi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
❤ 4🎉 4👍 2⚡ 1🔥 1👏 1
#sport
⚽️ O‘zbekiston birinchiligining musobaqa jadvali
🏆 Birinchi tur uchrashuvlaridan so'ng musobaqa jadvalida Jizzax politexnika institutining "Politexnik" jamoasi 2-o'rinni banq qilib turibdi.
⚽️ To‘purarlar poygasida “Politexnik” jamoasi hujumchisi Ismandiyor Sherqulov 6 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda. 🧤 Shuningdek, bir yo‘la besh nafar futbolchi hisobida to‘rttadan gol mavjud. Muhammad Yusuf Turg‘unov (“Bobur”), Javohir Xayrullayev (“Politexnik”), Botirbek Rizaev (“Guliston”), Javohir Xushvaqtov (TerDU) hamda Zayniddin Bozorov (TerDU). 📕 O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Abdulboriy Ilyosov, “Politexnik” jamoasi futbolchisi Sohib Yoqubov hamda “Guliston” hujumchisi Zeyn Nuritdinov hisobida esa 3 tadan gol bor.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 5🔥 2❤ 1👏 1
Kurash boʻyicha bahslarga start berildi
Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida Jizzax politexnika institutida o‘tkazilayotgan Talabalar ligasi sport musobaqalari davom etmoqda. Liga doirasida bugun, 15-dekabr kuni kurash boʻyicha musobaqalarga start berildi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! #sport #Talabalar_ligasi #jarayon@jizpiuz | @jizpi_online
👍 2🔥 2
📚 Kitob o‘qish marafoni doirasida navbatdagi tadbir o'tkazildi
Jizzax politexnika instituti Qurilish muhandisligi fakulteti hamda institut Axborot resurs markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 7-oktabrdagi 01/15–4077-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Kitob o‘qish marafoni” doirasida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy merosga oid asarlarni o‘qish va ularni tahlil qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar o‘qigan asarlari yuzasidan fikr almashib, milliy adabiyotimizning tarixiy, ma’naviy va tarbiyaviy ahamiyati haqida bahs-munozaralar olib bordilar. Axborot resurs markazi xodimlari tomonidan esa milliy merosga oid asarlarning bosma va elektron manbalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir jarayonida talabalar o‘zlarining kitobxonlik bo‘yicha shaxsiy tajribalari, o‘qigan asarlaridan olgan taassurotlari va xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 2🔥 2❤ 1👏 1
🏸 Talabalar ligasi: badminton bo‘yicha institut bosqichi yakunlandi
Jizzax politexnika institutida Talabalar ligasi sport musobaqalari doirasida sportning badminton turi bo‘yicha institut bosqichi yakunlandi. Musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda fakultetlar o‘rtasida do‘stona raqobatni kuchaytirishga xizmat qildi. Yigitlar o‘rtasida: 🥇 I o‘rin — Qurilish muhandisligi fakulteti jamoasi; 🥈 II o‘rin — Transport muhandisligi fakulteti jamoasi; 🥉 III o‘rin — Kibersport fakulteti jamoasi. Qizlar o‘rtasida: 🥇 I o‘rin — Energetika muhandisligi fakulteti jamoasi; 🥈 II o‘rin — Kibersport fakulteti jamoasi; 🥉 III o‘rin — Sanoat texnologiyalari fakulteti jamoasi. 🏆 G‘olib va sovrindor fakultetlarni tabriklaymiz, barcha ishtirokchilarga keyingi bosqichlarda omad tilaymiz. #sport #Talabalar_ligasi@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 2👏 2👍 1🔥 1
01:22
视频不可用在 Telegram 中显示
Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.
@jizpiuz | @jizpi_online
master1_1.mp49.09 MB
🔥 3👍 1
Repost from Edu.uz
01:17
视频不可用在 Telegram 中显示
#forum #sunʼiy_intellekt
Taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha rektorlar forumidan video lavha
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
1.rolik.mp419.30 MB
❤ 4🔥 2👍 1
01:09
视频不可用在 Telegram 中显示
Bir kungina bola bo‘lsam-u, to kechgacha o‘ynasaydim qor...
@jizpiuz | @jizpi_online
SaveVid_Net_AQPYJQpg1JhfkV5AI0C_nY9odNj9aTkmWI_ZbxGCWY_9YjjysQFXzhni9.mp48.24 MB
🔥 11❤ 6👍 2🥰 1
Repost from Yoshlar.edu.uz
照片不可用在 Telegram 中显示
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 4-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 27-dekabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet (6/128); 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet (4/64); 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet (6/128); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet (4/64); 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
❤ 1👍 1🔥 1🤝 1
👉 Tanlovda ishtirok etish 👈
照片不可用在 Telegram 中显示
💻 Kompyuter va Photoshopni yaxshi tushunadigan yoshlar uchun ish yoki volontyorlik taklifi!
💻 Talablar:
➖Photoshopda yaxshi ishlay olish;
➖Kompyuterni yaxshi tushunish;
➖Dizaynerlik hamda kreativlik.
📞 Murojaat uchun: +998991225400
@jizpiuz | @jizpi_online
🔥 4❤ 2👍 2🤝 1
01:21
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 15-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
ORTIQOVA MALOXAT TIRKASHEVNA (Axborot resuslari markazi xodimasi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 3❤ 2👍 2
#sport
⚽️ Birinchi liga doirasida "Politexnik" jamoasidan navbatdagi g‘alaba!
🧤 Jizzax politexnika institutining "Politexnik" jamoasi ishtirok etayotgan Birinchi liga doirasidagi navbatdagi uchrashuv bugun, 14-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Jamoamiz a'zolari yaxshi harakat qilishdi, tezkor o‘yin ko‘rsatishdi va g‘alabani naqd qilishdi.
⚽️ Demak, 1-tur yakuniga yetdi va bizning natijalarimiz quyidagicha:
POLITEXNIK 7–1 YOSHLAR T.J. (11-dekabr) POLITEXNIK 3–6 GULISTON (13-dekabr) POLITEXNIK 8-5 BOBUR (14-dekabr)🏟 Ma'lumot uchun, 2-tur uchrashuvlari 2026-yil yanvar oyida Toshkent shahrida bo’lishi ko’zda tutilgan. Jamoamizga keyingi turdagi uchrashuvlarida ham faqat va faqat omadlar tilaymiz. @jizpiuz | @jizpi_online
👍 9❤ 4⚡ 2🔥 1
#ijara #jarayon
Tyutorlar tomonidan ijara xonadonlari o‘rganilib, zarur tavsiyalar berilmoqda
Jizzax politexnika instituti ma’muriyati vakillari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda fakultetlarning mas’ul xodimlari o‘quv yili boshidan buyon muntazam ravishda ijara xonadonlariga tashrif buyurib, u yerdagi yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud kamchiliklar bilan yaqindan tanishib kelmoqdalar. Tashriflar davomida ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari, xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud kamchiliklar o‘rganilib, xonadon egalari va talabalar bilan suhbatlar o‘tkazib kelinmoqda. Lavhalarda institut institutda faoliyat olib borayotgan bir qator tyutorlar tomonidan ijara xonadonlarini o‘rganish jarayonlari aks etgan.@jizpiuz | @jizpi_online
👍 2👏 2🔥 1😁 1😢 1
00:31
视频不可用在 Telegram 中显示
✨ Jizzax politexnika institutida yangi yil shukuhi
🎄 Yangi yil bayrami munosabati bilan Jizzax politexnika institutining barcha o‘quv binolarining tashqi va ishki qismlari bayramona ruhda bezatilmoqda.
❄️ Keyingi kunlarda fakultetlar, kafedralar hamda bo‘limlardagi bayramona muhit aks etgan lavhalarni taqdim qilib boramiz.
@jizpiuz | @jizpi_online
lv_0_20251213205618.mp413.85 MB
👍 16🎉 9🔥 6❤ 4👏 1🏆 1😎 1
01:21
视频不可用在 Telegram 中显示
🎉 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz!
🎂 Bugun, 14-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar:
SATTOROV AKBARALI BAHODIR O‘G‘LI (Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi)
RASULOV SHERZOD SHAROF O‘G‘LI (Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o‘qituvchisi)
BARATOV ILHOMJON ISKANDAR O‘G‘LI (Transport logistikasi kafedrasi o‘qituvchisi)
💐 Shuningdek, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan barcha obunachilarimizni ham samimiy muborakbod etamiz!
@jizpiuz | @jizpi_online
19.61 MB
🎉 6❤ 1👍 1
#sport
⚽️ Birinchi liga doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda
💬 Jizzax politexnika institutining "Politexnik" jamoasi ishtirok etayotgan Birinchi liga doirasidagi navbatdagi uchrashuv bugun, 13-dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Afsuski, bu gal jamoamizga g‘alaba nasib qilmadi.
Demak, natijalarimiz quyidagicha:
POLITEXNIK 7–1 YOSHLAR T.J. (11-dekabr) POLITEXNIK 3–6 GULISTON (13-dekabr) POLITEXNIK : BOBUR (14-dekabr, 15:00 da)✈️Jamoamizga navbatdagi uchrashuvda omad tilaymiz. @jizpiuz | @jizpi_online
🔥 7❤ 2⚡ 1
#Rektor_kubogi #sport
“Rektor kubogi”: Futzal bo‘yicha natijalar ma’lum bo‘ldi
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan Jizzax politexnika instituti Jismoniy tarbiya kafedrasi hamda “JizPI” sport klubi hamkorligida professor-o‘qituvchilar va institut xodimlari o‘rtasida “Sportga vaqt ajratgan – sog‘ligini saqlagan” shiori ostida an’anaviy “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 13-dekabr kuni futzal bo‘yicha uchrashuvlar yakunlandi va yakuniy natijalar ma’lum bo‘ldi: 🥇 1-o‘rin: Transport muhandisligi fakulteti; 🥈 2-o‘rin: Qurilish muhandisligi fakulteti; 🥉 3-o‘rin: Rektorat jamoasi. Jamoalarni mazkur natija bilan tabriklaymiz.@jizpiuz | @jizpi_online
❤ 7👍 3⚡ 1🔥 1
03:59
视频不可用在 Telegram 中显示
📹 Diyor yangiliklari: Jizzax akkumulyator zavodida institut kafedrasining filiali ochildi
🖥 Batafsil / Fotogalereya
@jizpiuz | @jizpi_online
politex.mp430.35 MB
👍 7❤ 3⚡ 1🔥 1
Repost from Edu.uz
#live #forum #sunʼiy_intellekt
Tadbir davomida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, Vazirlik huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Bahodir Ahmedovning maʼruzalari tinglandi.
Maʼruzachilar sunʼiy intellektni oʻquv jarayoniga integratsiya qilish, talabalar ehtiyojiga moslashtirilgan taʼlim modellarini rivojlantirish, taʼlim jarayonini boshqarishda katta maʼlumotlar tahlilidan foydalanish, shuningdek, akademik halollikni taʼminlashda ilgʻor intellektual texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha oʻzaro tajriba va amaliy yechimlarni taqdim etdilar.
Shundan soʻng, forum oʻz ishini “Oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish”, “Sunʼiy intellekt savodxonligi: etik meʼyorlar va amaliy koʻnikmalar”, “Oliy taʼlimda raqamli transformatsiya”ga bag‘ishlangan panel sessiyalarda davom ettirmoqda.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤ 4🔥 2👍 1
